Josh*Developer
4.85K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
657 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!

πŸ“† 18-dekabr yakshanba kuni Toshkent shahri Progress Academy'da "UzGeeks December2022 Meetup" bo'lib o'tadi.

πŸ“š Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1️⃣. β€œAngular 15 haqida gaplashamiz” - Umar Sadullayev (Frontend Engineer, ITransition);

2️⃣. β€œNuxt 3 bilan tanishuv” - Elzodxon Sharofaddinov (Frontend Engineer, UIC Group).


πŸŽ‰ Meetupda qiziqarli savol bergan ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshiriladi.
πŸ•° Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi va unda ishtirok etish uchun oldindan ro'yxatdan o'tish kerak bo'ladi.

Hamkorlar:
Progress Academy
Thinkland kompaniyasi

✍️ Ro'yxatdan o'tish: www.uzgeeks.uz
🏷 Tadbir Facebookda
πŸ‘18πŸ‘8πŸ”₯1🀩1
Ko'pchilik kutayotgan Feedback chiqdi.
Yaqinda Mockint.uz tomonidan o'tkazilgan o'tgan Junior darajasi intervyusiga Feedback chiqdi.

Manba: https://t.iss.one/MockInt/43

Mockint tomonidan feedback qanday berilishini ko'rishingiz ham mumkin.

@JoshDeveloper
⚑10πŸ‘4πŸ”₯1
Diqqat!

Darajangiz oshsa, o'zingizni bosib oling. πŸ˜„πŸ˜„

Rasmda Juniordan Middle'ga ko'tarilgan "okya" bilan suhbatimiz πŸ˜„
(hazillashib yozyaptilar)

#joke

@JoshDeveloper
🀣93😁32πŸ‘5πŸ”₯3
Ha aytgancha, kecha Mockint loyihamizda WebBrain Academy bilan ham hamkorlik kelishuviga erishdik.

Agar siz ushbu o'quv markazini tamomlagan bo'lsangiz, o'zlaridan tasdiqlatib, intervyu uchun o'z chegirmangizni olishingiz mumkin.

Shunaqa gaplar bizda πŸ™‚

@JoshDeveloper
πŸ‘21πŸ”₯5πŸ‘€1
PHP'ni hurmatidan o'rtaga o'tkazib qo'ydik. πŸ˜„

Rasm ortida Anvar aka va MuhammadXalil aka.

Birnarsalarni gaplashdik :)

@JoshDeveloper
⚑43😁10πŸ‘9
Afsus, Marokash jamoasi futbolda yutqazdi.
Ammo, boshqa ko'plab narsalarda ular g'olib. Olqishlarga arziydi. Islomofobiya ko'paygan davrda, Marokash va Qatar davlatlari islomga katta xizmat ko'rsatishdi.

Barchasiga rahmat πŸ‘

Respect.

@JoshDeveloper
πŸ‘133πŸ‘32❀11πŸ”₯7⚑3😒3❀‍πŸ”₯2
Frontend intervyulariga tayyorgarlik kursimiz tugashiga ham 1 oylar qoldi. InshaaAlloh
Ayni damda, HTML CSS JS va TS ni o'tdik va tugatdik.

Rasmda o'quvchimizdan feedback πŸ˜‰

Yozib olingan videolar sotuvga chiqadimi ? Rasman e'lon kurs tugaganda chiqadi. Ammo hozirdan sotib olib, sekin ko'rib bormoqchilar uchun sotuv ochiq.

Narx: 750 000 so'm. (Hozirga qadar 28 atrofida dars o'tildi)
Aloqa: @FrontIntAdmin

Frontint.uz da mavzular ro'yhati bor.

Kursdan bir dars YouTube'ga joylangan: Link

@JoshDeveloper
πŸ‘18❀‍πŸ”₯4😐4😁2
IMG_1229.JPG
3.3 MB
Bugun Najot ta'limga mehmonga bordik.

Sharoitlarini ko'rib, hursand bo'ldim. πŸ‘
Ajoyib.

@JoshDeveloper
πŸ‘62πŸ”₯2πŸ‘¨β€πŸ’»2
Bugun meeting'da bir sherikimiz ekranini "share" qilgandi.

Ob-havoga "7'C Smoke" deb yozib qo'ygan ekan.

Toza ingliz menejerimiz, anu Smoke'ni ma'nosi nima, unaqa havo haroratini eshitmagan ekanman dedi. πŸ˜„

Ana, inglizlarni o'zi ham inglizchani zo'r bilmaydi. Qo'rqmasdan o'rganavering πŸ˜„

@JoshDeveloper
🀣81πŸ‘6πŸ”₯4
Frontendchilarni ko'kragiga ham shamol tegadigan bo'ldi. πŸ˜…

πŸ“† 18-dekabr yakshanba kuni Toshkent shahri Progress Academy'da "UzGeeks December2022 Meetup" bo'lib o'tadi.

πŸ“š Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:
1️⃣. β€œAngular 15 haqida gaplashamiz” - Umar Sadullayev (Frontend Engineer, ITransition);
2️⃣. β€œNuxt 3 bilan tanishuv” - Elzodxon Sharofaddinov (Frontend Engineer, UIC Group).
✍️ Ro'yxatdan o'tish: www.uzgeeks.uz
Barchani kutib qolamiz.

PS: Ko'ramiz, PHPmeetupga kelganchalik ko'p odam kelarmikin))
πŸ‘19⚑3
Iya, weekend kiribdimi 🌚
🀣32🌚6πŸ€”2πŸŽ‰2πŸ‘1πŸ‘¨β€πŸ’»1
Sardor Dushamov | PHP - tengi yo'q til!
Frontendchilarni ko'kragiga ham shamol tegadigan bo'ldi. πŸ˜… πŸ“† 18-dekabr yakshanba kuni Toshkent shahri Progress Academy'da "UzGeeks December2022 Meetup" bo'lib o'tadi. πŸ“š Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan: 1️⃣. β€œAngular 15 haqida gaplashamiz” - Umar…
Ha aytganday, ertaga 14:00 da Uzgeeks'dagi meetup'ga keling.
Birnarsalar o'rganib ketasiz :) Kamida yangi "foydali" tanishlar orttirasiz.
InshaaAlloh

Presentation tayyorlab o'tiribman mana πŸ™‚

@JoshDeveloper
πŸ”₯23⚑6πŸ‘4πŸŽ‰1πŸ†1
Jamoada kattaroq dasturchilar bo'lsa baribir yaxshi.

To'g'risin aytsam, "Code review" jarayonidan juda ko'p bilim olyapman ulardan.
Ikki tomonlama. O'zimni xatolarimni topib berishadi va to'g'irlayman. O'zim ham ularni kodlarini "review" qilib, ko'p narsa o'rganaman.

Savol berishardi odamlar, yaxshi pul to'lagan joyda yolg'iz ishlaganim yaxshimi, yoki kamroq to'lagan joyda kuchli dasturchilar bilan ishlaganimmi deb. Javobim ikkinchisi bo'lardi, sharoiti to'g'ri kelsa. Hozir ham shu fikrdaman :)

Shunaqa gaplar.

@JoshDeveloper
πŸ‘¨β€πŸ’»39πŸ‘30🐳1πŸ€“1
Uzgeeks meetup ham tugadi.

Kimlar qatnashdi ? πŸ™‹β€β™‚οΈ

#meetup

@JoshDeveloper
πŸ‘24⚑3
Networking(tanish bilish πŸ˜„)

Bugun Meetup'ga borganimni bilasizlar. Odam umuman olganda yetarli keldi. Ammo baribir kam. Bu kabi Meetup'lar ko'p qilinar ekan, ammo juda kam odam kelar ekan. Buni eshitib biroz ranjidim.

Bizda odamlar qandaydir "onlaynlashib" ketgan. Jonli ko'rishgisi, odamlar bilan tanishgisi kelmaydi. "Networking"ga e'tibor qilmaydi uncha.

Bu yaxshi emas. Bu kabi "tekin" bilim ulashish, yaxshi odamlar bilan tanishish imkoni berilsa, foydalanish kerak.

Masalan, bir meetup'da bir aka bilan tanishgan edik. U payti EPAM'da ishlar edim. Shu akaga qoil qoldim. Meetup'da tanishib, kontaktimni olib qolgan edilar. Hozir men sababchi bo'lib, bir yildan beri EPAM'da ishlaydilar. Mana "Networking" samarasi.
Bunga misollar juda ko'p.
Nima demoqchiligimni tushundingiz.

"Networking is not about just connecting people. It's about connecting people with people, people with ideas, and people with opportunities."
©️ Michele Jennae

@JoshDeveloper
πŸ‘43❀17πŸ”₯5
Xushxabar(cha) πŸ₯³

Allohni izni bilan Itransition'da darajamni ham oshirib oldim. Lvl.5. (Strong Middle desak ham bo'ladi) Alhamdulillah.

Endi bir daraja qoldi toza Senior'ga inshaaAlloh.

Shunaqa gaplar πŸ™ƒ

@JoshDeveloper
⚑164πŸ‘52πŸŽ‰27πŸ”₯13πŸ‘7πŸ‘¨β€πŸ’»4❀‍πŸ”₯3
ChatGPT'ga kimdir singlisini yoshini so'rab yozibdi. πŸ˜„

-30 yosh degan javob ham bor πŸ˜„

Savoli quyidagicha: "Men 10 yosh bo'lganimda, singlim meni yoshimni yarimida edi. Hozir 70 yoshdaman. Singlim nechi yoshda ?"

Javoblarni o'zingiz ko'ring :)

Share ✈️

@JoshDeveloper
🀣68πŸ‘8
Kanaldagi eski maqolalarni qidirib topa olmayotganlar diqqatiga, hamma maqola va podcast'lar @JoshDeveloper_Bot'ga joylangan. Bemalol shuyerdan qidirib topishingiz mumkin.

Kanalda turgan eski "menyu" kattalashib ketgani sabab, boshqa foydalanilmaydi.

Botdan topsangiz bo'ladi foydali postlarim, maqola va podcast'larimni.

@JoshDeveloper
πŸ‘18πŸ”₯5πŸ†3
Forwarded from Islombek.dev
Motivatsiyani bozordan "sotib oling" yohud muzlagan jajji qo'llar

Ko'p motivatsion videolarni ko'rsangiz: "Sen uddalaysan, yorasan!" degan odamlar chiroyli joylarda, juda yaxshi sharoitda o'tirgan bo'ladi. Balki shungami yoki boshqa sabab gaplarida ta'sir unchalik kuchli emas.

Meni fikrimcha motivatsiya olishning eng zo'r yo'li erta tongda yoki kechqurunda bozorga borishdir. Chunki u joyda har qanday sovuq bo'lmasin, qiyin, og'ir ish bo'lmasin oilasini boqaman deb chiqqan yosh bolakaylardan tortib yoshi 60 dan oshiq onaxonlarni ham hayot uchun kurashayotganiga guvoh bo'lasiz.

Qani aytingchi jajji barmoqlariga puflab isitaman deb turgan bolakaydan ham ko'proq motivatsiya beradigan nima bor? Uchirib yuboradigan sovuqda, bo'ynini yelkasiga qisib, nigohlarini yerga qaratgan holda o'yga tolib turgan onaxon yoki kiyimlaridan tushayotgan yomg'ir tomchilari ko'z yoshi bilan qo'shilib, hech kimga sezilmayotgan ayoldan ham ko'proq sizga kim motivatsiya bera oladi birodarim?

Qarib, kuchdan qolgan otaxon o'ziga bir necha barobar katta yukni, yuzidagi ajinlarni yana ham sezdirib yuboradigan darajada qiynalib tortib ketishichi? Alloh bergan ne'matlar atrofimizda shu darajada ko'pki shukr qilib sanog'iga yeta olmaymiz.

Biz kompyuterimiz kuchsizligidan, oyligimiz biz xohlagandek emasligidan, oyoq kiyimimiz o'tkan yilgi "eski modadagisi" ekanligidan nolib turganimizda hayotda bu kabi holatlar ham bo'lib turipti. O'zimizni isloh qilaylik...

@islom_aliy
πŸ‘73😒15⚑7πŸ’”6