XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
1.98K subscribers
15.7K photos
3.33K videos
126 files
5.96K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Efir

8 TV xususiy telekanali orqali efirga uzatilgan lavha!

📹 Urganch tumani va Xiva shahrida "Yong‘indan ogohlik" umummilliy kampaniyasi tadbirlari ...

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
"Yosh avlodga korrupsiyasiz kelajak qoldiraylik"

Ayni shu mavzu yuzasidan Xonqa va Tuproqqal'a tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limlari harbiy xizmatchi va xizmatchilari ishtirokida profilaktik uchrashuv tashkil etildi. Unda harbiy intizom talablariga, obod - ahloq qoidalariga rioya qilish, avtotransport vositalarini boshqarganda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish, sohada korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, shaxsiy tarkibning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim saviyalarini oshirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonuni hamda vazirlik tizimida ijroga qaratilgan buyruqlar yuzasidan tayyorlangan test sinovlari o'tkazildi...

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bo‘lim boshlig’i H.Shernazarov ishtirokidagi brifing.

Boshqa yangiliklar👇
|
Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
https://t.iss.one/qbbuz Ҳурматли юртдошлар ушбу телеграм канал орқали сиз Миллий гвардия Қўриқлаш бош бошқармаси фаолиятига доир энг сўнги ва ишончли маълумотларни олиш имкониятига эгасиз. Шунингдек, ишга қабул қилиш тартиби, қўриқлов сигнализация воситаларининг вазифалари ва турлари шу билан бирга уй ёки объектингизни қўриқловга қабул қилиш шартлари хақида батафсил маълумотга эга бўласиз. Агарда сизга маъқул бўлса сахифага аъзо бўлишни тавсия этамиз.
Ekologik muhofaza

Bugungi kunda tobora globallashib borayotgan ekologik omillar va hodisalar muhofaza bilan bog‘liq tadbirlar samaradorligini oshirishni taqozo qiladi. Shu ma’noda, aytish kerakki, Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida yerlarni o‘zlashtirish, yer maydonlarini tomchilatib sug‘orish tizimini yaratish, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlarini amalga oshirish ishlariga FVV tizimi shaxsiy tarkibi ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Batafsil...

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
🏘Ijara xonadonlari o‘rganilmoqda

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
bir guruh xodimlari hamda Urganch davlat universiteti tyutorlari, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘limi xodimlari ishtirokida kuz-qish mavsumida ijara xonadonlarni xavfsizligini taʻminlashga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda kuz-qish mavsumida talabalarning ijara xonadonlarida uchrashi mumkin bo‘lgan turli favqulodda holatlarni oldini olish, jumladan, is gazidan zaharlanish, yong‘in kelib chiqishi mumkin bo‘lgan holatlar, elektr tokidan noto‘g‘ri foydalanishning zararli oqibatlari muhokama qilinib, bunday ko‘ngilsizliklarni oldini olish uchun hamkorlik faoliyat olib borishga kelishildi.
Shundan so‘ng, talabalarning ijara xonadonlarini borib o‘rgandilar.

©️UrDU Matbuot xizmati

🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| YouTube
#bu_qiziq

Hayotimiz kutilmagan hodisalarga toʻla!

Yong‘in
— odamlarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan yonish jarayonidir. Yongʻin sodir bo'lganda insonning dastlabki qarori yongʻinning bartaraf etilishi yoki aksincha, vaziyatni izdan chiqishiga sabab boʻladi.

Albatta, hech kim bu koʻyga tushishni istamaydi, ammo, yuqorida aytilganilek bu kutilmagan hodisa.

🚒Quyidagi havolada berilgan testlar orqali oddiy yongʻin xavfsizligi qoidalari bilan tanishishingiz, bu boradagi bilimingizni sinab koʻrishingiz mumkin.

⚡️⚡️TESTNI BOSHLASH

Boshqa yangiliklar👇
|
Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
#online

Sportning "Kurash" turi boʻyicha “Oʻzbekiston Resublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” musobaqasiga start berildi

Joriy yilning 5-oktyabr kuni Navoiy viloyatinining Navoiy shahridagi "Yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi"da Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchi va xizmatchilari o‘rtasida sportning "Kurash" turi boʻyicha “Oʻzbekiston Resublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” musobaqasi o‘tkazilmoqda. Unda sortchilar 60, 66, 73, 81, 90, 100 va +100 kg vazn toifasida o‘zaro bellashmoqdalar. Ushbu musobaqa 7-oktayabr kuniga qadar davom etadi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter