XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
2.01K subscribers
15.4K photos
3.23K videos
126 files
5.82K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
XORAZM VILOYATI FAVQULODDA VAZIYATLAR BOSHQARMASINING VILOYATIMIZ AHOLISIGA

M U R O J A A T N O M A S I


Aziz fuqarolar! Tabiiyki, havo haroratining pasayib, kunlar sovishi natijasida elektr, gaz yoki boshqa yoqilg‘ida ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanishda e’tiborsizlik tufayli yoki nosoz, nostandart isitish moslamalarini ishlatish natijasida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va yong‘inlar sodir bo‘lishi mumkin.

Bunday holatlarga tushmaslik uchun nosoz gaz, elektr va boshqa yoqilg‘ida ishlovchi isitish moslamalaridan foydalanmang.

Oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan, ochiq olov (ko‘mir va o‘tin cho‘g‘lari)dan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang.

Havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni ochiq va ishchi holatda bo‘lishini ta’minlang.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
AHOLI XAVFSIZLIGI VA HOTIRJAMLIGI YO‘LIDA….

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamda hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birgalikda aholi yashash xonadonlarida yong‘in, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha muntazam ravishda tushunchalar berilib, eslatma va bukletlar tarqatilib kelinmoqda.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Efir

O‘ZBEKISTON24 telekanali orqali efirga uzatilgan lavha!

📹 Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida olib borilayotgan tadbirlar xususida.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#pirotexnika

Yangi yil barami – Qish faslining eng kutilgan bayrami. Ushbu bayramda turli favqulodda vaziyatlar, ko‘ngilsizliklar sodir bo‘lishini oldini olish uchun har birimiz mas’ulmiz.
PIROTEXNIKA VOSITALARI INSON ORGANIZMIGA SALBIY TA'SIRLARI:
• tananing yuz, ko‘z, qo‘l sohalarida og‘ir chuqur kuyish jarohatlarining yuzaga kelishi;
• ko‘zlarning shikastlanishi natijasida ko‘rish faoliyatining qisman yoki butunlay buzilishi;
• olingan kuyish jarohatidan keyin plastik operatsiyalar o‘tkazishga muhtojlik;
• kuygan sohalarida dag‘al chandiqlar, qo‘l barmoqlari sohalarida kontrakturalar hosil bo‘lishi;
• asoratlar bemorlarning ruhiy holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi kuzatiladi.

Shu o‘rinda Xurmatli Ota-onalarimizdan oilada xushyorlikni oshirib, farzandlaringizni nazoratsiz qoldirmasliklaringizni so‘rab qolamiz!
Azizlar, Yangi yil bayram tadbirlarini yaxshi kayfiyat bilan o‘tkazaylik!

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
PROFILAKTIKA ISHLAR OLIB BORILMOQDA.

Yong‘in, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamda hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birgalikda aholi yashash xonadonlarida tushunchalar berilib, eslatma va bukletlar tarqatilib kelinmoqda.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVB #OGOHLANTIRADI!
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!
- - - - - - - - - - - - - -
УЧС #ПРЕДУПРЕЖДАЕТ!
УГАРНЫЙ ГАЗ ОПАСЕН ДЛЯ ЖИЗНИ!

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Joriy yilning 9-16 dekabr kunlari Bahrayn poytaxti Manama shahrida MMA bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

Unda  Xorazm viloyati FVB xodimi Hayitmatov Firdavs Muzaffarovich munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bugun uni  boshqarma shaxsiy tarkibi ''Urganch vokzalida'' munosib kutib olishdi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, ushbu musobaqada 27 nafar sportchi bilan ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 26 ta medal - 12 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni oldi.

⚡️Hamkasbimizni kelgusi faoliyatida bundanda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritib, O‘zbekistonimiz  bayrog‘ini yanada yuksaklarga ko‘tarishini tilab qolamiz!

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram