Apoptoz - bu tartibli programmalashtirilgan hujayra oʻlimining bir turi. Apoptoz natijasida hujayra apoptotik tanachalarga boʻlinib ketadi. Apoptotik tanachalar esa tezda (oʻrtacha 90 minut) makrofaglar yoki qoshni hujayralar tomonidan yalligʻlanishga yol qoymay yutib olinadilar.
Nekroz (yun. nekrosis — oʻlish) — 1) tirik organizmdagi hujayra, toʻqima, butun aʼzo yoki uning bir qismi nobud boʻlishi. Kimyoviy yoki fizik taʼsirlar (harorat, elektr toki, kuchli kislota yoki ishqorlar, nur energiyasi va boshqalar), shikastlanish, toksinlar (bakte-rial infeksiyalarda) sabab boʻladi.
P.s: https://t.iss.one/Lab_termin
🔥2
🌟🔠🔠🔠🔠🌟
Bilarmidingiz, jarrohlik amaliyotida chandiq tezroq bitishi va chandiq deyarli bilinmasligi uchun terini kesish yo‘nalishi juda muhim?
🌟 Langer chiziqlari — terida kollagen tolalarining tabiiy joylashish yo‘nalishini ko‘rsatadigan maxsus chiziqlar. Ular avstriyalik anatomi Karl Langer tomonidan 1861-yilda aniqlangan.
🔍 Nega ahamiyatli?⤵️
1️⃣Agar kesma shu chiziqlar bo‘ylab qilinsa(sohaga qarab)— yara tez bitadi, chandiq minimal bo‘ladi.
2️⃣Agar chiziqlarga perpendikulyar kesilsa — yara ochilishi, chandiq kattalashishi xavfi yuqori.
https://t.iss.one/Lab_termin
🔠🅰️🔠🔠🔠🔠— terimizning yashirin “yo‘llari”

💡 Qiziqarli fakt: Langer chiziqlari har bir hududda turlicha yo‘nalishda bo‘ladi. Masalan, yuzda ular asosan mimika mushaklariga parallel ketadi, qo‘lda esa bo‘ylama yoki qiya tarzda joylashgan.
https://t.iss.one/Lab_termin
👏1
Tireotoksikozni aniqlash har doim ham oson emas — klinik tafakkur zarur! 🚀
Tireotoksikoz — bu organizmda qalqonsimon bez gormonlarining ortiqcha miqdorda bo‘lishi natijasida yuzaga keladigan gipermetabolik sindrom.
Graves kasalligi — tireotoksikozning eng keng tarqalgan sababi hisoblanadi.
Qalqonsimon bez asosan T4 va kamroq miqdorda T3 gormonini ishlab chiqaradi. Qon aylanishida T4 periferik to‘qimalarda faol T3 gormoniga aylanadi. Ushbu gormonlar quyidagilarga ta‘sir qiladi:
● Metabolizm
● Oqsil sintezi
● Katexolaminlarga sezuvchanlik
Gipermetabolik sindrom odatda gipertireoz bo‘lganda kuzatiladi. Bu esa gormonlar ishlab chiqarilishini nazorat qiluvchi teskari aloqa (feedback) mexanizmining buzilishidan dalolat beradi.
Ba’zida tireoidit natijasida gormonlar ortiqcha ishlab chiqarilmasdan, faqat oldindan ishlab chiqilgan zaxira gormonlar qonga chiqadi.
Yana bir sabab — ba‘zi bemorlar ekzogen tiroksin qabul qilishadi, bu holat "faktitsial tireotoksikoz" deb ataladi.
Bemorlar gipermetabolik holat va katexolaminlarga ortiqcha sezuvchanlikka oid simptomlar bilan murojaat qilishadi:
● Taxikardiya
● Bezovtalik
● Tremor
Kasallik uzoq vaqt davomida aniqlanmagan bo‘lsa:
● Ozish
● Amenoreya
● Qusish
● Diareya
● Giperaktiv ichak shovqinlari
● Sochlar mo‘rt va quruq
● Ko‘p terlash
● Issiqlikka sezuvchanlik
● Graves kasalligida — ko‘zlar oldinga chiqib turadi (proptoz)
Og‘ir hollarda:
● Yurak yetishmovchiligi (yuqori chiqimli)
● Psixoz
Asosiy test bu TSH (tirotropin) darajasini o‘lchashdir
● Tireotoksikozda TSH darajasi past bo‘ladi
● TSH past va erkin T4 yuqori = birlamchi gipertireoz
Radioaktiv yod yutilishi testi:
Yuqori yutilish → Graves kasalligi, Toksik adenomalar yoki ko‘p tugunli zob
● Graves kasalligi → diffuz yutilish
● Toksik adenomada → bitta faol tugun
● Toksik ko‘p tugunli zob → bir nechta faol zonalar
Past yutilish →Tireoidit, Tashqaridan gormon qabul qilish (faktitsial tireotoksikoz), Yod ta’siri, Ekstraglandulyar ishlab chiqarish
Tireoglobulin darajasi:
● Past → ekzogen gormon qabul qilganda
● Yuqori → boshqa sabablarda
Graves kasalligi yoki limfotsitar tireoiditda → antitiroid antitanachalar aniqlanadi
Kamdan-kam hollarda gipertireoz gipofiz adenomasiga bog‘liq bo‘ladi. Bu holatda:
● TSH yuqori
● Erkin T4 yuqori → Bu holda gipofizni MRT bilan tekshirish zarur
Qo‘shimcha belgilar:
● Anemiya
● Granulotsitlar va limfotsitlar oshgan
● Transaminazalar, ishqoriy fosfataza oshgan
● Giperkalsemiya
➡️ SIMPTOMATIK DAVOLASH:
Beta-blokatorlar (propranolol):
○ Simpatik tizim faolligini pasaytiradi (taxikardiya, tremor)
○ T4 → T3 aylanishni to‘sadi
○ Esmolol — alternativ
Beta-blokatorlar mumkin bo‘lmasa (astma, yurak yetishmovchiligi):
○ Kalsiy kanal blokatorlari (verapamil, diltiazem)
Isitmani davolash:
○ Parasetamol
○ Salitsilatlar (aspirin) ishlatilmaydi — gormonni oqsildan ajratib yuboradi
Qo‘shimcha davo:
○ Sovituvchi kompresslar, sovituvchi adyollar — titroq holatidan ehtiyot bo‘lish kerak
○ Og‘iz orqali regidratatsiya, agar bo‘lmasa — IV regidratatsiya (3–5 L/sutka)
○ Glyukoza va elektrolit eritmasi
Agar simptomlar og‘ir bo‘lsa — shifoxonaga yotqizish
Yengil yoki o‘rta holatlarda — ambulator davo mumkin
➡️ ASOSIY DAVOLASH:
Davolash sabablarga qarab belgilanadi:
⏭️ Faktitsial tireotoksikoz — ekzogen gormonni to‘xtatish
⏭️ Endogen gipertireoz:
a) Antitiroid dori vositalari:
○ Metimazol
○ Propiltiourasil — T4 → T3 aylanishni bloklaydi
b) Radioaktiv yod terapiyasi:
○ Graves kasalligida keng qo‘llaniladi
○ 4–12 oyda gipotireoz rivojlanadi → levotiroksin bilan umrboqiy davo
c) Qalqonsimon bezni operatsiya qilish:
○ Kam qo‘llaniladi
○ Bemor operatsiya oldidan eutireoid holatga keltiriladi
○ Ko‘pincha doimiy gipotireoz yuzaga keladi
🚀 https://t.iss.one/Lab_termin
Issiqlikka sezuvchanlik, yurak tez uryapti? Balki bu tireotoksikozdir 🤔
Tireotoksikoz — bu organizmda qalqonsimon bez gormonlarining ortiqcha miqdorda bo‘lishi natijasida yuzaga keladigan gipermetabolik sindrom.
Graves kasalligi — tireotoksikozning eng keng tarqalgan sababi hisoblanadi.
➡️ Patofiziologiyasi:
Qalqonsimon bez asosan T4 va kamroq miqdorda T3 gormonini ishlab chiqaradi. Qon aylanishida T4 periferik to‘qimalarda faol T3 gormoniga aylanadi. Ushbu gormonlar quyidagilarga ta‘sir qiladi:
● Metabolizm
● Oqsil sintezi
● Katexolaminlarga sezuvchanlik
Gipermetabolik sindrom odatda gipertireoz bo‘lganda kuzatiladi. Bu esa gormonlar ishlab chiqarilishini nazorat qiluvchi teskari aloqa (feedback) mexanizmining buzilishidan dalolat beradi.
Ba’zida tireoidit natijasida gormonlar ortiqcha ishlab chiqarilmasdan, faqat oldindan ishlab chiqilgan zaxira gormonlar qonga chiqadi.
Yana bir sabab — ba‘zi bemorlar ekzogen tiroksin qabul qilishadi, bu holat "faktitsial tireotoksikoz" deb ataladi.
➡️ Klinik ko‘rinishi:
Bemorlar gipermetabolik holat va katexolaminlarga ortiqcha sezuvchanlikka oid simptomlar bilan murojaat qilishadi:
● Taxikardiya
● Bezovtalik
● Tremor
Kasallik uzoq vaqt davomida aniqlanmagan bo‘lsa:
● Ozish
● Amenoreya
● Qusish
● Diareya
● Giperaktiv ichak shovqinlari
● Sochlar mo‘rt va quruq
● Ko‘p terlash
● Issiqlikka sezuvchanlik
● Graves kasalligida — ko‘zlar oldinga chiqib turadi (proptoz)
Og‘ir hollarda:
● Yurak yetishmovchiligi (yuqori chiqimli)
● Psixoz
➡️ Diagnostikasi:
Asosiy test bu TSH (tirotropin) darajasini o‘lchashdir
● Tireotoksikozda TSH darajasi past bo‘ladi
● TSH past va erkin T4 yuqori = birlamchi gipertireoz
Radioaktiv yod yutilishi testi:
Yuqori yutilish → Graves kasalligi, Toksik adenomalar yoki ko‘p tugunli zob
● Graves kasalligi → diffuz yutilish
● Toksik adenomada → bitta faol tugun
● Toksik ko‘p tugunli zob → bir nechta faol zonalar
Past yutilish →Tireoidit, Tashqaridan gormon qabul qilish (faktitsial tireotoksikoz), Yod ta’siri, Ekstraglandulyar ishlab chiqarish
Tireoglobulin darajasi:
● Past → ekzogen gormon qabul qilganda
● Yuqori → boshqa sabablarda
Graves kasalligi yoki limfotsitar tireoiditda → antitiroid antitanachalar aniqlanadi
Kamdan-kam hollarda gipertireoz gipofiz adenomasiga bog‘liq bo‘ladi. Bu holatda:
● TSH yuqori
● Erkin T4 yuqori → Bu holda gipofizni MRT bilan tekshirish zarur
Qo‘shimcha belgilar:
● Anemiya
● Granulotsitlar va limfotsitlar oshgan
● Transaminazalar, ishqoriy fosfataza oshgan
● Giperkalsemiya
➡️ Davolash:
➡️ SIMPTOMATIK DAVOLASH:
Beta-blokatorlar (propranolol):
○ Simpatik tizim faolligini pasaytiradi (taxikardiya, tremor)
○ T4 → T3 aylanishni to‘sadi
○ Esmolol — alternativ
Beta-blokatorlar mumkin bo‘lmasa (astma, yurak yetishmovchiligi):
○ Kalsiy kanal blokatorlari (verapamil, diltiazem)
Isitmani davolash:
○ Parasetamol
○ Salitsilatlar (aspirin) ishlatilmaydi — gormonni oqsildan ajratib yuboradi
Qo‘shimcha davo:
○ Sovituvchi kompresslar, sovituvchi adyollar — titroq holatidan ehtiyot bo‘lish kerak
○ Og‘iz orqali regidratatsiya, agar bo‘lmasa — IV regidratatsiya (3–5 L/sutka)
○ Glyukoza va elektrolit eritmasi
Agar simptomlar og‘ir bo‘lsa — shifoxonaga yotqizish
Yengil yoki o‘rta holatlarda — ambulator davo mumkin
➡️ ASOSIY DAVOLASH:
Davolash sabablarga qarab belgilanadi:
⏭️ Faktitsial tireotoksikoz — ekzogen gormonni to‘xtatish
⏭️ Endogen gipertireoz:
a) Antitiroid dori vositalari:
○ Metimazol
○ Propiltiourasil — T4 → T3 aylanishni bloklaydi
b) Radioaktiv yod terapiyasi:
○ Graves kasalligida keng qo‘llaniladi
○ 4–12 oyda gipotireoz rivojlanadi → levotiroksin bilan umrboqiy davo
c) Qalqonsimon bezni operatsiya qilish:
○ Kam qo‘llaniladi
○ Bemor operatsiya oldidan eutireoid holatga keltiriladi
○ Ko‘pincha doimiy gipotireoz yuzaga keladi
🚀 https://t.iss.one/Lab_termin
🔥1
🟦🟦🟦🟦
"Insondan mol-dunyo, boylik qolmasligi mumkin, lekin ilm qolsa — bu eng buyuk merosdir. Ilm — unut bo‘lmaydi, eskirmaydi. U kimnidir davolaydi, kimnidir o‘qitadi, kimnidir to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. O‘zidan ilm qoldirgan odam — nomini vaqt o‘chira olmaydi."
🔥1
🩺 TAXIKARDIYA 🩺
Taxikardiya — yurak urish tezligining daqiqasiga 100 martadan ortishi (dam olish holatida)
● Bolalik davri
● Jismoniy mashqlar
● Homiladorlik
● Hayajon, qo‘rquv kabi hissiy holatlar
● Kofein, nikotin, alkogol iste’moli
● Yurak yetishmovchiligi
● Aritmiyalar
● Gipovolemiya (qon yo‘qotish, suvsizlanish)
● O‘pka emboliyasi
● Astma
● Isitma
● Kamqonlik (anemiya)
● Gipoksiya
● Gipertireoz
● Katexolaminlar (adrenalin va noradrenalin) sekretsiyasining ortishi
● Feoxromotsitoma
● Sepsis
● β-agonistlar, atropin, simpatomimetiklar ta'sirida
⭐️ https://t.iss.one/Lab_termin
Taxikardiya — yurak urish tezligining daqiqasiga 100 martadan ortishi (dam olish holatida)
⭐️ Taxikardiya kuzatiladigan fiziologik holatlar:
● Bolalik davri
● Jismoniy mashqlar
● Homiladorlik
● Hayajon, qo‘rquv kabi hissiy holatlar
● Kofein, nikotin, alkogol iste’moli
⭐️ Taxikardiya kuzatiladigan patologik holatlar:
● Yurak yetishmovchiligi
● Aritmiyalar
● Gipovolemiya (qon yo‘qotish, suvsizlanish)
● O‘pka emboliyasi
● Astma
● Isitma
● Kamqonlik (anemiya)
● Gipoksiya
● Gipertireoz
● Katexolaminlar (adrenalin va noradrenalin) sekretsiyasining ortishi
● Feoxromotsitoma
● Sepsis
● β-agonistlar, atropin, simpatomimetiklar ta'sirida
⭐️ https://t.iss.one/Lab_termin
👍1
Kuyish sathini tòqqiz qoidasi a)kattalarda b)bolalarda aniqlash
Kuyishni foizlarda hisoblanishi
@Lab_termin 👈a'zo buling
Kuyishni foizlarda hisoblanishi
@Lab_termin 👈a'zo buling
QAYSI VITAMIN QANDAY VAZIFANI BAJARADI?
A vitamini — terini mayinlashtirib, soch toʻkilishining oldini oladi;
B1 vitamini — tirnoq va sochlar mustahkamligi uchun xizmat qiladi;
B2 vitamini — organizmdagi hujayralarda faollikni kuchaytiradi;
B5 vitamini — erta qarishning oldini oladi;
B6 vitamini — moddalar almashinuvini kuchaytiradi;
N vitamini — teri quruqlashishi, poʻst tashlashi hamda sochlardagi pigment jarayonlarining oldini oladi;
S vitamini — antioksidant, immunitetni oshirib, qon tomirlari devorini mustahkamlaydi;
D vitamini — suyaklar tolasini mustahkamlaydi;
E vitamini — keksayish jarayonini sekinlashtiradi;
Tsink (rux) — soch va tirnoqlarning tabiiy tarkibini tiklashga koʻmaklashib, toshmalardan himoyalaydi;
Kaliy — mushaklar zaiflashuvining oldini oladi;
Kremniy — kollagen ishlab chiqilishi uchun muhim boʻlib, soch va tirnoqlarni mustahkamlaydi.
Magniy — asab tolalari faoliyatini me’yorlashtiradi;
Kaltsiy va fosfor — tishlar, tirnoq va sochlarni mustahkamlaydi.

#Tibbiy_atamalar
✅ Apnoe - nafas olishning to‘xtab qolishi bo‘lib, tiklanadigan (chuqur nafas olganda, suvga sho‘ng‘iganda, yutinganda) va tiklanmaydigan (narkoz dozasi ko‘payib ketganda, insultda, elektr toki bilan shikastlanishda) bo‘ladi.
✅ Dispnoe - nafas qisilishining bir turi bo‘lib, nafas olish tezligi, ritmi va chuqurligining buzilishi natijasida nafas olish qiyinlashadi. Gipoksemiya va giperkapniya natijasida kelib chiqadi. Yurak yetishmovchiligida, bronxial astmada kuzatiladi.
✅ Taxipnoe - tez-tez "sayoz" nafas olish bo‘lib, zaharli moddalar va gazlar, freonlar bilan zaharlanganda (qonda gipoksemiya, giperkapniya va metabolik atsidoz), ba'zi hollarda isitmada ham kelib chiqadi.
✅ Giperpnoe - tez-tez "chuqur" nafas olish bo‘lib, yuqori jismoniy va kuchli emotsional faoliyatda hamda ba'zi kasalliklarda kuzatiladi.
✅ Ortopnoe - nafas qisilishining bir turi bo‘lib, asosan odam gorizontal yotgan holatida nafas qisilishi bilan namoyon bo‘ladi. Bemor majburiy holatni egallaganida (stulda o‘tirgan holat, ko‘pincha shunday holatda uxlashiga ham olib keladi) va tik holatga o‘tganida nafas olishi yengillashadi. Yurak yetishmovchiligida, o‘pka kasalliklarida (O‘SOK, o‘pka respirator distress sindromi, o‘pka shishida) kuzatiladi.
✅ Platipnoe - nafas qisilishining bir turi bo‘lib, tik turganda kuchayadi, yotganda yengillashadi, ortopnoening teskarisi. Yurak nuqsonlarida, intrakardial shuntda, pnevmoektomiyada kuzatiladi.
✅ Trepopnoe - nafas qisilishining bir turi bo‘lib, bir taraflama o‘pka va bronx kasalliklarida zararlangan tomon bilan yotganda kuchayadi, bemor ko‘proq sog‘lom tomon bilan yotishga harakat qiladi. Yuqorida aytilganidek bir qator bir tomonlama nafas olish tizimi kasalliklarida hamda yurak kasalliklarida kuzatiladi.
✅ Bendopnoe - miokard infarkti, surunkali yurak yetishmovchiligi bor bemorlar oldinga egilganda kuzatiladigan nafas qisilish holati.
❇️ 👉 https://t.iss.one/Lab_termin

❤1🔥1🆒1
NISTAGM
Nistagm — bu koʻzning ixtiyoriy boʻlmagan, tez-tez takrorlanadigan harakatlari boʻlib, odatda gorizontal (chapga-oʻngga), vertikal (yuqori-pastga) yoki aylana (aylanma) yoʻnalishda kuzatiladi. Bu holat koʻpincha markaziy yoki periferik nerv sistemasi (miya, orqa miya yoki ichki quloq) bilan bogʻliq muammolar natijasida yuzaga keladi.
✅ Nistagm turlari:
ustiga bosing👇
✅ Nistagm sabablari:
ustiga bosing👇
✅ Tashxislash va davolash:
ustiga bosing👇
BIZNING KANAL😎 https://t.iss.one/Lab_termin

➡️ Fiziologik nistagm normal holatda kuzatiladigan koʻz harakatlarini anglatadi. Masalan, optokinetik nistagm deb ataladigan turi harakatlanayotgan narsalarga koʻzning avtomatik moslashuvi natijasida yuzaga keladi. Shuningdek, vestibulyar nistagm bosh harakatlanishida ichki quloqning taʼsiri natijasida paydo boʻladi. Bu holatlar odatda bemor uchun noqulaylik tugʻdirmaydi.
➡️ Patologik nistagm kasallik yoki shikastlanish natijasida yuzaga keladi. Misol uchun, tug‘ma nistagm bolalarda koʻrish muammolari bilan birga kuzatilishi mumkin. Bundan tashqari, orqaga qaytariluvchi nistagm miya poyasidagi muammolar natijasida paydo boʻladi va bu holat koʻpincha jiddiy nevrologik kasalliklar bilan bogʻliqdir.
✅ Nistagm sabablari:
ustiga bosing👇
Nistagmning kelib chiqishiga turli omillar sabab boʻlishi mumkin:
➡️ Ichki quloq muammolari bu holatni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, Meniere kasalligi yoki labirintit kabi vestibulyar sistemadagi buzilishlar nistagmga olib keladi. Shuningdek, ichki quloqning shikastlanishi yoki infeksiyalari ham koʻz harakatlarining buzilishiga sabab boʻlishi mumkin.
➡️ Markaziy nerv sistemasi kasalliklari nistagmning yana bir muhim sababidir. Miya poyasi yoki miyachadagi muammolar (masalan, insult, miya shishi yoki skleroz) bu holatni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, miya travmalari yoki tugʻma nuqsonlar ham nistagmga sabab boʻlishi mumkin.
➡️ Koʻrlik yoki koʻrish muammolari nistagmni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, tugʻma katarakta yoki boshqa koʻrish nuqsonlari boʻlgan bemorlarda nistagm kuzatilishi mumkin.
➡️ Dori va boshqa moddalarning taʼsiri ham nistagmga sabab boʻlishi mumkin. Baʼzi dorilar (masalan, antiepileptiklar) yoki spirtli ichimliklar koʻz harakatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin.
➡️ Irsiy omillar ham nistagmning kelib chiqishida muhim rol oʻynaydi. Tugʻma nistagm koʻpincha irsiy boʻlishi mumkin.
✅ Tashxislash va davolash:
ustiga bosing👇
Nistagmni aniqlash uchun bir qator tibbiy tekshiruvlar oʻtkaziladi:
Birinchidan, nevrologik tekshiruv orqali koʻz harakatlari va reflekslar baholanadi. Ikkinchidan, vestibulyar testlar yordamida ichki quloq funksiyasi tekshiriladi. Uchinchidan, koʻrish testlari orqali bemorning koʻrish qobiliyati baholanadi. Bundan tashqari, MRT yoki KT kabi tasvirlash usullari yordamida miya va ichki quloqning holati aniqlanadi. Shuningdek, elektronistagmografiya (ENG) yordamida koʻz harakatlari yozib olinadi va tahlil qilinadi.
✅ Nistagmni davolash uning sababiga qarab belgilanadi. Agar nistagm ichki quloq muammolari bilan bogʻliq boʻlsa, vestibulyar reabilitatsiya yordamida muvozanatni tiklash mumkin. Agar nistagm koʻrish muammolari bilan bogʻliq boʻlsa, koʻrishni tuzatish orqali holatni yaxshilash mumkin. Bundan tashqari, dori-darmonlar yordamida nistagmni kamaytirish mumkin. Masalan, benzodiazepinlar vestibulyar nistagmni kamaytirishda samarali hisoblanadi. Agar nistagm jiddiy boʻlsa, jarrohlik orqali koʻz mushaklarini operatsiya qilish mumkin.
Nistagm bemorning koʻrish qobiliyatini pasaytirishi, muvozanatni saqlash qiyinchiliklariga olib kelishi va umuman hayot sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Shu sababli, bu holatni erta aniqlash va uning sabablarini toʻgʻri tushunish shifokor uchun muhim bilimdir.
BIZNING KANAL😎 https://t.iss.one/Lab_termin
#mediatorlar
#neyromediatorlar
🧠Asetilxolin (Acetylcholine) – birinchi ochilgan neyromediator
⁉️Asetilxolin nima?
ustiga bosing👇
🔰Funksiyalari
🌐 Tibbiy ahamiyati
BIZNING KANAL😎 https://t.iss.one/Lab_termin
#neyromediatorlar
🧠Asetilxolin (Acetylcholine) – birinchi ochilgan neyromediator
⁉️Asetilxolin nima?
ustiga bosing👇
🔵Asetilxolin – bu organizmdagi muhim neyromediator bo‘lib, asab impulslarini uzatishda ishtirok etadi. U markaziy va periferik asab tizimida topiladi.
✅ Sintezi va parchalanishi
🔴 Asetilxolin xolin va atsetilkoenzim A (Asetil-KoA) dan xolinatsetiltransferaza fermenti yordamida sintezlanadi.
🔴 U xolinergik sinapslarda chiqariladi va ta’sir ko‘rsatadi.
🔴 Asetilxolinesteraza fermenti tomonidan parchalanib, xolin va sirka kislotasiga ajraladi. Xolin qayta neyron tomonidan qabul qilinib, qayta ishlatilishi mumkin.
⚡Asetilxolin retseptorlari
Asetilxolin ikki turdagi retseptorlar orqali ta’sir qiladi:
🟢 Nikotinik retseptorlar – tezkor ion kanallari bo‘lib, asosan somatik nervlar va vegetativ gangliyalarda joylashgan.
🟠 Muskarinik retseptorlar – G-oqsillarga bog‘liq bo‘lib, yurak, bezlar va ichki a’zolarda uchraydi
🔰Funksiyalari
🔵 Markaziy asab tizimida – xotira, o‘rganish va diqqatni boshqaradi.
🔵 Periferik asab tizimida – skelet mushaklarining qisqarishini boshqaradi.
🔵 Vegetativ nerv tizimida – yurak ritmini sekinlashtirish, bezlar sekretsiyasini oshirish va ichak peristaltikasini kuchaytirishga javob beradi.
🌐 Tibbiy ahamiyati
🟠 Altsgeymer kasalligi – Asetilxolin darajasi pasayishi xotira buzilishiga sabab bo‘ladi.
🟠 Miyasteniya gravis – Asetilxolin retseptorlariga antitelolar ishlab chiqariladi, bu mushak zaifligini keltirib chiqaradi.
🟠 Botulizm – Botulotoksin asetilxolin chiqarilishini bloklaydi, bu esa falajlikka olib kelishi mumkin.
BIZNING KANAL😎 https://t.iss.one/Lab_termin
Ba'zi fobiya (qo'rquv) turlari‼️📌
♻️Agorafobiya - ochiq makon, maydon, olamon va xaloyiq to'planadigan joylarga chiqishdan qo'rqish.
📛Autofobiya - Yolg'izlikdan, yolg'iz qolishdan qo'rqish.
⬇️Gipengiofobiya - o'z zimmasiga majburiyat va javobgarlikni olishdan qo'rqish.
🚫Genofobiya - boshqa shaxs bilan jinsiy aloqaga kirishishdan qo'rqish.
👀Dismorfofobiya - tanasidagi kichik va axamiyatsiz nuqsonlarga beriluvchanlik, o'z tana tuzilishidan qo'rqish.
🏠Klaustrofobiya - yopiq bino yoki xonada yolg'iz qolishdan qo'rqish, go'yoki inson o'zini xavo yetishmayotgandek va hattoki o'layotgandek tasavvur qilishi.
🚮Mezofobiya - kir bo'lib qolish, ifloslanish, biror kasallikni yuqtirib qo'yish fikrlari mavjudligi tufayli atrof muhit narsalari bilan qo'rqib muomalaga kirishish.
❌Nekrofobiya - o'lik va murdalar, qabristondan qo'rqish.
🤝Sotsiofobiya - jamiyatdagi turli aloqalar, atrofdagilarning munosabati, yondashuvi va baholaridan qo'rqish.

BIZNING KANAL😎https://t.iss.one/Lab_termin
#Fakt
1️⃣ Inson ko'zi faqat uch rang qizil, ko'k va yashilni ajratadi, qolgan ranglar esa, ularning qo'shilmalaridan paydo bo'lgan♻️
2️⃣ Ko'zlarimiz diametri 2,5smga yaqin, og'irligi 8grcha keladi👁
3️⃣ Tanamizdagi barcha muskullar ichida ko'z muskullari eng faolidir📌
4️⃣ Ko'zlarimiz tug'ilganimizdagiday qoladi, burun va quloqlar esa, o'sishdan to'xtamaydi👶🏻
5️⃣ Ko'z soqqasining faqat 1/6 qismigina ko'rinib turadi👁
BIZNING KANAL😎 @Lab_termin

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tripofobiya — bu kichik teshiklar, g'ovaklar yoki o'ralgan yuzalardan qo'rqish yoki jirkanish hissini uyg'otadigan holat. Masalan, asalari uyasi, lotus urug'i g'ovaklari yoki g'ovakli shokolad kabi tuzilmalar ba'zi odamlarda bezovtalik, ko'ngil aynishi, qichishish yoki hatto vahima xurujlarini keltirib chiqarishi mumkin.
Mikoplazmalar - parazit yoki saprofit hayot tarzini olib boradigan eng ibtidoiy prokaryotlardir. Viruslardan farqli o'laroq, ular tirik organizmlarning barcha hayotiy jarayonlarini boshdan kechiradilar va makromolekulyarlarning (DNK, RNK va oqsillar) to'liq tarkibiga ega. Ularning hujayralarida 300 dan ortiq fermentlar va 12 000 ga yaqin molekulalar mavjud. Mikoplazma inson tanasida parazitlik qilishi va kasalliklarga olib kelishi mumkin (mikoplazma pnevmoniyasi; traxeobronxit; gonokokksiz uretrit va boshqalar).
Testosteronni qanday ko'paytirish mumkin💉🔋
Uy sharoitida ko'paytirish‼️✅
Ustiga bosing👇
Testesteron kamligining belgilari🪫
🔰Depressiya
🔰Impotensiyaning kamayishi
🔰Semizlik
🔰Feminizatsiya va ginekomastiya
🔰Mushak massasini kamayishi
🔰Xotira buzilishi
‼️‼️Ma'lumotlarni KANAL NOMI va LINKI bilan tarqating
BIZNING KANAL😎 @Lab_termin
Uy sharoitida ko'paytirish‼️✅
Ustiga bosing👇
💡Rux mikroelementi - testosteron ishlab chiqarish bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liq. U dengiz maxsulotlari, baliq, yong'oq, urug'lar - kungaboqar va qovoq, pishloq, bazi sabzavotlarda ko'p bo'ladi.
☕Kofe iste’molini cheklash - muntazam kofe iste'mol qilish testosteron miqdorini kamaytiradi
😴Uxlash - testosteron miqdorini ko'paytirishda kuniga 7-8 soat uxlash tavsiya etiladi.
🌞Quyoshda toblanish - bu usul ham testosteron miqdorini oshiradi
Testesteron kamligining belgilari🪫
🔰Depressiya
🔰Impotensiyaning kamayishi
🔰Semizlik
🔰Feminizatsiya va ginekomastiya
🔰Mushak massasini kamayishi
🔰Xotira buzilishi
‼️‼️Ma'lumotlarni KANAL NOMI va LINKI bilan tarqating
BIZNING KANAL😎 @Lab_termin
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#transplantologiya
BUYRAK TRANSPLANTATSIYASI💊💉
‼️‼️Ma'lumotlarni KANAL NOMI va LINKI bilan tarqating
BIZNING KANAL😎 @Lab_termin
BUYRAK TRANSPLANTATSIYASI💊💉
‼️‼️Ma'lumotlarni KANAL NOMI va LINKI bilan tarqating
BIZNING KANAL😎 @Lab_termin
❤1
Buyrak transplantatsiyasi haqida batafsil💊
Ustiga bosing👇
‼️‼️Ma'lumotlarni KANAL NOMI va LINKI bilan tarqating
BIZNING KANAL😎 @Lab_termin
Ustiga bosing👇
Buyrak transplantatsiyasi – bu sog‘lom donor buyragini surunkali buyrak yetishmovchiligi yoki boshqa og‘ir buyrak kasalliklari bilan kasallangan bemorga ko‘chirib o‘tkazish (transplantatsiya qilish) jarayoni. Bu davolash usuli gemodializga muqobil bo‘lib, bemorning hayot sifatini yaxshilashga va umrini uzaytirishga yordam beradi.
1984 yilda Apollon Hindistonda buyrak transplantatsiyasini muvaffaqiyatli yakunlagan birinchi xususiy shifoxona bo'lib, muhim voqea bo'ldi. O'shandan beri Apollon butun dunyo bo'ylab eng ko'p muvaffaqiyatli transplantatsiyani amalga oshirgan global liderga aylandi.
Buyrak transplantatsiyasi buyraklar chiqindilarni olib tashlay olmaganda, to'planish va yuqori qon bosimini keltirib chiqaradigan va buyrak etishmovchiligiga olib kelganda kerak bo'ladi.
Nima uchun diyalizdan ko'ra buyrak transplantatsiyasini tanlash kerak?
©Dializ rejimidan ozodlik: Buyrak transplantatsiyasi haftada uch marta dializ seanslariga bo'lgan ehtiyojni yo'q qiladi va bu talab qilinadigan tartibdan tanaffusni taklif qiladi.
©Tezroq tiklanish, og'riqni kamaytirish: Buyrak transplantatsiyasidan so'ng bemorlar odatda dializ muolajalariga qaraganda kamroq noqulaylik bilan tezroq tiklanish davrini boshdan kechiradilar.
©O'lim xavfini kamaytirish: Buyrak transplantatsiyasini tanlash o'lim xavfini kamaytirishga yordam beradi, bu esa bemorning prognozi va umr ko'rish davomiyligining umumiy yaxshilanishiga olib keladi.
©Hayot sifatini oshirish: Buyrak transplantatsiyasi odamlarga kamroq ovqatlanish cheklovlari bilan hayot kechirish imkonini beradi, bu esa farovonlik va hayot sifatining umumiy yaxshilanishiga yordam beradi.
Donor turlari
®O'lik yoki vafot etgan donor buyrak transplantatsiyasi: Bu muolaja yaqinda vafot etgan odamning buyragini oilasining roziligi bilan yoki donorlik kartasida ko‘rsatilganidek olishdan iborat. Donor qilingan buyrak saqlanib qoladi va keyin buyrak etishmovchiligi bo'lgan odamga ko'chiriladi. U implantatsiya qilinmaguncha sovutish yoki maxsus mashinalar yordamida hayotiyligini saqlab qolish mumkin. Ko'pincha, buyrakning tanadan tashqarida bo'lgan vaqtini kamaytirish uchun donor va qabul qiluvchi geografik jihatdan yaqin.
®Tirik donor buyrak transplantatsiyasi: Ushbu protsedurada buyrak tirik donordan olinadi va shikastlangan buyrakni almashtirish uchun qabul qiluvchining tanasiga joylashtiriladi. Inson tanasi faqat bitta buyrak bilan normal ishlashi mumkin, bu esa bunday transplantatsiyani amalga oshirishga imkon beradi.
Bolalarda buyrak transplantatsiyasi
Buyrak etishmovchiligi bolaning o'sishiga, suyaklarining mustahkamligiga va asablariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bu bolaning miya rivojlanishi va faoliyatiga ta'sir qilishi mumkin, bu esa o'rganishda nuqsonlarni keltirib chiqarishi mumkin. Buyrak transplantatsiyasi kattalar, shuningdek, buyrak etishmovchiligi bo'lgan bolalar uchun eng yaxshi davolash usuli hisoblanadi.
‼️‼️Ma'lumotlarni KANAL NOMI va LINKI bilan tarqating
BIZNING KANAL😎 @Lab_termin
❤1
JIGAR UCHUN 5 TA ASOSIY
VITAMIN💉💊
💊A vitamini
💊Omega-3 yog'li kislotalari
💊Riboflavin (B2 vitamini)
💊Lipoy kislotasi
BIZNING KANAL😎 @Lab_termin
VITAMIN💉💊
💊A vitamini
Barcha qizil va to'q sariq mevalarda bor. Ayniqsa karotinga sabzi, lavlagi o'rik, bulg'or qalampiri, qovoq boy bo'ladi💊E vitamini
Boshoqlilar, o'simlik yog'i va baliqda mavjud
💊Omega-3 yog'li kislotalari
Ular asosan seld, forel yoki skumbriya kabi yog'li baliqlarda bo'ladi
💊Riboflavin (B2 vitamini)
U shaftoli, nok, lavlagi va ismaloqda ko'p
💊Lipoy kislotasi
Unisut maxsulotlari, ismaloq, mol go'shtida topasiz
BIZNING KANAL😎 @Lab_termin