Josh*Developer
4.86K subscribers
420 photos
38 videos
12 files
656 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Angular'dan intervyularga tayyorgarlik kursi(+chuqur mavzularni o'rganish uchun ham) qilsam qatnashgan bo'larmidingiz?

Kommentda o'z fikringizni qoldiring.

#angular

@JoshDeveloper
πŸ‘41πŸ”₯8πŸ€·β€β™‚6😨5😴1
Mana shu kanaldan biror nima o'rganmagan Frontend'chi bo'lmasa kerak. Yana bilmadim.

CSS "trick"larni ko'pisini shundan o'rganganman.

Avtori Hindistonlik dindoshimiz Muhammad Irshod ekan.

Yana kim biladi bu kanalni? πŸ™‹β€β™‚οΈ

#share

@JoshDeveloper
πŸ’―140πŸ‘50πŸ€·β€β™‚21πŸ€”5πŸ€“5πŸ”₯3😁2⚑1🀩1🀣1🀝1
Avvallari loyihalarda "yoqimli bo'lmagan kod" yozilgan bo'lsa, dasturchini ayblar edim.

Hozirlar ko'proq "Management"ni ayblaydigan bo'ldim.

Sizningcha nega bunday fikrga keldim?

@JoshDeveloper
πŸ‘37πŸ€”7πŸ’―7
Xo'sh nega bunday fikrga keldim?

Sifat masalasi juda chatoq narsa. Unga erishish bir qaraganda har tamonlama mablag' va vaqt yo'qotishdek ko'rinadi. Ba'zida esa rostan ham shunday. Ammo, dastur va kompaniya kelajagi sifatga katta bog'liqligini ham unutmaslik kerak.

Sifat, sifatli ishlash va shu kabi mavzular haqida keyingi postlarimizda yana ham batafsil gaplashamiz, Xudo xohlasa.

Hozir esa, nega "Management"ning ham sifatga aloqasi borligi va o'z yechimlarim haqida gaplashaylik.

Psixologik tomondan qarasak, inson biror narsani sifatli va ishonchli qilishi uchun, unga yetarli vaqt va qo'llov kerak.

Sifatsiz dasturlarning katta qismi shu joyda oqsaydi. Bunga sabab "management"ga e'tibor kamligi. Loyiha borishini to'g'ri yo'lga qo'ymaslik. Yaxshi "menejer" bor taqdirda ham, unga sharoit qilib berish ham kerak.

Hozir faqatgina bu muommolarning biri haqida so'z yuritamiz.

Vaqt kamligi muommosi
Vaqt biznes uchun pul. Ammo, vaqt kamligi eng katta sifat dushmanlaridan biri. "Vaqtimiz kam, tezroq qilish kerak" deyilishi, dasturchini tez ishlashga undaydi, bu yaxshi, ammo sifatga ko'z yumib turiladi. Bu juda yomon "side effect" keltirib chiqaradi. Evaziga esa sifatsiz, "bug-friendly" dastur paydo bo'ladi. Bu muommoni aybdorlari ko'pincha shoshqaloq mijozlar. Ya'ni dasturni egalari. Ba'zida esa shu uslubni sevuvchi boshqaruvchilar ham bo'lishi mumkin.

Yechim:
Buni yechimi qiyin. Ammo, uddalasa bo'ladi. Eng birinchi navbatda loyihani "requirement"larini aniq va tiniq qilib olish(eng qiyini ham shu) va so'ngra dasturchilar bilan to'liq gaplashib, kelishgan holda tahminiy "estimation" tuzib chiqish. So'ng, mijozga kutilayotgan minimum va maksimum vaqt oraliqini aytish(sabablari bilan).
Xo'sh, mijozni ishi bitdi ham deylik. Endi esa, dasturchilarni darajasidan kelib chiqqan holda, o'zlari qo'ygan "estimation"lar asosida loyihani qismlarga bo'lib boshlasa bo'ladi. Shaffoflik juda muhim. Har bir dasturchi qayerga ketayotganini, qachon tahminan borishini bilishi kerak. Bosim shart emas. "Estimation" to'g'ri va qistovsiz yo'lga qo'yilsa, tez va sifatli natijaga bosimsiz erishsa bo'ladi.
Tepada turib, "qachon bo'ladi" deyish ham kamayadi. Dasturchilar ham ish joyidan bezib qolmaydi. Muhimi esa, sifatga ham e'tibor beriladi.

O'zim ishlagan ko'plab chet el loyihalarida sifat uchun nafaqat men aytganlarim, balki bundan birnecha karra qimmatroq, qiyinroq va eng muhimi samaraliroq usullarni qo'llashadi. Pul sarflashadi. Chetdan qaraganda pulni sovurayotgandek ko'rinishadi. Ammo, ... buni tagida bir gap bor. :)

Sizning yechimingiz qanday bo'lar edi?

#maslahat

@JoshDeveloper
πŸ‘32❀7⚑1
Dasturchi sifatida samarali va sifatli ishlash juda ham kamyob kuzatiladigan holat bo'lib borayotgandek.

Shu sabab, kelayotgan hafta oxiri barcha dasturchilar uchun juda bir manfaatli mavzu haqida suhbat qilamiz inshaaAlloh.

Qanday qilib sifatli ishlasa bo'ladi?
Nimalar qilish/qilmaslik kerak?
Katta vazifalar ustida samarali ishlash qanday bo'ladi?

Shu va shu kabi savollarga tajribali mehmonimiz Ravshan akadan javob olamiz, inshaaAlloh.

So that, stay tuned! πŸ•

#JoshPodcast

@JoshDeveloper
πŸ‘47⚑3πŸ”₯3
Angular intervyulariga tayyorgarlik kursi ⚑

Angular freymvorkini uncha-muncha intervyulardan bemalol o'ta oladigan darajada chuqur o'rganishni xohlovchilar uchun yangilik.

Angular intervyulariga tayyorgarlik kursiga o'quvchilar yig'ilyapti.

Kurs darajasi: Barcha uchun. (Beginner to Advanced)
Kurs davomiyligi: 2 oy (16 ta dars)
Kurs oylik narxi: 70$

Agar kursga rostan qatnashish niyatida bo'lsangiz, quyidagi yopiq guruhga qo'shiling. (Iltimos, niyati yo'qlar qo'shilmasin !!!)

Guruhga qo'shilish uchun link: https://t.iss.one/+PJnQfS-b_2NhMjMy

#angular #interviews

@JoshDeveloper
πŸ‘21πŸ—Ώ7
Forwarded from Dev thinking loud
Mana nima sababdan JavaScriptda hamma o'zgaruvchilar heapda saqlanadi: chunki stackdagi joy function tugashi bilan tozalanadi (function ozi stackdan "pop" bo'ladi), closuredagi functionga esa u joy keyin ham kerak.

Manba:
https://exploringjs.com/deep-js/ch_environments.html#recursion-via-environments
πŸ‘21
Dev thinking loud
Mana nima sababdan JavaScriptda hamma o'zgaruvchilar heapda saqlanadi: chunki stackdagi joy function tugashi bilan tozalanadi (function ozi stackdan "pop" bo'ladi), closuredagi functionga esa u joy keyin ham kerak. Manba: https://exploringjs.com/deep-js/…
Essiz, bizni aldashgan ekan πŸ˜„.

Buni o'qimagunimcha JavaScriptda primitiv qiymatlar Stack'da saqlanadi degan gapga ishonib kelganman.

Hayotda shunchalik ham adashish mumkinmi axir?

#mistake #joke

@JoshDeveloper
πŸ‘34😁17πŸ™ˆ4😐2πŸ—Ώ1
INHA universitetini bitirgan do'stlarimiz shu universitetga tayyorlanayotganlar uchun kurs tashkillashtirayotgan ekan.

Kimga qiziq bo'lsa, marhamat.
https://t.iss.one/inha_exam_preparation/21

Reklama huquqlari asosida. Buyerda sizning ham 1000$ lik reklamangiz bo'lishi mumkin edi. πŸ˜… (hazil)

#share

@JoshDeveloper
πŸ‘18πŸ‘Œ4🀣3❀2πŸ€”1πŸ—Ώ1
Diqqat, "Josh*Podcast"ning yettinchi soni e'loni. πŸŽ™

Podkast mavzusi πŸ“ƒ:
β€œDasturchi qanday sifatli ishlashi va o'qishi mumkin?”

Mehmonimiz πŸ‘₯:
- Ravshan Samandarov (Senior Software Engineer at Oxagile)

Sana va vaqti πŸ•”:
9-Dekabr, 21:00

Jonli efir manziliπŸ“:
https://www.youtube.com/live/a6T3R-_J7OM?feature=shared

Savollaringizni shu post ostiga yoki video "Live chat"iga yo'llab tursangiz bo'ladi.

#podcast

@JoshDeveloper
πŸ‘33πŸ”₯9
Bugun 21:00 da ko'pchilik dasturchilar va dasturchi bo'lmoqchilar uchun juda muhim mavzuda suhbatimiz bor inshaaAlloh. O'tkazib yubormang.

Podkast mavzusi πŸ“ƒ:
β€œDasturchi qanday sifatli ishlashi va o'qishi mumkin?”

Jonli efir manziliπŸ“:
https://www.youtube.com/live/a6T3R-_J7OM?feature=shared

#podcast #JoshPodcast

@JoshDeveloper
πŸ‘33🫑12❀3πŸ”₯3
Keyingi podkastni texnik mavzuda qilmoqchimiz inshaaAlloh, qaysi mavzu sizga qiziq?
πŸ”₯24πŸ‘9
Oramizda Falastinga nisbatan bir necha o'n yillik zulm, zo'rlash va majburlash rejimini qo'llab kelayotgan isReal tuzilmasi tomonida bo'lgan zulm sheriklari bor shekilli.

Ular ikki toifa. Biri ochiq oydin ular tomon. Ikkinchisi beg'am, beparvolar. Neutrallar. Ularga farqi yo'q. Insoniy tushunchalar o'lgan.

Alloh asrasin.

Alloh zulmkorlarni zulmini qachon to'xtatishni O'zi bilguvchi, bu bo'layotgan jinoyatlar barchamiz uchun sinov.

Bu sinov - o'sha hayvondan battarlarni va zulmga beparvolarni gunohini va azobini bir necha karra oshiruvchi sinov.

Bu sinov - haq tomonda turish qiyin davrda ham haq tomon bo'la olganlarga xushxabar sinov.

Bu sinov - zulm ko'rganlarni ajrini ziyoda-ziyoda qiladigan, ularning oralaridan ulug' mavqe egalarini ajratib oladigan sinov.

Bu sinovlar hammamiz uchun sinov.

#FreePalestine #Palestine
🫑112πŸ‘60πŸ’”14❀9πŸ’―6⚑5🀣3πŸ—Ώ3πŸ‘1🐳1πŸ‘€1
Bir yil davomida qancha JavaScript dasturchisi Prototypes, Generators, Iterables, Closures, Workers va shu kabi boshqa mavzular sabab intervyulardan yiqilishini bilasizmi?

Siz ham shular qatorida sanalishni xohlamasangiz, 18-Dekabrgacha hamma uchun 15% chegirmaga tushgan Frontint.uz kursini sekingina sotib olishingizni maslahat beraman. πŸŒšπŸ˜‰

Chegirma barcha tariflar uchun amal qiladi.

Batafsil: Frontint.uz saytida.

Adminga bog'lanish: @FrontIntAdmin

P.s: Referral tizimi hali ham o'z kuchida. Kimdir siz orqali kelsa, kelishilganidek 75 000 so'm bonus bor. Batafsil.

Share ✈

#frontint #reklom

@JoshDeveloper
😁37πŸ‘18🀣18πŸ‘€3❀2🌚2🫑2😐1🀝1
Tepada aytilgan JS mavzularini("Prototypes, Generators, Iterables, Closures, Workers va shu kabi boshqa mavzular") shunchaki aytmadim. Buni Mockint.uz loyihamizga keladigan kandidatlar misolida ham aytdim. Ko'pchilik bilmaydi. Feedback'da manbalar beramiz keyin.

Frontint.uz kursini olgan Frontend dasturchilariga, tarifiga qarab Mockint.uz ga ham chegirmalar bor. (yeslicho-de πŸ˜‰)

Ha aytgancha, podkastlarimiz qiziq texnik mavzularda davom etadi inshaaAlloh. Bundan keyingi mavzu ancha foydali bo'lishi kutilyapti. :)
So, stay tuned.

#news

@JoshDeveloper
πŸ”₯16πŸ‘10🀣6πŸ‘1πŸ‘€1
Forwarded from Umar shares
Copilot olgandim. Ishda unumdorligimni oshirishda katta hissa qo'shyapti.

P.s: Bir kutubxonani test qilish uchun shunchaki testoviy tekst yozgandim. πŸ˜†Yordamlashishini qarang.
😁68πŸ—Ώ16πŸ‘9🀣9🀨1
O'zbek kompaniyalari haqida Khumoyun tog'am, @khumoyun_codes yaxshi postlar yozyapti ekanlar.

Oxirgi 1-2 kunda kanal "yonyapti πŸ”₯". Borib o'chirib kelish kerak. 😁

#share #riklom

@JoshDeveloper
😁39πŸ‘7πŸ”₯3🀣1