XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
2.01K subscribers
15.4K photos
3.23K videos
126 files
5.82K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
DAVLAT YONG‘IN NAZORATI ORGANINING MANSABDOR SHAXSLARI ISHTIROKIDA O‘QUV SEMINAR O‘TKAZILDI.

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni, Urganch harbiy prokuraturasi va viloyat IIBning mas’ul xodimlari ishtirokida o‘quv seminar o‘tkazildi.

Unda ma’ruzachilar tomonidan sodir bo‘lgan yong‘inlarga doir tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish jarayonida rasmiylashtiriladigan hujjatlar hamda tadbirkorlik subektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishda qonuniylikni taminlash, korrupsiya bilan bog‘liq holatlarni oldini olishda normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar xususida so‘z yuritildi.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#Kun_tavsiyasi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlikka chaqiradi
❗️

💢 yotoq joyingizda chekmang;

💢 nosoz elektr jihozlaridan foydalanmang, bir vaqtning o‘zida bir elektr manbaiga bir nechta elektr jihozlarini ulamang;

💢 elektr manbaiga ulangan elektr jihozlarini nazoratsiz qoldirmang, uydan chiqayotgan vaqtda elektr jihozlarini tarmoqdan uzishni unutmang;

💢 yosh bolalarni olov bilan o‘ynashiga yo‘l qo‘ymang va ularni nazoratsiz qoldirmang.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
🔥1
O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA.

Xorazm viloyati FVB tomonidan viloyat toshqinga qarshi komissiyasi ishchi guruhi hamkorligida Hazorasp tumanidan oqib o‘tuvchi Amudaryo daryosi bo‘yida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Amudaryoning qirg‘oq ko‘chishi va yuvishi xavfi mavjud hududiga yaqin aholi xonadonlari o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchilklar yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiyalar berilib,  qirg‘oq mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda. Albatta, bunday tadbirlar aholi va hududlarni suv toshqini hodisalaridan muhofaza qilishga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Shovot” chegara bojxona postida hamkorlikdagi ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#1050_XABARLARI

📹 Xorazm viloyati FVB tomonidan maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
👍1
Urush faxriylariga ehtirom ko‘rsatildi

Barcha joyda bo‘lgani kabi Xorazm viloyatida ham Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olinib, ularga hurmat ehtirom ko‘rsatilmoqda. Viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov keng jamoatchilik vakillari ishtirokida urush faxriylari xonadonida bo‘lib, ularga muhtaram Prezidentimizning 9-may - Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi, 20 mln so‘m miqdoridagi pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alarni topshirdi. Yuz yosh bilan yuzlashib, hayotning barcha achchiq-chuchugini totgan bu tabarruk nuroniylar bunday e’tibor uchun hurmatli Prezidentimizga samimiy minnatdorchilik bildirib, yurtimiz tinchligini tilab duoga qo‘l ochdilar. Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlar viloyatimiz shahar va tumanlarida, mehnat jamoalarida davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
👍2🔥1
Chorshanba - favqulodda vaziyatlar va yong'inlar profilaktikasi kuni doirasida viloyat bo‘ylab xavfsizlik targ‘iboti tadbirlari uyushqoqlik bilan olib borildi.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
👍21