Termin Lab🔬
1.24K subscribers
48 photos
8 videos
23 links
"Termin Lab" – laboratoriya va tibbiyot atamalarining sodda va tushunarli izohi!

Ma'lumotlarni Muallifning ruxsatisiz tarqatish mumkin emas

Hamkorlik uchun: @Aziza30_05
Download Telegram
Kuyish tasnifi va turlari

@Lab_termin
QAYSI VITAMIN QANDAY VAZIFANI BAJARADI?

A vitamini
— terini mayinlashtirib, soch toʻkilishining oldini oladi;
B1 vitamini — tirnoq va sochlar mustahkamligi uchun xizmat qiladi;
B2 vitamini — organizmdagi hujayralarda faollikni kuchaytiradi;
B5 vitamini — erta qarishning oldini oladi;
B6 vitamini — moddalar almashinuvini kuchaytiradi;
N vitamini — teri quruqlashishi, poʻst tashlashi hamda sochlardagi pigment jarayonlarining oldini oladi;
S vitamini — antioksidant, immunitetni oshirib, qon tomirlari devorini mustahkamlaydi;
D vitamini — suyaklar tolasini mustahkamlaydi;
E vitamini — keksayish jarayonini sekinlashtiradi;
Tsink (rux) — soch va tirnoqlarning tabiiy tarkibini tiklashga koʻmaklashib, toshmalardan himoyalaydi;
Kaliy — mushaklar zaiflashuvining oldini oladi;
Kremniy — kollagen ishlab chiqilishi uchun muhim boʻlib, soch va tirnoqlarni mustahkamlaydi.
Magniy — asab tolalari faoliyatini me’yorlashtiradi;
Kaltsiy va fosfor — tishlar, tirnoq va sochlarni mustahkamlaydi.

https://t.iss.one/Lab_termin
👍1
#Tibbiy_atamalar

Apnoe - nafas olishning to‘xtab qolishi bo‘lib, tiklanadigan (chuqur nafas olganda, suvga sho‘ng‘iganda, yutinganda) va tiklanmaydigan (narkoz dozasi ko‘payib ketganda, insultda, elektr toki bilan shikastlanishda) bo‘ladi.

Dispnoe - nafas qisilishining bir turi bo‘lib, nafas olish tezligi, ritmi va chuqurligining buzilishi natijasida nafas olish qiyinlashadi. Gipoksemiya va giperkapniya natijasida kelib chiqadi. Yurak yetishmovchiligida, bronxial astmada kuzatiladi.

Taxipnoe - tez-tez "sayoz" nafas olish bo‘lib, zaharli moddalar va gazlar, freonlar bilan zaharlanganda (qonda gipoksemiya, giperkapniya va metabolik atsidoz), ba'zi hollarda isitmada ham kelib chiqadi.

Giperpnoe - tez-tez "chuqur" nafas olish bo‘lib, yuqori jismoniy va kuchli emotsional faoliyatda hamda ba'zi kasalliklarda kuzatiladi.

Ortopnoe - nafas qisilishining bir turi bo‘lib, asosan odam gorizontal yotgan holatida nafas qisilishi bilan namoyon bo‘ladi. Bemor majburiy holatni egallaganida (stulda o‘tirgan holat, ko‘pincha shunday holatda uxlashiga ham olib keladi) va tik holatga o‘tganida nafas olishi yengillashadi. Yurak yetishmovchiligida, o‘pka kasalliklarida (O‘SOK, o‘pka respirator distress sindromi, o‘pka shishida) kuzatiladi.

Platipnoe - nafas qisilishining bir turi bo‘lib, tik turganda kuchayadi, yotganda yengillashadi, ortopnoening teskarisi. Yurak nuqsonlarida, intrakardial shuntda, pnevmoektomiyada kuzatiladi.

Trepopnoe - nafas qisilishining bir turi bo‘lib, bir taraflama o‘pka va bronx kasalliklarida zararlangan tomon bilan yotganda kuchayadi, bemor ko‘proq sog‘lom tomon bilan yotishga harakat qiladi. Yuqorida aytilganidek bir qator bir tomonlama nafas olish tizimi kasalliklarida hamda yurak kasalliklarida kuzatiladi.

Bendopnoe - miokard infarkti, surunkali yurak yetishmovchiligi bor bemorlar oldinga egilganda kuzatiladigan nafas qisilish holati.


❇️ 👉 https://t.iss.one/Lab_termin
1🔥1🆒1
NISTAGM

Nistagmbu koʻzning ixtiyoriy boʻlmagan, tez-tez takrorlanadigan harakatlari boʻlib, odatda gorizontal (chapga-oʻngga), vertikal (yuqori-pastga) yoki aylana (aylanma) yoʻnalishda kuzatiladi. Bu holat koʻpincha markaziy yoki periferik nerv sistemasi (miya, orqa miya yoki ichki quloq) bilan bogʻliq muammolar natijasida yuzaga keladi.

Nistagm turlari:
ustiga bosing👇
➡️ Fiziologik nistagm normal holatda kuzatiladigan koʻz harakatlarini anglatadi. Masalan, optokinetik nistagm deb ataladigan turi harakatlanayotgan narsalarga koʻzning avtomatik moslashuvi natijasida yuzaga keladi. Shuningdek, vestibulyar nistagm bosh harakatlanishida ichki quloqning taʼsiri natijasida paydo boʻladi. Bu holatlar odatda bemor uchun noqulaylik tugʻdirmaydi.

➡️ Patologik nistagm kasallik yoki shikastlanish natijasida yuzaga keladi. Misol uchun, tug‘ma nistagm bolalarda koʻrish muammolari bilan birga kuzatilishi mumkin. Bundan tashqari, orqaga qaytariluvchi nistagm miya poyasidagi muammolar natijasida paydo boʻladi va bu holat koʻpincha jiddiy nevrologik kasalliklar bilan bogʻliqdir.


Nistagm sabablari:
ustiga bosing👇
Nistagmning kelib chiqishiga turli omillar sabab boʻlishi mumkin:

➡️ Ichki quloq muammolari bu holatni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, Meniere kasalligi yoki labirintit kabi vestibulyar sistemadagi buzilishlar nistagmga olib keladi. Shuningdek, ichki quloqning shikastlanishi yoki infeksiyalari ham koʻz harakatlarining buzilishiga sabab boʻlishi mumkin.

➡️ Markaziy nerv sistemasi kasalliklari nistagmning yana bir muhim sababidir. Miya poyasi yoki miyachadagi muammolar (masalan, insult, miya shishi yoki skleroz) bu holatni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, miya travmalari yoki tugʻma nuqsonlar ham nistagmga sabab boʻlishi mumkin.

➡️ Koʻrlik yoki koʻrish muammolari nistagmni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, tugʻma katarakta yoki boshqa koʻrish nuqsonlari boʻlgan bemorlarda nistagm kuzatilishi mumkin.

➡️ Dori va boshqa moddalarning taʼsiri ham nistagmga sabab boʻlishi mumkin. Baʼzi dorilar (masalan, antiepileptiklar) yoki spirtli ichimliklar koʻz harakatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin.

➡️ Irsiy omillar ham nistagmning kelib chiqishida muhim rol oʻynaydi. Tugʻma nistagm koʻpincha irsiy boʻlishi mumkin.


Tashxislash va davolash:
ustiga bosing👇
Nistagmni aniqlash uchun bir qator tibbiy tekshiruvlar oʻtkaziladi:

Birinchidan, nevrologik tekshiruv orqali koʻz harakatlari va reflekslar baholanadi. Ikkinchidan, vestibulyar testlar yordamida ichki quloq funksiyasi tekshiriladi. Uchinchidan, koʻrish testlari orqali bemorning koʻrish qobiliyati baholanadi. Bundan tashqari, MRT yoki KT kabi tasvirlash usullari yordamida miya va ichki quloqning holati aniqlanadi. Shuningdek, elektronistagmografiya (ENG) yordamida koʻz harakatlari yozib olinadi va tahlil qilinadi.

Nistagmni davolash uning sababiga qarab belgilanadi. Agar nistagm ichki quloq muammolari bilan bogʻliq boʻlsa, vestibulyar reabilitatsiya yordamida muvozanatni tiklash mumkin. Agar nistagm koʻrish muammolari bilan bogʻliq boʻlsa, koʻrishni tuzatish orqali holatni yaxshilash mumkin. Bundan tashqari, dori-darmonlar yordamida nistagmni kamaytirish mumkin. Masalan, benzodiazepinlar vestibulyar nistagmni kamaytirishda samarali hisoblanadi. Agar nistagm jiddiy boʻlsa, jarrohlik orqali koʻz mushaklarini operatsiya qilish mumkin.

Nistagm bemorning koʻrish qobiliyatini pasaytirishi, muvozanatni saqlash qiyinchiliklariga olib kelishi va umuman hayot sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Shu sababli, bu holatni erta aniqlash va uning sabablarini toʻgʻri tushunish shifokor uchun muhim bilimdir.


BIZNING KANAL😎 https://t.iss.one/Lab_termin
#mediatorlar
#neyromediatorlar

🧠Asetilxolin (Acetylcholine) – birinchi ochilgan neyromediator

⁉️Asetilxolin nima?
ustiga bosing👇
🔵Asetilxolinbu organizmdagi muhim neyromediator bo‘lib, asab impulslarini uzatishda ishtirok etadi. U markaziy va periferik asab tizimida topiladi.

Sintezi va parchalanishi
🔴 Asetilxolin xolin va atsetilkoenzim A (Asetil-KoA) dan xolinatsetiltransferaza fermenti yordamida sintezlanadi.
🔴 U xolinergik sinapslarda chiqariladi va ta’sir ko‘rsatadi.
🔴 Asetilxolinesteraza fermenti tomonidan parchalanib, xolin va sirka kislotasiga ajraladi. Xolin qayta neyron tomonidan qabul qilinib, qayta ishlatilishi mumkin.


Asetilxolin retseptorlari
Asetilxolin ikki turdagi retseptorlar orqali ta’sir qiladi:
🟢 Nikotinik retseptorlar – tezkor ion kanallari bo‘lib, asosan somatik nervlar va vegetativ gangliyalarda joylashgan.
🟠 Muskarinik retseptorlar – G-oqsillarga bog‘liq bo‘lib, yurak, bezlar va ichki a’zolarda uchraydi

🔰Funksiyalari
🔵 Markaziy asab tizimida – xotira, o‘rganish va diqqatni boshqaradi.
🔵 Periferik asab tizimida – skelet mushaklarining qisqarishini boshqaradi.
🔵 Vegetativ nerv tizimida – yurak ritmini sekinlashtirish, bezlar sekretsiyasini oshirish va ichak peristaltikasini kuchaytirishga javob beradi.


🌐 Tibbiy ahamiyati
🟠 Altsgeymer kasalligi – Asetilxolin darajasi pasayishi xotira buzilishiga sabab bo‘ladi.
🟠 Miyasteniya gravis – Asetilxolin retseptorlariga antitelolar ishlab chiqariladi, bu mushak zaifligini keltirib chiqaradi.
🟠 Botulizm – Botulotoksin asetilxolin chiqarilishini bloklaydi, bu esa falajlikka olib kelishi mumkin.


BIZNING KANAL😎 https://t.iss.one/Lab_termin
Ba'zi fobiya (qo'rquv) turlari‼️📌

♻️Agorafobiya - ochiq makon, maydon, olamon va xaloyiq to'planadigan joylarga chiqishdan qo'rqish.

📛Autofobiya - Yolg'izlikdan, yolg'iz qolishdan qo'rqish.

⬇️Gipengiofobiya - o'z zimmasiga majburiyat va javobgarlikni olishdan qo'rqish.

🚫Genofobiya - boshqa shaxs bilan jinsiy aloqaga kirishishdan qo'rqish.

👀Dismorfofobiya - tanasidagi kichik va axamiyatsiz nuqsonlarga beriluvchanlik, o'z tana tuzilishidan qo'rqish.

🏠Klaustrofobiya - yopiq bino yoki xonada yolg'iz qolishdan qo'rqish, go'yoki inson o'zini xavo yetishmayotgandek va hattoki o'layotgandek tasavvur qilishi.

🚮Mezofobiya - kir bo'lib qolish, ifloslanish, biror kasallikni yuqtirib qo'yish fikrlari mavjudligi tufayli atrof muhit narsalari bilan qo'rqib muomalaga kirishish.

Nekrofobiya - o'lik va murdalar, qabristondan qo'rqish.

🤝Sotsiofobiya - jamiyatdagi turli aloqalar, atrofdagilarning munosabati, yondashuvi va baholaridan qo'rqish.

BIZNING KANAL😎https://t.iss.one/Lab_termin
#Fakt

1️⃣ Inson ko'zi faqat uch rang qizil, ko'k va yashilni ajratadi, qolgan ranglar esa, ularning qo'shilmalaridan paydo bo'lgan♻️

2️⃣ Ko'zlarimiz diametri 2,5smga yaqin, og'irligi 8grcha keladi👁

3️⃣ Tanamizdagi barcha muskullar ichida ko'z muskullari eng faolidir📌

4️⃣ Ko'zlarimiz tug'ilganimizdagiday qoladi, burun va quloqlar esa, o'sishdan to'xtamaydi👶🏻

5️⃣ Ko'z soqqasining faqat 1/6 qismigina ko'rinib turadi👁

BIZNING KANAL😎 @Lab_termin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tripofobiya — bu kichik teshiklar, g'ovaklar yoki o'ralgan yuzalardan qo'rqish yoki jirkanish hissini uyg'otadigan holat. Masalan, asalari uyasi, lotus urug'i g'ovaklari yoki g'ovakli shokolad kabi tuzilmalar ba'zi odamlarda bezovtalik, ko'ngil aynishi, qichishish yoki hatto vahima xurujlarini keltirib chiqarishi mumkin.
Mikoplazmalar - parazit yoki saprofit hayot tarzini olib boradigan eng ibtidoiy prokaryotlardir. Viruslardan farqli o'laroq, ular tirik organizmlarning barcha hayotiy jarayonlarini boshdan kechiradilar va makromolekulyarlarning (DNK, RNK va oqsillar) to'liq tarkibiga ega. Ularning hujayralarida 300 dan ortiq fermentlar va 12 000 ga yaqin molekulalar mavjud. Mikoplazma inson tanasida parazitlik qilishi va kasalliklarga olib kelishi mumkin (mikoplazma pnevmoniyasi; traxeobronxit; gonokokksiz uretrit va boshqalar).
Testosteronni qanday ko'paytirish mumkin💉🔋

Uy sharoitida ko'paytirish‼️
Ustiga bosing👇

💡Rux mikroelementi - testosteron ishlab chiqarish bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liq. U dengiz maxsulotlari, baliq, yong'oq, urug'lar - kungaboqar va qovoq, pishloq, bazi sabzavotlarda ko'p bo'ladi.

Kofe iste’molini cheklash - muntazam kofe iste'mol qilish testosteron miqdorini kamaytiradi

😴Uxlash - testosteron miqdorini ko'paytirishda kuniga 7-8 soat uxlash tavsiya etiladi.

🌞Quyoshda toblanish - bu usul ham testosteron miqdorini oshiradi


Testesteron kamligining belgilari🪫
🔰Depressiya
🔰Impotensiyaning kamayishi
🔰Semizlik
🔰Feminizatsiya va ginekomastiya
🔰Mushak massasini kamayishi
🔰Xotira buzilishi


‼️‼️Ma'lumotlarni KANAL NOMI va LINKI bilan tarqating
BIZNING KANAL😎
@Lab_termin
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#transplantologiya
BUYRAK TRANSPLANTATSIYASI💊💉

‼️‼️Ma'lumotlarni KANAL NOMI va LINKI bilan tarqating
BIZNING KANAL😎
@Lab_termin
1
Buyrak transplantatsiyasi haqida batafsil💊

Ustiga bosing👇
Buyrak transplantatsiyasi – bu sog‘lom donor buyragini surunkali buyrak yetishmovchiligi yoki boshqa og‘ir buyrak kasalliklari bilan kasallangan bemorga ko‘chirib o‘tkazish (transplantatsiya qilish) jarayoni. Bu davolash usuli gemodializga muqobil bo‘lib, bemorning hayot sifatini yaxshilashga va umrini uzaytirishga yordam beradi.

1984 yilda Apollon Hindistonda buyrak transplantatsiyasini muvaffaqiyatli yakunlagan birinchi xususiy shifoxona bo'lib, muhim voqea bo'ldi. O'shandan beri Apollon butun dunyo bo'ylab eng ko'p muvaffaqiyatli transplantatsiyani amalga oshirgan global liderga aylandi.

Buyrak transplantatsiyasi buyraklar chiqindilarni olib tashlay olmaganda, to'planish va yuqori qon bosimini keltirib chiqaradigan va buyrak etishmovchiligiga olib kelganda kerak bo'ladi.

Nima uchun diyalizdan ko'ra buyrak transplantatsiyasini tanlash kerak?
©Dializ rejimidan ozodlik: Buyrak transplantatsiyasi haftada uch marta dializ seanslariga bo'lgan ehtiyojni yo'q qiladi va bu talab qilinadigan tartibdan tanaffusni taklif qiladi.
©Tezroq tiklanish, og'riqni kamaytirish: Buyrak transplantatsiyasidan so'ng bemorlar odatda dializ muolajalariga qaraganda kamroq noqulaylik bilan tezroq tiklanish davrini boshdan kechiradilar.
©O'lim xavfini kamaytirish: Buyrak transplantatsiyasini tanlash o'lim xavfini kamaytirishga yordam beradi, bu esa bemorning prognozi va umr ko'rish davomiyligining umumiy yaxshilanishiga olib keladi.
©Hayot sifatini oshirish: Buyrak transplantatsiyasi odamlarga kamroq ovqatlanish cheklovlari bilan hayot kechirish imkonini beradi, bu esa farovonlik va hayot sifatining umumiy yaxshilanishiga yordam beradi.

Donor turlari
®O'lik yoki vafot etgan donor buyrak transplantatsiyasi: Bu muolaja yaqinda vafot etgan odamning buyragini oilasining roziligi bilan yoki donorlik kartasida ko‘rsatilganidek olishdan iborat. Donor qilingan buyrak saqlanib qoladi va keyin buyrak etishmovchiligi bo'lgan odamga ko'chiriladi. U implantatsiya qilinmaguncha sovutish yoki maxsus mashinalar yordamida hayotiyligini saqlab qolish mumkin. Ko'pincha, buyrakning tanadan tashqarida bo'lgan vaqtini kamaytirish uchun donor va qabul qiluvchi geografik jihatdan yaqin.
®Tirik donor buyrak transplantatsiyasi: Ushbu protsedurada buyrak tirik donordan olinadi va shikastlangan buyrakni almashtirish uchun qabul qiluvchining tanasiga joylashtiriladi. Inson tanasi faqat bitta buyrak bilan normal ishlashi mumkin, bu esa bunday transplantatsiyani amalga oshirishga imkon beradi.

Bolalarda buyrak transplantatsiyasi
Buyrak etishmovchiligi bolaning o'sishiga, suyaklarining mustahkamligiga va asablariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bu bolaning miya rivojlanishi va faoliyatiga ta'sir qilishi mumkin, bu esa o'rganishda nuqsonlarni keltirib chiqarishi mumkin. Buyrak transplantatsiyasi kattalar, shuningdek, buyrak etishmovchiligi bo'lgan bolalar uchun eng yaxshi davolash usuli hisoblanadi.


‼️‼️Ma'lumotlarni KANAL NOMI va LINKI bilan tarqating
BIZNING KANAL😎
@Lab_termin
1
JIGAR UCHUN 5 TA ASOSIY
VITAMIN💉💊

💊A vitamini
Barcha qizil va to'q sariq mevalarda bor. Ayniqsa karotinga sabzi, lavlagi o'rik, bulg'or qalampiri, qovoq boy bo'ladi
💊E vitamini
Boshoqlilar, o'simlik yog'i va baliqda mavjud

💊Omega-3 yog'li kislotalari
Ular asosan seld, forel yoki skumbriya kabi yog'li baliqlarda bo'ladi

💊Riboflavin (B2 vitamini)
U shaftoli, nok, lavlagi va ismaloqda ko'p

💊Lipoy kislotasi
Unisut maxsulotlari, ismaloq, mol go'shtida topasiz


BIZNING KANAL😎 @Lab_termin
Xujayralarning yangilanish vaqtlari


💊JIGAR - 1 yilda
💊BUYRAK - 6 minutda
💊OSHQOZON - 6 kunda
💊TERI - 14 kunda
💊YURAK - 3 oyda
💊ERITROSIT - 120 kunda
💊URUG' X. - 10 kun yashaydi
💊TUXUM X. - 10 kun yashaydi
💊ICHAK - 6 kunda
💊SUYAK - 15 yilda
💊MIYYA - miyya xujayralari hechon qachon yangilanmaydi


Malumotlarni KANAL NOMI va LINKI bilan tarqating‼️‼️‼️

BIZNING KANAL😎 @Lab_termin
🧫🧪 Siydik ranglari va ularga taalluqli mumkin bo‘lgan sabablari:

1. Rangsiz siydik:
Tananing meʼyoridan tashqari suv iste’moli. Suv balansi oshgan


2. Och sariq siydik:
Bu siydikning normal rangi bo‘lib, organizmda muvozanat saqlanayotganidan dalolat beradi.


3. Bulutli yoki cho‘kma bilan siydik:
Siydik yo‘llari infeksiyasi yoki yiring mavjud bo‘lishi ehtimoli.


4. O‘tkir sariq siydik:
Suvsizlanish yoki lavlagi kabi oziq-ovqat iste’mol qilganda kuzatilishi mumkin.


5. Qizil siydik:
Qon ketishi, buyrak yoki siydik yo‘llarida jarohat hamda lavlagi kabi mahsulotlar iste’moli.


6. Och jigarrang siydik:
Jigarning faoliyati bilan bog‘liq muammolar, masalan gepatit yoki siroz.


7. O‘tkir jigarrang siydik:
Rabdomioliz (mushaklarning parchalanishi) kabi jiddiy holatlar.


8. Ko‘k siydik:
Tibbiy bo‘yoqli vositalar yoki kamdan-kam uchraydigan genetik kasalliklar.


https://t.iss.one/Lab_termin
🩺🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🩺
YODLAB OLING, ALBATTA KERAK BO'LADI🩺🩺🩺
🩺Yurak zarblari (puls) me'yorida qancha bo'lishi kerakligini bilasizmi

Chaqaloq➡️110-170 ta
0-1 yosh➡️102-162 ta
1-2 yosh➡️94-155 ta
4-6 yosh➡️86-126 ta
6-8 yosh➡️78-118 ta
8-10 yosh➡️68-108 ta
10-12 yosh➡️60-100 ta
12-15 yosh➡️55-95 ta
50 yoshgacha➡️60-80 ta
50-60 yosh➡️65-85 ta
60- 80 yosh➡️70-90 ta

⭐️SAQLAB OLING⬇️
✔️
@Lab_termin
O'pka haqida qiziqarli faktlar:

🩺Suvda cho'kmaydigan inson tanasidagi yagona a'zo
🩺O'pkada jami 450 ml qon bo'ladi (jami qonning 10%i). Jaroxatlanganda qon yetishmovchiligi rezerv xisobiga to'ldiriladi
🩺Chap o'pka o'ngga qaraganda kichikroq. O'ng o'pka 3 bo'lakdan, chap o'pka esa 2 bo'lakdan iborat
#foydali_malumotlar
☕️ Bir finjon qahvadan so‘ng organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

• 10 daqiqadan so‘ng: kofein yurak urishini tezlashtirib, qon bosimini oshiradi🩺
• 20 daqiqadan so‘ng: diqqatni oshirib, charchoq hissi kamayadi🩺
• 30 daqiqadan so‘ng: qonda adrenalin ko‘payadi, ko‘rish o‘tkirligi ortadi👀
• 40 daqiqadan so‘ng: serotonin miqdori ko‘payib, mushaklar kuchi ortadi💪
• 4 soatdan so‘ng: organizmda yog‘lar eriydi, oshqozon shirasi aktiv ajraladi🩺
• 6 soatdan so‘ng: siydik haydovchi effekti namoyon bo‘ladi, vitaminlarni yuvadi, organizmda disbalans yuzaga keladi🩺

✔️@Lab_termin