XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
2.01K subscribers
15.4K photos
3.23K videos
126 files
5.82K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
#DIQQAT
#OGOHLANTIRADI

Aziz hamyurtlar, hurmatli viloyatimiz fuqarolari va mehmonlari.

⚡️Joriy yilning 8-10-noyabr kunlari GURLAN tumanida hamkorlikdagi “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy quyi bo‘g‘inining zilzila blan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

Shu munosabat bilan Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi aholidan, ortiqcha sarosimaga tushmaslikni, ushbu Qo’mondonlik-Shtab o’quv mashqlarida faol ishtirok etishlarini so’rab qoladi.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#Yashil_makon

🌳 YASHIL MAKON


🌱"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan ko‘kalamzorlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish kabi xayrli ishlarni uzviy davomi sifatida Urganch tumanida ham “Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bog‘i” tashkil etilmoqda.

🌴Darhaqiqat, ushbu ekilayotgan navlar kelgusida tabiatimiz koʻrkiga koʻrk qoʻshib, atrof-muhitni yanada koʻkalamzorlashtiradi. Bu esa insonlarga nafaqat yaxshi kayfiyat ulashadi, balki salomatlik uchun ham juda foydali soʻlim maskanga aylanadi.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida...

⚡️Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati boshchiligida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ishchi guruhlar shakillantirilib, viloyat bo‘ylab ko‘p qavatli binolar, ularning tom va yerto‘lalari, aholi xonadonlarining holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Aniqlangan kamchiliklar ishchi guruhlar tomonidan joyida bartaraf qilish choralari ko'rilmoqda. Bundan tashqari aholi xonadonlarida  texnika va yong’in xavfsizligi qoidalariga qay darajada amal qilinayotganliklari  o’rganilib,  fuqarolar bilan “Yong’inlarning kelib chiqishini oldini olish” va “Is gazidan himoyalanish” kabi mavzular yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

O’rganishlar davomida aholi xonadonlarida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan fuqarolarimizga bunday nohush holatlarni yuzaga keltiruvchi vositalardan foydalanish mumkin emasligi tushuntirildi hamda kerakli tavsiyalar berildi.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube  | instagram