Termin Lab🔬
1.2K subscribers
1 photo
3 videos
2 links
"Termin Lab" – laboratoriya va tibbiyot atamalarining sodda va tushunarli izohi!

Ma'lumotlarni Muallifning ruxsatisiz tarqatish mumkin emas

Hamkorlik uchun:
@barakal1_reklama
Download Telegram
Anulositlar o’rtasi bo’sh, halqasimon eritrositlar bo’lib, og’ir temir tanqisligi
kamqonligida paydo bo’ladi.


@Lab_termin
4
Exinositlar sitoplazmasida bir xil o’simtalarga ega bo’lgan
eritrotsitlardir.Exinositlar og’ir anemiyalar, oshqozon raki, oshqozon yarasi, buyrak
yyetishmovchiligi, uremiyada paydo bo’ladi.

Dakriositlar tomchi shaklidagi eritrositlar bo’lib, myelofibroz, og’ir anemiya,
jigar toksik shikastlanishida uchraydi.

Nishonsimon eritrotsitlar markazda gemoglobin to’planadi va nishon shakliga
o’xshash eritrositlar bo’lib, talassemiya (irsiy gemolitik anemiya), og’ir temir tanqislik
anemiyasi, jigar kasalliklari, splenoektomiyadan so’ng aniqlanadi.

@Lab_termin
3
Akantositlar - yulduzsimon eritrotsitlardir.Akantositlar qonda irsiy akantositoz
(gemolitik anemiya), lipoproteinemiya, jigar kasalligi (sirroz), geparin bilan davolanish
davrida, splenektomiyadan so’ng paydo bo’ladi.


@Lab_termin
👍7
Sferotsitlar ikki tomonlama botiq shaklini yo’qotgan sharsimon eritrotsitlar
bo’lib, markazida och zonasi yo’q.Sferositlar diametri 6 mkm dan kichik bo’lsa
mikrosferosit deyiladi. Sferositlar irsiy mikrosferositoz (gemolitik anemiya), kuyish,
mos kelmaydigan qon quyish, sun’iy yurak klapanlari qo’yilganda, DTII – sindromida
(dissiminiplangan tomir ichi ivish sindromi) paydo bo’ladi.

@Lab_termin
👍6
Stomatsitlar hujayraning markazida joylashgan og’izga o’xshash yorug’lik
zonasiga ega bo’lgan eritrotsitlardir.Stomatotsitlar qon quyishdan keyin, jigar
kasalliklari, infeksion mononukleoz, irsiy stomatositozda (gemolitik anemiya) bo’ladi.


@Lab_termin
👍7
Poykilositoz - eritrotsitlarning turli shaklga ega bo’lishidir. Poykilotsitlar
shakli har xil bo’lishi mumkin, masalan:

Ovalotsitlar membranadagi nuqsonlar hisobiga shakllanadi va irsiy ovalotsitoz
(gemolitik anemiya), talassemiya, og’ir temir tanqis anemiya, megaloblastik anemiyaga
xosdir.

@Lab_termin
👍8
Anizotsitoz - har xil o’lchamdagi eritrositlarning paydo bo’lishi. Odatda,
periferik qonda normotsitlar 68-70%, mikrotsitlar (diametri 6 mkm dan kichik) 15,5%
va makrotsitlar (diametri 8 mkm dan katta) 16,5% ni tashkil qiladi. Qonda mikrotsitlar
ko’p bo’lganda mikrositoz, makrosit ko’p bo’lganda makrositoz deb ataladi.Diametri
12 mkm dan katta eritrotsitlar ko’p bo’lganda megalotsitoz deyiladi.

@Lab_termin
6🥰1
Bismillahir Rohmanir Rohiym

Manfaatli va davomli bo'lishini nasib qilsin.
Manbalardan foyda olsangiz, tanishlaringizga ulashib qo'ying.

@Lab_termin- laboratoriya va tibbiyot atamalarining sodda va tushunarli izohi!
👍77🔥29👌11🐳9❤‍🔥51🥰1👏1😍1💘1
Mikrosferotsitar anemiya – bu eritrotsitlarning mikrosferotsitlar shaklida bo‘lishi bilan tavsiflanadigan kamqonlik turi. Eng ko‘p tarqalgan sababi irsiya gemolitik anemiya (sferotsitoz) bo‘lib, bu kasallik eritrotsitlarning membrana nuqsoni tufayli ular shaklining o‘zgarishiga va dalaqada tez buzilishiga olib keladi.

Xususiyatlari:
Eritrotsitlar hajmi kichik (mikrositoz) va shakli sferik
Osmozga sezgirlik ortgan
Gemoliz belgilari (saraton, splenomegaliya) kuzatiladi
Periferik qon surtmasida mikrosferotsitlar aniqlanadi

Diagnostika:
Periferik qon surtmasi
Osmotik frajillik testi
Coombs testi (autoimmun gemolizdan farqlash uchun)

Davolash:
Eng og‘ir holatlarda splenektomiya tavsiya etiladi
Folsin kislotasi qo‘llaniladi
Qon quyish (zarurat bo‘lsa)
Sizga shu kasallik bo‘yicha chuqurroq ma'lumot kerakmi reaksiya bosing?


@Lab_termin
6😍1
Kontraseptika — bu homiladorlikni oldini olish uchun qo‘llaniladigan usullar va vositalar to‘plamidir


@Lab_termin
👍21
Bachadon miomasi—bu bachadon mushak qatlamidan o‘sadigan yaxshi sifatli (begona) o‘sma. U odatda gormonlarga bog‘liq bo‘lib, ko‘pincha 30-50 yosh orasidagi ayollarda uchraydi.
Asosiy belgilari:
Hayzning ko‘payishi va uzoq davom etishi
Qorin pastida og‘riq yoki bosim hissi Siyish yoki ichak harakatlari bilan bog‘liq muammolar Ba’zan bepushtlik yoki homilani ko‘tarishda qiyinchilik
Davolash: Miomaning kattaligi, joylashuvi va simptomlariga qarab kuzatuv, dorilar yoki jarrohlik (miyomektomiya, gisterektomiya) tavsiya etiladi


@Lab_termin
👍21
Pielonefrit – buyrakning infeksion-yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, asosan bakteriyalar sabab bo‘ladi.
Diagnostika usullari:
1. Klinik belgilarga asoslanish:
Bel sohasida og‘riq
Isitma (38–40°C) va titroq
Siydik ajratishdagi o‘zgarishlar (tez-tez yoki og‘riqli siyish)
Holsizlik, ko‘ngil aynishi
2. Laborator tekshiruvlar:
Umumiy siydik tahlili – leukotsituriya, bakteriuriya, proteinuriya
Netchiporenko bo‘yicha siydik tahlili – leukotsitlar va bakteriyalar sonini aniqlash
Qon tahlili – leykotsitoz, ESR oshishi, C-reaktiv oqsil ko‘payishi
Bakteriologik ekish – sababchi mikroorganizmni aniqlash va antibiotiklarga sezuvchanlik
3. Instrumental diagnostika:
Ultratovush tekshiruvi (UTT) – buyrak hajmi, strukturasidagi o‘zgarishlarni aniqlash
Kompyuter tomografiya (KT) yoki MRT – murakkab hollarda abscess yoki to‘siqlarni aniqlash
Ekstratorik urografiya – siydik yo‘llarining holatini baholash
Erta tashxis qo‘yish va o‘z vaqtida davolash pielonefritning surunkali shaklga o‘tishidan saqlaydi


@Lab_termin
👍5😍1
Анизоцитоз— бир хил вақтда, турли хил ўлчамдаги эритроцитларнинг аниқланилиши. Соғлом одамда эритроцит диаметри 6–8 мкм га тенг. Турли характерли анемияларда эритроцитлар ўлчами ўзгариши мумкин.

@Lab_termin
Микроцитлар — диаметроми 6 мкм дан кичик эритроцитлар — темир етишмовчилик анемиясига характерли,
Макроцитлар — диаметроми 9 мкм дан катта эритроцитлар – жигар касалликларида ва спленоктемиядан кейин кузатилади.

@Lab_termin
1
Странгурия (stranguria) — оғриқли сийиш.
Сийдикнинг нисбий зичлиги 1,018–1,026 (эрталабки сийдикда)
Соғлом одамда сутка давомида пешобнинг нисбий зичлиги 1,001 дан 1,040гача тебраниб туради. Эрталабки (энг концентрирланган) пешоб порциясида нормада 1,012–1,020 га тенг.
Пешобнинг нисбий зичлиги фақатгина эригвн қисмлар миқдорига эмас, балки уларнинг молекуляр массасига хам боғлиқ. Юқори молекуляр массали моддалар (масалан, протеинлар) нисбий зичликни оширади, пешобнинг осмотик концентрациясига эса унчалик хам таъсир қилмайди
.


@Lab_termin
1
Поллакиурия (pollakiuria) — тез-тез сийиш — кўп суюқлик қабул қилинганда, сийдик ажратиш аъзоларида яллиғланиш жараёнларида кузатилади.
Олакиурия (olakiuria) — кам сийиш — чекланган миқдорда суюқлик қабул қилинганда ва нерв-рефлектор ўзгаришларда кузатилади.
Дизурия (dysuria) — пешоб ажратиш бузилиши— юқоридаги бузилишларни (сийдик хажмининг, частотасининг ўзгариши) умумлаштирувчи, оғриқлар билан кечувчи симтомокомплекс.Турли сийдик йўллари, жинсий йўддар яллиғланиш касалликларида: цистит, уретрит, пиелонефрит, буйраклар сили.


@Lab_termin
👍41😍1
Никтурия (nycturia)— кечки диурезни кундузгидан кўпайиши:
• турли хил буйрак касалликларининг симптомларидан бири хисобланади;
• предстател железа гипертрофияси;
• қандсиз диабетда кузатилади.


@Lab_termin
1
Анурия (anuria) — сийдик ажралишининг бутунлай тўхташи ( суткада 200 мл дан кам):
• ўткир буйрак етишмовчилигининг эрта, асосий клиник белгиси.
Қуйидаги холларда хам кузатилиши мумкин:
• нефритнинг ўткир шакллари;
• юрак етишмовчилигининг терминал босқичида;
• ўткир қон йўқотишда;
• тўхтамасдан қайд қилиш;
• сийдик йўлларига тош тиқилганда, сийдик йўллари ўсмалар билан босилганда (бачадон, сийдик пуфаги саратони).


@Lab_termin
👍2🏆1
Мегалоцитлар — йирик (12 мкм атрофида), овалсимон гиперхром эритроцитлар, мегалобластлар етилганда хосил бўлади — организмда витамин В12 ва фоли кислота етишмаганда пайдо бўлади.


@Lab_termin
❤‍🔥1🏆1
Эозинопения —эозинофиллар миқдорининг камайиши
Қуйидаги холатдарда кузатилади:
¾ ўткир инфекцион касалликларнинг авж олиш даврида;
• сепсис;
• туберкулезнинг оғир шакллари;
• тиф;
• интоксикацияларда;
• пернициоз анемияда.
Эозинопениянинг лейкопения билан бирга учраши ёмон белги хисобланиб, қатор касалликларда организм умумий қаршилиги пасайганидан далолат беради.


@Lab_termin
👍4🔥1