Josh*Developer
4.83K subscribers
422 photos
38 videos
12 files
659 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Shavkat aka Karimov tomonidan yaxshi maslahatlar berilibdi.

Ayniqsa, tanlab ko'rsatganim ham juda muhim. Karyeraga berilib ketib, oilani unutganlardan bo'lmang. Oxir oqibat yoningizda oilangiz qoladi, kasbdoshlaringiz emas.

Postni o'qish uchun LINK

#tips

@JoshDeveloper
👍47🔥9❤‍🔥43
IT sertifikat olish to'lovlarini qoplash mavzusiga qiziqayotganlar bo'lsa, marhamat: https://t.iss.one/digitaledu_uz/1951

#share

@JoshDeveloper
👍111
Frontend loyiha qurishdagi eng qiyin mavzular qaysilar deb o'ylaysiz?
Qanday mavzuda vazifa kelsa, qiyin vazifa deb baholaysiz?

3D/2D Graphics? Optimization? Arxitektura? Yoki CSS gridmi 😁? Yoki o'zingiz ayting.

#frontend

@JoshDeveloper
👍135
Maslahat: DevExtreme degan UI kutubxona bor. Shuni ishlatmanglar. Keyin rahmat aytasizlar.

#maslahat

@JoshDeveloper
1😁26🤝10👍1
Forwarded from Dr. Algorithm
Loyiha dasturchiga bog‘liq bo‘lmasin

Bir vaqtlar dasturchilar jamoasi yiqqan edim. Ishlab turgan loyiha, ammo jamoa yo‘q edi. Shu sababli tezroq ishni boshlay olish uchun Senior dasturchilardan jamoa yig‘ish fikrida edim.

Bir kuni chet el korxonasida 10+ yildan ortiq ishlagan Senior bilan gaplashdim. Jamoaga qo‘shilishga rozi bo‘ldi. Unga loyiha arxitekturasini to‘liq topshirdim. Chunki uning chet el korxonasida ishlagan ish tajribasi men uchun muhim edi. O‘zim faqat mahalliy korxonalarda ishlagan bois.

Ish boshladik, lekin ish boshlashdan avval qiziq gap edi:

- Loyihani manga bog‘lama!
- ...
- Sanga etgan ishingni qilib beraman, loyihani to‘liq eplab beraman, korxonada ishlash tizimini (madaniyatni) shakllantirib beraman. Faqat loyihalarni manga bog‘lab qo‘yma. Ertaga ketadigan bo‘lsam, xafagarchilik bo‘lmasligi kerak.

Man uchun bu qiziq tuyuldi. Xuddi muzdek suv quygandek. Bu gapni birinchi marta eshitishim edi.

Hozir fikrim unday emas. Rostdan ham loyihani dasturchiga bog‘lash kerak emas. Dasturchi keladigan va ketadigan odam. Loyiha esa doim ishlashi, takomillashishi va kengayishi kerak.

Har safar dasturchingiz ketib qolsa, loyihani qaytadan yozmaysiz-ku.


Demak, loyihani dasturchiga bog‘lab bo‘lmas ekan. Unda nima qilaman? Qanday qilib korxonani doim ishlashini ta’minlayman? Qanday qilib dasturchilarni qiziqishini ushlab turaman yoki o‘qitaman? Ular baribir ketadigan bo‘lsa. Ularga nima uchun sarmoya (Investitsiya) kiritishim kerak?

Yechim izlash kerak.

Ba’zi yechimlarni ishlatib ko‘rdim.

1. Hujjat yozing. Loyiha davomida dasturchi korxona yordamida o‘rgangan tajribasini hujjat qilib yozsin. Biror jarayonni eplay boshladimi, darrov qanday qilib bajarayotganini yozib qo‘ysin.

2. Vazifa berishda, biror mavzuni muhokama qilishda doim hujjat shakllantiring. Odatda ba’zilar kunlik majlis (Stand-up)larni qilmaydi. Qilsa ham, og‘zaki gaplashib, hech nima yozmaydi. Siz esa yozing. 4 qator bo‘lsa ham yozing..

3. Dasturchingiz salohiyatini doim o‘stirib boring. Kurslarga borsin, bilim olsin. Yilda bir marta bo‘lsa ham bitta kurs olib bering. Xarajat qilganingizda ketib qolishidan qo‘rqmang. Juda bo‘lmasa, 2 yil ishlab berasan deb shart qo‘yasiz.

4. Konferensiya va MeetUplarda qatnashsin. Faol bo‘lishini ta’minlang. Ham shaxsiy brendi kuchayadi ham sizning korxonangiz nomi chiqadi.

5. Dasturchilar jamoasi: "Yo‘q", - desa, salbiy qaramang, asosini o‘rganing. "Yo‘q" deyish mumkin. Nima uchun ekanini o‘rganish mumkin emas.

Bu holat hammamizda bo‘ladi. Shu sababli aybni xodimimizdan emas, avval ishni tashkil etishda qilgan xatoimizdan izlang. Tizim ishlashi kerak. Shunga harakat qiling.


Kuningiz barakali o‘tsin. Dasturchilar ketaman deyishmasin :)

28.08.2025 London
@DrAlgorith
123👍5🤝21🔥1
Uzcard ishlamayapti ekan.

Family market tarmog’idan bir to’la bozorlik qilib, kassaga kelsam uzcard ishlamayapti, kartadan to’lov ham olmaymiz, naqd bering deyapti. Bonkamat ham ishlamayapti.

Naqdim ham yo’q edi aksiga olib.

Shu gapni kirayotganimda aytishsa bo’lardi, Family marketdagilar.

Uzcard’dagilar ogohlantirish yuborsa ham bo’lardi.

Odamlarni vaqtini qadriga yetishni qachon o’rganamiz?
😢38👍71