Termin Lab🔬
1.26K subscribers
38 photos
4 videos
11 links
"Termin Lab" – laboratoriya va tibbiyot atamalarining sodda va tushunarli izohi!

Ma'lumotlarni Muallifning ruxsatisiz tarqatish mumkin emas

Hamkorlik uchun: @Aziza30_05
Download Telegram
Bronxoektaziya -
bu bronx devorini xaltasimon kengayishi.
Etiologiyasi: surunkali bronxit natijasids rivojlanadi hamda bronxiogen bronxoektaziya deb ataladi.
Oqibatlari esa organizmda anomal oqsil sintezlanishiga “Amiloidoz” olib keladi, bu esa Jigar, Taloq hamda buyraklarda uchraydi va qo’l, oyoq barmoqlarida ham to’planadi va baraban tayoqcha bo’lib qoladi.
Core-Pulmonale -
bu pnevmoskleroz natijasida o’pka arteriyalarida qon bosimini ortishi hisobiga o’ng yurak qorinchasiga yuklamani ortishi va natijasa chap qorincha gipertrofiyasi hamda deletatsiyasiga olib keluvchi kasallik hisoblanadi.
“Bu mavzuga yana cardiologiya postlarida chuqurlashamiz”
Oqibati esa o’ng qorincha yetishmovchiligi, muskat jigar va o’rganlarda to’laqonlik yuzaga kelishi bn namoyon bo’ladi.
📏📏📏📏📏📏📏📏📏📏📏📏📏
Surunkali oddiy bronxit (obsturktiv bo’lmagan turi)
Bugungi bu kasalligimiz eng ko’p erkaklarda asosan chekuvchi turida uchraydi va kasallikni kashandalar kasalligi deb aytsak ham bo’ladi.

Kasallik etiologiyasi va patogenezi:
Tamaki tutunidan aktiv va passiv nafas olish natijasida asosan kasallanadi va bu organizmda ahamiyati katta. Bu tutun va pollyutantlar bronx shilliq qavatini surunkali tarzda shikastlashi oqibatida bronxlar sekretini quyuqlili va gipersekretsi, kiprikli shilliq epiteliylar zararlanishi kuzatiladi. Buni oqibatida bronx himoya va mukosilliar transport faoliyati buziladi. Tamaki 1-eng katta sababi bo’lsa 2-sababi bu kremniy, Cd, NO2, SO2 va boshqa pollyutantlar hisoblanadi va 3-omil Respirator viruslar, pnevmokokklar, gemofil tayoqcha, mikoplazma hamda xlamidiya va boshqalar kiradi. “Bu 2-3 sabablar orqali kasallik rivojlanishiga tamaki tanijasida bronx devorlari kuchrizlanib infeksion muhitga chidamsiz holatga kelishi natijasida paydo bo’ladi”
Kasallik klinikasi:
Kasallik kechishi 2 xil uzoq remissiya va kamroq qo’zg’alish.
Remissiya davrida bemor o’zini kasal hisoblamedi va vaqti-vaqti bilan yo’tal hamda balg’am ajralishini chekgani sabab deb hisoblaydi. Yo’tal asosan sovuqda, jismoniy harakatdan keyin va pollyutantlar tasirida kuchayadi va remissiya davrdan chiqib qo’zishga o’tin ketishi munkin. Obyektiv ko’ruvda hech narsa zerilmaydi lekin Auskultatsiyada forsillagan nafas chiqarganda yakka quruq xirillashlar eshitiladi. U doimiy bo’lmaydi yo’talganda tezda yo’qoladi. Qo’zg’alish davrga o’tishga sabablar: O’RVI, sovqotish, haddan ortiq chekish, o’tkir laringit, faringit, angina. Bu sabablar natijasida kasallik yaqqol klinik belgilar namoyon qiladi. Bunda balg’amli yo’tal ko’proq ertalab paydo bo’ladi va ba’zam doimiy kechadi, gorizontal holatda kuchayadi. Tana harorati ko’tariladi va intoksikatsiya belgilari namoyon bo’ladi. Auskultatsiyada dag’al vezikulyar nafas, nafas olish va chiqarishda tarqalgan quruw xirillashlar eshitiladi. Kam hollarda mayda yoki o’rta pufakchali nam xirillashlar ham eshitiladi.
Laborator va instrumental tekshiruv:
Qon taxlilida neytrofilli leykotsitoz, ECHT biroz oshgan bo’lishi bular kasallikga gumonni hosil qiladi lekin aniq ma’lumot bermaydi. Qon zardobida - alfa antitripsin, alfa1- glikoproteid, alfa2- makroglobulin, gaptoglobulin, seruloplazmin, seromukoid, C-reaktiv oqsili, umumiy oqsil va oqsil fraksiyalarini aniqlash ahamiyatiga ega. Bular bronxlardagi yallig’lanish faolligini ko’rsatadi.
🟧balg’am taxlili
🟧rentgen tekshiruvi
🟧bronxoskopiya, yallig’lanishli kasalliklarga shubxa tug’ilganda qilinadi.
Kasallik oqibati👼☠️👼
Bu kasallik bemorlarda umr bo’yi kuzatilishi mumkin.Kasallik vaqtida aniqlanib davolanmasa u obsturtiv turiga o’tib ketadi va o’pka emzifemasi, pnevmoskleroz, nafas yetishmasligi va Core-Pulmonale rivojlanishiga sabab bo’ladi

Mana nima uchun chekish va hatto tamaki tutunini hidlash ham qanaqa jarayonlarga sabab bo’ladi🥺

Postni do’stlarizga ham ulashing zero bilimni ulashish faqatgina foyda😇.

Bizning kanal😊
✈️ https://t.iss.one/Lab_termin