Josh*Developer
4.85K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
658 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Vue.js bo'yicha qilingan podkastimiz Youtube'ga chiqdi.

Marhamat.

Link: https://youtu.be/w3Q2WoD-h30

#podcast

@JoshDeveloper
πŸŽ‰15πŸ‘5🌚4⚑2😁1🐳1πŸ‘¨β€πŸ’»1πŸ‘€1
Kechagi stream'da ko'p savollarni ko'zdan qochiribmiz. Vaqtimiz ham yetmas edi. Bu uchun uzr.

Rasmda eng zo'r savol egasi πŸ˜‚
@AbduazizPy (hazil savol yuboribdilar)

Bu savolga javobni, keyingi podkastimizda, Angular haqida gaplashganimizda beramiz. inshaaAlloh

#stayTuned

@JoshDeveloper
🀣51πŸ₯±5🐳5πŸ‘3😴3πŸ”₯1πŸ‘€1πŸ™ˆ1
Aytgancha, ko'p so'raladigan va siyqasi chiqib ketgan bir savolga kecha kutilmagan va hal qiluvchi javobni @khumoyun_codes akadan oldik. πŸ˜„

Diplom kerakmi ?

Javobni eshitish uchun link: https://www.youtube.com/live/SjoDvzP8gQM?feature=share&t=5184

#share #diplom

@JoshDeveloper
πŸ’”7🀣6πŸ‘2
Kommentni ochib qo'yishni ko'p so'rashyapti. Hozirgi postga ochdim. Qolganlariga ham ochiq tursinmi ?

Esingizda bo'lsa yil boshida yopgan edik.
Anonymous Poll
47%
Ochiq tursin har doim.
21%
Ochiq tursin. Postga qarab o'chirib turasiz.
11%
Yopiq tursin.
21%
I don't care πŸ˜„
πŸ‘19πŸ—Ώ6🌚3πŸ‘€1
Algoritm va DS ga qiziquvchilar uchun EPAM'da ishlaydigan Bekzod akani @Leetcodin kanallarini maslahat beraman.

Juda ham yaxshi ma'lumotlar berib boriladi.

#tavsiya

@JoshDeveloper
πŸ‘23❀7🐳2😁1πŸ‘€1
Biror vazifani ishlashda "visualization" kerak bo'lib qolsa, ko'proq "Paint" ishlatardim. (Kulmang πŸ˜„)

Keyin bilsam, Seniorlarni ko'pisi https://excalidraw.com saytidan foydalanar ekan.

"Senior bo'lganim" uchun shu saytga o'tishga qaror qildim 🌚

Maslahat beraman.

#tavsiya

@JoshDeveloper
⚑41🫑16πŸ‘15😁13πŸ”₯5🀣3πŸ†3❀‍πŸ”₯2🌚2❀1πŸŽ‰1
Hozirgina dasturlash bo'yicha 20+ yillik tajribali chetellik dasturchi bilan ish borasida gaplashdim. Boshlaganiga 22-23 yil atrofida bo'lgan ekan.

22+ yil 🀯

Tug'ilmasimdan oldin boshlagan ekan dasturlashni πŸ˜„
G'alati bo'larkan odam...


@JoshDeveloper
😁57🀣15πŸ”₯9πŸ‘3❀‍πŸ”₯2πŸ‘2❀1🌚1
Bahor ham kelibdi. Umrni o'tishini qarang. Boshqa kasblarni bilmadim-u, dasturlashda umr juda tez o'tgandek his qilarkan odam o'zini. Buni sababini dasturchilar o'zlari yaxshi bilishadi.)

#Offtopic deb aytarsiz bu gaplarimni, ammo aytishim kerak. Ba'zan inson dunyo ichida o'zini qanday tutayotgani, qanday yashab umrini tugatayotganini tepadan kuzatib ham turishi kerak.

Bilasizmi kimlarni juda hurmat qilaman va shularga o'xshagim keladi ?

Dunyosini deb dinini, dinini deb dunyosini tashlab ketmagan insonlarni. Dinini mahkam tutgan holda, dini yo'lida dunyosini ham obod qiluvchilarni. Ulug' maqsad yo'lida yashayotganlarni.

Ana shular, aqlli insonlar emasmi ? Tarozini ikki pallasini ham birdek yaxshi tutib turgan insonlar.

Oramizda kim dunyosini deb dinini ortga surib, kechiktirib yurgan bo'lsa, ayni hozir buni to'xtatish uchun juda ajoyib fursat. Kim benamoz yurgan bo'lsa, boshlashga ayni hozir juda ajoyib fursat.

Kim ikkisini ham ortga surib yurgan bo'lsa, dinidan boshlashi u uchun naqadar go'zal tanlov bo'lar edi. Zero, dinimiz dunyoda qanday yashashni o'rgatganchalik hech narsa bu qadar kuchli o'rgata olmaydi.

Umrimiz tugab boryapti. Biz esa past narsalar ortidan quvib yuribmiz...
Alloh hammamizni ikki dunyo yaxshiliklari bilan siylasin.

Β«Odamlarga hisoblari yaqinlashib qoldi. Ular esa, g'aflatda, yuz o'giruvchi bo'lgan hollarida.Β»
Anbiyo surasi, 1-oyat

#islam

@JoshDeveloper
πŸ‘93πŸ”₯7❀5πŸ‘3πŸ’―3🐳1
Hozir ishda bir kichik va oddiy, ammo qiziq muommoga duch kelib qoldim.

Bir ma'lumot bugundan 0 qiymatini ham qabul qilishni boshlagan edi va "default" qiymati ham 0 ga teng bo'ladigan bo'ldi. Avval, null edi.

Shunday qildim va dasturni ochib ishlatmoqchi bo'lsam, dastur ishlamayapti umuman. (Call Stack to'lib, Browser qotib qolgan)

Biroz izlanib qarasam, avvalroq quyidagi ma'noda kod yozilgan ekan πŸ˜„

if(!haligiQiymat) {
setDefault();
checkValues();
}

Haligi qiymat 0 ga teng bo'lgani uchun if'ni ichiga kiryapti, if esa yana 0 ga tenglayapti va qayta qiymatlarni tekshiryapti va yana if'ni ichiga kirib qolyapti... β™Ύ

Keyin to'g'irlab qo'ydim πŸ˜„

Shunaqa gaplar...

@JoshDeveloper
🀣60πŸ‘13⚑3πŸ€”2🀯2πŸ‘¨β€πŸ’»1
Dasturchilardagi eng qadrlanadigan "skill"laridan biri "Birovni kodini tushunish".
Eng zo'ri esa "Tushunarli kod yozish"dir.

#heshtegTopolmadim

@JoshDeveloper
πŸ‘111πŸ”₯7😁7⚑4😱3🐳3πŸ‘2❀‍πŸ”₯1
I am in!

Bing AI'ni ishlatish uchun ruhsat oldim va ishlatib ko'ryapman.

Ochiqini aytsam, ChatGPT'ni o'ziga qaraganda biroz o'jarroq ekan πŸ˜„ Ammo, undan ancha aqlliroq.

Ishlatib ko'rganlar bormi ?

@JoshDeveloper
πŸ”₯24🀯10πŸ‘6❀1
Hozir bir video tashlashibdi.

Unda bir "bizneeesmen aka" aytyapti "Kuni kecha bittasini ishdan bo'shatib yubordim..."

Huh, nega ekan deb oxirigacha eshitsam, sababi ofisda bosh kiyimda o'tirgani va klassik kiyinmagani, shuningdek ishdan keyin kechqurun boshqa joyda ishlashi sabab ekan πŸ˜„

"Akamiz" davom qilib shunday ma'noda aytyapti: "Ish payti hayoli faqat bizni ishda bo'lishi kerak. U odamni ishga olgan HR ham ishdan bo'shagan. Agar sifatli kadrlarni olmasak, ertaga raqobatchilarimiz bizni sifatli mijozlarimizni olib qo'yadi."

Qoyil πŸ‘
Tasannolar πŸŽ‡

Eng qiziqi, shu "bizzneesmen" akamizni gaplariga qo'shiladiganlar borligida.

Fikrimcha, biznesini deb insoniy tushunchalarni sotib yuborgandan ko'ra, unaqa biznesmen bo'lmagan yaxshiroq. Ha yana, bu aytayotgan "aqlli" gaplari haqiqiy biznes liderlarni gaplari emas. Bu bilan biznes rivojlanmaydi, aksincha qulaydi.

"Weekend" ham kelib qolibdi deyarli, zerikishni boshladim shekilli, shu narsaga ham fikr bildirib o'tiribman. πŸ€·β€β™‚οΈ

"Sog' bo'lasizlar". πŸ˜„

#tanqid

@JoshDeveloper
πŸ‘57⚑5❀‍πŸ”₯2πŸ’―2
Biz qanchadan beri "tortishib" yuradigan mavzuga, Muhammadjavohir aka ustoz allaqachon ikki yil avval javob bergan ekan.

Link: https://youtu.be/-Q5L4bx5yhU

P.s: Ustoz ham bilarkanlar, birinchi bo'lib Angular deb yozibdilar. 🌚😁

@JoshDeveloper
😁31🌚8πŸ—Ώ4🀨3😐2πŸ‘1🀣1
O'zbekiston kelajagi bizning qo'limizda ✊

Kommentda tashlashibdi πŸ˜„

#joke

@JoshDeveloper
🀣79πŸ‘6⚑3
Forwarded from Vohid Karimov (Vohid Karimov)
FAANGga qaysi yo’nalish yaxshi?

Shu savolni mendan tez-tez so’rab turishadi. Men uchun bu savol sal g’alati tuyiladi. Har safar shu savolni eshitganimda ichimda bir narsa o’ladi.

Chunki hamma dasturlash yo’nalishi bilan FAANGga kirsa bo’ladi. Bunday kompaniyalar shunchalik kattaligidan deyarli hamma yo’nalish bo’yicha talantlarni ishga oladi. Men hozirgacha Googleda quyidagi xildagi dasturchilarni ko’rdim va hammalari muvaffaqiyatli ishlashyapti:
β€” Frontend Engineer
β€” Backend Engineer
β€” Embedded Engineer
β€” Gaming Engineer
β€” Security Engineer
β€” Android Engineer
β€” iOS Engineer
β€” QA Engineer
β€” QA Automation Engineer
β€” Site Reliability Engineer
β€” va hokazo

Yaxshiroq va foydaliroq savol: β€œXXX Engineer bo’lib qanday FAANGga ishga kirsa bo’ladi?”

Tushunaman nega yosh dasturchilar shu savolni berishadi. Befoyda narsa o’rganib yurmayin deb qo’rqishadi. Qo’rqmang, hamma bilimlarni o’rni bor va dasturlash soxasi ichida ekansiz bilimlaringiz befoydaga chiqib qolmaydi.

Qisqasi, lyubaya yo’nalish xarasha πŸ™‚
πŸ‘26πŸ‘Œ1
Vohid Karimov
FAANGga qaysi yo’nalish yaxshi? Shu savolni mendan tez-tez so’rab turishadi. Men uchun bu savol sal g’alati tuyiladi. Har safar shu savolni eshitganimda ichimda bir narsa o’ladi. Chunki hamma dasturlash yo’nalishi bilan FAANGga kirsa bo’ladi. Bunday kompaniyalar…
Shuyerga bir narsani aytib ketmoqchi edim.

Vohidjon aka aytganidek, barcha AT yo'nalishlariga o'rin bor. Lekin shuni ham unutmangki, biror yo'nalishda ekansiz, biror yaxshi natijaga erishmaguncha undan boshqasiga o'tmang.
Bittasida mutaxassis bo'ling. Shunda o'rningiz bo'ladi.

The one who masters on one profession, is better than the one who knows many, but not good at any of them.

Β© Null

@JoshDeveloper
❀‍πŸ”₯20πŸ‘13πŸ”₯2😒2