XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
1.99K subscribers
15.6K photos
3.31K videos
126 files
5.91K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar bilan tizimli ishlash davom etmoqda.

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Hazorasp tumani 2-sektor hududida joylashgan mahallalardan biriktirilgan otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv va oʻrganish ishlari olib borildi.

O‘tkazilgan uchrashuv davomida yoshlarni kasbga qiziqtirib, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qilish sharafli kasb ekanligi bo‘yicha tushunchalar berilib, qiziqtirgan savollariga mas‘ullar tomonidan javoblar berilib, ularning takliflari, muammolari tinglandi va ularga tegishli tavsiyalar va yo‘riqnomalar berildi.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari Favqulodda vaziyatlar vazirligiga alohida e’tiborga muhtoj bo‘lgan 500 ming nafar yoshlarni otaliqqa olish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. FVV va uning hududiy boshqarmalari ushbu yoshlarga g‘amxo‘rlik qilib, ularning jamiyatda yanada kamol topishi uchun har tomonlama yordam ko‘rsatmoqda. Ayrim yoshlar Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ishga qabul qilindi.
——————-
Президент поручил МЧС взять под опеку 500 тысяч молодых людей, которые нуждаются в особом внимании государства. С этими ребятами спасательное ведомство ведёт тесную и комплексную работу, оказывая им всестороннюю помощь в их дальнейшем становлении. Часть молодых людей принята на службу в ряды МЧС.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Prafilaktika - xavfsizlik garovi.

Xorazm viloyati bo'ylab “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi tadbirlari shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan nazorat va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Unda ta'lim muassasalari, aholi xonadonlari, qurilish va iqtisodiyot obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirilib, mas'ullarga mavsumni betalafot o‘tkazish borasida zaruriy tavsiya va takliflar berildi. Shu bilan birgalikda aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf qilish choralari ko‘rildi.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍1
"Ma'naviy ma'rifiy tayyorgarlik"

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida navbatdagi "Ma'naviy ma'rifiy tayyorgarlik" dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.  Unda Urganch davlat pedagogika instituti Milliy g‘oya va falsafa kafedrasi o‘qituvchisi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya Konsepsiyasi"ni amaliyotga joriy etish mexanizmlari mavzusida ma'ruza qildilar. Harbiy xizmatchi va xizmatchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar bilan tizimli ishlash davom etmoqda.

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Yangiariq tumani 2-sektor hududida joylashgan mahallalardan biriktirilgan otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv va oʻrganish ishlari olib borildi. Bu kabi tadbirlar viloyatimiz bo'ylab davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi

Xonqa tumanidagi 2-sektor hududidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi otaliqqa olingan yoshlar bilan navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil qilindi. Shu bilan birgalikda "Qutqaruvchilik sharafli kasb" mavzusida rasmlar tanlovi ham bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda yoshlarning taklif va fikr-mulohazalari tinglandi, ularning savollariga mas’ullar tomonidan javoblar berildii.

Tadbir yakunida yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashab, ilm va kasb-hunar sirlarini puxta o‘rganayotgan, turli tanlov va musobaqalarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritayotgan bir guruh o‘g‘il-qizlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram