Termin Lab🔬
1.26K subscribers
27 photos
4 videos
5 links
"Termin Lab" – laboratoriya va tibbiyot atamalarining sodda va tushunarli izohi!

Ma'lumotlarni Muallifning ruxsatisiz tarqatish mumkin emas

Hamkorlik uchun: @Aziza30_05
Download Telegram
O'pka tuberkulyozi shunday ko'rinadi.
Vitamin va Minеrallarning ichilish vaqtlari ....

VITAMIN D- ertalab nonushtadan kеyin yoki nonushta vaqti.

VITAMIN A- kеchki ovqatdan kеyin ichiladi, agar kotta doza ichsangiz albatta Vitamin C yokt Coq10 qo'shing bu bilan organizmda parchalanishini oldini olasiz.

VITAMIN Е- kunduzi ovqat vaqti yoki ovqatdan kеyin, agar kotta doza ichsangiz albatta Vitamin C yoki Coq10 qo'shing bu bilan parchalanishini oldini olasiz.

VITAMIN K va K2- ertalab nonushta vaqti yog'li mahsulot bilan birga.

VITAMIN C- kunning birinchi yarmida ovqatdan kеyin. Kеchqurun ichilsa uyquni qochirishi mumkun.
Katta inson bir vaqtda 500 mg Vitamin C dan ortig'ini singdira olmaydi shu sabab kun davomida 500 mg dan bir nеcha bor ichish tavsiya etiladi.

B GURUHI VITAMINLARI (B1, B2, B6, B3, B12, B5, B7)- ertalab nonushta vaqti yoki kеyin.

B8 INOZITOL- kun davomida yoki ovqat vaqtida.

RAVA (Vitamin B10, N1, PABK paraaminobеnzoynaya kislota)- kunning birinchi yarmida ovqat vaqtida.

B13 OROTOVAY KISLOTA- kun davomida ovqatdan 1 soat oldin yoki 4 soat kеyin.

B11 KARNITIN- ertalab ovqat orasida.

PANGAMOVAY KISLOTA VITAMIN B15- ertalab ovqat vaqtida.

VITAMIN B16- ertalab ovqat vaqtida.

PQQ VITAMIN B14- kun davomida ovqatdan oldin yoki kеyin.
KOENZIM Q10- kunning birinchi yarmida , ovqat vaqtida.

SINK- kunning birinchi yarmida, ovqat vaqtida yoki kеyin bu bilan ko'ngil aynishini oldini olasiz.

SЕLЕN- ertalab nonushta bilan birga.

YOD- nonushtadan kеyin yoki nonushtadan oldin. 12:00 gacha ichish tavsiya etiladi.

MAGNIY- formasiga qarab vaqti o'zgaradi. Masalan tinchlantiruvchi magniylarni (glisinat, sitrat , taurat uxlashdan 30 daqiqa avval ) , Magniy Malatni ertalab ichiladi sababi enеrgiya bеradi. Magniyli vanna(epsom tuzili), magniyli yog' yoki sprеylarni uxlashdan avval surtiladi.

OMЕGA-3, OMЕGA-6- kunning birinchi yarmida ovqat vaqti yoki kеyin. Kеchki ovqatdan so'ng ichish xam mumkun.

KALIY- ovqat vaqtida.

TЕMIR- ertalab ovqat vaqtida yoki darhol ovqatdan kеyin ichish kеrak.

KALSIY- kеchasi ichish tavsiya etiladi.

@Lab_termin
Antibiotiklar qoʻllanilishi kasalliklar boʻyicha

@Lab_termin
TER HIDLANISHIGA QARAB BEMOR KO'RIGI

@Lab_termin
Burundan qon ketishining ham o‘z nomi bor.

Epistaksis
- qon tomirlari devorlarining yaxlitligi buzilishi sababli burun bo'shlig'idan qon ketishi. Bu ko'pincha jarohatlar, yallig'lanish, allergiya tufayli yuzaga keladi va qizil qon tomchilab tushishi yoki halqumning orqa devoridandan pastga ya’ni hazm tizimiga oqishi kuzatiladi.
O‘TKIR RINIT NIMA?

O‘tkir rinit — bu burun shilliq qavatining yallig‘lanishi bo‘lib, odatda virusli infeksiyalar (gripp, shamollash) oqibatida yuzaga keladi.

BELGILARI:
– Burun bitishi va oqishi
– Aksirish
– Tomoq og‘rig‘i
– Issiqlik ko‘tarilishi
– Bosh og‘rig‘i

DAVOSI:
– Dam olish
– Ko‘p suyuqlik ichish
– Burun yuvish (fiziologik eritma bilan)
– Antiviral yoki simptomatik davo (shifokor tavsiyasiga ko‘ra)

ESLATMA:
Burun bitishiga e’tibor bermaslik asoratlarga olib kelishi mumkin (masalan, sinusit). Shifokorga murojaat qiling!

@Lab_termin
🔥QON UMUMIY TAHLILI (QUT) NORMALLARI

1. Eritrotsitlar (Qizil qon hujayralari, RBC):
   - Erkaklar: 4.5 - 5.5 x 10^12/L
   - Ayollar: 4.0 - 5.0 x 10^12/L
   - Qizil qon hujayralari kislorod tashish uchun mas'ul bo'lib, ularning soni kam bo'lsa, kamqonlik bo'lishi mumkin.

2. Gemoglobin (Hb):
   - Erkaklar: 130 - 170 g/L
   - Ayollar: 120 - 150 g/L
   - Gemoglobin kislorodni tashuvchi oqsil bo'lib, qizil qon hujayralarida joylashgan. Uning darajasi kam bo'lsa, bu kamqonlikni ko'rsatishi mumkin.

3. Gemotokrit (HCT):
   - Erkaklar: 40 - 54%
   - Ayollar: 36 - 48%
   - Gemotokrit qizil qon hujayralarining umumiy qon hajmidagi foizini ifodalaydi.

4. Leukotsitlar (Oq qon hujayralari, WBC): 4.0 - 10.0 x 10^9/L
   - Leukotsitlar immun tizimining muhim qismi bo'lib, infektsiyalarga qarshi kurashadi.

5. Trombositlar (PLT): 150 - 400 x 10^9/L
   - Trombositlar qon ivishida ishtirok etadi. Ularning soni kam bo'lsa, qon ketish xavfi ortadi.

6. Eritrotsitlarning cho'kish tezligi (EChT/ESR):
   - Erkaklar: 2 - 10 mm/soat
   - Ayollar: 2 - 15 mm/soat
   - Bu parametr yallig'lanish jarayonlarini aniqlashda yordam beradi.

7. Retikulotsitlar: 0.5 - 2.0%
   - Retikulotsitlar yangi hosil bo'lgan qizil qon hujayralari bo'lib, ularning soni suyak iligi faoliyati haqida ma'lumot beradi.

8. Differensial leykotsit tahlili:
   - Neutrofillar: 40 - 75%
     - Bakterial infektsiyalarni ko'rsatadi.
   - Limfotsitlar: 20 - 45%
     - Virusli infektsiyalar va immun reaktsiyalarni ko'rsatadi.
   - Monotsitlar: 2 - 10%
     - Xronik infektsiyalar va yallig'lanishlar haqida ma'lumot beradi.
   - Eozinofillar: 1 - 6%
     - Allergik reaktsiyalar va parazitar infektsiyalar haqida ma'lumot beradi.
   - Bazofillar: 0 - 1%
     - Allergik reaktsiyalar va qon kasalliklarini ko'rsatadi.


Biokimyoviy Tahlil Normallari:

1. Glyukoza: 3.5 - 5.5 mmol/L
   - Qondagi shakar miqdorini ko'rsatadi. Uning darajasi yuqori bo'lsa, qandli diabet mavjud bo'lishi mumkin.

2. Kreatinin:
   - Erkaklar: 62 - 106 µmol/L
   - Ayollar: 44 - 80 µmol/L
   - Bu buyrak faoliyatini baholash uchun ishlatiladi.

3. Mochevina: 2.5 - 7.5 mmol/L
   - Buyraklar tomonidan chiqariladigan azot miqdorini ko'rsatadi.

4. Total bilurubin: 5 - 21 µmol/L
   - Jigarning funksiyasini baholashda yordam beradi.

5. Asosiy fermentlar:
   - Alaninaminotransferaza (ALT): 5 - 40 U/L
   - Aspartataminotransferaza (AST): 5 - 40 U/L
   - Alkalin fosfataza (ALP): 40 - 150 U/L
   - Gamma-glutamiltransferaza (GGT): 10 - 60 U/L
   - Bu fermentlar jigar va o‘t yo‘llarining funksiyasini baholashda ishlatiladi.

6. Total oqsil: 60 - 80 g/L
   - Qondagi umumiy oqsil miqdorini ko'rsatadi.

7. Albumin: 35 - 50 g/L
   - Jigar tomonidan ishlab chiqariladigan asosiy oqsil.

8. Kaltsiy: 2.2 - 2.6 mmol/L
   - Suv-elektrolit balansini va suyak sog'lig'ini ko'rsatadi.

9. Natriy: 135 - 145 mmol/L
   - Suv-elektrolit balansini boshqarish uchun muhim.

10. Kaliy: 3.5 - 5.0 mmol/L
    - Yurak ritmini va mushak funksiyasini boshqarish uchun muhim.

11. Xlor: 98 - 107 mmol/L
    - Elektrolit balansini saqlash uchun zarur.

12. Magniy: 0.7 - 1.1 mmol/L
    - Ko'plab fermentativ jarayonlar uchun muhim.

13. C-reaktiv oqsil (CRP): <5 mg/L
    - Yallig'lanish jarayonlarini ko'rsatadi.

14. Triglitseridlar: <1.7 mmol/L
    - Qon yog' miqdorini ko'rsatadi.

15. Cholesterin:
    - Umumiy: <5.2 mmol/L
    - Yaxshi (HDL): >1.0 mmol/L
    - Yomon (LDL): <3.4 mmol/L
    - Yurak-qon tomir kasalliklari xavfini baholashda yordam beradi.

Bu tahlillar organizmning umumiy holatini baholashda va turli kasalliklarni aniqlashda yordam beradi. Har bir parametrning normasi diagnostika va davolashda muhim ahamiyatga ega.



Kursdoshlar guruhiga joʻnatib qoʻying

@Lab_termin
1
ATROFIYA

Atrofiya - hujayra / organ hajmi va funktsional qobiliyatining pasayishi. Atrofiyaning sabablari orasida ish yukining kamayishi / foydalanishdan voz kechish (immobilizatsiya); ishemiya (ateroskleroz); gormonal yoki asabiy stimulyatsiya etishmasligi, noto'g'ri ovqatlanish va qarish.
Yorug'lik mikroskopik tekshiruvida lipofustin granulalari bo'lgan kichik kichraygan hujayralar ko'rinadi. Elektron mikroskopda hujayra ichidagi komponentlar va autofagos
omalar kamaygan

@Lab_termin
ATROFIYADA➡️ Hujayra sonining kamayishi apoptoz orqali sodir bo'ladi.
Hujayra hajmining pasayishi sitoskeletning ubiquitin-proteosoma degradatsiyasi va hujayra komponentlarining avtofagiyasi orqali sodir bo'ladi.
1. Ubiquitin-proteosoma degradatsiyasida sitoskeletning oraliq filamentlari ubiquitin bilan "belgilanadi" va proteosomalar tomonidan yo'q qilinadi.
2. Hujayra komponentlarining avtofagiyasi avtofagik vakuolalarni hosil qilishni o'z ichiga oladi.
Ushbu vakuolalar gidrolitik fermentlari hujayra tarkibiy qismlarini parchalaydigan lizosomalar bilan birlashadi

@Lab_termin
Atrofiya
• Organ/to'qimalar hajmining qisqarishi
• Hujayra hajmi va/yoki hujayralar sonining kamayishi
• Fiziologik misollar:
• Embrion tuzilmalar (notoxord)
• Tuqqandan keyingi bachadon (gormon stimulyatsiyasini yo'qolishi hisobiga)
• Menopauzada vaqtidagi ko'krak bezi/bachadon

@Lab_termin
ҚАЙСИ КАСАЛЛИК НИМА ЕТИШМАСЛИГИДАН КЕЛИБ ЧИҚАДИ?

Абу Али ибн Сино қайси касалликлар инсон организмига керакли қандай витамин ва минераллар етишмаслигидан келиб чиқиши ҳақида қуйидагиларни маълум қилган:

Таъм билмаслик — натрий ва рух.
Саратон (рак) — йод, калий, кремний, натрий, селен, рух.
Ревматизм — калий, кальций, кремний, рух.
Юрак аритмияси — йод, калий, магний.
Қувватсизлик — йод, калий, кальций, магний, фосфор.
Панкреотит — селен.
Тутқаноқ — калий, кальций, магний.
Тахикардия — йод, калий, кальций, магний.
Хотира сусайиши — йод, калий, натрий, рух.
Сурункали чарчоқ — йод, калий, магний, мис, натрий, фосфор, хром, рух.
Ўпка касаллиги — мис.
Тошмалар — марганец, мис, натрий, рух.

@Lab_termin
1
Иммунитетни туширувчи одатлар

• Кўп ширинлик истеъмол қилиш
• Кўп туз истеъмол қилиш
• Кам ёки ёмон ухлаш
• Кўп ёғли овқатлар ейиш
• Кам суюқлик (сув) ичиш
• Кам клетчатка ейиш
• Кам оқсил истеъмол қилиш
• Кам сабзавот ва мева ейиш
• Камҳаракат ҳаёт тарзи

Иммунитетни кўтариш учун нима қилиш керак?
✓ Юқоридагиларни аксини қилиш керак!


https://t.iss.one/Lab_termin
1
🙂 Yaxshi sifatli o'sma (xavfsiz) - to'qima darajasidagi patologiya bo'lib, metastaz bermaydi.

🦇Turlari:

1. Adenoma - bezli epiteliyda.
2. Fibroma - biriktiruvchi to'qimada.
3. Lipoma - yog' to'qimasida.
4. Osteoma - suyak to'qimasida.
5. Xondroma - tog'ay to'qimasida.
6. Mioma - bachadon to'qimasida.


🔪Yomon sifatli o'sma (xavfli) - hujayra darajasidagi patologiya bo'lib, metastaz beradi.

🦇Turlari:

1. Karsinoma - epitelial hujayralarda.
2. Melanoma - melanotsitlarda.
3. Sarkoma - biriktiruvchi to'qima hujayralarida (suyak, mushak, mezenxima).
4. Leykoz - suyak ko'migi hujayralarida.
5. Limfoma - limfatik hujayralarda.
6. Teratoma - jinsiy hujayralarda.



@Lab_termin
🔰VITAMINLAR

Yog‘da eruvchan vitaminlar: A, D, E, K
Ularning shimilishi o't suyuqligi, oshqozon osti bezi shirasi va ichakning butunligi orqali amalga oshadi.
Yog‘da eruvchan vitaminlar yog‘ to‘qimalarida to‘planishi tufayli toksiklik xavfi suvda eruvchan vitaminlarga qaraganda yuqori.
Malabsorbsiya sindromlari (masalan, steatoreya, sistik fibroz, seliakiya kasalligi) yoki yog‘larning kam qabul qilinishi yog‘da eruvchan vitaminlar tanqisligiga olib kelishi mumkin.
Suvda eruvchan vitaminlar: B va C guruh vitaminlari
B1 (tiamin: TPP)
B2 (riboflavin: FAD, FMN)
B3 (niatsin: NAD⁺)
B5 (pantotenik kislota: CoA)
B6 (piridoksin: PLP)
B7 (biotin)
B9 (folat)
B12 (kobalamin)
C vitamini (askorbin kislota)
Suvda eruvchan vitaminlar xususiyatlari:
Suvda eruvchan vitaminlar tanadan tez yuvilib ketadi, faqat B12 va B9 bundan mustasno.
B12 jigarda taxminan 3–4 yil davomida saqlanadi.
B9 jigarda taxminan 3–4 oy davomida saqlanadi.
B-kompleks vitaminlar tanqisligi ko‘pincha dermatit, glossit (til yallig‘lanishi) va diareyaga olib keladi.
Ular koenzimlar (masalan, askorbin kislota) yoki koenzimlarning oldingi shakllari (masalan, FAD, NAD⁺) bo‘lishi mumkin.

@Lab_termin
1
Тонглар бор экан, фурсат бор-Уйғон!
Ҳаёт бор экан, лаҳза бор -Яша!
Кўнгил бор экан, муҳаббат бор -Сев!
Фикринг бор  экан, фикрдош бор-  Дўст бўл!
Муъжиза бор экан-ҳайрат бор- Сез!
Имкон бор экан, умид бор-  Орзу қил!

Орзу ва мақсадларингиз учун курашинг, ЭНГ оғир пайтда ҳам кучли эканингизни унутманг!
Arterial gipermiya- a'zoga arterial tomirlar orqali ko'p qon oqib kelishi
A)Kelib chiqishiga kòra
1. fiziologik
2. Patologik
B) keltirib chiqaruvchi sababga kòra
1. Fizik- yuqori harorat mexanik shikastlanishlar
2. Kimyoviy - organik moddalar , kislatalar ishqorlar spirtlar boshqa birikmalar
3. Biologik-organizmda hosil buladegan fiziologik moddalar M.n prostaglandinlar . Atsitilxolin endotoksinlar

Mexanizmni
3 xil mexanizm bor
1. Neyrogen - arteriolalarga .prekapilyarlarga simpatikka nisbatan parasimpatikka tasir kuchli bòlishi
2 . Gumoral - tomirlarni kengaytirivchi moddalarni miqdorini oshishi . M n. Gistamin
3. Neyroparalitik - to'qimalarga har xil omillar uzoq vaqt tasir etganda

Arterial gipermiyani ahamiyati
1. A'zo va to'qimani faoliyatini kuchayishi
2. Mahalliy immunitet . Immunoglobulin . Limfositlar . Fagositoz qiluvchi hujayralar aktivlanishi boshqa moddalarni kòp miqdorda oqib kelishi
3. Hujayra va to'qimani gipertorofiyasi va giperplaziyasi
4.moddalar almashuvi yaxshilanadi
GIPOGLIKEMIYA GIPERGLIKEMIYA

Uyquchanlik Og‘iz qurishi
Ko‘p terlash Doimiy Chanqoqlik
Rangparlik Ko‘rish pasayishi
Koordinatsiya Siydik ajratish
buzilishi ko‘payishi
Jahldorlik Bosh og‘rig‘i
Ochlik Kuchsizlik

@Lab_termin👈 obuna buling
⚠️Qandli diabetning uchlik klinikasi:

• Polidipsiya - tez chanqash
• Poliuriya - siydikning ko‘p ajralishi
• Polifagiya - ko‘p ovqat iste’mol qilish, to‘qlik hissining yo‘qligi

@Lab_termin
ORQA MIYA PARDALARI

Qattiq parda (dura mater).
Orqa miya qattiq pardasi umurtqa pog‘onasidagi kanal devori bilan orqa miya orasida joylashadi. Kanal devori bilan qattiq parda orasida epidural bo‘shliq - cavitas epiduralis joylashib, bu sohada yog‘ to‘qimalari va venoz chigallar uchraydi.

To‘rsimon parda (arachnoidea).
Qattiq pardaning ostida to‘r parda joylashgan bo‘lib, bu pardalar orasida subdural bo‘shliq - spatium subdurale bo‘ladi. To‘r parda orqa miyaning egat va tirqishlari ustidan yo‘naladi.

Yumshoq parda (pia mater).
Orqa miya egatlarining ichiga kirib, uni har tarafdan o‘raydigan parda esa yumshoq parda deb nomlanadi. To‘r va yumshoq pardalar orasida subaroxnoidal bo‘shliq - cavitas subarochnoidalis joylashadi. Bu 
bo‘shliq orqa miya suyuqligi - liquor cerebrospinalis bilan to‘lib turadi.

‼️ Orqa miya pardalari yuqoriga, bosh miyaning xuddi shunday pardalariga davom etadi.

https://t.iss.one/Lab_termin