Давления тушганда
Дексаметазон+глюкоза
Давления ошганда
Магнезия+натрий хлор
Папаверин гидрохлорид 2.0+ дибазол 2.0
Дексаметазон+глюкоза
Давления ошганда
Магнезия+натрий хлор
Папаверин гидрохлорид 2.0+ дибазол 2.0
❤2👍2🆒2😍1
Respirator sistema kasalliklari ichida o'z o'rnini egallagan kasallik "Bronxit" haqida gaplashamiz.
"O'tkir Bronxit" - bronx devorining o'tkir diffuz yallig'lanishi bo'lib kam holatlarda infeksiyalar tasida ham rivojlanadi. kasallik quruq yo'tal hamda nafas qisishi(yetishmasligi) bilan kechadi.
Allergenlar tasirida yuzaga keladigan ya’ni allergik reaksiyalarga tug’ma moyilligi bor odamlarda o’tkir bronxit kasalligi astma oldi jarayonlari deb qaralsa ham bo’ladi.
O’tkir bronxitda yallig’lanish jarayoni burun-halqum qismdan boshlanib, traxeya, bronx va bronxiolagacha borishi mumkin. (Agar erta aniqlanib davolansa bronxiolagacha bormaydi).
O’tkir bronxit tasnifi:
Etiologiyasiga ko’ra
🟧O’tkir infeksion bronxit (virusli, bakteriyal, aralash)
🟧Fizik yoki tokik omillar natijasida yuzaga kelgan bronxit
Patogeneziga ko’ra
🟧birlamchi bronxit
🟧ikkilamchi bronxit
Yallig’lanish harakteri bo’yicha
🟧kataral
🟧yiringli
🟧yiringli-nekrotik
Shikastlanishiga ko’ra
🟧proksimal o’tkir bronxit (yirik bronxlar zararlanishi)
🟧Distal o’tkir bronxit (mayda bronxlar shikastlanishi)
Kechishiga ko’ra
🟧O’tkir (2-3 hafta davom etsa)
🟧Cho’zilgan (1 oy va undan uzoq muddat davom etgan bo’lsa)
"O'tkir Bronxit" - bronx devorining o'tkir diffuz yallig'lanishi bo'lib kam holatlarda infeksiyalar tasida ham rivojlanadi. kasallik quruq yo'tal hamda nafas qisishi(yetishmasligi) bilan kechadi.
Kasallik etiologiyasi:
⚫️Fizik (quruq, issiq yoki sovuq havo)
⚫️KImyoviy (kislota, ishqorlar, oltingugurt 2 oksidi, metall, amiak, xlor, sulfat angidrit, kremniy)
⚫️Biologik (infeksion hamda allergik omillar)
⚫️Boshqa yuqumli kasalliklar (qizamiq, ko'kyo'tal, bo'g'ma, ich terlama) asorati sifatida ham paydo bo'lishi mumkin.
Bronxit rivojlanishi organizmga fizik va kimyoviy omil ta’sirlanishi natijasida bronxlar shilliq qavati zararlanadi va mahalliy chidamlilik pasayadi. Buning natijasida infeksiyaga qulay sharoit tug’iladi va bronx devorida yallig’lanish jarayonlari boshlanadi.
Allergenlar tasirida yuzaga keladigan ya’ni allergik reaksiyalarga tug’ma moyilligi bor odamlarda o’tkir bronxit kasalligi astma oldi jarayonlari deb qaralsa ham bo’ladi.
O’tkir bronxitda yallig’lanish jarayoni burun-halqum qismdan boshlanib, traxeya, bronx va bronxiolagacha borishi mumkin. (Agar erta aniqlanib davolansa bronxiolagacha bormaydi).
O’tkir bronxit tasnifi:
Etiologiyasiga ko’ra
🟧O’tkir infeksion bronxit (virusli, bakteriyal, aralash)
🟧Fizik yoki tokik omillar natijasida yuzaga kelgan bronxit
Patogeneziga ko’ra
🟧birlamchi bronxit
🟧ikkilamchi bronxit
Yallig’lanish harakteri bo’yicha
🟧kataral
🟧yiringli
🟧yiringli-nekrotik
Shikastlanishiga ko’ra
🟧proksimal o’tkir bronxit (yirik bronxlar zararlanishi)
🟧Distal o’tkir bronxit (mayda bronxlar shikastlanishi)
Kechishiga ko’ra
🟧O’tkir (2-3 hafta davom etsa)
🟧Cho’zilgan (1 oy va undan uzoq muddat davom etgan bo’lsa)
Klinikasi.
Kasallik belgilari- umumiy holsizlik, tumov, bosh og’rig’i, ishtaxa pasayishi, febril va subfebril istima, tomoq qizarishi. Kasallik dastlabki kunida quruq so’ng balg’amli yo’tal, so’ng bakteriyali infeksiya qo’shilsa balg’am shilliq-yiringli yoki yiringli bo’ladi. Uzoq davom etgan hurujli yo’taldan so’ng balg’amda qon parchalari paydo bo’ladi, ko’krak qafasi va diafragma taranglashishi hisobiga og’riq ham vujudga keladi hamda nafas chuqur olganda bu kuchayadi. Agar bronxiolit ham qo’shilsa hansirash, sianoz hamda nafas yetishmasligi ham vurudga keladi.
Obyektiv ko’rik
Nafas dirillashi va perkutor tovush o’zgarmaydi. Auskultatsiyada dag’al vezikulyar nafas, kasallik boshlanishida quruq kasallik zo’raygandan so’ng harakteri o’zgaruvchi nam hirillashlar eshitiladi va bu asosan o’pkani orqa tomonidan yaxshiroq eshitiladi, bu nam hirillash yo’taldan so’ng eshitilmasligi yoki kuchayishi mumkin
Laborator instrumental tekshirish.
Umumiy qon taxlilida neytrofilli leykotsitozni hamda ECHT oshishini ko’ramiz. Qon ba’zan plazmasida S-reaktiv oqsili, alfa2-globulin oshganini ko’ramiz.
Balg’am mikroskopik ko’rilganda unda leykositlar, eritrotsitlar, silindrik epiteliy hamda ba’zan eizinofillar ko’rinadi.
Instrumental tekshirish usullariga esa: Bronxoskopiya, rentgen hamda tashqi nafas faoliyatini aniqlash kiradi.
Davolash 🚨
O’tkir bronxitga chalingan bemorlar organizmini issiq saqlashi va limonli, malinali, asalli damlamalar ichishi tavsiya etiladi. Agar kasallikga bronxiolit ham aralashsa unda bemor shifoxonada komples terapiya bn birga immunoglobulin 2-4 ml mushak orasiga 1-2 mahal va interferon ishlatiladi.
Bemor yoshi 50 dan oshgan va yiringli balg’am ajralsa unda bemorga:
Medikamitsin 400 mg 2 mahal 5-7 kun.
Spiramitsin 3 mln XB 2-4 mahal 7-10 kun.
Azitromitsin 500 mg kunda 1 mahal 3 kun tavsiya etiladi. Agar bu topilmasa o’rniga alternativi aminopenitsilin (amoksatsilin 500 mg dan 3 mahal 5-7 kun “agar bu ham topilmasa tarkibi amoksatsilin bo’lgan boshqa dori ham bo’ladi masalan amotsiklaf”) ishlatiladi. Balg’am ko’chiruvchilardan asetilsistein, ambroksal, ishqoriy ingalyatsiya tavsiya etiladi. Bronxlarni kengaytiruvchi vosita ipratropium bromid 2 dozadan 3-4 mahal qo’llaniladi.
Kanalimizni kuzatib boring😊
🔹 https://t.iss.one/Lab_termin
Telegram
Termin Lab🔬
"Termin Lab" – laboratoriya va tibbiyot atamalarining sodda va tushunarli izohi!
Ma'lumotlarni Muallifning ruxsatisiz tarqatish mumkin emas
Hamkorlik uchun: @Aziza30_05
Ma'lumotlarni Muallifning ruxsatisiz tarqatish mumkin emas
Hamkorlik uchun: @Aziza30_05
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠
Bu kasallik ham respirator sistema kasalliklari ichida keng tarqalgan bo’lib asosan bronxlar shilliq qavatining surunkali diffuz yallig’lanishi hamda boshqa kasalliklarga bog’lanmagan holatda bronx tozalovchi funksiyasini buzilishi bilan namoyon bo’luvchi kasallik hisoblanadi.
O’tkir bronxitdan farqi 2 yildan kam bo’lmagan holatda yiliga 3 oy va undan ortiq yo’tal va balg’am ajralishi kuzatilsa surunkali bronxit deb aytiladi.
Surunkali bronxit doimiy yoki vaqti vaqti bilan balg’amli yo’tal, bronx gipersekretsiyasi hamda balg’am quyuqlashishi bilan namoyon bo’ladi.
Surunkali bronxit etiologiyasi
bu asosan o’tkir bronxitning jarayon kechishi bo’yicha cho’zilgan fazasini 3 oydan oshiq yurishi natijasida surunkali tipga o’tishi oqibatida hamda boshqa kasalliklar natijasida masalan sildan keyingi asorat sifatida rivojlanadi
Surunkali bronxit tasnifi
Sur. Bronxit shakillari:
🟠Oddiy obstrukiv bo’lmagan ya’nk destruktiv
⚫️Obstruktiv
Klinik-laborator va morfologiyasi bo’yicha:
🟠kataral
⚫️shilliq-yiringli
Kasallik bosqichi bo’yicha
🟠qo’zg’alish
⚫️klinik remissiya
Og’irlilik darajasi:
⚫️yengil (agar bemor tez nafas chiqarish hajmi 70% va undan yuqori bo’lsa)
🟠o’rta (nafas chiqarish hajmi 50-69% orasida bo’lsa)
⚫️og’ir holat (50% dan past bo’lsa)
Surunkali bronxit asoratlari:
🟧o’pka emfizemasi!
🟧nafas yetishmovchiligi!
🟧bronxoektaziya
🟧Cor-Pulmonale
Kasallikning kechish jarayoni.
1️⃣Surunkali Oddiy (obstuktiv bo’lmagan) bronxitga proksimal qismdagi (yirik va o’rta) bronxlarning zararlanishi, klinik kechishi va oqibatlari nisbatan xavfsizligi yengil kechadi. Asosiy klinikasi doimiy yoki vaqti vaqti bn balg’amli yo’tal va kam rivojlangan bronxlar obsturksiyasining klinik davrida yoki kechki bosqichlarda paydo bo’lishi.
2️⃣ Surunkali obstruktiv bronxit- unga chuqur degenerativ-yallig’lanish va sklerotik o’zgarishlar va proksimal yo’llardan tashqari distal kanallarning han yallig’lanishi kuzatiladi hamda kasalik anchayin og’ir kechadi. Etiologiyasi: uzoq muddatli yo’tal va doimiy kuchayib boruvchi cansirash , klinikasi esa jismoniy zo’riqishga chidamsizlik. Kasallik bronxlar lokal zararlanishi “bronxoektaziyalar, bronx devorlarining chandiqli o’zgarishlari, pnevmoskleroz” bilan namoyon bo’ladi.
📏📏📏📏📏📏📏📏📏📏📏
Postni do’stlarizga ham ulashing zero bilimni ulashish faqatgina foyda😇.
Bizning kanal😊
✈️ https://t.iss.one/Lab_termin
Bronxoektaziya -Surunkali oddiy bronxit (obsturktiv bo’lmagan turi)
bu bronx devorini xaltasimon kengayishi.
Etiologiyasi: surunkali bronxit natijasids rivojlanadi hamda bronxiogen bronxoektaziya deb ataladi.
Oqibatlari esa organizmda anomal oqsil sintezlanishiga “Amiloidoz” olib keladi, bu esa Jigar, Taloq hamda buyraklarda uchraydi va qo’l, oyoq barmoqlarida ham to’planadi va baraban tayoqcha bo’lib qoladi.
Core-Pulmonale -
bu pnevmoskleroz natijasida o’pka arteriyalarida qon bosimini ortishi hisobiga o’ng yurak qorinchasiga yuklamani ortishi va natijasa chap qorincha gipertrofiyasi hamda deletatsiyasiga olib keluvchi kasallik hisoblanadi.
“Bu mavzuga yana cardiologiya postlarida chuqurlashamiz”
Oqibati esa o’ng qorincha yetishmovchiligi, muskat jigar va o’rganlarda to’laqonlik yuzaga kelishi bn namoyon bo’ladi.
📏📏📏📏📏📏📏📏📏📏📏📏📏
Bugungi bu kasalligimiz eng ko’p erkaklarda asosan chekuvchi turida uchraydi va kasallikni kashandalar kasalligi deb aytsak ham bo’ladi.
Kasallik etiologiyasi va patogenezi:
Tamaki tutunidan aktiv va passiv nafas olish natijasida asosan kasallanadi va bu organizmda ahamiyati katta. Bu tutun va pollyutantlar bronx shilliq qavatini surunkali tarzda shikastlashi oqibatida bronxlar sekretini quyuqlili va gipersekretsi, kiprikli shilliq epiteliylar zararlanishi kuzatiladi. Buni oqibatida bronx himoya va mukosilliar transport faoliyati buziladi. Tamaki 1-eng katta sababi bo’lsa 2-sababi bu kremniy, Cd, NO2, SO2 va boshqa pollyutantlar hisoblanadi va 3-omil Respirator viruslar, pnevmokokklar, gemofil tayoqcha, mikoplazma hamda xlamidiya va boshqalar kiradi. “Bu 2-3 sabablar orqali kasallik rivojlanishiga tamaki tanijasida bronx devorlari kuchrizlanib infeksion muhitga chidamsiz holatga kelishi natijasida paydo bo’ladi”
Kasallik klinikasi:
Kasallik kechishi 2 xil uzoq remissiya va kamroq qo’zg’alish.
Remissiya davrida bemor o’zini kasal hisoblamedi va vaqti-vaqti bilan yo’tal hamda balg’am ajralishini chekgani sabab deb hisoblaydi. Yo’tal asosan sovuqda, jismoniy harakatdan keyin va pollyutantlar tasirida kuchayadi va remissiya davrdan chiqib qo’zishga o’tin ketishi munkin. Obyektiv ko’ruvda hech narsa zerilmaydi lekin Auskultatsiyada forsillagan nafas chiqarganda yakka quruq xirillashlar eshitiladi. U doimiy bo’lmaydi yo’talganda tezda yo’qoladi. Qo’zg’alish davrga o’tishga sabablar: O’RVI, sovqotish, haddan ortiq chekish, o’tkir laringit, faringit, angina. Bu sabablar natijasida kasallik yaqqol klinik belgilar namoyon qiladi. Bunda balg’amli yo’tal ko’proq ertalab paydo bo’ladi va ba’zam doimiy kechadi, gorizontal holatda kuchayadi. Tana harorati ko’tariladi va intoksikatsiya belgilari namoyon bo’ladi. Auskultatsiyada dag’al vezikulyar nafas, nafas olish va chiqarishda tarqalgan quruw xirillashlar eshitiladi. Kam hollarda mayda yoki o’rta pufakchali nam xirillashlar ham eshitiladi.
Laborator va instrumental tekshiruv:
Qon taxlilida neytrofilli leykotsitoz, ECHT biroz oshgan bo’lishi bular kasallikga gumonni hosil qiladi lekin aniq ma’lumot bermaydi. Qon zardobida - alfa antitripsin, alfa1- glikoproteid, alfa2- makroglobulin, gaptoglobulin, seruloplazmin, seromukoid, C-reaktiv oqsili, umumiy oqsil va oqsil fraksiyalarini aniqlash ahamiyatiga ega. Bular bronxlardagi yallig’lanish faolligini ko’rsatadi.
🟧balg’am taxlili
🟧rentgen tekshiruvi
🟧bronxoskopiya, yallig’lanishli kasalliklarga shubxa tug’ilganda qilinadi.
Kasallik oqibati👼☠️👼
Bu kasallik bemorlarda umr bo’yi kuzatilishi mumkin.Kasallik vaqtida aniqlanib davolanmasa u obsturtiv turiga o’tib ketadi va o’pka emzifemasi, pnevmoskleroz, nafas yetishmasligi va Core-Pulmonale rivojlanishiga sabab bo’ladi
Mana nima uchun chekish va hatto tamaki tutunini hidlash ham qanaqa jarayonlarga sabab bo’ladi🥺
Postni do’stlarizga ham ulashing zero bilimni ulashish faqatgina foyda😇.
Bizning kanal😊
✈️ https://t.iss.one/Lab_termin
Telegram
Termin Lab🔬
"Termin Lab" – laboratoriya va tibbiyot atamalarining sodda va tushunarli izohi!
Ma'lumotlarni Muallifning ruxsatisiz tarqatish mumkin emas
Hamkorlik uchun: @Aziza30_05
Ma'lumotlarni Muallifning ruxsatisiz tarqatish mumkin emas
Hamkorlik uchun: @Aziza30_05