XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
1.97K subscribers
15.8K photos
3.34K videos
126 files
5.98K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
“Yangi nafas” – ommaviy yugurish marofoni bo'lib o'tdi

Bugun 28-aprel kuni erta tongda "Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz!" shiori ostida "Yangi Nafas" ommaviy yugurish musobaqasi bo'lib o'tdi. Marafonda Xorazm viloyati  Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi harbiy xizmatchilari ham faol ishtirok etdi.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
🥰41
28-aprel – Butunjahon mehnatni muhoza qilish kuni

Ushbu sana 2003-yildan beri dunyoning 100 dan ortiq davlatlarida an’anaviy tarzda nishonlanadi. 

Unda ish vaqtida o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalarning sabablari  muhokama qilinadi. Kasb kasalliklariga chalinishni oldini olishga va  mehnat muhofazasi masalalariga e’tibor kuchaytiriladi.

Bizning davlatimizda ham noqulay mehnat sharoitlarida ishlayotgan xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyoz va kafolatlar belgilab berilgan:

▪️qisqartirilgan ish vaqti;
▪️qo‘shimcha mehnat ta’tili;
▪️bepul davolash-profilaktikasi;
▪️oziq-ovqatlar, imtiyozli pensiyalar shular sirasidan.

"Xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoiti – mehnat sohasidagi asosiy prinsip va huquqdir"
👍1
“Lazgi” xalqaro raqs festivali qisqa fursatda jahonda munosib obro‘-e’tibor topayotgani, uning ishtirokchilari va muxlislari safi tobora kengayib, ta’bir joiz bo‘lsa, qadimiy o‘zbek diyori, Xorazm vohasining o‘ziga xos “tashrif qog‘ozi”ga aylanib borayotgani barchamizni xursand qiladi.

"Ichan-qal'a" tarixiy majmuasida II “Lazgi” xalqaro raqs festivalining ochilishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan konsert dasturida qatnashib, buni yana bir karra qalban his qildik.
👍6👏1
⚡️FVV eslatib o‘tadi❗️

📱Mobil telefon va boshqa gadjetlarni yotoq yonida, yostiq tagida qarovsiz yoki tungi vaqtda qavvutlash ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin:
🔹 telefoningizni kunduzgi vaqt, nazoratingiz ostida quvvatlantiring;
🔹 telefoningizni yostiq tagiga aslo qo‘ymang;
🔹agar elektr jihozi alangalansa, birinchi navbatda tokni uzish kerak, so‘ng ustiga qalin mato yopish maqsadga muvofiq bo‘ladi, alangani faqat o‘t o‘chirgich bilan o‘chiring🧯

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter