XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
2.01K subscribers
15.4K photos
3.23K videos
126 files
5.82K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
CHORSHANBA – FAVQULODDA VAZIYATLAR VA YONG‘INLAR PROFILAKTIKASI KUNI.

''Chorshanba – favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar profilaktikasi kuni'' munosabati bilan Xorazm viloyati FVB xodimlari hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birgalikda qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida tadbirkorlik subyektlari, ta'lim muassasalarida, aholi yashash xonodonlarida ham keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlarini olib bormoqda.

Xususan unda aholiga yong‘in, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish va to‘g‘ri harakat qilish tartibi bo‘yicha tushunchalar berilib, eslatma va bukletlar tarqatilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube |instagram
Xorazm viloyatida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha Huquqni muhofaza qilish organ hodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan viloyat ''Dinamo'' JTSJK birinchiligida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi jamoasi faxrli 🥉3-o‘rinni egalladi.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube |instagram
#XORAZM_FVB
#OGOHLANTIRADI

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ogohlantiradi!!!

Viloyatimiz bo‘ylab qor yog‘ishi davom etmoqda.

📌
Fuqarolarimizdan yo‘llarda harakatlanganda ehtiyot choralarini ko‘rishingizni va transport vositalarida harakatlanganda yo‘l harakati xavfsizligini qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda hatakatlanishingizni tavsiya etamiz.


❗️Zarurat bo‘lmagan hollarda transport vositalarini boshqarmang!

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Hurmatli fuqarolar❗️

🔹isitish pechlari va ularning dudburonlari sozligiga, turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligi hamda yoriqlar bo‘lmasligiga alohida e’tibor bering;
🔹gaz uskunalarini ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlanglar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang
🔹maxsus tashkilotlar tomonidan dudburonlarning o‘z vaqtida tozalanishiga e’tibor qarating.

⚡️Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni ko‘ngilsiz hodisalardan saqlagan bo‘lasiz.


Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
#TABRIK

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “26-yanvar – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni” munosabati bilan soha xodimlarini samimiy muborakbod etadi.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Favqulodda vaziyatlar vazirligi "26-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni" munosabati bilan soha xodimlarini samimiy muborakbod etadi

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Vatanparvarlik g‘oyalarini shakllantirishda badiiy adabiyotning o'rni.

Bugun Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Ma’naviyat va ma’rifat” mashg‘ulotida ''Vatanparvarlik g‘oyalarini shakllantirishda badiiy adabiyotning o'rni'' mavzusida so'z yuritildi. Unda Xorazm viloyati Yozuvchilar uyishmasi a'zosi Usmonov Bekmrod Temirovich (Begi Do'st) ham o'z ma'ruzalari bilan ishtirok qildilar.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram