Josh*Developer
4.86K subscribers
420 photos
38 videos
12 files
656 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
TypeScript ishlatish shartmi?

JS dasturchilari ichida juda mashxur bo’lishga ulgurgan TypeScript’ni ishlatish shartmi?

Mening javobim:
Sizda shunday tanlov bo’lsa, loyihaga qarab turib aniq bir qarorga kelsangiz bo’ladi. Agar loyiha juda ham kichik bo’lsa yoki qisqaroq muddatda yozilib, davomiy rivojlantirilib borilmaydigan bo’lsa yoki TypeScriptni umuman bilmasangiz va loyihani tezroq qurish shart bo'lsa, TypeScript’siz ham yozsangiz bo’ladi.

Ammo, umumiy qoida ishlatgan afzal.

Loyihada TS ishlatish sizga ko’plab qulayliklar beradi. Boshida biroz qiyinroq bo’lgani bilan, to’g’ri yo’lga qo’yib olgandan so’ng oddiy JS’da yozgandan ancha tez yozasiz. Muommolarni oldini olasiz. Lekin, loyiha boshidan TS’dan to’g’ri foydalanish niyatingiz bo’lmasa, hamma joyga ‘any’ qo’yib ketaversangiz, TS bilan ishingiz biroz sekinlashadi. Undan oladigan foydalaringizdan zarar ko’proq bo’ladi.

Shunchaki hamma ishlatayotgani uchun ishlatishdan, loyihangiz, jamoangiz va boshqa faktorlarni hisobga olib nima ishlatishni tanlaganingiz yaxshiroq.

#maslahat #typescript

@JoshDeveloper
👍50🔥4🌚4🫡1
Yaponiyada dasturlashga imkoniyatlar ko'p ekan.
Xususan quyidagi postdagisi, Juniorlar uchun yaxshi imkoniyat.

Postga link:
https://t.iss.one/doniyor_tojikhonov/42

#share

@JoshDeveloper
👍221
Diqqat, "Josh*Podcast"ning oltinchi soni e'loni. 🎙

Podcast mavzusi 📃:
Dasturlashda muvaffaqiyatga erishish.”

Mehmonimiz
👥:
- Ravshan Samandarov (Senior Software Engineer at Oxagile)

Sana va vaqti
🕔:
14-Oktyabr, 21:00

Jonli efir linki
📍: https://www.youtube.com/watch?v=CUhE1xbS46c

Savollaringizni shu post ostiga yoki video "Live chat"iga yo'llab tursangiz bo'ladi.

#podcast

@JoshDeveloper
👍293❤‍🔥2😢1
Eslatib o’taman, bugun 21:00 da, "Josh*Podcast"ning oltinchi soni bo’lib o’tadi InshaaAlloh.

Podcast mavzusi 📃:
Dasturlashda muvaffaqiyatga erishish.”

Mehmonimiz
👥:
- Ravshan Samandarov (Senior Software Engineer at Oxagile)

Jonli efir linki📍: https://www.youtube.com/watch?v=CUhE1xbS46c


#reminder

@JoshDeveloper
👍23🤝1
2 daqiqada boshlaymiz inshaaAlloh

Jonli efir linki📍: https://www.youtube.com/watch?v=CUhE1xbS46c
👍15
Podkast ajoyib bo’ldi.

Ravshan akani o’z telegram bloglari va Youtube kanallari mana:
Telegram: https://t.iss.one/dev_thinking_loud

Youtube: https://www.youtube.com/@ravshansbox

#podcast

@JoshDeveloper
👍18💯32💔1
Youtube’da videoda gaplashilgan mavzularni boshlanish vaqtlarini belgilasa bo’ladi. Ko’pchilik buni qo’ymaydi. Ba’zan o’zim ham erinaman. Chetelda ba’zi bag’rikeng odamlar esa, videolarni ko’rayotgan jarayonida, mavzularni va ularning vaqtini belgilab ketishadi va kommentda qoldirishadi. Bu ko’pchilikka foydali.
O’zbek jamiyatida ham shu narsani yo’lga qo’ysak yaxshi edi.

Oxirgi podkastimiz asosiy mavzulariga o’z vaqtlarini o’zim qo’ydim. Ammo, savol javob qismida mavzularni o’zi qoldi, vaqtini qo’ymadim. Biror bag’rikeng odam chiqar. :)

Link: https://www.youtube.com/live/CUhE1xbS46c?si=fD5TvCJHqGo1OTan

#podcast

@JoshDeveloper
👍35👀5🤣3💯1🫡1
Internetda 185 000 000 ta login parollar tarqab ketibdi. Tekshirib ko’rdik. Rostan ham ko’pchilikning login parollari tarqalgan. Ko’pchiliki juda jiddiy saytlarga kirish uchun.
Login parollaringizni o’zgartirib, yana ham kuchaytirishni so’rayman.

Qanday olgani hali unchalik aniq emas. Tahminan qandaydir “Browser extension” orqali bo’lish ehtimoli ham yo’q emas. Har xil saytlarniki aralash.

#warning

@JoshDeveloper
👀44🤯11👍10🔥3😱3😁1🤣1
Dokumentatsiyalarni o’qib turinglar.

Bugun RxJS’dan bir operator kerak bo’ldi. Yaxshi izlanmasdan, o’zim yozdim moslab. Bir muddat vaqtim ketdi.

Keyinroq esa qarasam, tayyor shunday operator chiqarishgan ekan. 😅️️️️️️

Dokumentatsiyani o’qish kerak.

- Qanday operator edi?
- HTTP so’rovlardan xatolik kelganida orada interval bilan N marta(manda 3 marta) qaytadan urunib ko’radigan operator. “retryWhen” degan “deprecated” operator bor edi, ichida “count” va “delay” logikalarini o’zimiz yozishimiz kerak edi. Yozdim. Alohida operator qilib chiqardim.
Keyin bilsam o’rniga allaqachon hamma narsasi tayyor “retry” deganini chiqarib bo’lishgan ekan.

Shunaqa gaplar :)
Qissadan xissa, dokumentatsiyani bir o’tirib ishlatib turish kerak.

#maslahat

@JoshDeveloper
👍50🫡10
JavaScript kutubxona/freymvorklari ichida birxil “App”ni yozib, ularni “Benchmark”larini chiqarishibdi.

Rasmda biz eng ko’p bilganlarimizni solishtirmasi.

O’rinlar ketma-ketlikda:
1. Solid
2. Vue
3. Angular
4. Svelte
5. React

Lekin bozordagi ish o’rinlari jihatidan fikrimcha bunday:
1. React
2. Angular
3. Vue
4. Svelte
5. Solid

To’liq solishtirish buyerda:
https://krausest.github.io/js-framework-benchmark/current.html

#frameworks

@JoshDeveloper
25👍13👀41❤‍🔥1
Eslatma (Ayniqsa qizlarga)

Ijtimoiy tarmoqlarda o’z rasmlaringiz yoki videolaringizni qo’yishdan oldin quyidagilarni unutmang:

1. Rasmingizdan foydalanib, shaxsiy ma’lumotlaringizni qidirib topish imkoni bor.
2. Rasmingizdagi kiyimlarni biror “AI” yoki oddiy dastur orqali almashtirish yoki butunlay olib tashlash imkoni bor. Sharmanda bo’lib qolmang.
3. Rasmingizdan foydalanib, turli xil reklamalarga, yolg’on xabarlarga ishlatish ehtimoli bor.
4. Xullas, rasmingiz yoki videoyingiz orqali har qanday g’arazli maqsadlarda foydalanish imkoni bor.

Ehtiyot bo’ling. Biror keraksiz bo’lgan rasm/videolarni joylashdan oldin o’ylang.

Qolganlar ham, biror soxta video yoki rasmlar chiqsa, ishonib qolmang.

Yaqinlarni ogohlantiring. ✈️

#eslatma

@JoshDeveloper
👍105🔥14😢54💯41
Yangilik. 🌚

Endilikda siz ham Frontint.uz kursiga odam taklif qilish orqali, daromad qilishingiz mumkin. 💰

Qanday ? 🤔

Frontint.uz kursimizni insonlarga yolg'on aralashtirmasdan, holis tavsiya qilasiz.
So'ng sizni ism va familiyangiz bilan kurs olaman deb kelgan istalgan insonga biz 15% chegirma beramiz.

Agar taklif qilgan insoningiz kursimizni istalgan tarifini sotib olsa, sizga shu taklifingiz uchun rahmat sifatida 75 000 so’m 💸 miqdorida bir martalik to’lov beriladi. Buning uchun @FrontintAdmin ga o'z ism va familiyangizni yuborib qo'yishingiz kifoya.

Kursimizni odamlarga chegirma bilan yetkazishda yordamlashasiz, ham qo’shimcha daromad qilasiz.

Kurs haqida ma’lumotlar Frontint.uz saytida.

#yangillik #frontint

@JoshDeveloper
👍4265🗿3🤣2🕊1😐1
Vacancy 💰️️️️️️

Kompaniyamiz UniconSoft’ga quyidagi rollarga ishchilar kerak.

- Middle-Senior NodeJs dasturchisi (2+ yil tajriba)
- Middle-Senior UI/UX Designer (1.5+ yil tajriba)

Quyidagi insonga Resume + Portfolio(dizaynerlarga) yuborgan holda bog’lanishingiz mumkin.

Bog’lanish: @Ali_9737

Kirsangiz “dolya” berarsiz. 😉 (hazil)

#vacancy

@JoshDeveloper
👍48🆒6🔥2🌚2🫡2
Yaqinda President Tech Award Hackaton boshlangan ekan.

Linkedinda ushbu postni ko’rib qoldim.

Bu qanchalik to’g’ri yoki noto’g’ri bilmayman. Ammo, tegishli joylarga yetib borishi uchun kanalda ulashishni lozim topdim.

Rasmiy xabarni kutib qolamiz.

Agar nohaqlik bo’lgani rost bo’lsa, shunchaki sharmanda bo’ladi. Qanchadan qancha odamlar qancha umidlar bilan qatnashgan, vaqtini sarflagan. Rostanam shunga loiq yoki muxtojlar qatnashgandir…

Yana aytganimdek, rasmiy xabarni kutib qolamiz.

@JoshDeveloper
👍48👀4🤝2
Josh*Developer
Vacancy 💰️️️️️️ Kompaniyamiz UniconSoft’ga quyidagi rollarga ishchilar kerak. - Middle-Senior NodeJs dasturchisi (2+ yil tajriba) - Middle-Senior UI/UX Designer (1.5+ yil tajriba) Quyidagi insonga Resume + Portfolio(dizaynerlarga) yuborgan holda bog’lanishingiz…
Vacancy 💰️️️️️️

Tepadagi vakansiyalar qatoriga:
- Middle+ Angular dasturchilari ham qidirilmoqda.
Oyliklar kelishiladi. Bozor narxlari albatta hisobga olinadi.

Qiziqqanlar quyidagi email’ga Resume’sini va telegram manzilini qoldirsin.
Email: [email protected]

#vacancy

@JoshDeveloper
👍25😁7👨‍💻31😴1
Linkedin’da buni ko’rish achinarli.

EPAM’da ishlagan inson sifatida shuni ayta olamanki, EPAM “IT” kompaniya sifatida yaxshi kompaniya.

Ammo, ularda xato ishlari bor. Ishchilarni hammasini nomidan istalgan “Propaganda”ni support qiladi. Ishchilarni nafsoniyati, diniy qarashlarini hisobga olmasdan postlar qo’yadi.

Bu juda xato. Global kompaniyani dunyo siyosatiga burnini suqishi xato. Haqni “support” qilayotgan ishchilarini ham o’ylash kerak.
CEOsi yahudiy ekan deb, o’zlari xohlagan har nimani qo’yaverish to’g’ri emas. Bo’lmasa ishga kirishdan oldin shunaqa qiliqlari borligini aytishi kerak. Hech yo’q, kompaniyani hamma ishchisi buni “support” qiladi mazmunidagi “We are #OneEPAM” so’zini olib tashlashi kerak.

Bundan avvalgi yillarda “LGBT support” postlar ham qo’ygan edi.
Tabiiyki hamma ham bunga qo'shilmaydi.

@JoshDeveloper
👍76💔39🗿9🤯8😁32💯2😢1
Josh*Developer
Linkedin’da buni ko’rish achinarli. EPAM’da ishlagan inson sifatida shuni ayta olamanki, EPAM “IT” kompaniya sifatida yaxshi kompaniya. Ammo, ularda xato ishlari bor. Ishchilarni hammasini nomidan istalgan “Propaganda”ni support qiladi. Ishchilarni nafsoniyati…
Aftidan post o'chirilgan shekilli. Odamlar repost qilgani uchun ularni postidan bosib kirsa bo'ladi. Ammo, Linkedin profil o'zidan kirib ko'rib bo'lmaydi.

Tushunishgan degan yaxshi umiddaman.

#update

@JoshDeveloper
🔥32👍16🤣51
Urush juda yomon holga yetdi. isroilliklar egallagan hududlarini yanada kengaytirish uchun eng qattiq harakatlarini boshlashgan.

Insonlarning katta qismi Falastin uchun duo qilishyapti, ular uchun haqni odamlarga yetkazishyapti.

Dunyodagi nohaqliklar vaxshiy insonlarni ko'pligidan ko'ra, boqi-beg'am, lapashang va so'taklarni ko'pligidan sodir bo'ladi.

Siz ulardan bo’lmang. Vijdoningiz oldida erkin turish uchun ham kamida duo qiling.

#FreePalestine

@JoshDeveloper
😢67👍438🫡6🤓1
Josh*Developer
Instagram akkountimni butunlay o'chirdim 🪓 Oxirgi paytlar ijtimoi tarmoq degan narsa juda ham jonimga tegdi. Tasavvur qiling nechi soat umringizni bekorga birovlarni soxta tushgan rasmlar-u videolarini ko'rishga sarflaysiz. Ayniqsa instagram. Oxiri bugun…
Instagram akkountimni o'chirganimga roppa-rosa bir yil bo'libdi. Alhamdulillah.

Ancha manfaatli bo'ldi. Odamlarni hayoti bilan unchalik qiziqmay qo'ydim. Instagramga kirib, soatlab qolib ketishlar tugadi.

Ammo, Telegram o'lgurdan voz kechib bo'lmayapti. Bunga ham biror chora ko'rish vaqti keldi. Chalg'ituvchi narsalar bilan to'lib ketyapti.

Happy 1 year of instagram-free life. 🥳

#anniversary

@JoshDeveloper
👍13615❤‍🔥7😁5🗿3🕊2🆒2😢1