Ixtisoslashtirilgan maktab I Kogon tuman
458 subscribers
3.39K photos
355 videos
16 files
559 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy kanali

Maktab raxbariyatiga murojaatlar va takliflarni qabul qilish boti:
@Kogon_tuman_IM_bot
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/ktixm
Download Telegram
#Kogon_tuman_IM #Maktabda_biologiya

🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 19.02.2025 yil 8T-01 sinf o‘quvchilari bilan biologiya fanidan “Bargda kraxmal mavjudligini tekshirish” 🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃 mavzusida laboratoriya mashg'uloti o‘tkazildi.

🔬Amaliy mashg'ulotdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad - o'tilgan mavzuga oid nazariy bilimlarni naqadar puxta o'zlashtirilganligini tajribada bilib olishdan iborat.

👩🏼‍🏫Fan o‘qituvchisi – Hamroyeva N.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#Qizlarjon_klubi
#Quvnoq_startlar

🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 20.02.2025 yil “Qizlarjon” klubi rejasi asosida qizlar salomatligini yaxshilash maqsadida 6-7- sinf o'quvchi qizlari o'rtasida «Quvnoq startlar” musobaqasi o’tkazildi.
👭🏃‍♀️‍➡️👭🏃‍♀️‍➡️👭🏃‍♀️‍➡️🏃‍♀️‍➡️👭🏃‍♀️‍➡️🏃‍♀️‍➡️🏃‍♀️‍➡️👭👭👭
🏆Qizlar jamoalari 6 ta shart bo’yicha qizg’in belleshishdi, durrang natija qayd etib – do’stlik g’alaba qozondi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#Teatr_ibratxonadir

🔹Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida "Teatr – ibratxonadir" shiori ostida o‘tkazilayotgan tanlovning hududiy bosqichi bo'lib o'tdi.
🔹Viloyat musiqali dramma teatrida bo‘lib o‘tgan ushbu tanlovda Buxoro shahridagi Prezident maktabi hamda ixtisoslashgan maktablar jamoalari o‘zaro bellashdilar.
❇️Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi “Turon” teatr jamoasi Mahmudxo’ja Behbudiyning “Padarkush” yohud “O’qimagan bolaning holi” asari asosida zamonaviylashtirilgan 1 pardali sahna ko’rinishi bilan faol ishtirok etishdi.
"Teatr – ibratxonadir" shiori ostida o‘tkazilayotgan tanlovning hududiy bosqichida “Eng yaxshi teatr jamoasi rahbari” nominatsiyasiga munosib topilgani uchun maktab jamoasi SERTIFIKAT bilan taqdirlandi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#O'qituvchilar_olimpiadasi

Xabaringiz bor, Fan olimpiadalari markazi tomonidan fizika fani bo‘yicha O‘qituvchilar olimpiadasining tuman(shahar) bosqichi bo'lib o'tdi.

Bunda, hududlar kesimida 4 467 nafar (72 %) ishtirokchilar qatnashdi.

🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabidan Ustozimiz Yo'ldoshev Ulug'bek Olimovich fizika fani bo’yicha O’qituvchilar olimpiadasining tuman bosqichida faxrli🏆 1-o'rinni🏆 qo'lga kiritdilar.

📍Ustozimiz Yo'ldoshev Ulug'bek Olimovichga O’qituvchilar olimpiadasining keying bosqichlarida omad tilab qolamiz!!!



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi

🔰 Buxoro viloyat Ixtisoslashtirilgan maktab va MI va umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

Ushbu olimpiadada Kogon tuman IM 7- sinf õquvchisi Murodov Jahongir Mirshodovich Matematika fanidan 🥈2- õrinni qõlga kiritdi.
❇️O‘quvchimiz respublika bosqichida ham ŏz bilimini kõrsatib, yuqori natijaga erishishiga ishonamiz.
❇️Ta'lim bergan ustozi Jo'raqulova Sadoqat Jo'raqulovnaga minnatdorchiligimizni bildiramiz, õquvchimizni õqishlariga omad tilaymiz.

📌Eslatib o‘tamiz, ushbu olimpiadadan ko‘zlangan maqsad Respublika iqtidorli yoshlarini saralab, xalqaro olimpiadalarga tayyorlashdir.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#Zulfiyaxonim
Go‘zallikni kuylagan shoira


1-MART – ZULFIYAXONIM TAVALLUD TOPGAN KUN


XX asr o‘zbek she’riyatida shoira Zulfiya Isroilovaning sermahsul ijod yo‘li, lirik merosi o‘ziga xos ahamiyat va betakrorlikka ega. Shoira she’riyatida tuyg‘ulardagi samimiylik, so‘z sehrining jozibadorligi ijtimoiylik bilan uyg‘unlashgan holda o‘zbek ayoliga xos nazokat bilan tarannum etiladi.
❇️Shoiraning “Hayot varaqlari”, “Qizlar qo‘shig‘i”, “Uni Farhod der edilar”, “Hijron kunlarida”, “Kuylarim sizga”, “Yuragimga yaqin kishilar”, “Oylar”, “Shalola”, “Tun”, “Hijron”, “Mening Vatanim”, “Bahor keldi seni so‘roqlab”, “Ko‘rganmiding ko‘zlarimda yosh”, “Cho‘pon”, “Lobar qizlarga” kabi she’r va to‘plamlari haqiqiy o‘zbek ayolining go‘zal hamda betakror siymosini yoritib beruvchi boy ma’naviy meros bo‘ldi.



📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. 👇
I Facebook I Telegram
#Kogon_tuman_IM
#Saflanish

🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 03.03.2025 yil ertalabki saflanish Davlat madhiyasini aytishdan boshlandi.

Saflanishda o’quvchilar mart oyidagi chora-tadbirlar rejasi bilan tanishdilar.

Fevral oyida bo’lib o’tgan tadbirlarda faol ishtirok etgan o’quvchilar DIPLOM va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.



📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. 👇
I Facebook I Telegram
#Kogon_tuman_IM
#VELOMARAFON
#Qizlar_musobaqasi

❇️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2025 yil 26-fevraldagi dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 6 mart kuni, 🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Sport- sog'lik garovi" shiori ostida qizlar o'rtasida velomarafon tashkil etildi.
🚴🏻‍♀️ 🚴🏻‍♀️ 🚴🏻‍♀️ 🚴🏻‍♀️ 🚴🏻‍♀️ 🚴🏻‍♀️ 🚴🏻‍♀️ 🚴🏻‍♀️ 🚴🏻‍♀️ 🚴🏻‍♀️ 🚴🏻‍♀️
⚡️Marafonda 7-8- 9-sinf qizlari ishtirok etishdi.
🥇1- o'rin 8A-01 sinf o'quvchisi Durdona Aliyeva
🥈2- o'rin 9A-01 sinf o'quvchisi Shaxrigul Muxammadiyeva
🥉3- o'rin 7A-01 sinf o'quvchisi Ifora Hayotova
🥉3- o'rin 8A-02 sinf o'quvchisi Munisa Sobirova

👩🏻‍💼👭Xotin-qizlarni ommaviy sportga jalb qilish orqali nafaqat ularning sog‘lig‘i mustahkamlanadi, balki jamiyatning umumiy salomatlik darajasi ham oshadi.




📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. 👇
I Facebook I Telegram