XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
1.98K subscribers
15.8K photos
3.33K videos
126 files
5.97K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
“Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoqda.

Aziz yurtdoshlar! Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishda har birimiz yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilsak, o‘zimiz va yaqinlarimiz hayoti hamda mol-mulkimizni asrashga xizmat qilgan bo‘lamiz.
Unutmang, yong‘inlar joy yoki vaqt tanlamaydi, shunday ekan, o‘zingiz va yaqinlaringiz hayoti uchun mas’uliyat his qilgan holda, “Yong‘in xavfsizligi oyligi”da faol ishtirok qiling.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
🌳 YASHIL MAKON

🌱"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Gurlan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan ko‘kalamzorlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish kabi xayrli ishlar davom etmoqda.

Tumanda bu bo‘yicha “Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yoshlar bog‘i” tashkil etilib, bog‘ga manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.


Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
“Yong‘in xavfsizligi oyiligi” doirasida….

“Urganch xalqaro aeroporti” MChJda “Zilzila va yong‘in oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish” mavzusida aeroport FM tuzilmaliri bilan maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashqidan ko‘zlangan maqsad, MChJ ishchi xizmatchlarni xushyorligini oshirish hamda favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish tartib-qoidalarini o‘rgatishdan iborat.
“Yosh avlodga korrupsiyasiz kelajak qoldiraylik”

Respublika hududida 10-noyabrdan 10-dekabr kunigacha “Yosh avlodga korrupsiyasiz kelajak qoldiraylik” shiori ostida Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi o‘tkazilayotganligi munosabati bilan Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan boshqarmaning barcha tuman-shahar bo‘limlari bo‘ylab harbiy xizmatchilar va xizmatchilar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
YASHIL MAKON

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan viloyatning barcha shahr-tumanlari bo‘ylab ko‘kalamzorlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish kabi xayrli ishlar davom etmoqda.
Jumladan, shahar va tumanlarda “Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yoshlar bog‘i” tashkil etilib, bog‘ga manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter