Josh*Developer
4.85K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
658 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Bu oygi JS intervyuga tanlangan ishtirokchimiz 2 kundirki hali ham javob yozmadi va o'qimadi. Bugun oxirgi kun, agar bugun ham yozmasalar, ikkinchi qo'shimcha qilib tanlangan insonga aloqaga chiqamiz.
InshaaAlloh

@JoshDeveloper
👍81
Qizlar borasida ota-onalar va jamiyatda tarqalib qolgan xato fikrlar va ularga kichik izoh ⬇️:

1. “Qiz bola o’qishi shart emas!” - Qiz bola nafaqat o'zi uchun, balki kelajak farzandlar uchun ham ikki karra o'qishi shart.

2. "O'qimasang erga beramiz" - Rahmat! Endi oila qurish shunaqa past sanaladigan bo'lib qolibdida ! Undan ko'ra, “O’qimishli, ilmli bo'lsang, bo'lajak jufting ham ziyoli inson bo'ladi inshaaAlloh" desak to’g'riroq bo'lar edi.

3. “Qiz bola faqat uyda o’tirishi kerak!” - Qiz bollar faqat uyda o’tirishi kerak bo’lsa, Ayollar shifokori kim bo’ladi ? Ayollar kiyimini kim sotadi ? Eng qiziqi ayolingni kim tug’diradi ? Erkaklarmi ?! O’zi shunaqa fikrlilar dastidan ushbu tepadagi ishlarni ham ayrim “ERKAK”lar qilishayapti.

4. “Qiz bolasan, yoshsan, o’ynab qol, hijob keyin o’rarsan” - Haaa afsuski bu gapni ko’proq “erkak”lar aytar ekan. Essiz erkaklik, essiz or. Bunday dayuslar jannatni hidini ham xidlashmaydi. U gapni o'rniga, “Go'zalligingni begona erkaklardan yashir, fitna chiqarma, hayoli bo’l” desak to'g'riroq emasmi ?!

va hkz.

Shuningdek, qizlarini faqat o’qishiga qarab, tarbiyasi, odobi, uy ishlarini o'rgatishga e’tibor bermaydiganlar ham xato qilayotganlar qatorida.

Kelayotgan Jum’a muborak azizlar 🌙

@JoshDeveloper
👍38🔥7
Forwarded from Abduaziz π
Soap 🆚 Rest 🆚 GraphQL 🆚 RPC haqida birgina rasmda.
Siz yuqorida sanab o'tilganlardan qaysi birini ma'qul ko'rasiz va nega aynan uni?

© Linkedin (Alex Xu)

@AbduazizPy
🤔5👍3
React bo'yicha middle dasturchidan talab qilinadigan tahminiy jadval :

React Component Definition
React Component Props
React Component State
React Component Lifecycle
Components Composition
JSX
React DOM
React DOM Events
Forms
Virtual DOM
Higher-Order Components
Flux architecture
Redux
MobX
Context
Routing
Animation
Performance
Automated testing
Security
Server-side rendering

Hooks

Building

#Reactjs

@JoshDeveloper
👍30🔥9😱5🤩2
Ba'zida ish topish uchun, Junior holingizda o'z bilimingizga qattiq ishonsangiz, Middle so'ralgan ish e'loni kompaniyasiga to'g'ridan to'g'ri yozib, ularga o'zingizni ushbu pozitsiyada bemalol ishlay olishingizni isbotlashga to'g'ri keladi.

Juda ko'p o'xshamasa ham, ba'zida o'xshaydi, harakat qilib ko'ring, sizdan nima ketdi. 😉

*Ammo bilimingiz chala bo'la turib boshqalarni bezovta qilmang, undan ko'ra avval ustingizda ishlang.

@JoshDeveloper
🔥20👍122👏1🤯1
Ramazonga kimda qanday rejalar bor 🙃👀👀 ?


Menda hatto kanalimiz uchun ham maxsus rejalar bor 😉
InshaaAlloh aytaman.


Sizdachi ?

@JoshDeveloper
👍23🔥4🤩1
Forwarded from Saidbek
FEO nima?

FEO - Front-end optimization.
Qisqa qilib aytganda FEO yoki CO (Content Optimization) - veb-saytingizni brauzer uchun qulayroq va tezroq yuklanishi uchun nozik sozlash jarayonidir. Umuman olganda, FEO fayl o'lchamlarini kamaytirishga va ma'lum bir sahifani yuklash uchun zarur bo'lgan so'rovlar sonini kamaytirishga qaratilgan. Bu postda FEO ni yaxshilash uchun bir qancha usullarni ko'rib chiqamiz.

1. Resurslarni minimallashtirish - HTML, CSS, JS fayllardagi kodlaringizni minimallashtiring, ishlatmaydigan kodlaringizni, kommentlarni, bo'sh joylarni o'chirib tashlang. Fayllarni online compressor orqali minimallashtirib oling, bu faylning hajmini anchagina qisqartiradi, veb-sayt yuklanish jarayonida ham vaqt va resurs kamroq sarflanadi. Ko'p kutubxonalarda .min.css yoki .min.js fayllari bekordan bekorga turmaydi axir, endi bu usulni o'zingiz yozgan kodlarda ham ishlatishni boshlang.

2. Responsive rasm va WebP dan foydalaning - Ko'p veb-saytlar hajmining deyarli 50 foizi media fayl va rasmlarga to'g'ri keladi, rasmlar veb-sayt uchun moslashtirilmagan bo'lsa bu veb-saytingizni tezligiga yaxshigina tasir qiladi. Dasturlashni o'rganayotgan paytim background'ga 10MB atrofidagi rasmni qo'yganman, saytda rasm sifati muhim deb o'ylaganman 😁, buni ko'rib ustozimni mazasi qochishiga sal qolgan.

Saytingizga rasmlarni qo'yishdan oldin online servislar orqali rasmni 70-80 foizgacha siqishga urinib ko'ring, keyin uni WebP formatga o'giring, bu saytingizni yuklanishini ancha tezlashtiradi. O'zimda tajribada bo'lgan holat 10-12 Megabaytlik rasmlarni 80 foizgacha siqib, WebP ko'rinishda qo'yganmiz, hajm 100-200 Kilobaytgacha qisqargan.

3. Lazy Loading - Lazy load veb-sayt ochilganda faqat kerakli resusrlarni yuklaydi, qolganini foydalanuvchiga kerak paytida yuklaydi. Masalan veb-saytni ochganingizda rasmlarning faqat bir qismi, ya'ni sizga ko'rinayotgan qismi yuklangan bo'ladi, qolgani esa scroll qilishingiz davomida yuklanib boradi. Misol uchun Google images ham shunaqa ishlaydi, siz rasm qidirsangiz sizga millionlab variantlarni taklif qiladi, lekin hammasi ham yuklanmaydi, rasmlar pastga tushishingiz davomida yuklanib boradi.

Agar hammasini birdan yuklaganida balki bir necha hafta kutardingiz yoki ram yetishmasligidan kompyuteringiz qotib qolgan bo'lardi 🙂.

4. CDN tanlang - CDN lar tarmoqning kechikishi (tarmoq orqali aloqada kechikishlar) bilan bog'liq muammolarni hal qilish uchun mo'ljallangan. Bunday kechikishlar asosan veb-sayt hosting serveri va foydalanuvchi orasidagi fizik masofa bilan bog'liq. Ushbu masofani kamaytirish uchun CDN kontentning versiyasini turli geografik joylarda saqlaydi.

Masalan siz saytingizga biror kutubxonani ulab qo'ydingiz, veb-sayt har safar serverning o'ziga murojaat qiladi, server USA da bo'lsa, masofa taxminan 11 km bo'lsa, javob qaytish vaqti esa taxminan 500-700 ms bo'ladi.

CDN orqali ulasangiz, eng yaqin CDN 200 km uzoqlikda bo'lsin, sizning saytingiz endi CDN ga murojaat qiladi, bu ma'lumot CDN da mavjud bo'lsa sizning so'rovingiz bajariladi, taxminan 50-100 ms.

CDN siz so'ragan ma'lumotni oldin o'zidan qidiradi, topa olmasa USA dagi serverga murojaat qiladi, ma'lumotni olgach sizga uzatadi, keyin uni o'zida ham saqlab qo'yadi. Keyingi safar siz so'rov yuborganingizda, endi u o'zidagi ma'lumotni sizga qaytaradi. Bunda faqat birinchi holatda ko'proq vaqt sarflanadi, keyingi safardan boshlab veb-sayt ma'lumotni CDN dan oladi.

5. Serverga so'rovlarni kamaytirish - Umuman olganda front-end dan serverga qanchalik ko'p so'rov yuborilsa, bu saytning yuklanishini shunchalik kechiktiradi. Serverga har qanday so'rovni yuborish, sayt yuklanishidan oldin to'liq aloqani talab qiladi. Buni oldini olish uchun bir qancha usullar mavjud.
- CSS Sprite-dan foydalanish.
- Ko'p tashqi so'rovlarni amalga oshiradigan third-party plugin'larni kamaytirish.
- Ishlatilmayotgan fayllarga bo'lgan link'larni olib tashlash.

Manba

@saidabdulla
👍25🔥2
"Birovning o'ttizinchi qadami bilan o'zingizni ikkinchi qadamingizni solishtirmang".

Bu ko'pchilik endi boshlaganlarga tegishli.
Falonchidek yaxshi oylikka nega chiqmayapman deyishdan oldin, o'sha falonchi kabi 30 qadamni bosib o'ting.
Sabr qilishni o'rganing. Kuningizdan unumli foydalaning. Har bir qadam maqsadingizga yanada yaqinlashtiradi.
InshaaAlloh

@JoshDeveloper
👍52🔥8👏3
Forwarded from Abduaziz π
HTTP 🆚 HTTPS

Umuman dasturlashdan xabari yo'q odam ham bu ikkala protokol haqida eshitgan (agarda u internetga kirsa). Post orqali nega https xavfsizroq ekanligiga nazariy ma'lumotlar bilan emas, o'zim o'tkazib ko'rgan kichik amaliy mashg'ulot orqali asoslab bermoqchiman.
Barchangizga ma'lum, https bu http'ga nisbatan xavfsizroq protokol hisoblanadi. Chunki u TLS kriptografik protokolidan foydalanadi. Bunda uzatilayotgan ma'lumotlar xavfsizligi kafolatlanadi. Https'ni http'ning modifikatsiyasi deb tushunishingiz mumkin, xuddi covid'ning boshqa yangi va kuchliroq shtampidek. Uning xavfsizligini guvohi bo'lishimiz mumkinmi? Ha albatta!
Quyida esa qanday tekshirganligim haqida:
Biz hozir 1-skrinshotda keltirilgan sodda sxema asosida ish olib boramiz.
1️⃣ Oddiy html forma ma'lumotlari almashishini ta'minlash uchun "mini-server" yozdim (2-skrinshot).
2️⃣ 3 va 4-skrinshotlarda uning ishlash prinsipini ko'rishingiz mumkin. Ma'lumot yuboriladi, server esa o'zimiz yuborgan ma'lumotni JSON formatda qaytaradi (echo).
3️⃣ Amaliyot uchun, tarmoqdagi qurilmalardan yuborilgan so'rovlarni "yo'lda" ushlab qolishlik maqsadida ishlatish mumkin bo'lgan ilovani orqa fonda ishga tushurib qo'ydim. Yuqorida uzatilayotgan so'ziga alohida urg'u bergan edim, biz hozir esa aynan uzatilayotgan "paket"ni ushlab qolishimiz va uning ustida kichik tahlil o'tkazishimiz lozim.
So'rov yuborildi, javob ham olindi. Aynan yuborilgan so'rov "paketi"ni ham filtrlab oldim. "Paket"ni titkilash orqali, uzatilayotgan forma ma'lumotini osongina tikkasiga chopdik (5-skrinshotda). Bu esa http orqali ma'lumot uzatilganda (qulfchasiz sahifalarda), u hech qanday shifrlanmasligini va istalgan odam uzatilgan ma'lumotlarni be'malol o'qiy olishini anglatadi (xuddi siz hozir o'qigandek).
4️⃣ Https'ni tekshirish uchun esa xuddi shu "mini-serveri"imizni heroku platformasiga joyladim. Xabaringiz bo'lsa heroku har bir veb ilovaga tekinga https beradi (sodda qilib aytganda). Yuqoridagilarning o'zini takrorlab ko'rdim va yangi natijani 6-skrinshotda ko'rishingiz mumkin.
Uzatilgan ma'lumot yo'lda ushlandi, ammo hammasi shifrlangan. Https orqali amalga oshirilgan so'rovlarda xattoki header'larni ham ko'rish imkonsiz.
Xullas, "xitrilik" yo'llari bu safar umuman ish bermaydi. Bu ma'lumotlarni shifrlanmagan holatda bemalol ko'rish uchun bizga "kalit fayli" zarur bo'ladi va bunga erishish maqsadida bir qancha muammolardan iborat zanjir paydo bo'ladi. Iloji boricha https'dan foydalaning. Brauzer tepasidagi qulfchalarga e'tibor bering 🔒

Post foydali bo'ldi degan umiddaman. Agar foydali bo'lgan bo'lsa yaqinlaringizga ham ulashing. Fikrlaringizni izohlarda qoldiring. Har bir izoh men uchun ahamiyatli.

@AbduazizPy
👍9🔥1
EPAMda ishlaydigan Java dasturchisi blogini tavsiya qila olasizmi deya mazmunda ko'plab savollar berildi.

Mana azizlar, EPAM'da ishlovchi Java dasturchisi blogi, Alloh manfaatli qilsin.

Marhamat: https://t.iss.one/javaholics

@JoshDeveloper
👍10
Forwarded from Josh*Developer
HTTP status xabarlarini ma'nolarini bilasizmi ?

Ushbu rasmda umumiylashtirib yozilgan.
Marhamat.

Har bir alohida status ma'nosini bilmoqchi bo'lsangiz, google brodan so'raganingiz ma'qul.

Har doim ishingiz 200 bo'lsin 😉

#http

@JoshDeveloper
👍16👏4
Forwarded from Javaholics (Humoyun)
Intervyular va ish jarayoni.

Dasturchidan juda ko'p bilimlar talab qilinadigan ushbu ikki jarayonda dasturlashdan yetarlicha qobiliyati bo'lsa ham, ko'pchilik "Soft-skill"lar sabab juda ko'plab muommolarga duch keladi.

Xo'sh,
1. "Soft-skill" o'zi nimaga kerak ? 🤷‍♂️
2. Qaysi dasturchilarga "Soft-skill" muhim rol o'ynaydi ? 🤔
3. Intervyuda o’zimizda bor “Soft skill"larni qanday ko’rsata olamiz?

Shu kabi boshqa muhim savollarga javob berish maqsadida kanalimizda suhbat uyushtirishga qaror qildik.

Suhbatga mehmon sifatida EPAM'da ishlovchi @JoshDeveloper - haqiqiy Intervyu va ish jarayonida "Soft-skill"lar bilan qanday muommolar kelib chiqishi mumkinligi va ularni bartaraf etish borasida ham o'z fikrlarini aytadilar.
InshaAlloh

Suhbat vaqti: 31-Mart, 21:00

Suhbat o'z kanalimizda bo'lib o'tadi.
👍26🤩3🔥2
2022-03-31
Javaholics
Biroz oldin tugagan suhbatimizni (voice chat) yozib olingan audiosi.
Marhamat.

Mavzu: "Soft-skill"lar nima va ish, intervyularda uning ahamiyati.

@JoshDeveloper
👍12🔥1
JavaScriptdan Mart oyiga mo’ljallangan OOP va Functional Programming bo’yicha bo’lib o’tgan intervyumiz video premyerasi ertaga chiqadi. InshaaAlloh.

Chiqish vaqti: 4- Aprel, 14:00

Video linki: https://www.youtube.com/watch?v=4K3vTEcB5pI

@JoshDeveloper
👍19🔥5
Josh*Developer
JavaScriptdan Mart oyiga mo’ljallangan OOP va Functional Programming bo’yicha bo’lib o’tgan intervyumiz video premyerasi ertaga chiqadi. InshaaAlloh. Chiqish vaqti: 4- Aprel, 14:00 Video linki: https://www.youtube.com/watch?v=4K3vTEcB5pI @JoshDeveloper
JavaScriptdan Mart oyiga mo’ljallangan OOP va Functional Programming bo’yicha bo’lib o’tgan intervyumiz video premyerasini ko'ra olmaganlar uchun:

Video linki: https://www.youtube.com/watch?v=4K3vTEcB5pI

Ishtirokchi haqida "Feedback"ni keyinroq kanalda aytaman.
InshaaAlloh

@JoshDeveloper
👍9