Anuriya – peshob 100 ml va undan kam ajralishi.
buyrak etishmovchiligi , buyrak tosh kasalligida tosh tiqilib qolishi, shok,mos kelmagan qon guruxini quyish, qorin bushlig‘i travmalari ,o‘tkir peritonit
@Lab_termin
❤7👍3🆒2🕊1😍1
Ishuriya – mustaqil peshob ajralishini buzilishi natixasida siydik qopida
peshobni ushlanib qolishi:
- erkaklarda prostatit, prostata adenomasi, raki
- siydik yo‘llari torayishi
- orqa miya shikastlanishi
- xushsiz xolat
@Lab_termin
❤7😍4🆒2👍1🕊1
Pollakiuriya – tez – tez peshob ajratishi. Sog‘lom odam kun davomida 4-5 martagacha peshob ajratadi. Pollakiuriyada peshobning kuniga 6-10 marta va undan
ko‘p ajralishi kuzatiladi. Polakiuriya buyrak va siydik pufagi kasalliklariga xos (pielonefrit, sistit).
@Lab_termin
❤8👍5🕊2🆒2⚡1😍1
Nikturiya – kunduzgi diurezga nisbatan tungi diurezning ko‘p bo‘lishi. Normada
kunduzgiva tungi diurez 3:1 yoki 4:1 nisbatda bo‘ladi. Tungi diurezni oshishi qandli va
qandsiz diabet, ba’zi buyrak kasalliklari, prostata bezi gipertrofiyasida kuzatiladi.
@Lab_termin
❤🔥8👍7❤3⚡2🆒2🕊1😍1
#Vakutayner- qon tahlilini olish uchun mo'ljallangan probirkalar bo'lib bajaradigan vazifasi va tarkibidagi moddalarga ko'ra bu probirkalar turli xil rangga ega bo'lgan qopqoqlar bilan yopiladi.Masalan sariq, binafsharang, qora, qizil, yashil, kabi qopqoqli vakutaynerlar mavjud.
@Lab_termin
❤7👍2
#Dozator— suyuq va sochiluvchan moddalar massasi yoki hajmini avtomatik tarzda oʻlchaydigan (dozalaydigan) qurilma. D.ning ogʻirlik va hajmiy, davriy (diskret) va uzluksiz ishlaydigan, dastaki va avtomatik boshqariladigan, bir va koʻp komponentli xillari bor.
@Lab_termin
👍11
#Qizil qopqoqli vakutayner- Biokimyoviy qon tahlillari uchun ishlatiladi. Tarkibida hech qanday modda mavjud emas, sentrifuga qilingandan keyin qon zardobi va qonning shaklli elementlari ikki qismga ajralib qoladi.
@Lab_termin
👍10🆒3
#Sariq qopqoqli vakutayner-tarkibida reaktiv mavjud emas ammo tarkibida gel mavjud bo'lib bu gel qon sentrefuga qilingandan so'ng qon plazmasi va qonning shaklli elementlari o'rtasida mustahkam to'siq paydo bo'lish uchun xizmat qiladi.
@Lab_termin
👍8🆒3
#Antistreptolizin O( ACS) - streptokokus pyogenez infeksiyasini aniqlash uchun tez tez ishlatiladigan vosita bolib revmatik istima kabi kasalliklarni tashxislashda yordam beradi. A guruhga mansub streptokokklar juda keng tarqalgan bolib butun dunyo boylab koplab odamlarda mavjud. Ular sinusid, pnevmoniya kabi kopgina kasalliklar keltirib chiqaradi. Revmatoid artrit bilan og'rigan bemorlar taxminan 80 foizida sezilarli darajada revmatoid faktori konsentratsiyasi yuqori bolishi kuzatiladi. Biroq artritning dastlabki bosqichlarida odamlarning 30 foizidagina revmatoid faktor darajasi kotarilishi mumkin. Bundan tashqari revmatoid faktorning yuqori bolishi organizmdagi turli xil sabablarga kora yuzaga kelishi mumkin. Revmatoid faktor darajasining yuqori bolishi shifokorlarga tashxis qoyish uchun birmuncha noqulayliklar tugdirishi mumkin. Kopgina holatda revmatoid faktori yuqori bolishi bilan bir qatorda bazi bir klinik simptomlar bogimlarda ogriq revmatoid faktor belgilar bir paytda uchraydi.
@Lab_termin
👍9🆒6
#Gemorragik vaskulit (SHenleyn-Genox kasalligi)- tomirlarda ko‘plab
mikrotrombovaskulit rivojlanishi bilan xarakterlanib, teri va ichki a’zolar tomirlari
jaroxatlanishi bilan xarakterlanadi. Gemorragik vaskulit autoimmun kasallik bo‘lib, qon
tomir endoteliysiga qarshi immun komplekslar (antitelolar) ishlab chiqariladi. Hosil
bo‘lgan immun komplekslar fibrinoid nekrozli mikrotrombovaskulit, perivaskulyar
shish, mikrotsirkulyasiya blokadasi rivojlanishiga olib keladi.
@Lab_termin
👍11
Giperxromiya - eritrotsitlarda gemoglobinning ortishi oqibatida eritrotsitlarning to’q bo’yalishidir.Giperxromiya vitamin B12
tanqislik anemiyasi, foliy kislota tanqislik anemiyasi, irsiy sferositozga (gemolitik anemiya) xos
@Lab_termin
❤3
Shizositlar eritrotsitlar kichik bo’laklari bo’lib, kuyish, buyrak ko’chirib
o’tkazganidan keyin, gemolitik anemiya, gemolitik uremik sindrom, DVS sindrom,
vaskulitda paydo bo’ladi.
Anizoxromiya - turli intensivlikda bo’yalgan eritrotsitlar paydo bo’lishi. Qizil qon
tanachalarining rangi gemoglobin kontsentratsiyasiga bog’liq bo’lib, gemoglobin
kontsentratsiyasi normada 32-36% ni tashkil qiladi. Odatda gemoglobin bilan to’yingan,
normoxromli eritrotsitlar pushti rangga ega.
@Lab_termin
❤1
Drepanositlar o’roqsimon eritrotsitlar bo’lib, o’roqsimon hujayrali irsiy
gemolitik anemiyada paydo bo’ladi.
@Lab_termin
❤3
Anulositlar o’rtasi bo’sh, halqasimon eritrositlar bo’lib, og’ir temir tanqisligi
kamqonligida paydo bo’ladi.
@Lab_termin
❤4
Exinositlar sitoplazmasida bir xil o’simtalarga ega bo’lgan
eritrotsitlardir.Exinositlar og’ir anemiyalar, oshqozon raki, oshqozon yarasi, buyrak
yyetishmovchiligi, uremiyada paydo bo’ladi.
Dakriositlar tomchi shaklidagi eritrositlar bo’lib, myelofibroz, og’ir anemiya,
jigar toksik shikastlanishida uchraydi.
Nishonsimon eritrotsitlar markazda gemoglobin to’planadi va nishon shakliga
o’xshash eritrositlar bo’lib, talassemiya (irsiy gemolitik anemiya), og’ir temir tanqislik
anemiyasi, jigar kasalliklari, splenoektomiyadan so’ng aniqlanadi.
@Lab_termin
❤3
Akantositlar - yulduzsimon eritrotsitlardir.Akantositlar qonda irsiy akantositoz
(gemolitik anemiya), lipoproteinemiya, jigar kasalligi (sirroz), geparin bilan davolanish
davrida, splenektomiyadan so’ng paydo bo’ladi.
@Lab_termin
👍7
Sferotsitlar ikki tomonlama botiq shaklini yo’qotgan sharsimon eritrotsitlar
bo’lib, markazida och zonasi yo’q.Sferositlar diametri 6 mkm dan kichik bo’lsa
mikrosferosit deyiladi. Sferositlar irsiy mikrosferositoz (gemolitik anemiya), kuyish,
mos kelmaydigan qon quyish, sun’iy yurak klapanlari qo’yilganda, DTII – sindromida
(dissiminiplangan tomir ichi ivish sindromi) paydo bo’ladi.
@Lab_termin
👍6
Stomatsitlar hujayraning markazida joylashgan og’izga o’xshash yorug’lik
zonasiga ega bo’lgan eritrotsitlardir.Stomatotsitlar qon quyishdan keyin, jigar
kasalliklari, infeksion mononukleoz, irsiy stomatositozda (gemolitik anemiya) bo’ladi.
@Lab_termin
👍7
Poykilositoz - eritrotsitlarning turli shaklga ega bo’lishidir. Poykilotsitlar
shakli har xil bo’lishi mumkin, masalan:
Ovalotsitlar membranadagi nuqsonlar hisobiga shakllanadi va irsiy ovalotsitoz
(gemolitik anemiya), talassemiya, og’ir temir tanqis anemiya, megaloblastik anemiyaga
xosdir.
@Lab_termin
👍8
Anizotsitoz - har xil o’lchamdagi eritrositlarning paydo bo’lishi. Odatda,
periferik qonda normotsitlar 68-70%, mikrotsitlar (diametri 6 mkm dan kichik) 15,5%
va makrotsitlar (diametri 8 mkm dan katta) 16,5% ni tashkil qiladi. Qonda mikrotsitlar
ko’p bo’lganda mikrositoz, makrosit ko’p bo’lganda makrositoz deb ataladi.Diametri
12 mkm dan katta eritrotsitlar ko’p bo’lganda megalotsitoz deyiladi.
@Lab_termin
❤6🥰1
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Manfaatli va davomli bo'lishini nasib qilsin.
Manbalardan foyda olsangiz, tanishlaringizga ulashib qo'ying.
@Lab_termin- laboratoriya va tibbiyot atamalarining sodda va tushunarli izohi!
Manfaatli va davomli bo'lishini nasib qilsin.
Manbalardan foyda olsangiz, tanishlaringizga ulashib qo'ying.
@Lab_termin- laboratoriya va tibbiyot atamalarining sodda va tushunarli izohi!
👍77🔥29👌11🐳9❤🔥5❤1🥰1👏1😍1💘1