Josh*Developer
4.85K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
657 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Ha, o'qishga kirganlar, qalay ekan ?

TATUni ba'zi filiallari forma so'rab trendga chiqibdimi ? πŸ‘€ Yoki hammasi ham shu ahvolmi ?

Oddiy ro'moldan bombadek qo'rqadigan qo'rqoqlar haliyam bor deb eshitdim, rostmi ? πŸ‘‚

O'qiy deb kirganlar, qalay ekan bizdagi OTM ?

Bir dardlashing, komment ochiq πŸ˜„

@JoshDeveloper
😁30😒9πŸ‘7πŸ”₯5❀3🀯2🀨2
Yaxshi jamoa

Bugun negadir, EPAMdagi jamoamni esladim va hozirgisi bilan taqqoslab ko'rdim. Quyida ikkisi haqida yozmoqchiman.

EPAM'da ishlagan paytim ham hozirgidek global jamoa edi. Turli xil davlatlardan.
EPAM'dagi jamoayim kichikroq edi hozirgidan. Hamma o'z ishini qilar, muommo bo'lsa hamma yordamga shay edi. Eng yoqimlisi, juda inoq va hazilkash jamoa edik. Xohlagan mavzuyimizda soatlab gaplashib o'tira oladigan darajada. Ishni ham o'z o'rnida qilardik. Ba'zida, kunlik meetinglar ishdan tashqari qiziqarli gaplar bilan boshlanar va hazillashib "Keling ish haqida ham ozgina gaplashib olaylik, keyin yana davom etamiz" deb hazillashardik πŸ˜„. Xatto, jamoaga endi qo'shilganimizda, umuman kulmasa kerak deb o'ylagan dasturchimiz ham vaqt o'tib o'zi hazillashadigan bo'lib ketgandi πŸ˜„.
EPAMdan ketayotganimda eng qiynalgan qarorim jamoani tark etish edi. Juda o'zimni boshqacha his qilganman. Ammo ketishimidan ko'pchilik xafa bo'lishga qaramay, dasturchi sifatida doim ham bir jamoada ishlamasligim aniq va bunga ko'nikishim kerak edi. Shunday ham qildim.

Hozirgi jamoayim ham yaxshi. Ko'proq dushanba va juma kunlari Weekend haqida gaplashamiz. Kim qanday o'tkazganini yoki kimda qanday rejalar borligini... Ammo ko'proq jiddiy "work mode" yoqilgan bo'ladi. Umuman olganda hozirgisi ham yaxshi.

Bularni aytib nima demoqchiman, jamoa muhiti qanchalik yaxshi bo'lsa, ishchi loyihaga shunchalik mehr bilan qarar ekan. Soft-skillar ham jamoada oshiriladi. Ishidan qoniqish hosil qilish ham ko'proq jamoaga bog'liq bo'lar ekan. Yaxshi jamoa - bu sizning dasturchi sifatida baxtingiz. :)

Shunaqa gaplar :)

@JoshDeveloper
πŸ‘68πŸ•Š12⚑9🀩6
Bugun YouTube tariximni ochsam, bir qancha o'zim ko'rmagan bema'ni va bekorchi chetel videolari bilan to'lib ketibdi. Hammasi oxirigacha ko'rilgan.

Hozirgacha bilganim, telefonimda qandaydir dasturlarda "Access" bor ekan akkountimga. Hammasini o'chirdim. Endi qayta tekshirib ko'ryapman. Hozircha yaxshi. Tahminimcha shu dasturlar qandaydir bot orqali boshqaryotgan ko'rinadi. Ammo qanday ? Android ishlataman. Umid qilaman Iphone bunday ko'ngli ochiqlik qilmaydi, o'tish niyatim bor.)

Sizlarni ham ogohlantirib qo'yay deb yozyapman, ushbu link orqali akkountingiz ruhsati bor qurilmalar va dasturlarni topsangiz bo'ladi. Keraksiz va ishonchsizlarini o'chirishni maslahat beraman.

@JoshDeveloper
🀨12😱6πŸ‘4⚑1🀯1
Josh*Developer
Bugun YouTube tariximni ochsam, bir qancha o'zim ko'rmagan bema'ni va bekorchi chetel videolari bilan to'lib ketibdi. Hammasi oxirigacha ko'rilgan. Hozirgacha bilganim, telefonimda qandaydir dasturlarda "Access" bor ekan akkountimga. Hammasini o'chirdim.…
UPDATE:
Tepada aytgan tahminim xato chiqdi. Kommentda bir do'stimiz aytgandek browserdagi extension bu ishni qilayotgan ekan. Bunga dalil ham topdim. Mendagi extension nomi "Volumix" edi. Shu o'lgur YouTubeda "fake" videolar ko'rayotgan ekan.

Sizda bo'lsa o'chiring. Ovozi past videolarni oshirishga ishlatar edim. Afsus.

Ishonchsiz extension ham boshga bitgan balo bo'lar ekan.

@JoshDeveloper
πŸ‘16πŸ‘9
Adobe kompaniyasi Figmani 20mlrd $ ga sotib olayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Figma ham pullik bo'lmasa bo'ldi 😒

Kuzatishda davom etamiz...

@JoshDeveloper
😒38πŸ‘3🀯3
Frontend bo'yicha 0 dan o'rganish istaki borlar uchun @nurmukhamedoff_dev aka onlayn kurs boshlabdilar.
Kimga qiziq bo'lsa, tavsiya qilaman.

Marhamat: https://t.iss.one/nurmukhamedoff_dev/965

@JoshDeveloper
πŸ‘14πŸ†3⚑1
Bugungi tanlovim 🌚

#weekend

@JoshDeveloper
😁62🐳17πŸ†6πŸ‘4🀩4⚑3πŸ’―3🀯2πŸ•Š2πŸ₯°1😱1
Forwarded from Abduaziz Ο€
​​πŸ₯š "self-hosting" kompilyatorlar πŸ”

G'alati ammo deyarli barcha duch kelgan mavzu.

Cpython(yoki python)ning 65%i python'da yozilgan ekan. Typescript'ning github sahifasiga kirib ko'rsangiz, yanada g'alati holatga duch kelasiz "typescript, 100% typescript'da yozilgan" (wasssup!) Tushunganingizdek post shu jarayonni to'liq yoritishga harakat qiladi.

Mantiqan imkonsiz, X paydo bo'lmasidan avval, yangi X'ni qanday qilib X'da yozilishi mumkin? Tovuq va tuxum bekorga emasda! Lekin miyani shishirib o'ylasa buning iloji bor, misol uchun siz birinchi robot "yasovchi" robotni ishlab chiqasiz. Keyin esa u ham o'ziga o'xshagan robot "yasovchi" robotlarni ishlab chiqaveradi. Bundan esa "robot yasovchi robot, robot yasovchi robot tomonidan yasaladi" degan falsafa paydo bo'ladi☠️ Vs-Code'ning yangi talqinini, eski talqinida kod yozib ishlab chiqish mumkin-ku! Birinchi qadam muhim, birinchi robotni aynan siz yasaysiz va eski || kuchsiz narsadan foydalanib kuchliroqini ishlab chiqish mumkin. O'zini-o'zi "yoza" oladigan ya'ni "self-hosting" kompilyatorlarda ham shu holat.

Ushbu bosh og'riq uchun boshida albatta bir til kerak bo'ladi. Tasavvur qiling, shunaqangi tosh davrida yashayapsizki sizda assemblerda yozishdan boshqa chora yo'q (xuddi GM'dek). Biror loyihani 0 dan assemblerda terib chiqish, umringizni qisqartirishdan boshqasiga yaramaydi. Keyin odam bolasi ishlata oladigan til ishlab chiqmoqchi bo'lasiz. "Ojayib", lekin birozdan so'ng yeb qo'yganingizni tushunasiz. Yangi til ishlab chiqmoqchi bo'lsangiz uni yana oxirigacha assemblerda terib chiqishingizga to'gri keladi (2 15 1 30). Sizda yangi "genialniy" g'oya bor. Umringizni 5-10 yilga qisqartirib, 1-2 oy ichida tilingizni (xlang deylik) 1- talqin(=versiya) kompilyatorini assemblerda yozib chiqasiz. Bu talqin juda sodda va keyingilari uchun asos vazifasini o'tab, tilning asosiy xususiyatlari, operatsion tizim va xotira bilan ishlash ko'nikmalarini ham qanchadur miqdorda o'z ichiga olgan bo'ladi. Demak xlang-1 tayyor unda kod yozish mumkin. Endi esa xlang-1 va qisman assemblerdan foydalanib yangi xlang-2 hisoblanmish yanada kuchliroq kompilyatorni ishlab chiqasiz. Har safar avvalgi kompilyatordan foydalanganingiz sari tilingizda assemblerning ulushini 0%ga intiladi, qaysidur talqinda tilingizni 100% o'z-o'zida yozib qo'yasiz πŸŽ‰ Post boshida keltirilgan TypeScript ham avval JavaScriptda ishlab chiqilgan edi. Yuqorida izohlab o'tilgan yangi kompilyatorni, eski talqinida yozish kabi jarayonlarning barchasi bootstraping deb nomlanadi.

Shaxsan, bu texnikani ko'pchilik bilgan ikki soqolli "brat"lar ko'proq qo'llagan deb bilaman. Ken Thompson bir kun B tilini ishlab chiqgan. Sintaksis biroz sodda, hisob-kitoblarga yaraydigan yaxshi til bo'lgan. Ammo Dennis Ritchie "brat"iga qarab UNIXni oxirigacha assemblerda terib chiqsang soqoling ichkariga qarab o'sadi, kel undan ko'ra xotira & "temir mashina" bilan ishlay oladigan til ishlab chiqaylik degan (sarkazm). So'ng, B'dan foydalanib C'ni yaratib qo'yishgan. Ammo C'ning o'rtada kichkina relizi bo'lganki aynan o'sha kompilyatordan foydalanib, ushbu ketma-ketlik asosida yangi kompilyatorlar yozilib borgan. Ushbu texnika odamzotni qanday muammolardan saqlab qolganini shunchaki tasavvur qilib ko'ring.

Sizda savol paydo bo'lishi mumkin, python C'ga, C esa self-hosting yoki boshqa balo-battarlarga, hammasi esa assemblerga asoslangan bo'lsin ammo assemblerning o'zichi ?! Javob: assembler 0 va 1 larga asoslangan. Ha, siz u vaqtda yuqoridagidek "xitrilik"(bootstraping, self hosting ...) qila olmas edingiz va MASHINA KODIdaπŸ”₯ yozishga shunchaki majbur bo'lgansiz. Ammo keyingi versiyalarida "xitrilik" ishlatilgan ya'ni assembler-2 uchun, assembler-1dan foydalanishgan ... Savolni 0 va 1 larga nisbatan qo'llaydigan bo'lsak, 0 va 1 larning kelib chiqishi elektronika va mikroprotsessorlarga borib taqaladi.

Mavzu juda keng, keyinroq albatta T-diagrammalarini o'rganing(shu yordamida tushunganman). Asosiy savolingizga javob topgan bo'lsangiz xursandman.

Foydali deb bilsangiz yaqinlaringizga ulashing.

@AbduazizPy
πŸ‘30🐳7πŸ”₯3πŸ†2🀯1πŸ•Š1
JavaScript qaysi biriga kiradi ?
Anonymous Quiz
38%
Compiled language
62%
Interpreted language
🀯8🀣7πŸ‘2🐳2πŸ₯±1πŸ†1
Tepadagi mavzu uchun yaxshi maqola πŸ‘‡

How does JavaScript and JavaScript engine work in the browser and node?

Boshingiz achib ketsa mandan emas πŸ™‚(hazil, tushunarli yozilgan ekan πŸ‘)


@JoshDeveloper
😁15πŸ‘8πŸ”₯3πŸ₯±2❀‍πŸ”₯1πŸ•Š1
Monday is hard day 🌚
🌚92🐳19😒16πŸ‘13🀨7πŸ₯±5🀣5⚑4❀‍πŸ”₯3πŸ’―3πŸ‘Œ2
Yechimi yo'q muommoni o'zi yo'q.

Avvalgi jamoamdagi menejerim shunday der edi. Juda qiyin vazifa tushib, qiynalib ketsam shu javobni olardim. Qo'shimchasiga yordam va boshqacha variantlar ham taklif qilardi.
O'ylab qarasam gapida jon bor ekan. Shu paytgacha qanday topshiriq olgan bo'lsam, Allohni izni bilan hammasiga yechim topilgan.

Faqat shu ba'zilari ko'proq vaqt va harakat talab qilardi. "Qotib" qolgan paytda yordam so'rash ham yaxshi chora(Albatta yaxshi qidiruvdan so'ng).
Agar katta va yuqori talabli kompaniyada ishlasangiz, qidiruv vaqti 4-5 soatdan o'tmasligi maslahat beriladi(buniyam hozirgi menejerim aytgan :D). Agar 4-5 soatda topilmasa, yo'nalish so'rab jamoadoshlaringizga yozsangiz bo'ladi.

Shunaqa gaplar ... :)

#maslahat

@JoshDeveloper
πŸ‘55πŸ•Š8🐳7πŸ‘Œ5⚑2πŸ†2❀1❀‍πŸ”₯1
Qiziq logika ekan πŸ™ƒ
Bunday holatga kam tushiladi aslida, ammo bilib qo'yish zarar qilmaydi.

#js

@JoshDeveloper
πŸ‘66⚑9πŸ†4πŸ”₯1
Dasturlashga kirishim va oilam sarmoyasi

Oilamiz biroz qiynalgan payti, ijara puli 400 000 so'm bo'lsa ham bazo'r to'laydigan ahvolda edik. O'rta ta'limimni bitirib, "oliy" ta'limga topshirgandim. 88.2 ball. Yiqildim. Qarasam maktabda tasavvur qilgan hayot kutganimdek emas ekan. Boshqa yiqilgan do'stlarim bir qarasangiz dalada, bir qarasangiz qurilishda ishlashga kirib ketishgan, juda ozchilik qayta ilm olishga qaytgan edi. Bunday ishlarni og'irligini ishlab ko'rib, totib ko'rib bo'lgandim. Ilm olmasam bo'lmasdi.
Shunday holatda paytim yaqin qarindosh akam dasturlashga qiziqtirgandi. Oilamiz o'sha ahvolda bo'lsa ham menga sarmoya ajratishga rozi bo'lishgan. Katta akam esa arzonroq kompyuter topib bergandi. U paytlar Chirchiq shaxrida turar edim. Dasturlash kurslari topa olmay, Toshkentga qatnashni boshlaganman. Har dars kuni 3 ta transport, salkam 20-30km yo'l. Kursning o'zi ijara puliga ketadigan summadan oshib ketayotgan edi.
Shu paytda eng yaqin do'stlarim bu ishim bo'lmasligini aytib tanqid qilishgandi. O'zim ham qiynalardim, o'zimni oilamga zarar keltirayotgandek his qilib...

Bu holatni ko'pchilik bilsa kerak. Oramizda ko'p insonlar ham xuddi shunday yo'llardan o'tishgan. Ilmning qiyinchilik davri.

Ammo, Allohga shukurki, bu qiyinchiliklar uzoqqa bormadi. Sekin-sekin harakatlarimizni samarasini Allohni izni bilan ko'ra boshladik. Hozir Alloh yetkazgan oylik daromadimga qarab(qanchaligini so'ramang iltimos πŸ˜„), buni orqasida juda ko'p insonlarni mehnati yotganini his qilib turaman. Shunday og'ir ahvolda ham sarmoya qilishga rozi bo'lgan oilam, shu sohaga qiziqtirgan va yordamchi bo'lganlar, hammasidan minnatdor bo'laman.

Alhamdulillah

Gapim so'ngida aytmoqchi bo'lgan gapim, oilangizni asrang. Sizga bergan sarmoyalarini bekorga sovurmasdan shukur qilib qattiq o'qing. Ularni bu vaqtda bergan sarmoyalari millionlardanda qimmatli va qadrli bo'ladi.
Qiyinchiliklar ham tugaydi inshaaAlloh.

Shunaqa gaplar ...πŸ™‚

@JoshDeveloper
πŸ†110πŸ‘61❀11🐳6😒5πŸ•Š4πŸ’―4⚑3❀‍πŸ”₯3πŸ‘2πŸ₯±1
Samarqand Davlat Universitetida "Dasturiy injenering" yo'nalishi 5-semestrdagi majburiy fanlar va soatlari ro'yhati.

Juda ajoyib-a ?!

Dasturchi kod yozayotganda falsafa juda kerakda, axir kodning qanday yozilayotganini falsafa orqali idrok etadi, his qiladi. Uning asosida nima yotibdi ? Nega kod mavjud ? Falsafa muhim!

Pedagoglik esa eng keraki. Axir ish topa olmasa o'qituvchi bo'ladi qo'yadi πŸ™‚ .

Yasha oliy ta'lim, Olg'a!

#tandiq #sarkazm

@JoshDeveloper
🀯57πŸ‘11πŸ₯±10🀣10😒6πŸ•Š3πŸ’―3❀2🐳2
Josh*Developer
FRONTINT - Frontend intervyularga tayyorgarlik kursi Huh, shunaqasi ham chiqdimi ? Ha, Frontend intervyulariga tayyorlanayotganlar uchun, barcha asosiy oson va qiyin turdagi Frontendga aloqador savollarga tayyorlash onlayn kursi ochildi. Kursda hozirda…
Esingizda bo'lsa FRONTINT - Frontend intervyularga tayyorgarlik kursi boshlangandi. Kecha birinchi dars tugadi va videosi yozib olindi. (Zoom orqali)

To'lov jarayoniga kelib ko'pchilik davom eta olmasligi aniq bo'lyapti.

Kimdir kech qoldim deb o'ylayotgan bo'lsa, kursga joylar bor. Birinchi dars videosi beriladi. Yoqsa to'lov qilib, darslarga qo'shilib ketsangiz bo'ladi.
Shoshiling.

Kurs haqida to'liq: FrontInt.uz
Bog'lanish uchun: @FrontIntAdmin

Faqat shunchaki birinchi darsni ko'rish uchun yozmang, niyatingiz bo'lmasa. Rozi emasman bunisiga !

@JoshDeveloper
πŸ‘23🀨3πŸ‘2😁1
Qachonki dasturlashga yangi kirgan shogirdingga "Ehtiyot bo'lib kod yoz" desang. πŸ˜„

#joke

@JoshDeveloper
🀣107😁20πŸ‘5⚑3🀯3πŸ•Š2🐳1
"Dasturlashni onlayn o’rganish haqida ovozli chat πŸŽ™" bo'layotgan ekan. Qiziq bo'lsa kirishni maslahat beraman.
Ertaga, 22:00 da ekan.

Link: https://t.iss.one/nizamoff/787

@JoshDeveloper
❀9πŸ”₯6🐳3πŸ‘2πŸ€”1
Hozirgina @brogrammist kanalidan chiqib, to'g'ri kanalga kirib, shu gaplarni yozayapman.

A'zo bo'lishga arziydigan kanal ekan. Shaxsan menga juda yoqdi. Shunday maqolalar yozadigan paytga kelgan edik o'zi, birinchi boshlab beribdilar chuqurroq kirishni.

JSchilar, Gooo πŸš€

@JoshDeveloper
πŸ‘17😁2πŸ‘Œ2
Forwarded from NuraTechGirl (UzTechGirl)
"UzTechGirls" β€” sizga web dasturlashning FrontEnd yo'nalishi bo'yicha 2 oy tahsil olish imkoniyatini beruvchi loyiha. Ayol-qizlarni texnologiya shiddat ila rivojlanish davrida bo'lgan bir paytda, davr talabi bo'lgan bilim, ko'nikma va zamonaviy kasblarga yo'naltirish uchun tuzilgan dastur.

Loyihaning manfaatli jihatlari:
- Dasturda qatnashish mutlaqo bepul.

- Siz darslarda istagan viloyatingiz, shahringizda turib qatnashishingiz mumkin. Darslar online ravishda o'tkaziladi.

- Bir guruhda 10tadan oshmagan ishtirokchi


β€’ Loyihaga 13-36 yosh oralig'ida barcha qiz-ayollar ariza topshirishlari mumkin.

β€’ Ishtirokchilar shaxsiy noutbukiga ega bo'lishi lozim.


Arizalar 2022-yilning 28-sentabr 22:00 gacha qabul qilinadiπŸ‘‡.

Hurmat bilan, @uztechgirls_academy

https://docs.google.com/forms/d/1hz7KLJ9zgP7Y05LCocqHmvNfGWWjY0CHsP_ni0ly-SA/viewform?edit_requested=true
πŸ‘5πŸ€”1🐳1