XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
2.01K subscribers
15.4K photos
3.23K videos
126 files
5.82K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
PROFILAKTIKA XAVFSIZLIK GAROVI.

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati boshchiligida hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birgalikda viloyat boylab navbatdagi xavfsizlik targ'iboti tadbirlari olib borildi.

Unda asosiy maqsad, aholi yashash xonadonlarida va ijtimoiy soha obyektlarida yong‘in, is-gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olishga qaratildi.

Tadbirlar doirasida ishchi guruhlar mahallabay tizimida xonadonma xonadon o‘rganish ishlarini olib borilib, fuqarolarga yong‘inlar va boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berilib, xavfsizlik qoidalarini o‘zida aks etgan eslatmalar tarqatildi.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍3
Talabalarga yong‘in xavfsizligi ta’minlash va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Xalqaro ochiq ma'lumot portallaridagi ma'lumotlarga ko'ra, bir yilda dunyo bo'yicha yong'indan jarohatlanganlar soni 10 milliondan ortiqni, yong'indan o'lganlar soni esa 150 mingga yaqinni tashkil qilar ekan. Ushbu statistikaning kamayishiga insonlar orasida yong'in xavfsizligi qoidalari bo'yicha targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish sezilarli ta'sir qiladi. Batafsil

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍5
⚡️FVV eslatib o‘tadi❗️

📱Mobil telefon va boshqa gadjetlarni yotoq yonida, yostiq tagida qarovsiz yoki tungi vaqtda qavvutlash ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin:
🔹 telefoningizni kunduzgi vaqt, nazoratingiz ostida quvvatlantiring;
🔹 telefoningizni yostiq tagiga aslo qo‘ymang;
🔹agar elektr jihozi alangalansa, birinchi navbatda tokni uzish kerak, so‘ng ustiga qalin mato yopish maqsadga muvofiq bo‘ladi, alangani faqat o‘t o‘chirgich bilan o‘chiring🧯
------------------
⚡️МЧС напоминает❗️

📱Заряжать мобильный телефон и другие гаджеты без присмотра или ночью, у кровати или под подушкой может быть смертельно опасно!
🔸 телефон необходимо зарядить днём, когда рядом с устройством кто-то есть;
🔸 нельзя класть телефон под подушку;
🔸 если электроприбор загорелся, его надо сначала обесточить, накрыть плотной тканью, тушить только огнетушителем🧯

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
👍1
⚡️ Futzal Ikkinchi liga | 7-tur

Yoshlik sport majmuasida o’tkaziladigan uchrashuvlarni📱 YouTube kanalimiz orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin

▫️El Classico — Xorazm FVB▫️
📺
JONLI EFIR | 🕐 14:00

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlar

O'tgan xafta davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar.
-----------
#цифры

Профилактические мероприятия, проведённые Министерством по чрезвычайным ситуациям в течение минувшей недели.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
👍2
Bozorlarda prafilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyatimiz bo‘ylab barcha shahar va tumanlardagi savdo majmualari, markaziy dehqon va buyum bozorlarida navbatdagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinib, tadbirkorlar va xaridorlarga yong'in xavfsizligi hamda sanitariya qoidalari tushuntirilib, xavfsizlikgi targ'ib qiluvchi eslatmalar tarqatildi.

Sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan isitish va maishiy gaz ballonlarini sotish va ulardan foydalanish turli xil baxtsiz hodisalarga, yong‘in va gaz havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq noxush holatlarga olib kelishi hayotiy misollar orqali tushuntirildi.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live
#no_comment

Ayni damda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi hamkor tashkilotlar bilan viloyat bo‘ylab qor yog‘ishi natijasida avtomobil yo‘llarida hosil bo‘lgan muz qoplamalardan tozalash, tuz-qum aralashmalarini sepish hamda harakat xavfsizligini taʼminlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida hamkorlikda ish olib borishmoqda.
👍8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Is gazi hayot uchun xavfli!

Ushbu xavfli hodisa qurboni bo'lmaslik uchun nima qilish kerakligi haqida iloji boricha ko'proq ma’lumot oling.
—————
Угарный газ опасен для жизни!

Узнайте как можно больше об этом опасном явлении и что необходимо сделать, чтобы не стать его жертвой.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Forwarded from FVV Akademiyasi
🔈 FVV AKADEMIYASIGA O‘QISHGA TAKLIF ETAMIZ

🏠 O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi 1993-yil 11-avgust kuni Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabi sifatida tashkil topgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoni asosida ushbu ta’lim dargoh Yong‘in xavfsizligi institutga o‘zgartirilgan. O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PF-5706-son Farmoni asosida 2020-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi tashkil etilgan.

Respublikaning barcha jabhalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, hayot faoliyati xavfsizligi sohasida malakali kadrlarni maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha yagona yetakchi (tayanch) oliy harbiy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Akademiyaga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarning hujjatlari doimiy yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlari, harbiy xizmatchilarniki esa o‘zining xizmat joylarida rasmiylashtiriladi.

Akademiyaga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar doimiy yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlariga ariza bilan, harbiy xizmatchilar esa xizmat joyidagi tegishli komandir (boshliq) nomiga bildirgi bilan murojaat etadilar.

Akademiyaga o‘qishga kirish uchun arizalar va bildirgilar 1-fevral kunidan 31-mart kunigacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Akademiyaga o‘qishga — o‘n yetti yoshdan yigirma uch yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n yetti yoshga to‘ladigan fuqarolar, shuningdek o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n sakkiz yoshga to‘ladigan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar, shuningdek yigirma olti yoshgacha bo‘lgan va Akademiyada o‘qish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining talabalari qabul qilinadi.

O‘qishga nomzodlarning bo‘yi 165 sm va undan yuqori bo‘lishi shart. Akademiyaga kursantlar kontingentini sifatli butlash uchun quyidagi saralab olish tadbirlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
- harbiy-professional yo‘nalish;
- dastlabki saralab olish;
- test sinovlari.

Harbiy-professional yo‘nalish bo‘yicha tadbirlar harbiy xizmatchi kasbining mohiyatini va unga qo‘yiladigan talablarni ochib berish, yoshlarda harbiy kasbni ongli ravishda tanlashni shakllantirish, muayyan harbiy mutaxassislikni tanlashda ularga yordam ko‘rsatish maqsadida amalga oshiriladi.
Dastlabki saralab olish tadbirlari ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich: fuqaro yoshlar uchun – mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarida, harbiy xizmatchilar uchun – xizmatni o‘tash joyida, 1-fevralidan 10 aprelga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

- hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;
- yakka tartibdagi suhbat;
- birlamchi tibbiy ko‘rik.
Ikkinchi bosqich: fuqaro yoshlar va harbiy xizmatchilar uchun – mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalari va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy muassasalarida 11-apreldan 31-mayga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

- individual-psixologik o‘rganish;
- umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash;
- yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.

batafsil: akademiya.fvv.uz

Obuna bo‘lishni unutmang:

🌐 Boshqa yangiliklar 👇

🖥 Veb-sayt| 📱 Telegram|‌‌‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2