"Kattaqo'rgʼon tongi" gazetasi
650 subscribers
15.8K photos
1.58K videos
91 files
6.38K links
Kattaqo'rgʼon tongi gazetasining rasmiy kanali
☎️66-455-23-95
✉️[email protected]
🌐kattakurgon-tongi.uz
↪️https://www.facebook.com/Kattakurgontongirasmiy
🏛Kattaqo'rgʼon sh, Xorazmiy k, 47-uy
Murojat uchun admin : @shukurov_azizbek
Download Telegram
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra:

🔹 jismoniy shaxslarga tegishli ishlab chiqarilganiga 10 yilgacha bo'lgan yengil avtomototransportlar texnik ko'rikdan ixtiyoriy ravishda o'tkaziladi;

🔹 yengil avtomototransportlar quyidagi muddatlarda majburiy texnik ko'rikdan o'tkaziladi:

▫️ishlab chiqarilganiga 11 yildan 14 yilgacha bo'lgan yengil avtomototransportlar – 2 yilda bir marta;

▫️ishlab chiqarilganiga 15 yil va undan ortiq bo'lgan yengil avtomototransportlar – 1 yilda bir marta.

⚠️ Bunda mazkur muddatlar tijorat asosida yo'lovchilar tashish faoliyatida foydalaniladigan yengil avtomototransportlar uchun tatbiq etilmaydi.
#Bilasizmi

☑️ Pedagoglarning faoliyatiga taʼlim oluvchilar bilimini toʻgʻri va xolis baholashiga taʼsir koʻrsatish orqali aralashish yoki pedagogning xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish:

fuqarolarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima solishga sabab boʻladi.

⚠️ Mazkur huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilsa:

fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Эндиликда тадбиркор агар 200 тадан ортиқ иш ўрни яратса, солиқлардан озод этилади.

👆Бундай имконият “20 минг тадбиркор – 500 минг малакали мутахассис” дастури иштирокчиларига берилади. Дастурда иштирок этаётган тадбиркорлар учун божхонада “яшил йўлак” бўлади.

Дастур аризалари қаерда қабул қилинади?

@kattakurgont
#Bilasizmi

‼️Veb-sayt egasi va bloger internetdagi sahifasida nimalarga yoʻl qoʻymasligi kerakligini bilasizmi?

🔰 Veb-saytning va veb-sayt sahifasining yoxud boshqa axborot resursining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot joylashtiriladigan internetdagi oʻz veb-saytida va veb-sayt sahifasida yoxud boshqa axborot resursida quyidagilarga yoʻl qoʻymasligi shart:

▪️Oʻzbekistonning mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat etish;

▪️ommaviy tartibsizliklarga, fuqarolarga nisbatan zoʻravonlik qilishga, shuningdek belgilangan tartibni buzgan holda oʻtkaziladigan yigʻilishlar, mitinglarda, koʻcha yurishlarida va namoyishlarda ishtirok etishga daʼvat qilish, shuningdek mazkur noqonuniy harakatlarni muvofiqlashtirish;

▪️jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolgʻon axborot tarqatish;

▪️urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm gʻoyalarini targʻib qilish;

▪️davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etish;

▪️milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi, shuningdek fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻyuvchi axborotni tarqatish;

▪️jamiyatga, davlatga, davlat ramzlariga hurmatsizlikni namoyon etuvchi, shu jumladan beodoblik bilan ifodalangan axborotni tarqatish;

▪️giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va prekursorlarni targʻib qilish;

▪️pornografiyani, zoʻravonlikni va shafqatsizlikni targʻib qilish, shuningdek oʻz joniga qasd qilishga daʼvat etish;

▪️fuqarolarni, shu jumladan voyaga yetmagan shaxslarni ularning hayotiga va sogʻligʻiga yoxud oʻzga shaxslarning hayotiga va sogʻligʻiga tahdid soluvchi gʻayrihuquqiy harakatlarni sodir etishga undashga yoki boshqa tarzda jalb qilishga qaratilgan axborotni tarqatish;

▪️qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab boʻladigan oʻzga harakatlarni sodir etish maqsadlarida foydalanilish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/kurganpress
#Биласизми?

Қизлар албатта армияда хизмат қилиши керак бўлган давлатлар:

• Исроил;
• Норвегия;
• Хитой;
• Шимолий Корея;
• Мьянма.

———

#Bilasizmi?

Qizlar albatta armiyada xizmat qilishi kerak boʻlgan davlatlar:

• Isroil;
• Norvegiya;
• Xitoy;
• Shimoliy Koreya;
• Myanma.
#Bilasizmi

❗️Davlat xizmatchisi tadbirkor yoki uning muassisi bo'lishi mumkin emas

🚫 Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas:

🔸o'zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo'lgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o'g'illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo'ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo'ladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;

🔸pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to'lanadigan boshqa faoliyat bilan shug'ullanishga, O'zbekiston qonunlarida hamda Prezident qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;

🔸tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga;

🔸tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo'lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma'muriy-xo'jalik vazifalarini bajarishga, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo'lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno;

🔸o'zi xizmat qilayotgan davlat organi nazorati ostidagi yoki u bilan aloqalar va manfaatlarga ega bo'lgan tashkilotlardagi ulushlarni, paylarni va aksiyalarni bevosita yoki vakillar orqali olishga;

🔸o'z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko'zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg'alar olishga;

🔸chet davlat fuqaroligini olishga;

🔸qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan o'z xizmat mavqei bilan bog'liq holda foydalanishga;

🔸O'zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo'lishga, ko'chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda ta'lim olish, stajirovka o'tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno;

🔸o'zining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini ko'zlab amalga oshirishga.

@kattakurgont
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Kadastr

YERLAR FAQAT AUKSION ORQALI SOTILADI YOKI IJARAGA BERILADI

Yer sotib olib tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz qonuniy va shaffof yo‘lni tanlang, firibgarlarga aldanib qolmang!
 @kattakurgont
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Kadastr

⚠️YERLAR FAQAT AUKSION ORQALI SOTILADI YOKI IJARAGA BERILADI

❗️Yer sotib olib tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz qonuniy va shaffof yo‘lni tanlang, firibgarlarga aldanib qolmang!
#Биласизми?

Муз тухумлари феномени


Финландия шимолида камдан-кам учрайдиган муз тухумлари ҳодисаси кузатилади.

Совуқ об-ҳаво ва кучли шамол туфайли кичик муз бўлаклари сувда думалаб “ўсади”. Шу сабабли, Финландиядаги қирғоқлар гўё аждаҳо тухум қўйган улкан майдонга ўхшайди.

———

#Bilasizmi?

Muz tuxumlari fenomeni


Finlandiya shimolida kamdan-kam uchraydigan muz tuxumlari hodisasi kuzatiladi.

Sovuq ob-havo va kuchli shamol tufayli kichik muz boʻlaklari suvda dumalab “oʻsadi”. Shu sababli, Finlandiyadagi qirgʻoqlar goʻyo ajdaho tuxum qoʻygan ulkan maydonga oʻxshaydi.

👉 @kattakurgont
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mediasavodxonlik
#bilasizmi

Yolg‘on xabar va noqonuniy ma’lumotlarni bo‘lishish (repost) uchun ham
javobgarlik bor

❗️Har qanday axborotni tarqatishdan avval manbaning ishonchligini tekshiring. Feyk va dezinformatsiyalardan yiroq bo‘ling!

Bu nafaqat sizning huquqingiz, balki jamiyat oldidagi burchingiz hamdir.

📹Batafsil videoda tanishing.

Ⓜ️anba
___

Предусмотрена ответственность за распространение (репост) ложных новостей и противозаконной информации.

❗️Проверяйте достоверность источника, прежде чем распространять какую-либо информацию. Остерегайтесь фейков и дезинформации!

Это не только ваше право, но и долг перед обществом.

📹Подробности в видео.


Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

👉 @kattakurgont
#Bilasizmi

🔰 O'zbekiston xalqaro munosabatlarning to'la huquqli subyektidir.

📌 O'zbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan boshqa prinsip va normalariga asoslanadi.

☑️ Shuningdek, O'zbekiston davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko'p tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/kurganpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🏠 Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.

🗓 Tegishli huquq paydo bo'lgandan keyin 1 oy ichida ko'chmas mulk davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.

🖥 Ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(my.gov.uz) orqali yoxud ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

💰 Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln so'm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 mln 10 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
#Биласизми?
Қайси қон гуруҳи эгалари туғилишдан энг кучли иммунитетга эга бўлади?

Америкалик олимлар бу борада тадқиқот ўтказди. Омадлилар тўртинчи қон гуруҳига эга одамлар экан, деб ёзади progorodchelny.ru.портали.

————-

#Bilasizmi?
Qaysi qon guruhi egalari tugʻilishdan eng kuchli immunitetga ega boʻladi?

Amerikalik olimlar bu borada tadqiqot oʻtkazdi. Omadlilar toʻrtinchi qon guruhiga ega odamlar ekan, deb yozadi progorodchelny.ru.portali.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/zajg
#Bilasizmi?
Everest. Choʻqqiga uning nomi berilishiga qarshi edi


Hindistonda qariyb oʻn besh yil (1830-1843) geodeziya bosh mutaxassisi boʻlibishlagan geograf Jorj Everest dunyodagi eng baland choʻqqi uning nomi bilan atalishiga qarshi edi.

Olim uning ismi hind tilida yozish va talaffuz qilish qiyinligini taʼkidlab, avvalgi barcha choʻqqilarga mahalliy xalqlarning nomlari berilganiga ham eʼtibor qaratdi.

Ushbu dalillarga qaramay, Qirollik Geografiya jamiyati togʻning XV choʻqqisiga Everest nomini qoʻydi.
#Bilasizmi

🔘 Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish yuzasidan quyidagi imtiyozlar belgilangan:

🔹tadbirkorlarga ish oʻrinlari va sharoitlarini nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi uchun BHM ning 40 baravari (13 mln 600 ming soʻm) miqdorigacha;

🔹tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara toʻlovi;

🔹hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga aʼzolik badali xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/kattaqurgon_shahar_hokimligi
#Биласизми?
Самарқанд шаҳрининг диққатга сазовор қадамжолари

Самарқанд - ер юзининг сайқали, ўз вақтида Амир Темур бирлаштирган йигирма етти давлатнинг пойтахти. Бу кўҳна заминда юзлаб диққатга сазовор, сайёҳлар эътиборини тортадиган тарихий масканлар бор.

———

#Bilasizmi?
Samarqand shahrining diqqatga sazovor qadamjolari

Samarqand - yer yuzining sayqali, oʻz vaqtida Amir Temur birlashtirgan yigirma yetti davlatning poytaxti. Bu koʻhna zaminda yuzlab diqqatga sazovor, sayyohlar eʼtiborini tortadigan tarixiy maskanlar bor.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/ub1w
#Биласизми?
Туркиянинг ноёб хазинаси
 
Агар Туркияга йўлингиз тушиб, Эгей денгизидан Ўрта ер денгизигача чўзилган ғарбий қирғоқлари бўйлаб юрсангиз, афсоналарга ҳаёт бағишловчи қадимий хазиналарга дуч келасиз.

———

#Bilasizmi?
Turkiyaning noyob xazinasi
 
Agar Turkiyaga yoʻlingiz tushib, Egey dengizidan Oʻrta yer dengizigacha choʻzilgan gʻarbiy qirgʻoqlari boʻylab yursangiz, afsonalarga hayot bagʻishlovchi qadimiy xazinalarga duch kelаsiz.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/pjql
#Биласизми?
Дунёдаги думалоқ кўл


Географлар бу кўлни Кингслей, авиаторлар эса Кумуш рангли доллар кўли деб аташади. Агар сиз расмларга қарасангиз, бу жуда мантиқий.

————-

#Bilasizmi?
Dunyodagi dumaloq koʻl

Geograflar bu koʻlni Kingsley, aviatorlar esa Kumush rangli dollar koʻli deb atashadi. Agar siz rasmlarga qarasangiz, bu juda mantiqiy.
#Биласизми?
Музқаймоқ танани совутадими?

Кардиологлар иссиқ ҳавода музқаймоқ биз ўйлагандек танани совутмай, аксинча иситишини исботлашди.

Хушхўр ширинлик овқат ҳазм бўлишини тезлаштиради, бу ўз навбатида иссиқлик ҳосил қилади.

Ошқозон фақат вақтинча совийди, кўп ўтмай у янада қизийди. Ширин "газировка" худди шундай реакцияга эга.

————-

#Bilasizmi?
Muzqaymoq tanani sovutadimi?

Kardiologlar issiq havoda muzqaymoq biz oʻylagandek tanani sovutmay, aksincha isitishini isbotlashdi.

Xushxoʻr shirinlik ovqat hazm boʻlishini tezlashtiradi, bu oʻz navbatida issiqlik hosil qiladi.

Oshqozon faqat vaqtincha soviydi, koʻp oʻtmay u yanada qiziydi. Shirin “gazirovka” xuddi shunday reaksiyaga ega.