Kenja Botir
411 subscribers
5.03K photos
782 videos
10 files
3.03K links
Қачонки максадлар манфаатдан устун булса, ўша сохада олдинга силжиш бўлади. Халқумдан кўра халқимни устун кўядиганлар бор бўлсин.
Download Telegram
Uzunda yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Surxondaryo viloyatining Uzun tumani, Surxon mahallasida investitsiya dasturi asosida 150 o‘rinli 32-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi yakunlandi. Loyihani amalga oshirish uchun 5 milliard 221 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Qurilish ishlari zamonaviy talablarga muvofiq olib borilib, barcha sharoitlarga ega muassasa barpo etildi.
Bugun mazkur bog‘cha tantanali tarzda foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida tuman MMTB boshlig‘i, mahalla faollari, tarbiyachilar, ota-onalar va bolajonlar ishtirok etishdi.

Endilikda kichkintoylar qulay, xavfsiz va zamonaviy sharoitda ta’lim-tarbiya olish imkoniyatiga ega. Binoda yengil konstruksiyali yotoqxona, o‘yin maydonchalari, oshxona, o‘quv va mashg‘ulot xonalari bilan to‘liq jihozlangan muhit yaratilgan.
⚡️Uzunlik karatechilar Osiyo chempionatida porlashdi! (Uzun24)

📅18–20-iyul kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan Shotokan Karate-do bo‘yicha Osiyo chempionatida Uzun sport maktabi tarbiyalanuvchilari munosib ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni egallashdi!

🌏Musobaqada quyidagi davlatlar ishtirok etdi:
🇦🇲 Armaniston
🇵🇰 Pokiston
🇰🇿 Qozog‘iston
🇰🇬 Qirg‘iziston
🇹🇯 Tojikiston
🇺🇿 Mezbon – O‘zbekiston

🏆 Uzunlik yoshlar kuchli tayyorgarlik va qat’iyat bilan ajralib turib, xalqaro arenada faxrli natijalarga erishishdi!

🔎Quyidagi sportchilarimiz chempionatda g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldilar:

Fayzullayeva Madinabonu Orifjonovna
Iskandarov Rahmatshoh Ilhom o‘gli
Tillayev Samir Saidahmad o‘gli
Azizov Yoqub Jorabekovich
Alijonov Idrisjon Valijon o‘gli
Roziboyev Muhammadyusuf Abdulaziz o‘gli
Ahmadjonov Odil Olimjon o‘gli
Abdulloev Muhammadali Hasan o‘gli
Qodirov Shavqatullo Asatullo o‘gli
Rahmatulloev Samir Shahboz o‘gli
Abdulloev Dilshod Odiljonzoda
Isroilov Ramazon Avzalshoh o‘gli
Anvarov Farhod Farrux o‘gli
Gadoev Sadriddin Abdulaziz o‘gli
Alloviddinov Qudratullo Atabullo o‘gli
Ne'matova Dilso‘z Ismatulla qizi
Ochildiev Zuxriddin G‘iyosjon o‘gli
Choriboyeva Asilabonu Qurbonmurod qizi


💪Ushbu g‘alabalar yurtimiz sport salohiyati va Uzun yoshlari iste’dodining amaliy isbotidir!

🎉Barcha sportchilarimizni tabriklaymiz va yangi zafarlar tilaymiz!

https://t.iss.one/Kenja_Botirjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏2
Sivilizatsiya degani qullik bo‘lsa...

Xristofor Kolumb 1492-yil 12-oktabrda ilk bor Amerika qitʼasining bir qismi bo‘lgan Karib dengizidagi Guanaxani (keyin uni San-Salvador deb atashdi) oroliga tushdi. Bu Shimoliy Amerika qitʼasiga qarashli Bagama orollar guruhiga kiradi. U yerda Taino qabilasi yashar edi.


📖 Kolumb kundaligidan parchalar :

1. Taino qabilasi haqida: "Ular bizni quvonch bilan qarshi oldilar. Ular juda yaxshi ko‘rinishli, sog‘lom va chiroyli odamlar. Qurolsiz, urush qilmaydilar va hamma narsani bizga ochib berdilar."

Bu so‘zlardan ko‘rinadiki, Kolumb Taino qabilasini tinch va mehmondo‘st  xalq sifatida tasvirlagan.

2. Ularni qullikka olish haqida ilk niyat:“Ular bizdan hech narsani yashirmaydilar. Agar xohlasak, ularni osongina bo‘ysundira olamiz, chunki qurollari yo‘q va jang qilishni bilmaydilar.



Bu yerda Kolumb ularning yengilgina bo‘ysundirib, ularni qulga aylantirish niyati borligini ochiqchasiga bildirgan.


3. Ularning diniy e’tiqodi haqida:“Ular hech qanday dinni bilmaydilar. Biz ularni osongina nasroniylikka kiritishimiz mumkin.



🛐 Tainolarning nasroniylashtirilishi:

1.Kolumb o‘zi bilan Ispaniyadan ruhoniylar ham olib kelgan edi.

Taino qabilasi “butparast” deb hisoblanib, ularni "najot topish" uchun nasroniy qilib qutqarish kerak degan g‘oya ilgari surildi.



2.Ularga xoch ko‘rsatilib, nasroniylikni qabul qilmasa, "gunohkor" bo‘lishi tushuntirila boshlandi.

Ayrim hollarda suvga cho‘miltirish (baptism) marosimi kuch bilan o‘tkazildi.



3.Taino qabilasi o‘z e’tiqodlariga ega edilar (tabiat, ruhlar, ajdodlarga sig‘inish).

Ular ko‘pincha nasroniylik g‘oyalarini to‘g‘ri tushunmagan yoki yuzaki qabul qilgan.

---

🔒1. Enkomyenda tizimi:

Ispanlar tub aholini yeri bilan birga "egallab", ularni mehnatga majburlagan.

Bu tizim orqali katolik diniga o‘qitish evaziga ularni ishlatishgan — lekin aslida qullikdan farqi bo‘lmagan.



2.Taino qabilasi konlarda ishlashga majburlangan (ayniqsa oltin qidirishda).

Qarshilik qilganlar jazolangan yoki tiriklayin yo‘q qilingan.



3. Kasalliklar va genotsid:

Yevropaliklardan kelgan kasalliklar (masalan, suvchechak) sababli o‘n minglab Taino qabilasi vakillari halok bo‘ldi.

---

📉 Natija:

1492-yildan 1550-yillar oralig‘ida Taino xalqi deyarli yo‘q qilinib, tarix sahnasidan supurib tashlandi.

Ularning madaniyati, tili va dini mustamlakachilik siyosati natijasida yo‘qotildi.

Qolgan oz sonli avlodlar boshqa xalqlar bilan aralashib ketdi.


P.S: Endi esa " Inson Huquqlari" va "Demokratiya"ni yetkazish g‘oyasi asosida xalqlarni bo‘ysindirish bilan shug‘ullanishayapti.


Kenja Botir
Termiz davlat universiteti tarix fakulteti 5 bosqich talabasi


https://t.iss.one/Kenja_Botirjon
2👍1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hech bo‘lmasa xotindan qo‘rqqanchalik XUDOdan qo‘rqaylik, hammasi yaxshi bo‘ladi!

https://t.iss.one/Kenja_Botirjon
🇺🇿 Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Qurbonov boshchiligidagi delegatsiya Kobulga tashrif buyurdi

Bahodir Qurbonov Kobulda "Afgʻoniston Islom Amirligi" hukumatining Mudofaa vaziri Mulla Yaʼqub bilan uchrashdi.

Xabarlarga koʻra, tomonlar chegara va xavfsizlik boʻyicha hamkorlik va boshqa tegishli masalalarni muhokama qilishgan.

https://t.iss.one/Kenja_Botirjon
Uzun tumani Oʻzbekiston mahallasi Tojik koʻchasiga davlat dasturi doirasida asfalt qoplamasi yotqizilmoqda. Bu ishda albatta mahalla raisini oʻrni juda katta. Mahallada boʻladigan har bir ish raisdan uddaburonlik, kelishuvchanlik, tadbirkorlik va ziyraklikni talab qiladi.


https://t.iss.one/Kenja_Botirjon
2
#Rasmiy_bayonot

Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda sertifikat talabi bekor qilinmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda 2025-yil 19-iyuldagi PF–114-sonli Prezident Farmoni noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Mazkur Prezident Farmoni bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi va ba’zilarining ayrim bandlari o‘z kuchini yo‘qotdi.

Xususan, 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-sonli Qarorning 6-bandi to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlandi. Ushbu bandda magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikati talabining ilk joriy etilishi nazarda tutilgan edi.

Biroq, mazkur normaning chiqarib tashlanishi xorijiy til bo‘yicha sertifikatlar talabi butunlay bekor qilindi degani emas.

Sababi, 2024-yil 24-maydagi PF–81-sonli Prezident Farmoni bilan magistratura mutaxassisliklari va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etilishi belgilangan:

🟢xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha — kamida C1 darajasida;

🟢gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat koʻrsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohalari boʻyicha — kamida B2 darajasida;

🟢boshqa taʼlim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari boʻyicha — kamida B1 darajasida.

Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi PF–81-son Prezident Farmoni bilan belgilangan xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar talabi hozirda ham amalda ekanini eslatadi va bu borada tarqalayotgan noto‘g‘ri talqinlarga e’tibor bermaslikni so‘raydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Lavozimidan ozod etildi!


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Talʼat Shuxratovich Valiyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining jamoat xavfsizligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Administratsiya farmoyishi bilan Baxodir Baxtiyarovich Maxmudov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni amalga oshirilishini taʼminlash va xalqaro gumanitar hamkorlik shoʻbasi mudiri lavozimidan, Shovqiddin Abduvaliyevich Karshiyev Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati Davlat chegarasi xavfsizligi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilishni taʼminlash shoʻbasi bosh konsultanti lavozimidan ozod etildi.


https://t.iss.one/Kenja_Botirjon
#Jazo

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ bosh direktori Shuxrat Abdujabbarovich Po‘latovga va 11 ta tuman elektr taʼminoti korxonasi boshliqlari;

13 ta tuman korxonasi bosh muhandislari;

3 ta tuman korxonasi dispetcherlik xizmati xodimlariga intizomiy jazo qo‘llanildi.

Sababi:

Toshkent shahrida elektr taʼminotida koʻp uzilishlar boʻlgan.


https://t.iss.one/Kenja_Botirjon
Mashg‘uloting yoqimli bo‘lsa, kunning harorati bilinmaydi!

https://t.iss.one/Kenja_Botirjon
👍31