XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
1.97K subscribers
15.8K photos
3.34K videos
126 files
5.97K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Efir

Xorazm MTRK orqali efirga uzatilgan lavha!


📹 O‘rmon xo‘jaligida o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Xorazm davlat O‘rmon xo‘jaligi ''Qaqrali'' o‘rmon bo‘limida shartli ravishda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, yong‘inlarni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birga maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. 


Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍2
#Tabriklaymiz_qutlaymiz

📝 9.06.2024
Bugun Shukurullo Ro‘zmamatovichning tavallud ayyomlari!

Shu munosabat bilan, boshqarma rahbariyati va shaxsiy tarkibi nomidan sizni tabriklaymiz. Ona Vatanimiz tinchligi, elimiz osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi va sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishdagi mashaqqatli, ammo sharafli ishlaringizga ulkan muvoffaqiyatlar tilab qolamiz. Sizga mustaxkam sog’liq, uzoq-umr, baxtu-saodat va omad doimiy hamrohingiz bo’lsin! 🎉
Tug’ilgan kunigiz muborak bo’lsin!

Hurmat bilan, Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi jamoasi...

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
👍9
Respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

⭐️Xorazm viloyatida otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yagona yondashuvning namunasi sifatida Xorazm tajribasini o‘rganishga bag‘ishlangan Respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarning ochilishida Viloyat hokimi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i hamda sektor rahbarlari ishtirok etdi. Unda viloyat FVB boshlig‘i tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.
⭐️Mamlakatimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan seminar ishtirokchilari ikki kun davomida Urganch, Xiva shaharlari va Yangibozor tumanlarida amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishdilar. Seminar davomida mavzu yuzasidan muloqotlar, fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi.
📑Mazkur o‘quv-seminaridan eng asosiy maqsad, Davlatimiz rahbari joriy etgan tizimni hudud xususiyatidan kelib chiqib samarali yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini o‘rganish, o‘zaro tajriba almashish va mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
1
Maishiy gaz ballon qanday o‘rnatilishini bilasizmi?

Ommaviy odamlar to‘planadigan maskanlar, savdo majmualari, bozorlar, ikki qavatdan yuqori bo‘lgan uylarda, yerto‘la va yarim yerto‘lalarda, chordoqda gaz ballon qurilmalaridan foydalanish taqiqlanadi.  Batafsil

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#efir

"Xorazm yoshlar o‘quv-seminari"ning dastlabki tafsilotlari “O‘zbekiston24” telekanali nigohida
———
"Хоразм ёшлар ўқув-семинари"нинг дастлабки тафсилотлари "Ўзбекистон24" телеканали нигоҳида
👍1
Xorazm viloyatida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Xorazm viloyatida otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yagona yondashuvning namunaviy tajribasini ko‘rsatishga qaratilgan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. O‘quv seminarning ochilishida viloyat hokimi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i hamda sektor rahbarlari ishtirok etdi. Unda viloyat FVB boshlig‘i tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Mamlakatimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan o‘quv seminar ishtirokchilari ikki kun davomida Urganch, Xiva shaharlari va Yangibozor tumanida amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishdilar. Seminar davomida muloqotlar, fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
👍3