XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
2.01K subscribers
15.4K photos
3.23K videos
126 files
5.82K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
#DIQQAT
#OGOHLANTIRADI

Aziz hamyurtlar, hurmatli viloyatimiz fuqarolari va mehmonlari.

⚡️Joriy yilning 26-avgust kuni “Xorazm viloyatida 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, betalafot o‘tkazish, energetika hamda gaz tizimini barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga elektr energiyasi va gaz resurslarini yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish” mavzusida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

Shu munosabat bilan Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi aholidan, ortiqcha sarosimaga tushmaslikni, ushbu Qo’mondonlik-Shtab o’quv mashqlarida faol ishtirok etishlarini so’rab qoladi.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Qaroriga muvofiq 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab muntazam ravishda jamoatchilikni keng jalb kilgan holda, “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi amalga oshiriladi.

Shuningdek, 2024-yildan boshlab “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida har bir hududda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida “Yong‘in xavfsizligi a’lochisi” yillik tanlovi o‘tkaziladi. Tanlov g‘olibiga 100 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi hamda uning faoliyati ikki yil davomida Davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan tekshirilmaydi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Efir

O‘ZBEKISTON24 telekanali orqali efirga uzatilgan lavha!

Maxsus reportaj | "Mahalla beshligi”: yoshlar bilan ishlashda yangicha yondashuv

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Efir

O‘ZBEKISTON24 telekanali orqali efirga uzatilgan lavha!

📹 Xorazm viloyati FVB tomonidan ko‘p qavatli aholi turar joy binolarida shartli ravishda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatlarini bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, insonlarni qutqarish va xavfsiz joyga evakuatsiya qilishga qaratilgan maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#live

Ayni damda “Xorazm viloyatida 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, betalafot o‘tkazish, energetika hamda gaz tizimini barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga elektr energiyasi va gaz resurslarini yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish” mavzusida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlariga start berildi.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#live

Ayni damda Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari doirasida shartli ravishda "Xorazm magistral elektr tarmoqlari" AJga qarashli 220/110 kv Xorazm podstantsiyasida sodir bo‘lgan avariyani bartaraf etish hamda avariya natijasida jabrlanganlarni xavfsiz hududlarga olib chiqish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#live

Ayni damda Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari doirasida shartli ravishda "Hududgaz Xorazm" MCHJ tomonidan Urganch tumani ''Oq Ariqlar" mahallasini ta'minlovchi diametri 159 mm bo‘lgan yuqori bosimli yer osti gaz quviridan gaz sizib chiqishi holatini aniqlash natijasida 5402 ta xonadonda yuzaga kelgan tabiiy gazdan vaqtinchalik uzilish holatlarini bartaraf etish harakatlari amalga oshirilmoqda...

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#live

Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari doirasida shartli ravishda "Urganch neft bazasi" MChJda fuqaro muhofazasi tuzilmalari tomonidan Neft mahsulotlari saqlanadigan sig‘imda katta ko‘lamdagi yong‘inni bartaraf etish, sodir bo‘lgan yong‘in natijasida ishchi xizmatchilar turli xil darajada jarohatlangan, obyekt atrofida istiqomat qiluvchi aholini xavfsiz hududga evakuatsiya qilish tadbirlari amalga oshirilmoqda...

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#live

Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari doirasida Yangiariq tumani ''Vakillar" mahallasi hududida joylashgan "Urganchtransgaz" UKga qarashli Urganch magistral gaz quvurlari boshqarmasida shartli ravishda quvurlarda yuzaga kelgan avariyani bartaraf etish tadbirlari olib borilmoqda...

Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | Youtube | instagram