Termin Lab🔬
1.25K subscribers
27 photos
4 videos
5 links
"Termin Lab" – laboratoriya va tibbiyot atamalarining sodda va tushunarli izohi!

Ma'lumotlarni Muallifning ruxsatisiz tarqatish mumkin emas

Hamkorlik uchun: @Aziza30_05
Download Telegram
ECHT ning pasayishi sabablari:
Virusli infektsiyalardan so’ng tiklanish
asteno-nevrotik sindrom, asab tizimining
charchoqlanishi: tez charchash, uyqusizlik, bosh og’rig’i
Kaxeksiya — organizmning haddan tashqari
holsizlanish darajasi
Glyukokortikoidlarni uzoq vaqt davomida qabul
qilish, bu gipofiz bezining oldingi qismini zaharlashga
olib keladi
Giperglikemiya — qonda yuqori glyukoza miqdor
👍62
🧬 Yashirin yallig‘lanish haqida eshitganmisiz?

Hammasi joyida tuyulgani bilan, organizm ichkarisida sekin-asta rivojlanayotgan yallig‘lanishlar ko‘p hollarda befarq qoldiriladi.

❗️Lekin bu — sog‘liq uchun eng xavfli signallardan biri bo‘lishi mumkin.



🧪 Qanday aniqlanadi?

SOE (Eritrotsitlar cho‘kish tezligi)
👉 Yallig‘lanish borligini ko‘rsatadigan asosiy indikatorlardan biri.

CRP (C-reaktiv oqsil)
👉 Bu ko‘rsatkich organizmda infeksiya yoki surunkali yallig‘lanish borligini aniq ko‘rsatadi.



⚠️ Yashirin yallig‘lanishlar nima xavf tug‘diradi?

🔸 Tana to‘liq kuchsizlanadi, vitaminlar yomon o‘zlashadi
🔸 Sog‘lom organlar ham asta-sekin zararlanadi
🔸 Kronik kasalliklar rivojlanishiga “yo‘l ochiladi”



😷 Qachon tekshirtirish kerak?
– Tez-tez charchash
– Harorat kechqurun biroz ko‘tarilishi
– Eshitilmagan mushak og‘riqlari
– Immunitet pasayishi
– Oddiy shamollash uzoq vaqt tuzalmasa



📌 Unutmang!
“Yallig‘lanish sezilmasa, yo‘q degani emas.”
🧪 Aynan shuning uchun SOE va CRP tahlillari profilaktika uchun ham muhim.
4
O‘qiganingda, faqat muallif nimani o‘ylaganini emas, balki sen o‘zing nimani o‘ylayotganingni ham hisobga ol.

• "O'lik shoirlar jamiyati" kinosidan

@Lab_termin
8
#STRESS haqida qisqa va qiziqarli malumotlar!

🌪 Stress – bu nima? Stress – bu organizmning tashqi va ichki muhitdagi o'zgarishlarga javobidir. Har birimiz stressga duch kelamiz, ammo qanday qilib bu holatni boshqarishimiz muhim!

Qiziqarli Faktlar:
Stress organizmda adrenalinni ko'paytiradi, bu esa bizni "jang yoki qochish" rejimiga o'tkazadi.
Ko'pchilikda stress xususan ish joyida yoki shaxsiy hayotda yuzaga keladi.
Stressni qanday kamaytirish mumkin?
Muntazam jismoniy faoliyat: Har kuni kamida 30 daqiqa yurish yoki sport bilan shug'ullanish.

Meditatsiya va nafas olish: Har kuni 5-10 daqiqa tinch joyda o'tirib, chuqur nafas olish stressni kamaytiradi.

Tabiat bilan aloqada bo'lish: Yashil maydonlarda yurish va tabiatni his qilish kayfiyatni yaxshilaydi.

Ijodiy faoliyat: Rasm chizish, musiqa tinglash yoki yozish kabi ijodiy mashg'ulotlar stressni kamaytiradi.

Ijtimoiy aloqalar: Do'stlar va oilaviy muhit bilan vaqt o'tkazish hissiy qo'llab-quvvatlashni ta'minlaydi.

Xulosa:
Stress hayotning ajralmas qismi, lekin uni boshqarish va o'zimizni tinchlantirish uchun ko'plab usullar mavjud. O'zimizni sog'lom va baxtli saqlashni unutmang!

🧘‍♂️ Stressdan qochmang, uni boshqaring!

@Lab_termin
6
🫀 EKG TISHLARI: QISQACHA

🔹 EKG’da ko‘rinadigan “tishlar” (to‘lqinlar) yurakning elektr faolligini aks ettiradi

📌 Asosiy EKG Tishlari
1. P to‘lqini
- Nima? Atriumlarning (yurakning yuqori qismi) qisqarishi.
- Norma: 0.08–0.12 soniya.
- Patologiya: P yo‘qolishi (atrial fibrillyatsiya), baland P (pulmonale).

2. QRS kompleksi
- Nima? Ventrikulalarning (yurakning quyi qismi) depolarizatsiyasi.
- Norma: 0.06–0.10 soniya.
- Patologiya: Keng QRS (ventrikulyar aritmiya), chuqur Q (infarkt).

3. T to‘lqini
- Nima? Ventrikulalarning qaytarilishi (repolyarizatsiya).
- Norma: Yumaloq va assimetrik.
- Patologiya: Baland T (giperkaliyemiya), teskari T (ishemiya).



⚠️ EKG DA DIQQAT ETILADIGAN TISHLAR:
- ST segmenti:
- Ko‘tarilgan ST = STEMI (yurak infarkti).
- Pasaygan ST = Ishemiya.
- U to‘lqini: Elektrolit buzilishi (masalan, giperkaliyemiya).


@Lab_termin
2👍1
🔠🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠


EKG fiziologiya
2😍2
👩🏻‍⚕️ ЎРВИ ёки гриппми? Фарқни билишингиз керакми?

Грипп оддий ЎРВИдан оғир асоратли кечиш - бронхит ва пневмония ривожланиши хавфи мавжудлигида фарқ қилади. 5 ёшгача бўлган болаларда оғир касаллик ва мураккаб даволаниш хавфи юқори, яъни улар касалхонага ётқизишни талаб қилади.

🌟 Белгилари:
ЎРВИ: Бурун оқиши ва аксириш бир вақтнинг ўзида.
Грипп: бурундан оқиши ва аксириш кейинроқ (2-3 кун) пайдо бўлади.

🌡 Ҳарорат:
ЎРВИ: Одатда пастроқ (38 ° С гача).
Грипп: Юқори (38,5-40 ° C).

🤕 Қўшимча белгилар:
ЎРВИ: камроқ жиддий аломатлар.
Грипп: титроқ, бош оғриғи, фотофоби.

🍲 Овқат ҳазм қилиш:
ЎРВИ: камдан-кам ҳолларда овқат ҳазм қилиш тизимига таъсир қилади.
Грипп: бузилишлар, айниқса болаларда.

💬 Йўтал:
ЎРВИ: дарҳол пайдо бўлади.
Грипп: кейинроқ пайдо бўлиши мумкин ёки умуман бўлмаслиги мумкин.

🚑 Унутманг: Агар сизда гриппга заррача шубҳа бўлса, шифокорингизга мурожаат қилинг!


@Lab_termin
🔥1👏1
Лайелла синдроми
(Токсик эпидермал некролиз)


🗣️ Шикоятлари: тери қичиши, терида тошмалар, тошмалар ва тошмаган жойлар оғриқли.

📜 Анамнез: дори препаратлари қабул қилганда аллергик реакция.

🩺 Кўрик: тезда эпидермисни қаватланиши — қаватланиб, катта эрозиялар пайдо қиладиган пўрсилдоқлар ҳосил бўлиши.

💉 Тактика:
1. Оғриқсизлантириш:
— морфин 15—1,0 в/м.
2. Димедрол 1%—1,0 в/м.
3. Преднизолон 60–90 мг в/в.
🚑 Аллергоцентрга госпитализация.

@Lab_termin
КОЛЛАПС — бу ўткир қон томир етишмовчилиги бўлиб артериал қон босимни ўткир пасайиши натижасида чуқур карахтлик билан характерланиб кечиктириб бўлмайдиган давони талаб қиладиган ҳолат ҳисобланади.

📌 Артериал босим пасайишининг 3 тури фарқланади:

🫀 Кардиоген коллапс юрак билан боғлик бўлиб юракдан чиқадиган қон миқдорининг камайиши (уменьшения объемы выброса крови) натижасидан юзага келади. бу миокард инфакти, миокардитларда, ўпка артерияси тромбоэмболияси кабиларда кузатилиши мумкин.
🩸Гиповолимик (геморрагик) коллапс: Танадаги умумий айланувчи қон миқдорининг (ОЦК) тўсатдан камайиши натижасида келиб чиқади. Асосий сабаби тўсатдан ички ва ташқи ўткир қон йўқотишларда кузатилади.
🧠 Томир коллапси — периферик қон томирларни кенгайиши (тонусининг пасайиши) билан изоҳланиб, ўткир инфекцион касалликларда (пневмония, сепсис, қорин тифи ва ҳ.к.) ва дорилар таъсирида (наркотиклар, нитратлар) кимёвий моддалардан заҳарланишларда, бундан ташқари тезкор аллергик реакциялар (анафилактик шок) заминида кузатилиши мумкин.

🩺 КЛИНИКАСИ
Тўсатдан аҳволнинг ёмонлашуви, бош айланиши, бошда оғриқ, кўнгил айниши, карахтлик, қулоқда шовқин, рангпарлик, атрофдагиларга бефарқлик, кўз қирраларини ўткирлашуви, тана температурасининг пасайиши, ҳансираш, акроцианоз, ташқи таьсирларга реакциясини йўқлиги билан характерланади.

☝️ Тез ёрдам ҳодимлари келгунча бемор қариндошлари томонидан биринчи ёрдам:
Биринчи навбатда бош мияга қон келишини яхшилаш мақсадида беморни очиқ ҳавога текис жойга ётқизилиб, оёқлари бош сатҳидан юқорига кўтариб туришдан иборат.

@Lab_termin
O'pka tuberkulyozi shunday ko'rinadi.
Vitamin va Minеrallarning ichilish vaqtlari ....

VITAMIN D- ertalab nonushtadan kеyin yoki nonushta vaqti.

VITAMIN A- kеchki ovqatdan kеyin ichiladi, agar kotta doza ichsangiz albatta Vitamin C yokt Coq10 qo'shing bu bilan organizmda parchalanishini oldini olasiz.

VITAMIN Е- kunduzi ovqat vaqti yoki ovqatdan kеyin, agar kotta doza ichsangiz albatta Vitamin C yoki Coq10 qo'shing bu bilan parchalanishini oldini olasiz.

VITAMIN K va K2- ertalab nonushta vaqti yog'li mahsulot bilan birga.

VITAMIN C- kunning birinchi yarmida ovqatdan kеyin. Kеchqurun ichilsa uyquni qochirishi mumkun.
Katta inson bir vaqtda 500 mg Vitamin C dan ortig'ini singdira olmaydi shu sabab kun davomida 500 mg dan bir nеcha bor ichish tavsiya etiladi.

B GURUHI VITAMINLARI (B1, B2, B6, B3, B12, B5, B7)- ertalab nonushta vaqti yoki kеyin.

B8 INOZITOL- kun davomida yoki ovqat vaqtida.

RAVA (Vitamin B10, N1, PABK paraaminobеnzoynaya kislota)- kunning birinchi yarmida ovqat vaqtida.

B13 OROTOVAY KISLOTA- kun davomida ovqatdan 1 soat oldin yoki 4 soat kеyin.

B11 KARNITIN- ertalab ovqat orasida.

PANGAMOVAY KISLOTA VITAMIN B15- ertalab ovqat vaqtida.

VITAMIN B16- ertalab ovqat vaqtida.

PQQ VITAMIN B14- kun davomida ovqatdan oldin yoki kеyin.
KOENZIM Q10- kunning birinchi yarmida , ovqat vaqtida.

SINK- kunning birinchi yarmida, ovqat vaqtida yoki kеyin bu bilan ko'ngil aynishini oldini olasiz.

SЕLЕN- ertalab nonushta bilan birga.

YOD- nonushtadan kеyin yoki nonushtadan oldin. 12:00 gacha ichish tavsiya etiladi.

MAGNIY- formasiga qarab vaqti o'zgaradi. Masalan tinchlantiruvchi magniylarni (glisinat, sitrat , taurat uxlashdan 30 daqiqa avval ) , Magniy Malatni ertalab ichiladi sababi enеrgiya bеradi. Magniyli vanna(epsom tuzili), magniyli yog' yoki sprеylarni uxlashdan avval surtiladi.

OMЕGA-3, OMЕGA-6- kunning birinchi yarmida ovqat vaqti yoki kеyin. Kеchki ovqatdan so'ng ichish xam mumkun.

KALIY- ovqat vaqtida.

TЕMIR- ertalab ovqat vaqtida yoki darhol ovqatdan kеyin ichish kеrak.

KALSIY- kеchasi ichish tavsiya etiladi.

@Lab_termin
Antibiotiklar qoʻllanilishi kasalliklar boʻyicha

@Lab_termin
TER HIDLANISHIGA QARAB BEMOR KO'RIGI

@Lab_termin
Burundan qon ketishining ham o‘z nomi bor.

Epistaksis
- qon tomirlari devorlarining yaxlitligi buzilishi sababli burun bo'shlig'idan qon ketishi. Bu ko'pincha jarohatlar, yallig'lanish, allergiya tufayli yuzaga keladi va qizil qon tomchilab tushishi yoki halqumning orqa devoridandan pastga ya’ni hazm tizimiga oqishi kuzatiladi.
O‘TKIR RINIT NIMA?

O‘tkir rinit — bu burun shilliq qavatining yallig‘lanishi bo‘lib, odatda virusli infeksiyalar (gripp, shamollash) oqibatida yuzaga keladi.

BELGILARI:
– Burun bitishi va oqishi
– Aksirish
– Tomoq og‘rig‘i
– Issiqlik ko‘tarilishi
– Bosh og‘rig‘i

DAVOSI:
– Dam olish
– Ko‘p suyuqlik ichish
– Burun yuvish (fiziologik eritma bilan)
– Antiviral yoki simptomatik davo (shifokor tavsiyasiga ko‘ra)

ESLATMA:
Burun bitishiga e’tibor bermaslik asoratlarga olib kelishi mumkin (masalan, sinusit). Shifokorga murojaat qiling!

@Lab_termin
🔥QON UMUMIY TAHLILI (QUT) NORMALLARI

1. Eritrotsitlar (Qizil qon hujayralari, RBC):
   - Erkaklar: 4.5 - 5.5 x 10^12/L
   - Ayollar: 4.0 - 5.0 x 10^12/L
   - Qizil qon hujayralari kislorod tashish uchun mas'ul bo'lib, ularning soni kam bo'lsa, kamqonlik bo'lishi mumkin.

2. Gemoglobin (Hb):
   - Erkaklar: 130 - 170 g/L
   - Ayollar: 120 - 150 g/L
   - Gemoglobin kislorodni tashuvchi oqsil bo'lib, qizil qon hujayralarida joylashgan. Uning darajasi kam bo'lsa, bu kamqonlikni ko'rsatishi mumkin.

3. Gemotokrit (HCT):
   - Erkaklar: 40 - 54%
   - Ayollar: 36 - 48%
   - Gemotokrit qizil qon hujayralarining umumiy qon hajmidagi foizini ifodalaydi.

4. Leukotsitlar (Oq qon hujayralari, WBC): 4.0 - 10.0 x 10^9/L
   - Leukotsitlar immun tizimining muhim qismi bo'lib, infektsiyalarga qarshi kurashadi.

5. Trombositlar (PLT): 150 - 400 x 10^9/L
   - Trombositlar qon ivishida ishtirok etadi. Ularning soni kam bo'lsa, qon ketish xavfi ortadi.

6. Eritrotsitlarning cho'kish tezligi (EChT/ESR):
   - Erkaklar: 2 - 10 mm/soat
   - Ayollar: 2 - 15 mm/soat
   - Bu parametr yallig'lanish jarayonlarini aniqlashda yordam beradi.

7. Retikulotsitlar: 0.5 - 2.0%
   - Retikulotsitlar yangi hosil bo'lgan qizil qon hujayralari bo'lib, ularning soni suyak iligi faoliyati haqida ma'lumot beradi.

8. Differensial leykotsit tahlili:
   - Neutrofillar: 40 - 75%
     - Bakterial infektsiyalarni ko'rsatadi.
   - Limfotsitlar: 20 - 45%
     - Virusli infektsiyalar va immun reaktsiyalarni ko'rsatadi.
   - Monotsitlar: 2 - 10%
     - Xronik infektsiyalar va yallig'lanishlar haqida ma'lumot beradi.
   - Eozinofillar: 1 - 6%
     - Allergik reaktsiyalar va parazitar infektsiyalar haqida ma'lumot beradi.
   - Bazofillar: 0 - 1%
     - Allergik reaktsiyalar va qon kasalliklarini ko'rsatadi.


Biokimyoviy Tahlil Normallari:

1. Glyukoza: 3.5 - 5.5 mmol/L
   - Qondagi shakar miqdorini ko'rsatadi. Uning darajasi yuqori bo'lsa, qandli diabet mavjud bo'lishi mumkin.

2. Kreatinin:
   - Erkaklar: 62 - 106 µmol/L
   - Ayollar: 44 - 80 µmol/L
   - Bu buyrak faoliyatini baholash uchun ishlatiladi.

3. Mochevina: 2.5 - 7.5 mmol/L
   - Buyraklar tomonidan chiqariladigan azot miqdorini ko'rsatadi.

4. Total bilurubin: 5 - 21 µmol/L
   - Jigarning funksiyasini baholashda yordam beradi.

5. Asosiy fermentlar:
   - Alaninaminotransferaza (ALT): 5 - 40 U/L
   - Aspartataminotransferaza (AST): 5 - 40 U/L
   - Alkalin fosfataza (ALP): 40 - 150 U/L
   - Gamma-glutamiltransferaza (GGT): 10 - 60 U/L
   - Bu fermentlar jigar va o‘t yo‘llarining funksiyasini baholashda ishlatiladi.

6. Total oqsil: 60 - 80 g/L
   - Qondagi umumiy oqsil miqdorini ko'rsatadi.

7. Albumin: 35 - 50 g/L
   - Jigar tomonidan ishlab chiqariladigan asosiy oqsil.

8. Kaltsiy: 2.2 - 2.6 mmol/L
   - Suv-elektrolit balansini va suyak sog'lig'ini ko'rsatadi.

9. Natriy: 135 - 145 mmol/L
   - Suv-elektrolit balansini boshqarish uchun muhim.

10. Kaliy: 3.5 - 5.0 mmol/L
    - Yurak ritmini va mushak funksiyasini boshqarish uchun muhim.

11. Xlor: 98 - 107 mmol/L
    - Elektrolit balansini saqlash uchun zarur.

12. Magniy: 0.7 - 1.1 mmol/L
    - Ko'plab fermentativ jarayonlar uchun muhim.

13. C-reaktiv oqsil (CRP): <5 mg/L
    - Yallig'lanish jarayonlarini ko'rsatadi.

14. Triglitseridlar: <1.7 mmol/L
    - Qon yog' miqdorini ko'rsatadi.

15. Cholesterin:
    - Umumiy: <5.2 mmol/L
    - Yaxshi (HDL): >1.0 mmol/L
    - Yomon (LDL): <3.4 mmol/L
    - Yurak-qon tomir kasalliklari xavfini baholashda yordam beradi.

Bu tahlillar organizmning umumiy holatini baholashda va turli kasalliklarni aniqlashda yordam beradi. Har bir parametrning normasi diagnostika va davolashda muhim ahamiyatga ega.



Kursdoshlar guruhiga joʻnatib qoʻying

@Lab_termin
1
ATROFIYA

Atrofiya - hujayra / organ hajmi va funktsional qobiliyatining pasayishi. Atrofiyaning sabablari orasida ish yukining kamayishi / foydalanishdan voz kechish (immobilizatsiya); ishemiya (ateroskleroz); gormonal yoki asabiy stimulyatsiya etishmasligi, noto'g'ri ovqatlanish va qarish.
Yorug'lik mikroskopik tekshiruvida lipofustin granulalari bo'lgan kichik kichraygan hujayralar ko'rinadi. Elektron mikroskopda hujayra ichidagi komponentlar va autofagos
omalar kamaygan

@Lab_termin