Termin Lab🔬
1.26K subscribers
27 photos
4 videos
5 links
"Termin Lab" – laboratoriya va tibbiyot atamalarining sodda va tushunarli izohi!

Ma'lumotlarni Muallifning ruxsatisiz tarqatish mumkin emas

Hamkorlik uchun: @Aziza30_05
Download Telegram
☄️ Bizning nerv impulslarimiz soatiga 402 kilometr tezlikda harakatlanadi.

🌐Siz issiq narsaga tegsangiz yoki igna biron tana sohangizga sanchilsa, darhol og'riqni his qilasiz. Yuqori darajada rivojlangan asab tizimimiz tufayli biz bu narsalarga bir millisekunddan kamroq vaqt ichida javob bera olamiz. Nerv impulslari shunchalik tezki, hislar uchun mas'ul bo'lgan elektr signallari soatiga o'rtacha 402 kilometr tezlikda miyaga va miyadan qaytib keladi.

💬 Sizning asab tizimingiz dunyodagi eng tezkor bo'lgan Tesla plaidga ham dam beradi, shuning uchun uni asrang

https://t.iss.one/Lab_termin
2
​​🔰 Leykotsitlarning soni qachon o'zgarishi haqida...

Neytrofillar:
⬆️ Ko'payadi: Yallig'lanish, stress, bakterial infeksiya va kuyish vaqtida.
⬇️ Kamayadi: Radiatsiya ta'sirida, ma'lum dorilardan zaharlanish, Vit B12 defitsiti, sistemali qizil bo'richada.

Eozinofillar:
⬆️ Ko'payadi: Allergik, autoimmun va parasitik kasalliklarda.
⬇️ Kamayadi: o'tkir allergik reaksiya vaqtida, stress va dorilardan zaharlanishda.

Bazofillar:
⬆️ Ko'payadi: Allergiya, leykemiya, o'sma, gipotiroidizmning ma'lum davrida.
⬇️ Kamayadi: homiladorlik, ovulatsiya, stress va gipotiroidizmning ma'lum davrida.

Limfotsitlar:
⬆️ Ko'p: virusli infeksiyalar, ba'zi leykemiyalarda, infeksiyali mononukleozlarda.
⬇️ Kam: Surunkali kasalliklar, OIV, immunosupressiyada, kortizol bilan davolashda.

Monotsitlar:
⬆️ Ko'p: Virus va zamburug'li infeksiyalarda, tuberkuloz.
⬇️ Kam: qizil suyak ko'migi supressiya qilinganda va kartizol bilan davolaganda.
@Lab_termin
1
💛💛💛

🥁 Tana hidi orqali aniqlanadigan kasalliklar 🤔

Ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmasa-da, tana hididagi o‘zgarishlar ayrim sog‘liq muammolaridan darak berishi mumkin. Quyidagi hollarda ehtiyot bo‘lish tavsiya etiladi:
1️⃣ Qandli diabet (diabetik ketoatsidoz)
🔵 Hid: Mevalarga yoki acetonga o‘xshash.
🔵 Sabab: Qonda ketonlar ortib ketadi. Bu holat hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin!
2️⃣ Jigar yetishmovchiligi
🔵 Hid: Yoqimsiz, murakkab va o‘ziga xos “jigar hidi”.
🔵 Sabab: Organizmda toksinlar yig‘ilib qoladi.
3️⃣ Buyrak yetishmovchiligi
🔵 Hid: Baliq yoki ammiakka o‘xshash.
🔵 Sabab: Qon tozalovchi buyraklar faoliyati buziladi.
4️⃣ Tireotoksikoz (qalqonsimon bez faolligining ortishi)
🔵 Hid: Haddan ortiq ter ajralishi va hidli ter.
🔵 Sabab: Gormonlar almashinuvidagi buzilish.
5️⃣ Fenilketonuriya (irsiy kasallik)
🔵 Hid: Myshyak (mog‘or) yoki sichqon hidiga o‘xshash.
🔵 Sabab: Fenilalanin nomli aminokislota parchalanmaydi.

⚠️ @Lab_termin| obuna bo'lish unutmang ⚠️
2
🔴🔴🔴

🥁 Inson tanasidagi hujayralar turlicha umr ko‘radi:

😎
Ichak epiteliysi hujayralari — 2–5 kun ichida yangilanadi.
😎Terining tashqi qatlami — taxminan 2–4 haftada yangilanadi.
😎Qizil qon tanachalari (eritrotsitlar) — 3–4 oyda almashinadi.
😎Suyak hujayralari — o‘rtacha 10 yilda to‘liq almashinadi.

🟣Neyronlar (asosan miya hujayralari) esa ko‘p hollarda umr bo‘yi saqlanadi, ular o‘zini yangilamaydi yoki juda cheklangan darajada yangilanadi.

Shuning uchun, hamma hujayralar bir vaqtda va aynan 7 yilda yangilanadi, degan gap to‘liq to‘g‘ri emas, lekin organizmning katta qismi doimiy ravishda yangilanib turadi.

⚠️ @Lab_termin| obuna bo'lish unutmang ⚠️
1