Josh*Developer
4.86K subscribers
420 photos
38 videos
12 files
656 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim ๐ŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Tepadagi So'rovnomalarni nega tashladim ?
Nega aynan soatlar bilan ajratib variantlar belgilashingiz xohladim ?

Bunga sabab biz ko'pchilikimiz "Vaqt boshqaruvi" haqida hech qanday tushunchaga ega emasmiz.

Sizga Alloh 24 soat vaqt beradi.
Ularni qanday ishlatishni tanlashda ixtiyorimiz bor.
Ba'zilar bir mashxur dasturchiga havas qiladi. Ba'zilar yana boshqaga.

Tahminan bunday so'zlarni hammamiz eshitgan bo'lsak kerak:
1. "Vo, anu bolani qara, mandan faloncha yosh kichkina lekin uje Senior/Middle dasturchi bo'lib faloncha pul topib yuribdi".
2. "Vo, mambu bola kecha sho'lpayib yurudi, hozir uje shunaqa ko'tarilib ketibdimi ?!"
3. "Vo, anu bola 10 pora Qur'on yodlapti !!!"
va hkz.

"E baraka topgur san telefoningni tegida pubg o'ynab, instagramda layklashib, telegramda xandonlashib o'tirganingda u bola o'zini ustida ishlagan" deydigan odam yo'q. ๐Ÿ™

Hammasi borib borib, Alloh bergan 24 soat vaqtni qanday sarflashimizga borib taqaladi.
O'sha zo'r dasturchi ham, biznesmen ham, murattab qori ham o'z vaqtidan unumli foydalangani uchun hozir Alloh ularga shu darajalarni berib qo'yibdi.

Qorningiz ochsa ovqat yeyish uchun pismayib borasiz, ammo maqsadlaringiz yo'lida loqaydlik qilasiz va yana ertaga nega buni o'rganolmayapman, nega u mandan bilimli degan savollar bilan kelasiz.

1 soat kitob o'qishga, 7-8 soat rizq talab qilishga yoki kasb o'rganishga, 1 - 2 soat ibodatga, 1 soat yana boshqa foydali narsaga ajratish hammani qo'lidan keladi-ku, to'grimi ?

Hammasi o'z qo'lingizda, Alloh bergan umrni nimaga sarflaysiz o'zingiz tanlang va yaqinda uni hosilini olasiz.
Tag'in yomon hosil olib afsuslanib yurmang-a. ๐Ÿ˜‰

@JoshDeveloper
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Josh*Developer
Video message
GDG Tashkent tashkilotchilariga shaxsan katta rahmat aytaman. Ancha yuqori atmosferada o'tdi bu yilgisi.

Davomli bo'lsin. ๐Ÿ‘

*

@JoshDeveloper
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haa, "Uka" so'zining ma'nosi shunday ekandaaa ๐Ÿ™โ˜น๏ธ


Shunaqa ukalar oramizda bormi ๐Ÿ™‹โ€โ™‚๐Ÿ˜‚


@JoshDeveloper
"Nega dasturchilikni tanladim o'zi. ๐Ÿ˜ข"

Tahminan ushbu so'zlarni 1 marta bo'lsa ham hayolidan o'tkazmagan dasturchi bo'lmasa kerak.

Ba'zan ish qidirib, qidirib topa olmasdan tushkunlikka tushib qolgan dasturchi tomonidan, ba'zan ishi juda qiyinlashib ketgan dasturchi tomonidan yoki boshqa vaziyatlarda ko'plab aytiladigan so'zlardan biri desam adashmayman.

Ayni damda tan olib aytishim kerak-ki, bu so'zlar menda ham bo'lgan.

O'zim xohlagan Angulardan Ish qidirib oxirgi umidim bo'lgan joyga borganimda, uyerdan rad javob olganimda(xatto javob ham yozishmagan o'zi ๐Ÿ˜‚), ishsiz, moddiy taraflama qiyinchiliklar bo'lganida, bu so'zlarni aytib qo'ygan paytim bo'lgan.

Ba'zan, bir qadam qolganida yengilib qolar ekanmiz, ba'zan bitta urunish qolgan paytda yengilib qolar ekanmiz.

Ayni , shu paytda o'zimizni qo'lga olib, qiyinchiliklarni matonat bilan yengib o'tish talab qilinadi. Ishlaringiz yurishmagan paytda bilingki, Allohni nusrati yaqin, har bir tashlagan qadamingiz sizni manzilingizga yaqinlashtirgani kabi, bugungi tushkunligingizni yengib katta-katta qadamlar bilan maqsadingiz tomon yurishingiz - sizni bir kun inshaaAlloh manzilingizga yetkazadi.

P.S: Ayni o'sha ishdan rad javobini olganimdan so'ng( aytganimdek aloqaga ham chiqishmagan ham๐Ÿ˜‚), ko'p vaqt o'tmasdan, EPAMga ishga kirgan edim.

@JoshDeveloper
๐Ÿ”ฅ5๐Ÿ‘1
"Failure - is kind of success that at least gives you experience and knowledge on what you fail on"

ยฉ๏ธ Josh*Developer

"Muvaffaqiyatsizlik - bu sizga eng kamida shu narsa ustida tajriba va bilim beradigan 'muvaffaqiyat'ning bir turi.".

@JoshDeveloper
Dasturchi sifatida vaqtimni barcha narsaga taqsimlashga qiynalardim. Shuningdek, daily todo, tasks list, reading list va hokazolar degandek.
Abduaziz Ziyodov(Python expert) Notion nomli dasturni tavsiya qildi.

Shuuuncha payt deganda bugun ishlatib ko'ryapman, "Shunaqa ham zo'r dasturni ishlatmasdan shuncha vaqt yurgan ekanman-a ๐Ÿคฆ๐Ÿปโ€โ™‚๏ธ" deb yubordim ๐Ÿ˜„.

Sizlarga ham maslahat beraman.

notion.so

Rahmat Abduaziz tog'o ๐Ÿ˜‰.

@JoshDeveloper
Forwarded from Texno Work
Agarda uyga jiyanlar kelib qolishsa...:)

๐Ÿ‘‰ @ITPlanetaUz
Maqsadni katta qo'yish kerak.

Bizning eng katta maqsadimiz Musulmon sifatida , Robbimiz roziligi bo'lishi kerak.
O'tkinchi dunyo matohlariga aldanib qolmaslik kerak.
Oxirat hayotini ustun ko'rgan albatta inshaaAlloh ikki dunyoda ham yutuqqa erishadi.
Dunyo hayotini ustun ko'rgan oxiratdan nasibasiz qoladi.
Dunyoda nasibangizdan norozi bo'lgan paytingiz, ushbu oyat sizga kifoya qiladi:

"Balki sizlar ushbu dunyo hayotini ustun qo'yasizlar.
Xolbuki, Oxirat yaxshiroq va boqiyroqdir"

A'la surasi , 16-17-oyatlar

E'tibor beryapsizmi ?
Ham yaxshiroq, ham boqiyroq!

Ba'zilar o'ylashi mumkin, "Endi Allohni rozi qilaman deb, dunyoni tashlab, kambag'al bo'lib yashaymi ?" deb.
Yo'q, aslo, siz milliarder ham bo'ling, ota-onangiz tirik va yoningizda bo'lsa ularni ham hursand qiling, ammo bu narsalarni maqsad qilmang. Bu narsalarni Alloh roziligi yo'lida ishlating. Boy bo'ling, qiynalganlarga Alloh yo'lida ehsonlar qiling, yaxshi yashang. Ammo boylik maqsadingiz bo'lmasin, balki Alloh roziligi uchun bir vosita bo'lsin.

Alloh barchamizni O'zi rozi bo'lgan bandalaridan qilsin, dunyo va oxiratning barcha yaxshiliklaridan nasibador qilsin. ๐Ÿคฒ

@JoshDeveloper
โค1
JavaScript yoki TypeScriptdan har oy kanal a'zolaridan birini tanlab olib, texnik intervyu qilib borishimga nima deysizlar ?
Anonymous Poll
46%
Yaxshi fikr
21%
Ajoyib fikr
33%
Zo'r fikr
Interviewni qaysi tilda qilishimiz ma'qul ?
Anonymous Poll
60%
O'zbekcha
29%
Inglizcha
11%
Farqi yo'q )
Xo'sh,
Demak JavaScriptdan o'zbek tilida ilk texnik intervyumizni boshlaymiz.

Buning uchun bizga bitta nomzod kerak bo'ladi.
Intervyuni o'zim olaman.
InshaaAlloh.

Nomzodlarni tanlash talablari quyidagilar:

1. JavaScriptni yaxshi bilishi.
- Promise, Closure, Hoisting va shu kabi mavzularni bilishi shart va zarur!
2. O'zbek tilini bilishi.

Nomzodni tanlash quyidagicha amalga oshiriladi.

1. Agar talablarga javob bersa, ushbu postning kommentiga tartib bo'yicha raqam bilan ismi sharifini yozib qoldiradi.

Masalan, sizdan oldingi ishtirokchi bunday ko'rinishda yozgan bo'lsa:
1. Falonchijon Pistonchiyev

Demak, siz bunday yozasiz:
2. Sizning ismingiz va familyangiz.

Tartib bo'yicha yozmagan va o'zini birdan ortiq yozgan inson chetlashtiriladi !
Birnecha akkountdan yozishni o'ylab ham ko'rmang. Rozi emasman!

Nomzodni videoda random son qaytaradigan JavaScript funksiya orqali tanlab olaman.

Tez orada bu ishlar uchun telegram bot ham qilarmiz inshaaAlloh.

Nomzodni 20-dekabr Dushanba kuni kechki payt aniqlaymiz. inshaaAlloh

P.S: Boshqalarga yetib borishi uchun, post va kanalni tarqatishni unutmang !

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘1
Josh*Developer pinned ยซXo'sh, Demak JavaScriptdan o'zbek tilida ilk texnik intervyumizni boshlaymiz. Buning uchun bizga bitta nomzod kerak bo'ladi. Intervyuni o'zim olaman. InshaaAlloh. Nomzodlarni tanlash talablari quyidagilar: 1. JavaScriptni yaxshi bilishi. - Promise, Closureโ€ฆยป
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (17 minutes)