Josh*Developer
4.82K subscribers
424 photos
38 videos
12 files
663 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Qanday qilib juda tez "Senior" bo'lish mumkin?

Aslida, "Senior"larni bilim darajasiga birnecha oyda chiqsangiz bo'ladi. Agar miyyangiz shu qadar "ochiq" bo'lsa va hamma ma'lumotni tushunib o'rgana olsangiz.

Lekin miyangiz kamida 2-3 yil ustingizda qattiq ishlab, tajriba orttirgandagina ochilishni boshlaydi. 😅

Demak, No way! :')

#joke

P.s: "Senior" nisbiy tushuncha, kompaniyalarga qarab farqlanadi, ammo ommaviy kommunikatsiyada hamma tushunadi "Senior" deganda kimni nazarda tutilishini. Shunday ekan, kommentda boshlamang janjalni shu gapimdan ham "bug 🪲" topib.

@JoshDeveloper
👍26🫡3🔥1😢1
Angular bo'yicha telegram kanallar biroz kam. Biladigan 2 ta kanalim quyidagilar:

1. https://t.iss.one/your_ngbro
2. https://t.iss.one/angular_fox

O'rganayotganlar bo'lsa marhamat.

@JoshDeveloper
👍6
Shuncha sohalar bor ekan "IT"da. Balki bundan ham ko'proq.

Bizda hali ham Frontend va Backend "hype"da.

#someIncredibleHashtag

@JoshDeveloper
💯40👍16😁111
O'zbekistonda ishlayotgan chet-ellik hamkasbim bilan gaplashib qoldim.

Musaffo osmonimizni tark etayotgan ekan. Gruziya tomon.

"Iya, ha?" desam, shunday ma'noda aytdi:

"Svet juda ko'p o'char ekan. Toshkentni markazida bo'lsa ham. Soat 2 dan kechki 8 gacha ham o'chdi xatto. Yana, havo juda iflos ekan.(Yaxshiyam hali havodan boshqa ifloslar borligini bilmaydi.)
Internet tezligi ham dabdala. 4G ko'rsatsa ham, lekin..."

Afsus, musaffo osmonni qadriga yetmadi. IT Park shuncha harakat qilib, olib kelyapti bularni. Bular esa arzimagan narsalarga ketishyapti. Axir svetsiz ham yashasa bo'ladiku? Avvalgilar yashashganku?
Yana nima kerak bularga? Sham yoqib ishlasa bo'lmaydimi axir bu allambalo dasturlash degan sohasida?

#tanqid #sarkazm

@JoshDeveloper
😁112🤣33👍18😢8🗿4🤯2💔2👀21👨‍💻1
Forwarded from Josh*Developer
Shunaqa tajriba oshirmoqchi bo'lganlarga qimmatli maslahat mana.

Share

#maslahat

@JoshDeveloper
💯52👍251🗿1
🔥14👍6
Ertaga Itransition'dagi oxirgi kunim. Taklif qilingan 3 oylik kontraktni qabul qilmadim.

Boshqa joyga o'tyapman. O'zim uchun nisbatan yangi va qiyinroq bo'lgan joyga. O'zimni lokal kompaniyada sinab ko'rmoqchiman. O'ylaymanki, chetel kompaniyalarida o'rganganlarimni buyerda qo'llashga muvaffaq bo'laman. Mas'uliyat ko'proq bo'ladi, balki biroz muddatdan so'ng jamoa boshqaruvini ham olarman Xudo xohlasa, o'sish uchun yaxshi imkon.

Oylik esa...
Hozirgi oyligim bilan deyarli birhil. Demak, oylik yaxshi :)

Qayerga kirganimni ishni boshlab olgandan so'ng, Linkedin'da e'lon qilaman inshaaAlloh.

@JoshDeveloper
🔥61👍20🎉2🕊2
Ishlar qanday chiqdi?

Statistikacha bilan ulashsam. Boshida "Open-to-work"ni "Recruiter only" qildim. Ish chiqmadi deyarli.

Keyin hamma uchun ochib qoydim. 1-3 atrofida ish chiqdi. Ammo, bo'lmadi ular ham. Orada djinni.co'da profil ochdim. 2 tacha ich chiqdi. Bo'lmadi.

Orada DSR'ga o'zim yozaman degan edim avval, yozdim. EPAM'ga referral qilindim. Ikki joydan ham chiqdi. To'g'ri kelmadi.

Orada hozir kirgan ish joyimdagi aka ish qidirayotganimni ko'rib, vakansiyalari bilan ulashdilar.

Yana orada Payme'ga ham referral orqali topshirdim. Intervyularidan yaxshi o'tdim. Ammo, ba'zi shaxsiy sabablar tufayli "offer"dan oldin ularni "cancel 🙅‍♂️" qilishga majbur bo'ldim.

Demak, avval ham aytganimdek, bu qiyin bozor sharoitida ish topishning eng samarali usullaridan biri, "tanish-bilish". Intervyuga yetib borgan ish joylarini tahminan 80% qismi "tanish-bilish" orqali bo'ldi.

@JoshDeveloper
👍70😐13🕊2
- "Tanish-bilish" orttirish qiyinmi?

- Not at all. 🙅‍♂️

Internet rivojlangan, ijtimoi tarmoqlar ishlab turibdi. Avvalgidek ko'rishib "tanish-bilish" orttirishdan, "online" qilish ancha oson.
Shunchaki, kim bilan "tanish-bilish" bo'lmoqchi bo'lsangiz, shu odamga chiroyli xulq-atfor bilan xabar yuborsangiz yetadi. Email yuborishdan ko'ra, ijtimoi tarmoqlarda osonroq.

Savol so'rang. So'rashingizni o'zidan sizga hurmati oshsin. Meta savollar so'rab vaqtini olmang. Iloji boricha bitta xabarda hal qiling hamma gapingizni.

Fikrlash darajangizni sizni gaplaringizdan bilsa bo'ladi. Ijtimoi tarmoqda sizni ko'proq xulqingiz va profilingizni tutishingizdan tanib qolishadi. Shu sabab chiroyli xulq bilan birga, chiroyli profil qiling. Qayerdagi "detskiy" fontlar bilan, qandaydir allambalo nomlarni yozib qo'yishadi, qo'yadigan rasmlarniku aytmang. Bu o'z yuzingizni chaplashdek gap.
"aka kmopnyezda iw j6yi bosa mani referal qvorn????" deb yozish ham shu yuzingizni chaplashdek gap.
Yuzingizni asrang :)

Asosan kimgadir biror yordam kerak bo'lsa yoziladi. "Tanish-bilish"ni o'rni ham ko'proq ish qidirayotganda, yangi foydali nimadir qidirayotganda asqotadi.
Siz ham tanishishim kerak ekan deb, bekordan bekor yozmang. Umuman begona odamdan, harxafta xol ahvol so'rash ortiqcha. Mayda-chuyda savollar so'rash ham.
Ishingiz tushdimi ? Aytganimdek chiroyli tartibda, chiroyli profil bilan so'rasangiz, 80% holatda ishingiz bitadi Xudo xohlasa. Ana shu "tanish-bilish" deyishga ham yetadi.


@JoshDeveloper
👍43🔥11😁1🐳1
1-iyulga qadar Frontint.uz kursining Classic va Pro tariflariga 70% chegirma e’lon qilaman. 🎉

Saytdan barcha ma’lumotlarni ko’rib, bizga bog’lanishingiz mumkin.

Classic: 207 000 so’m chegirmada,
Pro: 225 000 so’m chegirmada

Ulgurib qoling. 🏃

Hayit muborak barchaga. 🌙

@JoshDeveloper
👍647🔥4😁2
Qarasam hamma bir biriga hayitlik ulashib yotibdi. Khumoyun tog’am ajoyib yo’lini topibdilar, hayitlik olishni 😅

Bir sinab ko’raylikchi biz ham )

Hayitlik yuborish uchun Click QR kod rasmda, Payme link mana:
https://payme.uz/@umar_sadullayev

Hayit muborak 🌚

@JoshDeveloper
🤣42👍75👀3😁1🐳1
Eski ishxonani bergan Windows noutbukidan keyin, qandaydir Mac’ga o’rganolmayapman.

Nimadir g’alati. Anchadan beri Mac’imga qaramagandim. Qandaydir noqulaylik his qilyapman.

Windows’ni sog’inayotganimga ishonmayapman.
Let’s see…

@JoshDeveloper
🫡46😁16🌚10👍6🤣5🔥1🐳1
Josh*Developer
1-iyulga qadar Frontint.uz kursining Classic va Pro tariflariga 70% chegirma e’lon qilaman. 🎉 Saytdan barcha ma’lumotlarni ko’rib, bizga bog’lanishingiz mumkin. Classic: 207 000 so’m chegirmada, Pro: 225 000 so’m chegirmada Ulgurib qoling. 🏃 Hayit muborak…
Bu chegirma bugun tugaydi.

Eslatib qo’yyappanda 🌚

“1-7 kun ichida ichida ola olar ekanman, bugun emas” deydiganlarga shu narxda shuncha kunga kelishib qo’yishimiz ham mumkin.

@JoshDeveloper
🌚20👍9🐳21🔥1
I’m happy to share that I’m starting a new position as Software Engineer at …
Check it out on Linkedin

Yangi ish joyiga qo’shilib oldim. Bugundan ish boshlandi. 3 oylik sinov muddati bilan. Kompaniyaga men, menga kompaniya yoqsa, davom etamiz inshaaAlloh. Alloh davomiy va xayrli qilsin.

@JoshDeveloper
🔥57👍21🕊3
“Addictive"

Ushbu so’zni ma’nosini ko’pchiligimiz yaxshi bilamiz. “O’ziga o’rgatib qo’yadigan” deb tarjima qilsak bo’ladi.

Hayotimizda ko’p narsalar “addictive” hisoblanadi. Masalan narkotik, sigaret, alkogol, zino, qimor, ribo, turli xil o’yinlar, ijtimoi tarmoqlar va hokazo.

Qarasangiz, barcha “addictive” narsalar insonga zararligini ko’rasiz. Ba’zilarini qilishni o’zi zarar bo’lsa, ba’zilari me’yordan o’tganda zarar. “Addictive” ekanligi ko’p hollarda me’yor va chegaralarni buzishga olib keladi.

Bunday zararli “addictive” narsalardan qutilish biz uchun foyda. Buning uchun harxil uslublarni taklif qilishadi. Ammo, Musulmonlar uchun diniga amal qilishi kifoya.
Chunki, muqaddas dinimizga qarasak, “addictive” narsalarni ko’p qismi dinimizda qoralanganini topasiz. Chunki, dinimiz biz uchun yashash qo’llanmasi. Qo’llanmani oddiy odam emas, balki bu hayotni va insonlarni hammadan yaxshi biladigan Yaratuvchi, Alloh tuzgan.

Hayotingizda nimalar siz uchun “addictive”?


@JoshDeveloper
🔥42👍261🤯1
👍38❤‍🔥32💊21😐1
O’zingizni kichik bo’lsa ham kutubxonangizni yasab, publish qilib ko’rganmisiz?
Anonymous Poll
76%
Yo’q
24%
Ha
👍11🤣2🫡1
Qanday qiladi deb so’raganlar uchun maqola.
JSchilar uchun, npm’ga publish qilish.

How to Create and Publish an NPM Package – a Step-by-Step Guide
https://www.freecodecamp.org/news/how-to-create-and-publish-your-first-npm-package/

#someAwesomeHashtag

@JoshDeveloper
👍34🫡31
Forwarded from Vohid Karimov (Vohid Karimov)
Code reviewda juda ko’p narsalarga e’tibor qilinishi kerak: logic, performance, documentation, backwards compatibility, testing, code style, va hakozo. Lekin shu narsalarni bazilari bazi bir qolganlaridan muhimroq. Masalan metod to’g’ri ishni qilayotganligi (logic) uni qanday nomlashdan muhimroq (naming).

Shu narsalarni Gunnar Morling piramida shaklida chizib beribdi. Sizlar bilan ham ulashay dedim 🙂

Googleda ham shunga katta e’tibor qilinadi. Code review jarayonida muhim narsalar birinchi o’rinda muhokama qilinadi, keyin mayda narsalarga o’tiladi.
👍222🤝1