XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
1.98K subscribers
15.7K photos
3.32K videos
126 files
5.95K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
"Ma'naviy ma'rifiy tayyorgarlik"

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida navbatdagi "Ma'naviy ma'rifiy tayyorgarlik" dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.  Unda Urganch davlat pedagogika instituti Milliy g‘oya va falsafa kafedrasi o‘qituvchisi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya Konsepsiyasi"ni amaliyotga joriy etish mexanizmlari mavzusida ma'ruza qildilar. Harbiy xizmatchi va xizmatchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar bilan tizimli ishlash davom etmoqda.

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Yangiariq tumani 2-sektor hududida joylashgan mahallalardan biriktirilgan otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv va oʻrganish ishlari olib borildi. Bu kabi tadbirlar viloyatimiz bo'ylab davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi

Xonqa tumanidagi 2-sektor hududidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi otaliqqa olingan yoshlar bilan navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil qilindi. Shu bilan birgalikda "Qutqaruvchilik sharafli kasb" mavzusida rasmlar tanlovi ham bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda yoshlarning taklif va fikr-mulohazalari tinglandi, ularning savollariga mas’ullar tomonidan javoblar berildii.

Tadbir yakunida yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashab, ilm va kasb-hunar sirlarini puxta o‘rganayotgan, turli tanlov va musobaqalarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritayotgan bir guruh o‘g‘il-qizlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
«Qon topshir-hayot inʼom et!» shiori ostida o‘tkazilayotgan donorlik aksiyasida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi harbiy xizmatchilari ham faol ishtirok etdilar.

Ushbu aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad, tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash, harbiy xizmatchilarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishi orqali insonlarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilishdan iborat.

Taʼkidlash joizki, beg‘araz donorlik aksiyasida turli kasalliklar yoki baxtsiz hodisalar tufayli qonga muhtoj bo‘lgan bemorlarga hayot bag‘ishlash va ularning sog‘ayib ketishlariga hissa qo‘shishdek xayrli va savobli ishga bel bog‘lagan harbiy xizmatchi va xodimlar ixtiyoriy ravishda qon topshirdilar.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
2👍1