Termin Lab🔬
1.2K subscribers
1 photo
3 videos
2 links
"Termin Lab" – laboratoriya va tibbiyot atamalarining sodda va tushunarli izohi!

Ma'lumotlarni Muallifning ruxsatisiz tarqatish mumkin emas

Hamkorlik uchun:
@barakal1_reklama
Download Telegram
Simptom va Sindrom o‘rtasidagi farqni bilasizmi?


✔️Simptom – bu bemor tomonidan seziladigan yoki ta'riflanadigan belgilar, masalan: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, charchoq.

✔️Sindrom – bu bir vaqtning o‘zida uchraydigan bir nechta simptomlar majmuasi bo‘lib, ma’lum bir holat yoki kasallikni ko‘rsatadi. Masalan, metabolik sindrom – yuqori qon bosimi, qandli diabet va ortiqcha vaznning birikmasi.

‼️Xulosa: Har bir sindrom bir nechta simptomlardan iborat, lekin har bir simptom alohida holatda bo‘lishi mumkin.

🖊Simptomlarni qanday turlarini bilasiz?☁️


@Lab_termin
🏆1
FIZIKAL TEKSHIRUV USULLARI

📎Fizikal tekshirish usullari 4 ta boʻlib ular quyidagilardir:

💙. Kuzatuv (Inspektsiya)
Vizual kuzatuv orqali bemorning umumiy holatini baholash.
E’tibor bering:
• Nafas olish, hushyorligi
• Teri rangi (sianoz, sarg‘ayish)
• Ko‘krak shakli (bochkasimon, voronkasimon)
Misol: O‘pka emfizemasida bochkasimon ko‘krak, yuzda sianoz.

🩵. Palpatsiya
Qo‘l bilan organ va to‘qimalarning holatini paypaslab tekshirish.
Qamrab oladi:
• Limfa tugunlari, og‘riq, shish, aʼzo va toʻqimalardagi hosilalar shuningdek tanadagi fizik koʻrsatkichlar (tana harorati, aʼzolar kattalashgani va b)
Misol: Jigarning kattalashuvini aniqlash mumkin.

💙. Perkussiya
Urib koʻrish orqali organ chegarasi va zichligini aniqlash.
Tovushlar:
• Tiniq – sog‘lom o‘pka
• Bo‘g‘iq – yallig‘lanish/plevrit
• Timpanik boʻlishi mumkin.
Misol: Plevritda bo‘g‘iq tovush eshitiladi.

🩵. Auskultatsiya
Fonendoskop yordamida ichki tovushlarni eshitish.
Eshitiladi:
• Nafas tovushlari (vezikulyar, bronxial)
• Qo‘shimcha tovushlar (xirillash, krepitatsiya)
Misol: Pnevmoniyada bronxial nafas eshitiladi.

@Lab_termin
👍8🏆1
Amorf fosfatlar kalsiy va magniy fosfat tuzlaridan iborat. Bu moddalar organizmga
ovqat bilan tushadi. Amorf fosfatlar tuz cho‘kmalaridan iborat bo‘lib, tosh hosil
bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
👍5🏆2🆒1
Tripelfosfatlar odam uchun eng xavfli bo‘lgan fosfat toshlaridir. Tripelfosfatlar
qisqa vaqt ichida xavfli darajada kattalashadi, koralsimon toshlarni hosil qiladi.
Peshobda tripelfosfatlar aniqlanishi toshlarning hosib bo‘lishi boshlanganidan darak
beradi.
👍6🏆2
Gonoreya (lot. “gone” - urug‘, “rhoia” - oqish) jinsiy yo‘l bilan yuquvchi
kasalliklar guruxiga kiruvchi infeksion kasallikdir. Gonoreya qo‘zg‘atuvchisi Neisseria
gonorrhoeae – nemis olimi A. Neysser tomonidan 1879 yilda aniqlangan.
👍7🏆1💘1
Агенезия –онтогенез бузилиши оқибатида органнинг мутлақ бўлмаслиги.
👍2🏆1
Инфаркт (infarcire – қиймалаш) – қон айланиш бузилиши лқибатида юзага келадиган тўқималар некрози (ишемия оқибатидаги).
👍2🏆1
Абсцесс – (abscessus – чипқон, йирингли яра) – чегараланган бўшлиқли йирингли яллиғланиш. Ўткир ва сурункали абсцесс учрайди. Ўткир абсцесс атрофидаги тўқималардан пиоген мембрана билан ажралган, сурункали абсцесс бўлса –пиоген (ички) ва фиброз (ташқи).
👍2🏆1
Аневризма (aneuryna – кенгайтириш) – юрак ёки томирнинг липиллаб бўртиб туриши.
👍2🏆1
Гранулема (qranulum – дона, oma – шиш) – продуктив яллиғланишниг чегараланган ўчоғи.
👍2🏆1
Геморрагия (haemorragia) – қон кетиши.
👍3🏆1
Гидроцефалия (hydr – сув, cephal – бош мия) – бош мия қоринчаларида ликворнинг йиғилиши (ички) ёки субарахноидал бўшлиғда (ташқи).
👍3❤‍🔥11🔥1🆒1
Гидроторакс –плевра бўшлиғида шиш суюқлигининг тўпланиши.
👍4❤‍🔥21🔥1
Ишемия (ischo – тўхтатиш) – соҳаларда кам қон келиши натижасида камқонлик.
👍5❤‍🔥11🔥1🆒1
Стаз (stasis – тўхтатиш) – капиллярларда қоннинг тўхташи.
👍5❤‍🔥11🔥1🥰1
Транссудат (trans – оша, sudare – ўтиш) –шиш суюқлиги.
👍6🔥2❤‍🔥11
Тромбоз (thrombosis – ивиш) –тирикликда томир бўшлиғида ва юрак бўшлиғида қоннинг ивиши.
👍5❤‍🔥11🔥1🏆1
Ретракция (retractio – қисқариш, бужмайиш) – қон қуйқасининг бужмайиши.
👍5❤‍🔥11🔥1🏆1
Тромбоз (thrombosis – ивиш) –тирикликда томир бўшлиғида ва юрак бўшлиғида қоннинг ивиши.
❤‍🔥42🔥1🏆1
Плазмида —ҳужайра хромосомасидан автоном тарзда репликацияланадиган ҳалқасимон ёки чизиқли ДНКмолекуласи.
😍6❤‍🔥11🔥1🏆1