Kasbi.uz / Kasbi tumani hokimligi
4.17K subscribers
22.2K photos
1.65K videos
20 files
3.84K links
Rasmiy sayt: Kasbit.uz

Kasbi tuman hokimligi Axborot xizmati rasmiy kanali.
Tumanda sodir bo'layotgan yangiliklar, xabarlarni eng avval shu yerdan bilishingiz mumkin.

Murojaat uchun: @Kasbi_hokimiga_mu

Link: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAE9dMGsa_svRHaIs2w
Download Telegram
Forwarded from Qashqadaryo.adliya.uz
#Adliyadan_qulaylik

PRAVANGIZNI BAYRAM KUNLARI HAM OLISHINGIZ MUMKIN!

🗣Xabaringiz bor, 2010-yilgacha olingan eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari joriy yilning 31-martiga qadar amal qiladi. Almashtirish uchun sanoqli kunlar qoldi, oldinda esa bayram va dam olish kunlari...

👨‍💻Xavotirga oʻrin yoʻq! Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida Qarshi shahar hamda Shahrisabz shahar adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazlarida joriy yilning 18-19-20 hamda 22-mart kunlari faqat haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmati koʻrsatiladi.

🗣 Siz ushbu sanalarda ham markazga tashrif buyurgan holda pravangizni yangisiga almashtirishingiz mumkin.

‼️Eslatma: mazkur qulaylik respublikadagi ushbu xizmat yoʻlga qoʻyilgan barcha DXMlarda yoʻlga qoʻyilmoqda.

📎. 2010-yilgacha boʻlgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;
• 2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
• 2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentyabrgacha;
• 2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🔵 facebook |🎬 youtube |🌐 rasmiy sayt |🚀 telegram |📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Qashqadaryo.adliya.uz
#Adliyadan_qulaylik

Qashqadaryo viloyatining yana 12 ta Davlat xizmatlari markazlarida xorijga chiqish pasportini berish xizmati yo'lga qo`yildi
. Bular:

1. Ko'kdala tuman DXM;
2. Chiroqchi tuman DXM;
3. Kitob tuman DXM;
4. Shahrisabz tuman DXM;
5. Yakkabog' tuman DXM;
6. Qamashi tuman DXM;
7. G'uzor tuman DXM;
8. Kasbi tuman DXM;
9. Qarshi  shahar DXM;
10. Qarshi tuman DXM,
11.Koson tuman DXM,
12.Nishon tuman DXM.

Endilikda, viloyatdagi jami 12 ta Davlat xizmatlari markazida (Qarshi shahri va Shahrisabz tumanlarida  mavjud edi) xorijga chiqish pasportini berish xizmati ko'rsatilmoqda.

® Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
#ADLIYADAN_QULAYLIK

Kasbi tumani Davlat xizmatlari markazida ham xorijga chiqish pasportini berish yo‘lga qo‘yildi.

Xabaringiz bor, 2022-yil 1-yanvardan boshlab Davlat xizmatlari markazlari ichki ishlar bo‘limlari bilan bir vaqtda O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishni bosqichma-bosqich boshlagandi.

Yaqinda imkoniyat Kasbi tumani Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida ham yaratildi.

Endilikda xorijga chiqish pasportini olish istagidagi fuqarolarimiz mazur tashkilotga tashrif buyurib, ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi