Josh*Developer
4.85K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
658 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Bugundan frontint.uz kursimizga chegirmalar tugadi. (Orada balki bo'lib turar)

Buyoqiga asosan "Referral" orqali chegirma qilib sotib olsangiz bo'ladi.

Referral ? πŸ€”

Ha. Bugundan kursimizni sotib olgan barcha, kimnidir taklif qilish orqali o'zi ham daromad qilishi va olib kelgan o'quvchisiga 10% chegirma ham berishi mumkin.
Ya'ni, agar siz frontint.uz kursini sotib olgan bo'lsangiz va bir do'stingizga rost ma'lumotlar bilan kursimizni taklif qilsangiz, do'stingizga 10% chegirma beriladi, sizga esa BONUS puli(agar do'stingiz kursni ma'qul ko'rib, sotib olsa)
Bonus puli qancha deysizmi ? 🌚
Keling bunisi sizlar uchun sir bo'lib qola qolsin. πŸ˜‰
(Tag'in biznes qilaman deb kelmanglar) πŸ˜„
Kursni sotib olganlar biladi bonus pulini.

#frontint

@JoshDeveloper
😱22πŸ‘11πŸ—Ώ2
πŸ”₯23πŸ‘7⚑6πŸ‘€4🌚2
It does not matter how many resources you have. If you don't know how to use them, it will never be enough. (Linkedin'dan)

Tepadagi so'zlarni dasturchilarga yo'llamoqchiman.
Bizda Google, ChatGPT, Telegram guruhlar(Community)lar bor.
Agar foydalanishni bilsak, oddiy savollarga ham bosh qashib o'tirmasdan, darrov javobini topsak bo'ladi.

"Falon narsa nima ?, falon qanday ishlaydi ?, falonni qanday ishlatadi ?" kabi savollarga shunchaki shu miyangizdagi savolni Google'ga yoki ChatGPT kabi AI'larga tashlashingiz o'zi kifoya. Javobini olasiz.

Asosiysi imkoniyatlardan foydalana bilish.

@JoshDeveloper
πŸ‘37❀‍πŸ”₯6⚑2πŸŽ‰1🐳1πŸ†1
Sun'iy intellekt yot e'tiqodlarni singdirish quroliga aylanishi mumkinmi?

Shu mavzuda Anvar aka AzonTV'da gapirgan ekanlar. Musulmon dindoshlarimizga juda kerakli ma'lumotlar ekan. Eshiting.

Link: https://youtu.be/t8uFN1o__P0

#AI

@JoshDeveloper
πŸ‘20πŸ”₯3πŸ‘€1
Josh*Developer
Qaysi yo'nalishdansiz ?
Frontend yo'nalishi O'zbekistonda shu ketishda ketsa, oxiri borib "Frontend'chiga beradigan qizim yo'q" deyish ham ko'payib qolsa kerak. πŸ˜„πŸ˜„

#joke

const prevMeaning = this.post.iss.oneaning;
this.post.iss.onessage = this.post.iss.onessage.replace("Frontend", "React");

console.log(this.post.iss.oneaning === prevMeaning); // true


🌚

@JoshDeveloper
😁67😒12🀨5πŸ‘3😨3πŸ—Ώ2❀1πŸ‘Œ1🐳1πŸ’”1
Shunaqa tajriba oshirmoqchi bo'lganlarga qimmatli maslahat mana.

Share ✈

#maslahat

@JoshDeveloper
πŸ”₯76πŸ‘41πŸ‘4😐4πŸŽ‰3πŸ‘Œ3⚑1πŸ₯±1
Josh*Podcast'ni keyingi sonini kutayotganlar bormi ?)

Keyingi soni nima haqida bo'lishini tahmin qilingchi 🌚

#stayTuned

@JoshDeveloper
⚑42πŸ—Ώ11πŸ‘7🌚4❀1πŸ€”1
"Remote" ishlaydiganlar, Sizlarda ham oddiy narsalar uchun ham "Let's have a call" deyaveradigan hamkasblaringiz bormi ? πŸ˜„

#joke

@JoshDeveloper
😁53🀣14🌚6πŸ‘1🀯1
Meta yana 10 000 ishchisini ishdan haydayotgan ekan. πŸ‘€

Manba: https://www.nytimes.com/2023/03/14/technology/meta-facebook-layoffs.html

Bunga fikringiz qanday ?
Bozorga qanday ta'sir qilishi mumkin bu narsa ?
React'chilarni haydagan bo'lsa, yana ko'payishasizlar😒, hazil)

#yangilik

@JoshDeveloper
😒25😁14🀨4πŸ‘2πŸ‘€2
Yaxshi yangilik ham bor πŸ˜„

10 000 ishchini o'rniga baribir yana qanchadir olishadi. Faqat biroz kamroq oylikka. Kamroq oylik ham biz uchun katta oylik aslida. Bu ham bizga bir imkoniyat Meta'ga kirishga.
Yana, Meta'dan chiqqanlar ko'pisi Startup'lar qiladi, kompaniyalar ochadi va ishchi olishadi.(O'zim guvohi bo'ldim buni)

Bu degani yana ish joyi ko'payadi.

Xullas, bu yomon yangilik emas, "gazini bosish kerak" degan yangilik. πŸ˜‰

@JoshDeveloper
πŸ‘49πŸ”₯10
Rivojlanishimiz kerak.

Jahon bozorini ko'ryapsiz. Ishchilar bo'shatilyapti. Ammo, o'rniga odam olinyaptiku deysiz. Ha to'g'ri. Ammo, olinayotgan odamlarni katta qismi "Hindiston, Belarusiya, Polsha va hkz davlatlar"ga to'g'ri keladi. Bizdan esa kam.

Nega ?
1. Ishonch yo'q hali bizga. Endi oshyapti.
2. Sifatli kadr kam.

Sifatli kadr oshsa, ishonch ham oshadi.

Sifatli kadr tayyorlashimiz esa, siz va menga bog'liq.

Shaxsiy profilimga juda-juda ko'pchilik odam ishsizlikdan yozadi. Bularni ko'rib be-ixtiyor siqilaman. Nima qilsak bo'larkan deb. Shu insonlarni ko'pchiliki React dasturchi bo'lganiga, Angular'ni "hayp" qilishni boshladim shunga. Ozgina bo'lsa ham bozorni muvozanatiga ta'sir qilar deya. Ammo, bu ham muommoni yechishga haqiqiy javob emas.

Haqiqiy javob esa ham aniq...
Ko'pchilik sifatli kadr emas. Tajriba ham kam.

Shu lahzada, tajribali dasturchilar faqat o'ziga vaqt ajratavermay, 50-100 ta shogird olib, 1-2 oy o'z yo'nalishidagi qiyin mavzularni o'rgatib tashlasa bo'lmaydimi deb qolaman.

Boring mayli pullik qilar. Ammo, sifatli kadr chiqarsin. Ozgina o'rgatib qo'yib, "bo'ldi, tugadi" deyayotgan o'quv markazlar sabab ham shaxsiyimda shuncha yuzlab odamlar bordir balki.

Birlashib ko'tarilsak nima qiladi axir ? Bozor dengiz kabi chayqalib yotgan davrda, biz unga qarshi turadigan kema bo'lsak nima qiladi ?

Bilmadim.

Oramizda biror tajribali mard odam bo'lsa, biror foydali nimadir qilar deya yozyapman.

Sizda qandaydir takliflar bo'lsa, bemalol yozishingiz mumkin. Ishsizlikka qarshi kurash ochamiz inshaaAlloh.

@JoshDeveloper
πŸ‘53πŸ”₯10❀1πŸ†1
Qaysi yo'nalishdan sifatli tezkor kurs xohlaysiz ?

O'zim chiqaman mutaxassislariga bu haqida. InshaaAlloh narxi ham arzon bo'ladi.
Anonymous Poll
38%
Frontend - React.js
9%
Frontend - Angular
14%
Frontend - Vue.js
9%
Backend - Python
14%
Backend - Node
6%
Backend - C# . NET
6%
Backend - Java
6%
Boshqa.
πŸ‘33πŸ‘€4🌚3🐳2⚑1😁1
IT sohasini "hayp" qilayotgan "mutasaddi"lar endi minglab ishsiz yurganlarni tayyorlash uchun byudjet ochishsa adolatdan bo'lardi.

#tanqid #taklif

@JoshDeveloper
⚑52πŸ’―13πŸ‘6πŸ‘€2
IT sohasi hammaga ham emas.

Buni aytishni xohlamayman, ammo, hozir dasturlash bo'yicha mutaxassis va mentor bilan suhbatimdan keyin, buni ham aytmasam bo'lmaydi. Boshqa yo'nalishdagilar uchun ham muhim.

- Agar IT'dan tashqarida biror narsani o'rganishni qoyillatib qo'ymagan bo'lsangiz, IT'ga kirib ovora bo'lmang. Masalan, ingliz tili yoki rus tili. Yoki matematika kabi fanlarni o'rganib ko'rgan va eplagan bo'lsangiz, IT'ni eplashingiz ham birozgina oson bo'ladi. Mantiqiy fikrlash ham shu o'rinda.
Agar hech vaqoni o'rganmagan, o'rganishga layoqatingiz bo'lmasa, IT'da qiynalib ketasiz. Chunki bu soha "O'rganish"dan iborat. O'z ustingizda ishlashni shakllantira olmasangiz, sizga pul berib eng zo'r kursga yuborsak ham foydasi yo'q. Eng qimmat kurslarni tekin qilib bersak ham foydasi yo'q. Agar shundaylar qatorida bo'lsangiz, yaxshisi boshqa sohalarda o'zingizni sinab ko'ring. Masalan savdogarlik va hkz.

Bu gaplarimni qandaydir nafratdan yoki jahldan yozayotganim yo'q. Bloger sifatida, Musulmon sifatida, haqiqatlarni aytishim kerak.
Siz eshitayotgan falon ming dollar'lik oyliklar yo'q. Ularga yetishish uchun juda katta sinovlar bor. O'z ustingizda davomiy ishlamasangiz, unga yetib bora olmaysiz. Oylik tugur, ish topishni o'ziga 2-3 yil ketib qoladi bu yo'nalishda ba'zilar uchun.

"Hayp" ortidan quvmasdan, o'z qobiliyatingiz nimaga yetsa, nima ish sizga yoqsa, halol bo'lsa, shunda o'sing.
Qo'lingizda pichoq bo'lsa, daraxt kesa olmaysiz, arra bo'lsa non kesa olmaysiz. Nimangiz borligiga qarang.

IT'ni boshlayotganlarga yuboring.

#maslahat

@JoshDeveloper
πŸ‘63❀6🐳1πŸ†1πŸ‘€1
10 kishiga sovg'a.

Yangilik, Frontint.uz kursimizning Pro tarifiga 10 ta sharoiti og'irroq bo'lgan insonlar uchun 100% chegirma beriladi. (Tekin degani πŸ˜‰)

Kursni olishni xohlayotgan, ammo sharoitingiz yetmayotgan bo'lsa, unda pastdagi formani bemalol to'ldirishingiz mumkin.
Ma'lumotlar ochiqlanmaydi.

Qanday tanlab olamiz 10 ta insonni ?
18-Mart kuni shaxsan o'zim 10 ta insonni tanlab olaman va ularga bog'lanamiz.

Forma: https://forms.gle/nsxwjRdnY5bgF9h56

@JoshDeveloper
❀37πŸ‘24πŸ‘5πŸ‘€3😐2
"Notes" yozib yuring.

Ishdagi vazifalarni qaysi statusda ekanligini, nima haqida ekanligini, nima ish qolganligini yozib yurishni boshlaganimdan beri ishimda ancha samara oshgan.

Ba'zan bir vaqtni o'zida 4-5 talab vazifalar ustida ishlayman. Biri falon statusga yetganda, boshqasi boshqa jarayonda bo'ladi. Hammasini miyada saqlab yurish bir kun kelib xato qilishingizga sabab bo'lishi mumkin.
Shu sabab o'zingiz uchun "notes" yozib yuring. Masalan, "Notion" dasturi orqali. Tugagan ishni βœ… qilib qo'yish ham bir boshqacha "mazza".

Oxirida esa, ortga qarasangiz, shuncha narsa yozgan bo'lasiz va nimalar qilganingiz yaqqol ko'rinib turadi.

#maslahat

Ulashing ✈️

@JoshDeveloper
πŸ‘52❀8✍2
Diqqat, "Josh*Podcast"ning uchinchi soni e'loni. πŸŽ™

Podcast muvzusi πŸ“ƒ:
"Angular: Yaxshi frontend dasturchi bo'lish"

Mehmonlarimiz πŸ‘₯:
- Ismail Salikhodjaev (Senior Software Engineer @ Toptal)
- Doniyor Yusupov (Senior Software Engineer @ Noveo Group)

Mezbonlar qatorida men bilan birgalikda Muhammadrasul aka bo'ladilar.

Sana va vaqti πŸ•”:
19-Mart, 20:00

Jonli efir linkiπŸ“: https://www.youtube.com/live/61py77BsnBs

Savollaringizni shu post ostiga yoki video "Live chat"iga yo'llab tursangiz bo'ladi.

#podcast
πŸ‘18❀8πŸ₯±3⚑2🀣2πŸ”₯1😁1
Josh*Developer
10 kishiga sovg'a. Yangilik, Frontint.uz kursimizning Pro tarifiga 10 ta sharoiti og'irroq bo'lgan insonlar uchun 100% chegirma beriladi. (Tekin degani πŸ˜‰) Kursni olishni xohlayotgan, ammo sharoitingiz yetmayotgan bo'lsa, unda pastdagi formani bemalol to'ldirishingiz…
Tepada aytilgan chegirma o'z egalariga topshirildi.

73 ta inson so'rovnomani to'ldiribdi.

Agar siz to'ldirgan bo'lsangiz-u, sizga yozmagan bo'lsak, bizni kechirasiz. Hammaga bera olmas edik.
Qabul qilganlarni esa tabriklayman. Alloh xayrli qilsin.


@JoshDeveloper
πŸ‘51❀‍πŸ”₯9❀1😒1
Josh*Developer
Diqqat, "Josh*Podcast"ning uchinchi soni e'loni. πŸŽ™ Podcast muvzusi πŸ“ƒ: "Angular: Yaxshi frontend dasturchi bo'lish" Mehmonlarimiz πŸ‘₯: - Ismail Salikhodjaev (Senior Software Engineer @ Toptal) - Doniyor Yusupov (Senior Software Engineer @ Noveo Group) Mezbonlar…
Bugun 20:00 da Josh*Podcast'ni navbatdagi soni bo'lib o'tadi inshaaAlloh.

Podkastda hardoimgidek barcha frontendchilarga qiziq mavzular gaplashiladi. Shuningdek,
Angular nima uchun React'dan yaxshi degan savolga ham, Angular'chilar nega ko'proq pul topadi degan savolga ham javoblarni olishingiz mumkin bo'ladi. 😁🌚

Hammangizni podkastda kutaman. πŸ˜‰

@JoshDeveloper
πŸ‘20😁9🌚9πŸ₯±4🀨3🀣2