XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
2.01K subscribers
15.5K photos
3.27K videos
126 files
5.86K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
Ijtimoiy soha obyektlari, ta’lim muassasalari, aholi xonadonlarida yong‘in, is-gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birgalikda fuqarolar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borib, eslatma va xavfsizlik qoidalari jamlangan bukletlar tarqatib kelmoqdalar.

Boshqa yangiliklar👇
|
Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
#kun_tavsiyasi

⚠️Elektr isitgichdan xavfsiz foydalanish bo'yicha tavsiyalar:

⭕️ tavsiyalarga muvofiq ishlash;
⭕️zavodda ishlab chiqarilgan isitgichdan foydalaning;
⭕️ isitgichni mebel va pardalardan uzoqroqqa joylashtiring;
⭕️kiyim va poyabzallarni isitgichda quritmang;
⭕️ isitish moslamasini qarovsiz yoki tunda yoqilgan holda qoldirmang.

🔔qo‘lbola va nosoz elektr jihozlardan foydalanish xavfli.


Xavfsizlik o‘z qo‘lingizda!


Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
CHORSHANBA – FAVQULODDA VAZIYATLAR VA YONG‘INLAR PROFILAKTIKASI KUNI...

Ogohlik va xavfsizlik qoidalariga amal qilish – kuzatilishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizliklarning oldini olishdagi birlamchi chora. Shu maqsadda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan “Chorshanba – favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar profilaktikasi kuni” munosabati bilan joylarda targ‘ibot tadbirlari olib borildi. Unda is-gazi, gaz-havo aralashmasi chaqnashi hamda yong‘inlarning oldini olishda amal qilinishi zarur bo‘lgan qoidalar tushuntirilib, eslatmalar tarqatildi.

Boshqa yangiliklar👇
|
Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
#Matbuot_anjumani

🎤🎬Xorazmda OAV vakillari, matbuot kotiblari, jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

📝Ushbu tadbir Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi va O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo'limi bilan hamkorlikda tashkillashtirildi. Anjumanni boshqarma boshlig‘i D.Bekchanova olib bordi.

Matbuot anjumanida viloyat Qurilish va Uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi, "Hududiy elektr tarmoqlari"AJ Xorazm hududiy filiali, "Xududgaz Xorazm" gaz ta’minoti filiali, “Xorazm suv ta’minot” MChJ, “Xorazm ko‘mir ta’minot” MChJ hamda Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutasaddilarining qish mavsumida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik energiyasi bilan ta’minlash, kommunal soha tizimida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavsumni betalofat o‘tkazishga qaratilgan profilaktik tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlari tinglandi.

Muhim masalalar doirasida olib borilgan tadbirda tizimlarda kun-u tun tashkil qilingan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Tadbir har ikki tomonning o'zaro muloqotlari asosida bo'lib o'tdi.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram