Josh*Developer
4.82K subscribers
430 photos
39 videos
12 files
668 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer @ EPAM
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Josh*Developer
Dasturlashdan boshqa yo’nalishga o’tganlar bormi? Qaysi yo’nalishga va nega o’tdingiz? Masalan, management, media, design, testing… #qiziq @JoshDeveloper
Fikrimcha bunday tajribalarni ko’proq ulashishni boshlash kerak. Hammani dasturlashga qiziqtirishni “uddaladik”. Endi undan to’g’ri chiqishni ham o’rgatish kerak.

Dasturlashni bir yo’nalishidan ikkinchi yo’nalishiga o’tish nisbatan oson, lekin boshqa kasbgachi? Garchi AyTi ichida bo’lsa ham, turli xil kasblar bor.

Shunday tajriba ulasha oladigan kimdir bilan suhbat ham qilsak bo’lar edi. Ko’pchilikka qiziq mavzu.

#rotation

@JoshDeveloper
💯3675🔥2👍1🤝1
Google'dagilar Angular uchun MCP server'dan foydalanish imkonini qo'shishibdi. Hozircha Angular CLI uchun.

O'zingizni IDE'ingizga bemalol qo'shishingiz mumkin ekan.

Batafsil: https://angular.dev/ai/mcp

#angular

@JoshDeveloper
151
"Burnout" bo'lganda nima qilasizlar?

#savol

@JoshDeveloper
🫡161😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥46🤣10❤‍🔥6🫡3👍2
Oy tutilishi boshlandi 🌚
👍44🤩103👀3
“Centrum Air” orqali har qanaqasiga bilet olmoqchi bo’lib ko’rdim, Visa, Uzcard… ishlamadi.

Tizimlari bir muddatga ishlamasligi qanchalik kompaniya va insonlarga katta zarar yetkazishi mumkin a?

Dasturlaringizni mas’uliyat bilan yozing, kamida qarg’ishga qolmaysiz.

#thoughts

@JoshDeveloper
25👍8🤝2🔥1
24-sentabrda ICTWeek 2025 doirasida bo’lib o’tadigan “AI in Digital Education” marosimiga taklifnoma jo’natishibdi 🌚

Hammani taklif qilaman.

Ro'yxatdan o'tish

🔕 Manzil: CAEx Ko‘rgazma Markazi, Main Hall 1
🔔 Vaqt: 9:30 (ro‘yxatdan o‘tish 9:00 dan boshlanadi)

#taklif

@JoshDeveloper
🔥15👍54🆒42🤝1
Qachon to’xtashni bilish ham mahorat.

Nimadir xato ketyaptimi? To’xtashdan qo’rqmang.

#thoughts

@JoshDeveloper
1🔥41👍5💯32
9/9/6

Ko'p joyda 9 dan 9 gacha, 6 kun ishlash haqida gap ketyapti shekilli.

Qisqagina o'z fikrimni bildiray 🙂

O'zim birovga shunday ishlarmidim?
— Yo'q, aslo. Oilam va hayotim ustunroq.

3-4x to'lashsachi?
— Bunisi boshqa masala 😉. Qisqa muddat uchun o'ylab ko'rardim.

Boshqalarga tavsiya beramanmi?
— Yo'q, faqatgina o'zi shuni xohlab, chiday olishiga ko'zi yetsa o'z xohishi albatta, aralasha olmayman. "Burnout is real." Faqatgina kompaniya ishchi olishda bu narsalarni ochiq aytishi kerak deb o'ylayman. 5 kunlik ish kuni deb olib, 6-7 kunlab ishlatishni maqsad qiladiganlardan bo'lishmasa bo'ldi.

Bunday ish tartibi ommalashishi yomonmi?
— Menimcha ha. Bunday tartibda bo'ydoqlar bemalol ishlar, lekin oilalilar ishlashi juda qiyin. Inson bo'lib yashashdan chekkaga chiqib boriladi bu ketishda. Sohamizga bunday tartiblarni joriy qilishga qarshiman. Umid qilamanki keng yoyilmaydi. Buni o'rniga samadorlikni oshirish bo'yicha o'ylash yaxshiroq. Ko'p kompaniyada hali to'g'ri kommunikatsiya usuli yo'q masalan.

Yashash uchun ishlash kerak, ishlash uchun yashash emas.

#thoughts

@JoshDeveloper
34👍29💯6❤‍🔥5🌚3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
17 sentyabrgacha Yandex Uzbekistan Dev Meetup #3 va Dev Camp uchun arizalar qabul qilinadi.

20 sentyabr kuni INHA University’da Yandex muhandislari — backend-ishlab chiquvchilardan tortib arxitektorlar va yo‘nalish rahbarlarigacha to‘planadi. Bu Toshkentdagi uchinchi uchrashuv bo‘lib, hozirgacha eng yirigi bo‘ladi.

Ishtirokchilarni quyidagilar kutmoqda:
🟡 mashinali o‘rgatish, algoritmlar va tizimlarni masshtablash haqida ma’ruzalar hamda panel muhokamalari;
🟡 code-battle’lar va demo-intervyular;
🟡 rezyume (CV) tayyorlash bo‘yicha vorkshoplar va HR-mutaxassislar bilan karera sessiyalari.

Mitapdan keyin darhol Dev Camp — backend-ishlab chiqish va algoritmlar bo‘yicha intensiv kurs start oladi. Eng yaxshi talaba va yosh mutaxassislar Yandex Uzbekistanda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

👉
Ro‘yxatdan o‘tish
👍6🫡1
Qaysi birida ishlaysiz?
Anonymous Poll
32%
MacOS
63%
Windows
18%
Linux
Ishga kirish uchun suhbatdan o'tish kerak.

Suhbatdan o'tishda esa ishonch kerak.

Ishonch bo'lishi uchun esa ilm kerak.

Ko'pincha ilm bo'lmagani uchun sababini qilolmaymiz.

Ilm bu yodlab olish emas, to'liq tushunish.

Futbol bo'yicha savol berilganda tezlik va ishonch bilan javob beramiz.

Lekin suhbat savollariga kelganda ikkilanib qolamiz.

Ikkalasi ham ilm, lekin birini zavq bilan tushunib o'rganamiz, ikkinchisini esa yuzaki.

Sohani yaxshi ko'rib o'rganish kerak, majburlikdan emas.

Shunda yaxshi ko'rgan ishni qilamiz, majbur bo'lganni emas.
🔥77👍159💯41
Prompt yozish texnikalari

AI haqida ko‘p gapiramiz, lekin to‘g‘ri Prompt yozish haqida kam joyda o‘rgatishyapti. Aslida esa bu kasbimizning asosiy talablaridan biriga aylanib bo‘ldi.

Keling ba'zi Prompting turlari bilan tanishamiz. (misollar bilan):

1️⃣ Contextual Prompt – modelga vaziyat va fon haqida ma’lumot berish.
Misol:
👉 “Men Angular ishlataman. Routing bo‘yicha lazy loading misolini yozib ber.”


2️⃣ Role-based Prompt – modelni kimnidir o'rnida bo'lib, rol o'ynab javob berishga buyurish.
Misol:
👉 “You are a Senior frontend engineer. Explain difference between Subject and BehaviorSubject in RxJS.”


3️⃣ Structured Prompt – javob formatini belgilash.
Misol:
👉 “React va Angular farqlarini jadvalda yozib ber.”


4️⃣ Iterative Prompt – birinchi output’ni olib, keyin refine qilish. Ya'ni, oddiyroq yechimni olib, shuni biz xohlagan mukammal yechimga o'girish.
Misol:
👉 1-prompt: “Write a simple countdown timer in Angular.”
👉 2-prompt: “Add pause/resume functionality.”


5️⃣ Rule-based Prompt – qoidalar va cheklov qo‘yish.
Misol:

👉 “Give me 3 startup ideas for Uzbekistan IT market. Max 50 words each.”

To‘g‘ri yozilgan prompt aniqroq, samaraliroq va tezroq natija beradi.

P.s: Shu postni Rule-based va Iterative Prompt texnikasi orqali ChatGPT'ga yozdirdim.
Postni ulashishni unutmang.

#learn #ai

@JoshDeveloper
18🤣18👍86🔥2😁2
dsf2213123tr32323vdb!#4fsv3
👀29🤣9🤔31
Josh*Developer
dsf2213123tr32323vdb!#4fsv3
#offtopic #joke

Antistress

Tepadagi postni hazil qilib yozdim. Hamkasb bloggerlarimizga taqlid qilib.

Lekin qiziq bir fakt topdim shekilli. Tepadagi kabi tilda xabar yozishib ko'ringlar, sal anti-stress ekan 😂️️️️
"Bug" chiqib, stressga tushib qolganingizda yaxshi usul.)
Kommentga go ⬇️ Bir mazza qilinglar, ketsa boydan ketibdi.

Foyda bergan bo'lsa, 💊 reaksiyasini bosib keting.

@JoshDeveloper
😁12💊7🤣4👍2❤‍🔥11
🫡143🕊3🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍11🎉3
Josh*Developer
Video message
IT influencer’larni taqdirlash marosimida bizni ham loyiq topishdi 🌚😎
🔥236👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥14