XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
2.01K subscribers
15.5K photos
3.26K videos
126 files
5.84K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
#Matbuot_anjumani

🎤🎬Xorazmda OAV vakillari, matbuot kotiblari, jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

📝Ushbu tadbir Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi va O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo'limi bilan hamkorlikda tashkillashtirildi. Anjumanni boshqarma boshlig‘i D.Bekchanova olib bordi.

Matbuot anjumanida viloyat Qurilish va Uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi, "Hududiy elektr tarmoqlari"AJ Xorazm hududiy filiali, "Xududgaz Xorazm" gaz ta’minoti filiali, “Xorazm suv ta’minot” MChJ, “Xorazm ko‘mir ta’minot” MChJ hamda Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutasaddilarining qish mavsumida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik energiyasi bilan ta’minlash, kommunal soha tizimida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavsumni betalofat o‘tkazishga qaratilgan profilaktik tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlari tinglandi.

Muhim masalalar doirasida olib borilgan tadbirda tizimlarda kun-u tun tashkil qilingan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Tadbir har ikki tomonning o'zaro muloqotlari asosida bo'lib o'tdi.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Efir

Xorazm MTRK orqali efirga uzatilgan lavha!

📹 JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN MATBUOT ANJUMANI
27.12.2023

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
PROFILAKTIK TADBIRLAR...

Is-gazi, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘in. Bularning barchasi sizning kichik e’tiborsizlik oqibatida bir lahzada sodir bo‘lishga qodir xavf-xatarlardir. Aynan shularning oldini olish maqsadida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan aholi xonadonlarida doimiy profilaktika ishlari va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
BAYRAMNI XAVFSIZ O‘TKAZAYLIK...

Yangi yil bayramining ko‘rki va bolalar quvonchi bo‘lgan archalarda kun-u tun xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan barcha shahar-tumanlar markazlariga o‘rnatilgan archalarda doimiy o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari xodimlarning hamkorlikdagi xizmatlar bilan navbatchiliklari tashkillashtirilib, kuzatilishi mumkin bo‘lgan turli favqulodda vaziyatlarning oldini olishda xavfsizlik qoidalariga amal qilinilishini ta’minlamoqdalar.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram