Josh*Developer
4.86K subscribers
420 photos
38 videos
12 files
656 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim ๐ŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
TypeScriptdagi Interface'lar JS'ga compile bo'lganda qanday ko'rinishga ega bo'ladi ?
Anonymous Quiz
27%
Class
48%
Object
6%
null
19%
Hech qanday, ular yozilmaydi JS'da
TypeScript'da string tipini number tipiga majburlab o'girishni yo'li bormi ? (bu usulni ishlatish aslida maslahat berilmaydi)
Anonymous Quiz
12%
Yo'q albatta
45%
Bor, "as number" orqali
25%
Bor, "as unknown as number" orqali
19%
Endi bilib olaman
JS'da || va ?? operatorlarini farqini bilasizmi ?
Bilsangiz (kommentga ham yozing, bilmaganlar uchun ham foydali)
Anonymous Poll
62%
Bilaman.
26%
Bilmayman.
12%
Bu operatorlani endi ko'rib turibman. :D
Unary, Binary va Ternary operatorlarini farqini bilasizmi ?
(Kommentga yozing)
Anonymous Poll
46%
Ha, bilaman.
46%
Yo'q, bilmas ekanman.
8%
Umuman eshitmaganman.
(+) operatori Unary operatorlarga kiradimi yoki Binary'gami ?
Anonymous Quiz
44%
Unary
35%
Binary
15%
Ikkisi ham.
6%
Bilmayman.
Vergul operatoriga misol.

"birinchi a'ga 10'ni qo'sh va a'ni qaytar" degan kod bu. Jarayonlar ko'proq bo'lishi ham mumkin.

Siz ishlatib ko'rganmisiz ushbu sintaksni ? ๐Ÿ™‹โ€โ™‚๏ธ


@JoshDeveloper
๐Ÿ‘1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Birinchi oy, birinchi interview va birinchi ishtirokchini ham o'tkazib oldik.

Ba'zi sabablarga ko'ra biroz qisqa bo'ldi.

Ammo inshaaAlloh barchaga manfaatli bo'ladi deb umid qilaman.

Marhamat videosini tomosha qilishingiz mumkin.
Ishtirokchi haqida xulosamni keyinroq yozib qoldiraman. (Feedback)
InshaaAlloh.

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘1
Salohiddinga intervyu davomida bergan xulosam.

Salohiddin intervyuni ancha yaxshi ruhda boshlab oldilar. Muomala madaniyatlari ham joyida. Bilimlari ham ancha yaxshi.

Ammo biroz JavaScriptdan ba'zi mavzularni takrorlab olsalar maqsadga muvofiq bo'lgan bo'lar edi.

Masalan, Hoisting, Scope, Object tipi ishlashi va metodlari, Array metodlari, Map, Set, WeakMap, WeakSet kabi mavzular.

Manba sifatida: javascript.info saytini maslahat beraman.

Agar ushbu intervyu haqiqiy ish intervyusi bo'lgan taqdirda, biroz bilimlarini oshirish sharti bilan Junior lavozimiga bemalol ishga qabul qilgan bo'lar edim.

Omad !

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘2
Azizlar Intervyularni ko'rib borishingiz uchun, Shaxsiy youtube kanalimni ochdim.

Bugungi intervyuni joylab qo'ydim ushbu shaxsiy kanalimga va qolganlarini ham inshaaAlloh joylab boraman.
Telegramga joylamayman.

Obuna bo'ling: https://www.youtube.com/channel/UChPuw3sgVwJ9LwHiUTxIUdw

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘1
Dasturchiga muomala madaniyati kerakmi ?

Insonlar bilan gaplasha olish, fikrini tushuntira olish, boshqa insonlarda yaxshi taasurot uyg'otish kabi hislatlar dasturchi uchun muhimmi ?

Shu haqida gaplashsam degandim.

O'zim yozishimdan avval, albatta, sizning fikringiz qiziq.
Nima deb o'ylaysiz,
Rostan ham hozirgi zamonda muomala madaniyatisiz yaxshi dasturchi bo'lish mumkinmi ?


@JoshDeveloper
Rostan ham hozirgi zamonda muomala madaniyatisiz yaxshi dasturchi bo'lish mumkinmi ?

Mening javobim esa yo'q.
Mumkin emas. Orzu ham qilmang.
Siz dasturchi bo'la olasiz muomala madaniyatini bilmasdan. Ammo, yaxshi dasturchi bo'la olmaysiz.

Ayni damda Senior, Lead dasturchilardan talab qilinadigan narsalar faqat bilim emas, balki jamoani boshqarish, xaridorlar bilan to'g'ri muloqot olib borish va hkz. Junior va Middle'lar esa kamida jamoa bilan to'g'ri muloqot qila olishi, jamoadagilar bilan birga chiroyli suratda ishlay olishi ham muhim. (Albatta muomalasi yaxshi bo'lmasa, u dasturchini proyektdan ๐Ÿช“๐Ÿช“๐Ÿช“ qilishlari turgan gap).

Xo'sh sizchi, ushbu xislatlar ustida ham ishlayapsizmi ?

Hozirdan o'sib kelayotgan dasturchilarimiz, xatto savol berish madaniyatini bilmaydi.

Ba'zilar savolniku eplab berib olishadi, javob olgandan so'ng esa na "rahmat", na "tushunarli", na "hop" degan so'zlarni ishlatishadi.
Xuddi biz javob berishimizga pul to'laydigandek, javobni olib ketishadi indamasdan.
Albatta rahmatiga zor emasmiz, ammo keyingi safar bu inson yozsa, unga javob bergimiz ham kelmaydi. Hurmati tushgani sabab.

Yana ba'zilar, haddan oshiq oddiy narsalarni google'dan qidirishni o'rniga, kimningdir vaqtini olib, maydalab so'rashni afzal ko'radi.

Nega bularni aytyapman ?
Hozirdan ahloqingizni go'zal qiling, siz bilan gaplashgan odam, siz bilan yana gaplashgisi kelsin yoki kamida sizdan ko'ngli sovib qolmasin. Yo'qsa bora-bora jamiyatda o'rningiz ancha pastga tushib ketadi. Dasturchilik faoliyatingizda ham bu ancha salbiy rol o'ynaydi.
Ha aytgancha, "Job interview"larda ham bunga alohida e'tibor berishadi. ๐Ÿ˜‰

Alloh barchamizni go'zal xulqli bandalaridan qilsin.

@JoshDeveloper
Ko'pchilik mendan:
- Frontendni tanlaymi ?
- Backendni tanlaymi ?
- Frontend va backendni birga o'rganib, Fullstack bo'laymi ?
deb so'rashadi.

Oxiri zo'r yechim topdim.

Ushbu rasmda, tushunarli qilib chizib qo'ydim hammasini.

Marhamat.

Ha aytgancha, ushbu maqolani ham o'qib qo'ying. ๐Ÿ˜‰

@JoshDeveloper
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana Project manager'lar qanday ishlashadi. ๐Ÿ˜…

Hazil albatta๐Ÿ˜‰

#joke

@JoshDeveloper
๐Ÿ˜5
Keyingi oygi intervyu uchun Ikkinchi ishtirokchini tanlashni inshaaAlloh 5-yanvar kuni qilamiz.
Ishtirokchini bilimiga qarab, TypeScript savollarni ham qo'shishimiz mumkin inshaaAlloh.

Agar hali JavaScriptdan olgan birinchi intervyu videosini ko'rmagan bo'lsangiz, marhamat : https://www.youtube.com/watch?v=AhtWBLxnW0I

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘3๐Ÿ”ฅ1
Bu dunyoda qilingan gunohlar uchun jazo berilmasligi, jinoyatlar fosh etilmay, yopigโ€˜liq qozon yopigโ€˜ligโ€˜icha qolishi mumkin. Ammo qiyomatda hech bir narsa e'tibordan chetda qolmaydi. Shuning uchun banda gunoh ish qilib,
โ€œXayriyat, hech kim bilmadiโ€, deb xursand boโ€˜lmasin.
Odamlar bilmasayam Alloh taolo bilib turadi!

"Qur'on qalblar shifosi" kitobidan.

Alloh siz-u bizga, Jum'a kunining xayr va barokatidan nasib qilsin ๐ŸŒ™.
Jum'a Muborak azizlar.

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘5
Nega Design patterns kerak ?

Bugun kuni bo'yi yangi "Bug๐Ÿž" ustida ishladim, ammo natija kutilgandek bo'lmadi.

Keyin Null object pattern esimga tushdi. Chunki ayni shu pattern orqali muommoyimni hal qilsam bo'lar edi va shunday ham bo'ldi Alhamdulillah.

Design pattern nima, nega, qanday degan savollarga ushbu manbadan javob topishingiz mumkin.

Marhamat:
refactoring.guru/design-patterns

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘3
Diqqat !

Yanvar oyidagi JavaScript'dan texnik intervyu'ga nomzodlarni to'plashni boshladik.

Agar siz JS'dan o'z bilimlaringizga ishonsangiz, ushbu postni kommentiga o'z ismingizni va ketma-ketlikdagi raqamingizni yozing. Bunday:

1. Falonchi Pistonchiyev
2. Intervyudan Yiqildiyev (hazil๐Ÿ˜‚)

va hkz.

๐Ÿšซ Ketma-ketlikni buzmang. Sizdan avvalgi inson 10-raqamda bo'lsa, siz 11 ni yozing. Bir martadan ko'p yozmang, boshqa akkountlardan ham. Kommentga ortiqcha gap so'z yozmang.

Ishtirokchi TypeScript'dan ham xabardor bo'lsa, bundan ham savollar tayyorlayman inshaaAlloh.

Tanlov 5-yanvar kuni soat 17.00da tugaydi va ishtirokchini telegram kanalimizda 'live' orqali aniqlab olamiz.
InshaaAlloh.

Barchaga omad!

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘14๐Ÿ”ฅ3๐Ÿ‘Ž1
Josh*Developer pinned ยซDiqqat ! Yanvar oyidagi JavaScript'dan texnik intervyu'ga nomzodlarni to'plashni boshladik. Agar siz JS'dan o'z bilimlaringizga ishonsangiz, ushbu postni kommentiga o'z ismingizni va ketma-ketlikdagi raqamingizni yozing. Bunday: 1. Falonchi Pistonchiyevโ€ฆยป
Kanalimiz iyul oyidan beri o'sish jarayoni.
Alhamdulillah.

P.s: Telegram statistics'ni endi ishlatib ko'rdim. Juda ajoyib ish qilishibdi.

@JoshDeveloper
๐Ÿคฉ13๐Ÿ‘6๐Ÿ”ฅ5๐ŸŽ‰1
Josh*Developer pinned ยซDiqqat ! Yanvar oyidagi JavaScript'dan texnik intervyu'ga nomzodlarni to'plashni boshladik. Agar siz JS'dan o'z bilimlaringizga ishonsangiz, ushbu postni kommentiga o'z ismingizni va ketma-ketlikdagi raqamingizni yozing. Bunday: 1. Falonchi Pistonchiyevโ€ฆยป