Forwarded from The Stranger
Nodar Dumbadze β "Abadiyat qonuni"
ββQuyosh chiqaveradi, yomg'irlar, qorlar yog'averadi, shamollar esaveradi, odamlar tug'ilib - o'laveradi. Dunyo juda qadimiy. Vaqt cheksizday. Insonga esa ozgina lahzalar berilgan. Bu lahzalar abadiyat oldida zarrachalik qiymatga egami - yo'qmi noma'lum. Ammo inson uchun uzun, juda uzun. Yuragi bor insonlar juda uzoq yashashadi. Yillar ma'nosida emas, kechinmalar, yashalmish tuyg'ular, anglaganlari, his qilganlari, og'riqlariyu baxtlari ma'nosida.
Ko'chalarga tig'iz vaqtda qarasangiz, olomonning ikki yoqlama oqimi xuddi daryoga tashlangan yog'ochlarga o'xshaydi. Odamlar bir - biri bilan to'qnashib ketadi, allanimalar haqida gaplashadi, bahslashadi, keyin yana o'z oqimiga qo'shilib ketaveradi. Insonni olomondan ajratadigan, uni inson qiladigan yuragidir, dardli yuragi. Dardi yo'q odam baxt nimaligini ham to'la his qilolmaydi. Har qanday odam umrida loaqal bir marta bo'lsa ham og'ir dardni boshidan o'tkazishi kerak, β deydi Bachana Ramishvili, β bu narsa unga bosib o'tgan yo'liga xotirjam nazar tashlab, hayotiga xolisanillo baho berishga imkon tug'diradi.
Inson o'zgarmaydi deguvchilar adashadilar men sizga aytsam. Shunday voqealar bo'ladiki umr atalmish yo'limizda, keyin miloddan avval - miloddan keyin deganday, ortga qaraganimizda hayotimiz bo'laklarga bo'linib qolganini ko'ramiz. Bir vaqtlardagi o'zimiz, hayotdagi tutumlarimizga ancha vaqt bo'lganday, ularni boshqa odam yashab o'tganday tuyuladi. Bir o'lamizda, boshqa odam bo'lib tirilamiz. Mariya aytganiday : "Hayotimda besh marta o'lib, besh marta tirilganman. Birinchi marta qo'rquv ichida o'lib, yolg'iz yashash uchun tirildim... Ikkinchi marta yolg'izlikda o'lib, mug'ambir bo'lib tirildim... Uchinchi marta mug'ambirlikda o'lib, beparvo bo'lib tirildim... To'rtinchi marta beparvolikda o'lib, nafrat bilan tirildim... Beshinchi marta nafrat bilan o'lib, muhabbat bilan tirildim... Mana hozir ulkan, beadad muhabbat bilan yashayapman, shuni yaxshi bilamanki, endi muhabbat bilan o'laman. Bu mening so'ngi o'limim bo'ladi ".
Nodar Dumbadze aytmoqchi bo'lgan abadiyat qonuni shu : "Insonning yuragi uning tanasidan yuz baravar og'irroq... Shu darajada og'irki, uni bir kishi ko'tarolmaydi... Binobarin, biz odamlar, toki tirik ekanmiz, bir - birimizga yordam berishimiz, bir - birimizning yuragimizga madad bo'lishga harakat qilishimiz kerak".
Demak, inson doim kimgadir intilishi tabiiy hol ekan, abadiyat qonuni shunday bo'lgandan keyin nachora. Afsuski biz yuragimizni tutganlar doim ham dardimizga davo bo'lmaydi. Aynan o'sha odamlar bizni tiriklayin o'ldiradi. Ba'zan shunday o'lamizki, keyin qayta tirilmaymiz. Ko'p odamlar bolaligidayoq o'lib ketgan, lekin yer yuzida hayot davom etaveradi. Yuraksiz hayot. Tirik murdalarning hayoti...
@salimov_blogi

β€3π₯2
Kitobxonlar ligasi 21-soni
πTanlangan asar: Nodar Dumbadze β "Abadiyat qonuni"
πΊMuhokama joyi: Amir Temur xiyoboni metrosidan chiqishdagi xiyobon
πMuhokama sanasi: 20 - Iyul
πBoshlanish vaqti: 17:00 (offlayn+onlayn)
@Kitobxonlar_ligasi_uz

1π₯2β€βπ₯1
Kitobxonlar Ligasiπ
Kitobxonlar ligasi 21-soni πTanlangan asar: Nodar Dumbadze β "Abadiyat qonuni" πΊMuhokama joyi: Amir Temur xiyoboni metrosidan chiqishdagi xiyobon πMuhokama sanasi: 20 - Iyul πBoshlanish vaqti: 17:00 (offlayn+onlayn) @Kitobxonlar_ligasi_uz
Assalom alaykum xayrli kun. Eslatib o'tamiz ertaga muhokama kuni barchani kutib qolamiz. Yaqinlaringizni ham taklif etishni unutmang.
Muhokama vaqti ob-havo sabab 17:00 ga o'zgartirildi joyi o'zgarmagan.
@Kitobxonlar_ligasi_uz
Muhokama vaqti ob-havo sabab 17:00 ga o'zgartirildi joyi o'zgarmagan.
@Kitobxonlar_ligasi_uz
β€6β€βπ₯1π1
Kitobxonlar Ligasiπ
Kitobxonlar ligasi 21-soni πTanlangan asar: Nodar Dumbadze β "Abadiyat qonuni" πΊMuhokama joyi: Amir Temur xiyoboni metrosidan chiqishdagi xiyobon πMuhokama sanasi: 20 - Iyul πBoshlanish vaqti: 17:00 (offlayn+onlayn) @Kitobxonlar_ligasi_uz
Erib ketmay, yiqilib oftob urmay soya-soyadan yurib kelyapsizlar degan umiddamizπ
π10π₯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
β€4π₯3
1π₯8β‘3β€2β€βπ₯2π₯°1π1π1π1
Kitobxonlar Ligasiπ
Photo
Tan olish kerak ko'pchilik kitobni o'qib kelgan ekan. Gapirmagan odam qolmadi menimcha. Yaxshi muhokamalardan bo'ldi. Uzoq davom etgani balki shundandir))
1π₯6β‘2β€βπ₯2π2π1π1πΏ1π1
Kitobxonlar ligasining keyingi 22-soni uchun taklif etilgan asarlar:
1) "Otalar va bolalar" (I. Turgenev) β 2 ta
2) "Parij Bibimaryam ibodatxonasi" (Gyugo) 2 ta
3) "Buyuk Getsbi" (F.S. Fitsjerald) β 7 ta
4)Betaraflar β 1 ta
F.S Fitsjeraldning "Buyuk Getsbi" asari 7 ta ovoz bilan keyingi songa tanlandi.

π₯5β€2β€βπ₯2π1
Kitobxonlar Ligasiπ
Voice message
Bu havoda erib "shoptoli qoqi" bo'lib qolmaslik uchun soyaroq joyda yurish to'g'ri tanlov))
Kun davomida 2 mahal kitob o'qib qo'yish ziyon qilmaydi men sizga aytsam aziz "Afrikaliklar"π
@Kitobxonlar_ligasi_uz
Kun davomida 2 mahal kitob o'qib qo'yish ziyon qilmaydi men sizga aytsam aziz "Afrikaliklar"π
@Kitobxonlar_ligasi_uz
π11π»2
Kitobxonlar ligasi
So'raganlar uchun
Muhokama qilingan asarlar
1-Rangin qushcha (Yeji Koshinskiy)
2-Yolg'izlikning yuz yili (Markes)
3-Martin Iden (Jek London)
4-Muvozanat (Ulug'bek Hamdam)
5-Qarzga olingan umr (Remark)
6-Tirilish (Tolstoy)
7-Talaba (Tara Vestover)
8-Javdarzordagi xaloskor (Jerom Selinjer)
9-Dorian Greyning portreti (Oskar Uayld)
10-Mazaxchini o'ldirish (Harper Li)
11-Jinoyat va jazo (Fyodor Dostoyevskiy)
12-Otamdan qolgan dalalar (Tog'ay Murod)
13- Jarayon (Frans Kafka)
14-Mehrobdan chayon (Abdulla Qodiriy)
15-Usta va Margarita (Mixail Bulgakov)
16-Zamonamiz qahramoni (Mixail Lermontov)
17-Begona (Alber Kamyu)
18-Yosh Verterning iztiroblari (Gyote)
19-Uch og'ayni (Remark)
20-To'rtko'cha (Ulug'bek Hamdam)
21-Abadiyat qonuni (N. Dumbadze)
22-Buyuk Getsbi (Fitsjerald) β³

β€5π₯3β‘2π2π2π1
Forwarded from The Stranger
ββEng sevimli asarlarim haqida yozishga qiynalaman. Masalan, "Martin Iden" haqida birinchi o'qiganimdan 4-5 yil o'tibgina taqriz yozganman. Ana shunday, hayotimda yaxshigina o'ringa ega bo'lgan, lekin u haqida yozolmagan asarlarimdan biri "Buyuk Getsbi". Feysbukda bir qizning shu asar haqida yozganlariga ko'zim tushgach asar yana yodimga tushdi.
Nima uchun Buyuk Getsbi ta'rifi berilgan? Menimcha, buyuk muhabbati uchun. Yoshligida Deyzi ismli qizni sevadi, lekin u boy, o'zi kambag'al edi.
Oradan ancha o'tib shaharda katta boy paydo bo'ladi, u haqida mish-mishlar, shov - shuvlar urchiydi, afsonalar to'qiladi. U har hafta oxirida uyida butun shaharga bazm uyushtiradi, uning shohona bazmlariga butun mamlakatdan oqib kelib o'yin kulgu qilishadi. Ana shu Getsbi edi. U barcha boyligini shunaqa bazmlar uyishtirishga sarflaydiki, toki bazmu-jamshidga, hashamatga o'ch Deyzi ham kelsa va shu orqali uni topsa.
Deyzini topadi ham, uning eri, bolasi bo'ladi, yana bir muddat ko'ngillari birlashadi ham. Deyzi butun hayotini unga bag'ishlagan Getsbini emas, xotinboz, to'nka eri Tomni tanlagani achinarli va ayol shaxsiyatining tubanligini ko'rsatdi. Getsbi yillar davomida izlagan, kutgan qizidan "Tan olaman seni yaxshi koβraman, lekin Tomni sevmaganman deyolmaymanβ javobini oladi. Asarda aytilganiday βUmid qilamanki u ahmoq boβlib oβsadi, bu dunyoda ayol kishi uchun eng yaxshisi chiroyli va sal ahmoqroq boβlishβ.
Getsbi qanday edi :
βU tushunib tabassum qildi - tushungandan ko'ra ko'proq. Bu kamdan-kam tabassumlardan biri bo'lib, unga siz hayotingizda to'rt yoki besh marta duch kelishingiz mumkinβ.
"Getsbi Deyziga shunday qaradiki, hamma ayollar shunday qaralishni orzu qiladilarβ.
Deyzi shunday muhabbatni tashlab qayoqdagi to'nkani tanlaydi. Ayol tabiatining bu tomoni haqida mana postda ham to'xtalganman:
https://t.iss.one/salimov_blogi/100
Deyzi Getsbining mashinasida erining o'ynashini urib yuboradi, Getsbi hammasini o'z bo'yniga olib Deyzini qutqarib qoladi va o'sha urib yuborilgan ayolning eri tomonidan otib o'ldiriladi. Ta'ziyasida ikki kishi qatnashadi xolos.
Ha, erkak kishini hech narsa muhabbatchalik xarob qilolmaydi. Na urush, na yo'qchilik, na dushmanlar, hech narsa. Bir turkning gapi bor edi : "Nima, erkaklar sevmaydimi? Men negadir mast holda daryo bo'yida tong ottirgan biror ayolni ko'rmadim..."
Bir ayolning ko'yida butun umri xarob bo'lgan qancha erkakni bilaman. Bir erkakni xarob qilib boshqaning quchog'ida yotgan qancha ayolni bilaman. Erkak qattiq sevgan bo'lsa ayriliqdan keyin o'zini tiklolmaydi, balki istamaydi ham, hayotdan soviydi. Ayol esa boshqani tanlab, uning quchog'iga kirib, shirin gaplar aytib, kuchukday bolalab yashayveradi. Balki har zamonda bir eslab qo'ylar. Kim bilsin.
Nitshening yozganlaridan ayollarga juda past nazar bilan qaragani ma'lum. Shu bilan birga hayotida ayolga nisbatan muhabbati bo'lgani ham ma'lum. Demak, bir ayol bilan bo'lgan javobsiz muhabbati alamidan butun ayollarga nisbatan shunaqa fikr bildirganmi? Menimcha, sevishga arzimasligini bilib turib uni sevishdan o'zini tiyolmasligi alami sezilgan. Birining loyiq emasligini bilish, lekin voz ham kecholmaslik odamni ancha gapirtiradi yoki butkul sukutga ko'madi.

Ko'p kutilgan yangiliklardan biri bor. Bu nima deb o'ylaysizlar? @Kitobxonlar_ligasi_uz
π’ YANGILIK!
π Kitobxonlar Ligasi β endi Navoiyda!
Adabiyotni sevuvchi doβstlar! Kitobxonlar Ligasi loyihasi endi Navoiy viloyatida ham oβz faoliyatini boshladi!
Bu yer β saviyali asarlar muhokamasi, ochiq fikrlar va haqiqiy kitobsevarlar davrasi.
π Tez orada birinchi asar tanlanadi.
β° Muhokama sanasi esa alohida eβlon qilinadi.
π€ Kanalga qoβshiling, fikr bildiring, adabiy muhitda oβz oβrningizni egallang!
π Kitobxonlar Ligasi β endi sizning shahringizda!
@Kitobxonlar_ligasi_Navoiy

π₯5β€2π€©2β‘1π1π1π1
Kitobxonlar Ligasiπ pinned Β«π’ YANGILIK! π Kitobxonlar Ligasi β endi Navoiyda! Adabiyotni sevuvchi doβstlar! Kitobxonlar Ligasi loyihasi endi Navoiy viloyatida ham oβz faoliyatini boshladi! Bu yer β saviyali asarlar muhokamasi, ochiq fikrlar va haqiqiy kitobsevarlar davrasi. π Tezβ¦Β»
Kitobxonlar ligasi 22-soni
πTanlangan asar: F. S. Fitsjerald β "Buyuk Getsbi"
πΊMuhokama joyi: Amir Temur xiyoboni metrosidan chiqishdagi xiyobon
πMuhokama sanasi: 3 - Avgust

β€3π3π₯1