Josh*Developer
4.85K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
657 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Rostan ham hozirgi zamonda muomala madaniyatisiz yaxshi dasturchi bo'lish mumkinmi ?

Mening javobim esa yo'q.
Mumkin emas. Orzu ham qilmang.
Siz dasturchi bo'la olasiz muomala madaniyatini bilmasdan. Ammo, yaxshi dasturchi bo'la olmaysiz.

Ayni damda Senior, Lead dasturchilardan talab qilinadigan narsalar faqat bilim emas, balki jamoani boshqarish, xaridorlar bilan to'g'ri muloqot olib borish va hkz. Junior va Middle'lar esa kamida jamoa bilan to'g'ri muloqot qila olishi, jamoadagilar bilan birga chiroyli suratda ishlay olishi ham muhim. (Albatta muomalasi yaxshi bo'lmasa, u dasturchini proyektdan πŸͺ“πŸͺ“πŸͺ“ qilishlari turgan gap).

Xo'sh sizchi, ushbu xislatlar ustida ham ishlayapsizmi ?

Hozirdan o'sib kelayotgan dasturchilarimiz, xatto savol berish madaniyatini bilmaydi.

Ba'zilar savolniku eplab berib olishadi, javob olgandan so'ng esa na "rahmat", na "tushunarli", na "hop" degan so'zlarni ishlatishadi.
Xuddi biz javob berishimizga pul to'laydigandek, javobni olib ketishadi indamasdan.
Albatta rahmatiga zor emasmiz, ammo keyingi safar bu inson yozsa, unga javob bergimiz ham kelmaydi. Hurmati tushgani sabab.

Yana ba'zilar, haddan oshiq oddiy narsalarni google'dan qidirishni o'rniga, kimningdir vaqtini olib, maydalab so'rashni afzal ko'radi.

Nega bularni aytyapman ?
Hozirdan ahloqingizni go'zal qiling, siz bilan gaplashgan odam, siz bilan yana gaplashgisi kelsin yoki kamida sizdan ko'ngli sovib qolmasin. Yo'qsa bora-bora jamiyatda o'rningiz ancha pastga tushib ketadi. Dasturchilik faoliyatingizda ham bu ancha salbiy rol o'ynaydi.
Ha aytgancha, "Job interview"larda ham bunga alohida e'tibor berishadi. πŸ˜‰

Alloh barchamizni go'zal xulqli bandalaridan qilsin.

@JoshDeveloper
Ko'pchilik mendan:
- Frontendni tanlaymi ?
- Backendni tanlaymi ?
- Frontend va backendni birga o'rganib, Fullstack bo'laymi ?
deb so'rashadi.

Oxiri zo'r yechim topdim.

Ushbu rasmda, tushunarli qilib chizib qo'ydim hammasini.

Marhamat.

Ha aytgancha, ushbu maqolani ham o'qib qo'ying. πŸ˜‰

@JoshDeveloper
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana Project manager'lar qanday ishlashadi. πŸ˜…

Hazil albattaπŸ˜‰

#joke

@JoshDeveloper
😁5
Keyingi oygi intervyu uchun Ikkinchi ishtirokchini tanlashni inshaaAlloh 5-yanvar kuni qilamiz.
Ishtirokchini bilimiga qarab, TypeScript savollarni ham qo'shishimiz mumkin inshaaAlloh.

Agar hali JavaScriptdan olgan birinchi intervyu videosini ko'rmagan bo'lsangiz, marhamat : https://www.youtube.com/watch?v=AhtWBLxnW0I

@JoshDeveloper
πŸ‘3πŸ”₯1
Bu dunyoda qilingan gunohlar uchun jazo berilmasligi, jinoyatlar fosh etilmay, yopigβ€˜liq qozon yopigβ€˜ligβ€˜icha qolishi mumkin. Ammo qiyomatda hech bir narsa e'tibordan chetda qolmaydi. Shuning uchun banda gunoh ish qilib,
β€œXayriyat, hech kim bilmadi”, deb xursand boβ€˜lmasin.
Odamlar bilmasayam Alloh taolo bilib turadi!

"Qur'on qalblar shifosi" kitobidan.

Alloh siz-u bizga, Jum'a kunining xayr va barokatidan nasib qilsin πŸŒ™.
Jum'a Muborak azizlar.

@JoshDeveloper
πŸ‘5
Nega Design patterns kerak ?

Bugun kuni bo'yi yangi "Bug🐞" ustida ishladim, ammo natija kutilgandek bo'lmadi.

Keyin Null object pattern esimga tushdi. Chunki ayni shu pattern orqali muommoyimni hal qilsam bo'lar edi va shunday ham bo'ldi Alhamdulillah.

Design pattern nima, nega, qanday degan savollarga ushbu manbadan javob topishingiz mumkin.

Marhamat:
refactoring.guru/design-patterns

@JoshDeveloper
πŸ‘3
Diqqat !

Yanvar oyidagi JavaScript'dan texnik intervyu'ga nomzodlarni to'plashni boshladik.

Agar siz JS'dan o'z bilimlaringizga ishonsangiz, ushbu postni kommentiga o'z ismingizni va ketma-ketlikdagi raqamingizni yozing. Bunday:

1. Falonchi Pistonchiyev
2. Intervyudan Yiqildiyev (hazilπŸ˜‚)

va hkz.

🚫 Ketma-ketlikni buzmang. Sizdan avvalgi inson 10-raqamda bo'lsa, siz 11 ni yozing. Bir martadan ko'p yozmang, boshqa akkountlardan ham. Kommentga ortiqcha gap so'z yozmang.

Ishtirokchi TypeScript'dan ham xabardor bo'lsa, bundan ham savollar tayyorlayman inshaaAlloh.

Tanlov 5-yanvar kuni soat 17.00da tugaydi va ishtirokchini telegram kanalimizda 'live' orqali aniqlab olamiz.
InshaaAlloh.

Barchaga omad!

@JoshDeveloper
πŸ‘14πŸ”₯3πŸ‘Ž1
Josh*Developer pinned Β«Diqqat ! Yanvar oyidagi JavaScript'dan texnik intervyu'ga nomzodlarni to'plashni boshladik. Agar siz JS'dan o'z bilimlaringizga ishonsangiz, ushbu postni kommentiga o'z ismingizni va ketma-ketlikdagi raqamingizni yozing. Bunday: 1. Falonchi Pistonchiyev…»
Kanalimiz iyul oyidan beri o'sish jarayoni.
Alhamdulillah.

P.s: Telegram statistics'ni endi ishlatib ko'rdim. Juda ajoyib ish qilishibdi.

@JoshDeveloper
🀩13πŸ‘6πŸ”₯5πŸŽ‰1
Josh*Developer pinned Β«Diqqat ! Yanvar oyidagi JavaScript'dan texnik intervyu'ga nomzodlarni to'plashni boshladik. Agar siz JS'dan o'z bilimlaringizga ishonsangiz, ushbu postni kommentiga o'z ismingizni va ketma-ketlikdagi raqamingizni yozing. Bunday: 1. Falonchi Pistonchiyev…»
Sizda ham shunday bo'ladimi ? πŸ˜’πŸ˜‚

Bugun kuni bilan bo'sh o'tirdim. Sababi esa backend'chimiz bugun bizga chiroyli 500 Internal Server Error'ni tayyorlab, dam olishga chiqib ketibdilar. πŸ˜‚ πŸ€·β€β™‚οΈ

Bahonada mazza qilib kerakli darslarni ko'rib oldim. πŸ˜‰

@JoshDeveloper
😁15πŸ‘4🀩3😒2πŸŽ‰2😱1
Josh*Developer
Diqqat ! Yanvar oyidagi JavaScript'dan texnik intervyu'ga nomzodlarni to'plashni boshladik. Agar siz JS'dan o'z bilimlaringizga ishonsangiz, ushbu postni kommentiga o'z ismingizni va ketma-ketlikdagi raqamingizni yozing. Bunday: 1. Falonchi Pistonchiyev…
Bugun inshaaAlloh soat 17:00 da Yanvar oyi uchun JavaScript intervyu ishtirokchisini nomzodlar ichidan tanlab olamiz.

Tanlov kanalda live orqali bo'ladi.
Esingizdan chiqmasin πŸ˜‰.

Barchaga Omad!

@JoshDeveloper
πŸ‘6
Live stream started
Live stream finished (18 minutes)
Ishtirokchilarimiz tanlandi.

Hammaga omad.

InshaaAlloh keyingi tanlov Fevral oyi uchun bo'ladi.

Qatnashganlarga katta rahmat.

@JoshDeveloper
πŸ‘16😒3🀩2πŸŽ‰1
Yaxshiliklarni mashaqqati ketib, savobi qoladi.
Gunohlarni lazzati ketib, gunohi qoladi.

Aqlli odam o'tkinchi lazzatni deb, abadiy jannatni qo'ldan chiqarishni xohlamaydi.

Chunki
U kunda:
"Bas, kim zarra og'irligida yaxshilik qilsa ham ko'radir,
Va kim zarra og'irligida yomonlik qilsa ham ko'radir"

Zalzalah surasi, 7 - 8 - oyatlar


@JoshDeveloper
😒9πŸ‘8πŸ”₯4❀3
Unit test'lar - dasturni ma'lum bir kichik qismlari uchun yozilgan kodlarni to'g'ri ishlayotganini tekshirib turuvchi kodlar jamlanmasi.

Unit testing - katta dasturlar uchun kelajakdagi xatoliklarni oldini olib borish uchun eng ishonchli yo'llardan biri.

Unit testing - biroz vaqt olsada, kelgusida dastur, jamoa va kompaniyaga juda katta foyda keltira oladigan vosita.

Unit testing - yangi qo'shilgan dasturchilar uchun dastur kodlarini tushunish, mohiyatini anglash va shu kabi boshqa ko'plab holatlarda ham katta yordam beradigan usul.

Xo'sh siz ham katta dasturlaringizga Unit Test'lar yozasizmi ?


@JoshDeveloper
πŸ”₯6πŸ‘3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"z-index kuchi" deb nomlangan video. πŸ˜„
Buni frontendchilar aniq bilishadi πŸ˜‰.

#Joke

@JoshDeveloper
😁20🀩3πŸ‘2
Keling bir jiddiy o'yin o'ynaymiz.

Ushbu o'yinga faqatgina birdona chipta va bir dona urunish beriladi.
O'yinni tugash vaqti sir saqlanadi va hammaning vaqti harxil tugaydi.
O'yinni g'olib yoki mag'lub bo'lganingizni oxirida bilasiz, mag'lub bo'lsangiz ham, g'olib bo'lsangiz ham ortga yo'l yo'q.

Qanday g'olib bo'lamiz ?

O'yinni qoidalariga amal qilgan va berilgan missiyalarni bajargan inson o'yin g'olibiga aylanadi.
Qoidalarga amal qilish va missiyalarni bajarish unchalik qiyin emas, ammo ularni qilishingizga qattiq qarshilik qiladigan birqancha ochiq-oydin va ko'rinmas kuchlar bo'ladi. Ularni yengib o'tishingiz lozim.

G'olib va mag'lubga nimalar beriladi ?

Ushbu o'yinda g'olib bo'lsangiz, sizga va'da qilingan, tasavvuringizga ham sig'maydigan ne'matlar, bog'-rog'lar, qasrlar-u, xurlar beriladi.
Mag'lub bo'lsangiz alamli azob.

Va bu ikkisi ham abadiy davom etadi!

- "O'yin" nima ekanligi va gap nima haqida ketayotganini tushundingizmi ?

- Xo'sh, siz ushbu "o'yin"da mag'lub bo'lmaslik uchun nimalar qilyapsiz ?



@JoshDeveloper
πŸ‘19😒2