XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
1.98K subscribers
15.7K photos
3.33K videos
126 files
5.96K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Efir

Xorazm MTRK orqali efirga uzatilgan lavha!

📹 MATBUOT ANJUMANI.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#Navoiy_583

⚜️9-fevral - Hazrat Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Bu yil buyuk shoirning 583 yilligi keng nishonlanmoqda.


🖌Alisher Navoiy turkiy va forsiy tillarda g’azallar bitgan. Uning nazmiy asarlari 120 ming baytdan ortiq. “Xamsa” esa shoirning shoh asaridir. “Xazoyin ul-maoniy” (Ma’nolar xazinasi) devoni qariyib 45 ming misradan iborat.

Tonggi uyquni tark etganning rizqu ro'zi farovon bo'ladi. G'aflat bosib, tongni uyquda o'tkazgan kimsa bu ne'matlarni faqat tushida ko'radi. (Navoiy hikmatlaridan)

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
“FAVQULODDA VAZIYATLAR VA FUQARO MUHOFAZASI BILIMDONI”

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Xonqa tumanidagi 2-sektor yoshlari o‘rtasida “Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi bilimdoni” viktorinasi o‘tkazildi. O‘quvchilar undan o‘rin olgan shartlarni o‘zlari egallagan nazariy va amaliy bilimlariga tayangan holda yuqori ko‘rsatkichlarda bajardilar.

Mazkur viktorinani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, yoshlarning bugundanoq favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda uni bartaraf etish, shuningdek bunday vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishga doir bilim-ko‘nikmalarini shakllantirish, qolaversa, harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va shu orqali harbiy Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Tadbir yakunida ishtirokchilar Xonqa tuman FVB tomonidan diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan viloyat bo‘ylab "Yong‘indan ogohlik umummilliy kampaniyasi" tadbirlari doirasidagi hamda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli favqulodda vaziyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari izchillik bilan olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram