Josh*Developer
4.86K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
657 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim ๐ŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Inson qadri

Chet el kompaniyalarida guvoh bo'lgan eng yaxshi narsalarimdan biri, inson huquqlari va qadri balandligi.

Loyiha kelajagidan ko'ra ishchini qadri balandroq turadi. Eng kerakli joyda kasal bo'lsangiz ham, deyarli hech kim sizga norozi nazar bilan qaramaydi, tuzalib ket deyishadi.
Biror narsada muommoga duch kelsangiz, yordam berishi mumkin bo'lganlar hammasi oyoqqa tursa turadiki, e'tiborsiz qolinmaydi. Xatto dinimni ... Davomi

@JoshDeveloper
๐Ÿ”ฅ20๐Ÿ‘12โค1๐Ÿ˜ข1๐Ÿฅฑ1
Ishdagi yangiliklardan gapirsam.

Hozircha vazifalarni bajaryapman. Qo'shimcha, mentorim bilan keyingi daraja(Strong middle/Pre-senior)ga talab qilinadigan bilimlarni gaplashib oldik. Ularning ichida CI/CD ham bor ekan. Frontendchi sifatida bilishim kerak bo'lgan qismlarini bilar edim. Ammo, keyingi darajam uchun yana ham chuqurroq bilish talab qilinar ekan. Shu sabab Mentorim Udemy'dan Github actions orqali qilingan kurs linkini berdi(Bizga tekin bu kurs, maqtanib qo'yay ๐Ÿ˜„). Shuni o'rganishni boshlayapman hozirda InshaaAlloh.

Shunaqa gaplar :)

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘49๐Ÿ”ฅ20
Josh*Developer
FRONTINT - Frontend intervyularga tayyorgarlik kursi Huh, shunaqasi ham chiqdimi ? Ha, Frontend intervyulariga tayyorlanayotganlar uchun, barcha asosiy oson va qiyin turdagi Frontendga aloqador savollarga tayyorlash onlayn kursi ochildi. Kursda hozirdaโ€ฆ
Frontend intervyulariga tayyorgarlik kursimizga joylar va qabul tugashiga oz qoldi.

Qo'shilish istagi borlar frontint.uz saytimizdan ma'lumotlar bilan tanishib, aloqaga chiqishi mumkin.

Agar intervyulardan yiqilaverish yoqsa kursga qatnashish shart emas. ๐Ÿ˜‰

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘14๐Ÿ”ฅ6๐Ÿ˜2๐Ÿ‘1
Dasturchi bo'lishning yomon tomonlari

Har bir kasbning ustunlik va kamchiliklari bor. Dasturlashga kelsak, hamma yaxshi tomonlarini aytadiyu, ammo yomon tomonlarini aytmaydi. Bu to'g'ri emas. Biror kasb haqida ikki tomonlama fikr olib, keyin kirish to'g'ri menimcha.

Dasturchi bo'lishning o'zim bilgan yomon tomonlari quyidagilar:

1. Sog'liqqa yomon ta'siri.
Kun bo'yi kamharakatlik, kompyuterga ko'p qarash insonning sog'liqiga salbiy ta'sir ko'rsatmay qolmaydi. Buni bartaraf etish uchun muntazam harakatda bo'lish, ko'z mashqlari bilan shug'ullanish talab qilinadi. Hullas faol hayot tarzidan uzoqlashmaslik kerak.

2. "Hayot"dan uzoqlashish.
Ko'p insonlar dasturchi bo'lgandan so'ng, do'stlaridan, oilasidan, tashqaridagi mashg'ulotlardan uzoqlashadi. Barcha narsani onlaynlashtirishga harakat qiladi. Odamovi bo'lib qoladi. Ammo hamma ham emas. Bu insonning o'ziga qarab bo'ladigan narsa. Bu narsani oldini olish uchun, tashqari hayotga nimadirni bog'lashingiz kerak. Masalan qandaydir offlayn kurslarga qatnash, do'stlar bilan uchrashish, ilm suhbatlariga qatnashish va hkz.

3. Aqliy charchoq.
O'zim va boshqa yaqin dasturchilarning hayotidan olib aytadigan bo'lsam, bu sohada aqliy charchoq bo'lish darajasi juda katta. Agar ish va hayotda me'yorni saqlamasangiz, bu narsalar yig'ilib, oxiri "portlash"ingizga olib boradi. Ishingiz o'zingizga yoqmay qoladi. Charchoq ketguncha ham vaqt talab qiladi. Bunday bo'lmaslik uchun, ortiqcha ishlashdan chetlanish zarur. Me'yorni saqlash kerak.

Hayot faqat dasturlashdan iborat emas!

Yana bir yomon tomoni, ushbu postni "Share" qilishga ham dangasalik qiladigan bo'lib qolishadi. Buning davosi postni o'ng tomonida turgan samalyotga o'xshash tugmani bosib, kerakli chatlarni tanlab, yuborish tugmasini bosish ๐Ÿ˜‰
๐Ÿ˜„

#maslahat

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘48๐Ÿ˜18๐Ÿณ12โšก5๐Ÿ”ฅ3
Dasturchilar kuni ๐Ÿฅณ

Har yilning 256-kuni dasturchilar kuni sifatida nishonlanadi.

Ertaga yilning shu kuni. Demak ertaga bizning kunimiz ๐Ÿ˜„

Tabriklayman hurmatli dasturchilar. Dasturingiz hardoim bittada ishlab ketishini, testlar hardoim yashil bo'lishini, darajangiz senior+ bo'lishini, bug'lar chiqmasligini, chiqsa ham tez javobini topishingizni tilayman. ๐Ÿ˜„

Dasturchi va o'zini dasturchiman deb o'ylaydiganlarni tabriklashni unutmang. ๐ŸŽŠ

Dasturchilar kuni bilan ๐Ÿ˜‰

Nega bir kun oldin tabrikladim, kim topadi ?))

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘57๐Ÿณ13๐ŸŽ‰7๐Ÿ”ฅ5โšก4๐Ÿคฉ3๐Ÿฅฑ3๐Ÿ˜2โค1
Netco telecom ๐Ÿ‘Ž

Shuncha muddat indamay yurgandim. Oxiri bugun chidab turolmadim. Bir ish kunligimni yeyishdi bular.
Aynan bizni rayon(Mirzo Ulugbek)da abetdan beri internet ishlamaydi. Operatorga bog'lanish uchun esa 20 daqiqalab kutish kerak. Bog'lansam ham bir xil javob, "sizni rayonizda texnik ishlar olib borilmoqda". 3 oydan beri qanday texnik ish olib borilar ekan.

Oxirgi 3oyda juda ko'p takrorlandi internet uzulishlari. Jim yurdim sabr qilib. Ammo bugun oshib tushdi.

Ko'chada odamlarga reklamasini tarqatishdan avval bizni rayonni muommosini hal qilishsa bo'lardi.
Qancha inson internetda ishlaydi.
Hardoim ham telefonidan yoki ofisiga borib ishlay olmaydi. Bo'lmasa wifi nega kerak o'zi ? Chetellik hamkasblarimga internetdan muommo bo'lyapti deb charchadiku odam !

Rasmiy javob bo'larmikin bunga ?
Ko'ramiz qanchalik harakat qilishar ekan.

#tanqid !

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘33๐Ÿ˜ข12๐Ÿคฏ6๐Ÿคฉ2๐Ÿ†2๐Ÿ˜ฑ1
Josh*Developer
FRONTINT - Frontend intervyularga tayyorgarlik kursi Huh, shunaqasi ham chiqdimi ? Ha, Frontend intervyulariga tayyorlanayotganlar uchun, barcha asosiy oson va qiyin turdagi Frontendga aloqador savollarga tayyorlash onlayn kursi ochildi. Kursda hozirdaโ€ฆ
FRONTINT - Frontend intervyularga tayyorgarlik kursiga joylar 5 ta qoldi. ๐Ÿ™‚

Qo'shilsammikin deb o'ylanib yurganlar bo'lsa bemalol qo'shilavering, qarshi emasman ๐Ÿ˜„

InshaaAlloh juda manfaatli kurs bo'lishiga harakat qilamiz. )

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘10๐Ÿณ5๐Ÿ”ฅ3
Ha, o'qishga kirganlar, qalay ekan ?

TATUni ba'zi filiallari forma so'rab trendga chiqibdimi ? ๐Ÿ‘€ Yoki hammasi ham shu ahvolmi ?

Oddiy ro'moldan bombadek qo'rqadigan qo'rqoqlar haliyam bor deb eshitdim, rostmi ? ๐Ÿ‘‚

O'qiy deb kirganlar, qalay ekan bizdagi OTM ?

Bir dardlashing, komment ochiq ๐Ÿ˜„

@JoshDeveloper
๐Ÿ˜30๐Ÿ˜ข9๐Ÿ‘7๐Ÿ”ฅ5โค3๐Ÿคฏ2๐Ÿคจ2
Yaxshi jamoa

Bugun negadir, EPAMdagi jamoamni esladim va hozirgisi bilan taqqoslab ko'rdim. Quyida ikkisi haqida yozmoqchiman.

EPAM'da ishlagan paytim ham hozirgidek global jamoa edi. Turli xil davlatlardan.
EPAM'dagi jamoayim kichikroq edi hozirgidan. Hamma o'z ishini qilar, muommo bo'lsa hamma yordamga shay edi. Eng yoqimlisi, juda inoq va hazilkash jamoa edik. Xohlagan mavzuyimizda soatlab gaplashib o'tira oladigan darajada. Ishni ham o'z o'rnida qilardik. Ba'zida, kunlik meetinglar ishdan tashqari qiziqarli gaplar bilan boshlanar va hazillashib "Keling ish haqida ham ozgina gaplashib olaylik, keyin yana davom etamiz" deb hazillashardik ๐Ÿ˜„. Xatto, jamoaga endi qo'shilganimizda, umuman kulmasa kerak deb o'ylagan dasturchimiz ham vaqt o'tib o'zi hazillashadigan bo'lib ketgandi ๐Ÿ˜„.
EPAMdan ketayotganimda eng qiynalgan qarorim jamoani tark etish edi. Juda o'zimni boshqacha his qilganman. Ammo ketishimidan ko'pchilik xafa bo'lishga qaramay, dasturchi sifatida doim ham bir jamoada ishlamasligim aniq va bunga ko'nikishim kerak edi. Shunday ham qildim.

Hozirgi jamoayim ham yaxshi. Ko'proq dushanba va juma kunlari Weekend haqida gaplashamiz. Kim qanday o'tkazganini yoki kimda qanday rejalar borligini... Ammo ko'proq jiddiy "work mode" yoqilgan bo'ladi. Umuman olganda hozirgisi ham yaxshi.

Bularni aytib nima demoqchiman, jamoa muhiti qanchalik yaxshi bo'lsa, ishchi loyihaga shunchalik mehr bilan qarar ekan. Soft-skillar ham jamoada oshiriladi. Ishidan qoniqish hosil qilish ham ko'proq jamoaga bog'liq bo'lar ekan. Yaxshi jamoa - bu sizning dasturchi sifatida baxtingiz. :)

Shunaqa gaplar :)

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘68๐Ÿ•Š12โšก9๐Ÿคฉ6
Bugun YouTube tariximni ochsam, bir qancha o'zim ko'rmagan bema'ni va bekorchi chetel videolari bilan to'lib ketibdi. Hammasi oxirigacha ko'rilgan.

Hozirgacha bilganim, telefonimda qandaydir dasturlarda "Access" bor ekan akkountimga. Hammasini o'chirdim. Endi qayta tekshirib ko'ryapman. Hozircha yaxshi. Tahminimcha shu dasturlar qandaydir bot orqali boshqaryotgan ko'rinadi. Ammo qanday ? Android ishlataman. Umid qilaman Iphone bunday ko'ngli ochiqlik qilmaydi, o'tish niyatim bor.)

Sizlarni ham ogohlantirib qo'yay deb yozyapman, ushbu link orqali akkountingiz ruhsati bor qurilmalar va dasturlarni topsangiz bo'ladi. Keraksiz va ishonchsizlarini o'chirishni maslahat beraman.

@JoshDeveloper
๐Ÿคจ12๐Ÿ˜ฑ6๐Ÿ‘4โšก1๐Ÿคฏ1
Josh*Developer
Bugun YouTube tariximni ochsam, bir qancha o'zim ko'rmagan bema'ni va bekorchi chetel videolari bilan to'lib ketibdi. Hammasi oxirigacha ko'rilgan. Hozirgacha bilganim, telefonimda qandaydir dasturlarda "Access" bor ekan akkountimga. Hammasini o'chirdim.โ€ฆ
UPDATE:
Tepada aytgan tahminim xato chiqdi. Kommentda bir do'stimiz aytgandek browserdagi extension bu ishni qilayotgan ekan. Bunga dalil ham topdim. Mendagi extension nomi "Volumix" edi. Shu o'lgur YouTubeda "fake" videolar ko'rayotgan ekan.

Sizda bo'lsa o'chiring. Ovozi past videolarni oshirishga ishlatar edim. Afsus.

Ishonchsiz extension ham boshga bitgan balo bo'lar ekan.

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘16๐Ÿ‘9
Adobe kompaniyasi Figmani 20mlrd $ ga sotib olayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Figma ham pullik bo'lmasa bo'ldi ๐Ÿ˜ข

Kuzatishda davom etamiz...

@JoshDeveloper
๐Ÿ˜ข38๐Ÿ‘3๐Ÿคฏ3
Frontend bo'yicha 0 dan o'rganish istaki borlar uchun @nurmukhamedoff_dev aka onlayn kurs boshlabdilar.
Kimga qiziq bo'lsa, tavsiya qilaman.

Marhamat: https://t.iss.one/nurmukhamedoff_dev/965

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘14๐Ÿ†3โšก1
Bugungi tanlovim ๐ŸŒš

#weekend

@JoshDeveloper
๐Ÿ˜62๐Ÿณ17๐Ÿ†6๐Ÿ‘4๐Ÿคฉ4โšก3๐Ÿ’ฏ3๐Ÿคฏ2๐Ÿ•Š2๐Ÿฅฐ1๐Ÿ˜ฑ1
Forwarded from Abduaziz ฯ€
โ€‹โ€‹๐Ÿฅš "self-hosting" kompilyatorlar ๐Ÿ”

G'alati ammo deyarli barcha duch kelgan mavzu.

Cpython(yoki python)ning 65%i python'da yozilgan ekan. Typescript'ning github sahifasiga kirib ko'rsangiz, yanada g'alati holatga duch kelasiz "typescript, 100% typescript'da yozilgan" (wasssup!) Tushunganingizdek post shu jarayonni to'liq yoritishga harakat qiladi.

Mantiqan imkonsiz, X paydo bo'lmasidan avval, yangi X'ni qanday qilib X'da yozilishi mumkin? Tovuq va tuxum bekorga emasda! Lekin miyani shishirib o'ylasa buning iloji bor, misol uchun siz birinchi robot "yasovchi" robotni ishlab chiqasiz. Keyin esa u ham o'ziga o'xshagan robot "yasovchi" robotlarni ishlab chiqaveradi. Bundan esa "robot yasovchi robot, robot yasovchi robot tomonidan yasaladi" degan falsafa paydo bo'ladiโ˜ ๏ธ Vs-Code'ning yangi talqinini, eski talqinida kod yozib ishlab chiqish mumkin-ku! Birinchi qadam muhim, birinchi robotni aynan siz yasaysiz va eski || kuchsiz narsadan foydalanib kuchliroqini ishlab chiqish mumkin. O'zini-o'zi "yoza" oladigan ya'ni "self-hosting" kompilyatorlarda ham shu holat.

Ushbu bosh og'riq uchun boshida albatta bir til kerak bo'ladi. Tasavvur qiling, shunaqangi tosh davrida yashayapsizki sizda assemblerda yozishdan boshqa chora yo'q (xuddi GM'dek). Biror loyihani 0 dan assemblerda terib chiqish, umringizni qisqartirishdan boshqasiga yaramaydi. Keyin odam bolasi ishlata oladigan til ishlab chiqmoqchi bo'lasiz. "Ojayib", lekin birozdan so'ng yeb qo'yganingizni tushunasiz. Yangi til ishlab chiqmoqchi bo'lsangiz uni yana oxirigacha assemblerda terib chiqishingizga to'gri keladi (2 15 1 30). Sizda yangi "genialniy" g'oya bor. Umringizni 5-10 yilga qisqartirib, 1-2 oy ichida tilingizni (xlang deylik) 1- talqin(=versiya) kompilyatorini assemblerda yozib chiqasiz. Bu talqin juda sodda va keyingilari uchun asos vazifasini o'tab, tilning asosiy xususiyatlari, operatsion tizim va xotira bilan ishlash ko'nikmalarini ham qanchadur miqdorda o'z ichiga olgan bo'ladi. Demak xlang-1 tayyor unda kod yozish mumkin. Endi esa xlang-1 va qisman assemblerdan foydalanib yangi xlang-2 hisoblanmish yanada kuchliroq kompilyatorni ishlab chiqasiz. Har safar avvalgi kompilyatordan foydalanganingiz sari tilingizda assemblerning ulushini 0%ga intiladi, qaysidur talqinda tilingizni 100% o'z-o'zida yozib qo'yasiz ๐ŸŽ‰ Post boshida keltirilgan TypeScript ham avval JavaScriptda ishlab chiqilgan edi. Yuqorida izohlab o'tilgan yangi kompilyatorni, eski talqinida yozish kabi jarayonlarning barchasi bootstraping deb nomlanadi.

Shaxsan, bu texnikani ko'pchilik bilgan ikki soqolli "brat"lar ko'proq qo'llagan deb bilaman. Ken Thompson bir kun B tilini ishlab chiqgan. Sintaksis biroz sodda, hisob-kitoblarga yaraydigan yaxshi til bo'lgan. Ammo Dennis Ritchie "brat"iga qarab UNIXni oxirigacha assemblerda terib chiqsang soqoling ichkariga qarab o'sadi, kel undan ko'ra xotira & "temir mashina" bilan ishlay oladigan til ishlab chiqaylik degan (sarkazm). So'ng, B'dan foydalanib C'ni yaratib qo'yishgan. Ammo C'ning o'rtada kichkina relizi bo'lganki aynan o'sha kompilyatordan foydalanib, ushbu ketma-ketlik asosida yangi kompilyatorlar yozilib borgan. Ushbu texnika odamzotni qanday muammolardan saqlab qolganini shunchaki tasavvur qilib ko'ring.

Sizda savol paydo bo'lishi mumkin, python C'ga, C esa self-hosting yoki boshqa balo-battarlarga, hammasi esa assemblerga asoslangan bo'lsin ammo assemblerning o'zichi ?! Javob: assembler 0 va 1 larga asoslangan. Ha, siz u vaqtda yuqoridagidek "xitrilik"(bootstraping, self hosting ...) qila olmas edingiz va MASHINA KODIda๐Ÿ”ฅ yozishga shunchaki majbur bo'lgansiz. Ammo keyingi versiyalarida "xitrilik" ishlatilgan ya'ni assembler-2 uchun, assembler-1dan foydalanishgan ... Savolni 0 va 1 larga nisbatan qo'llaydigan bo'lsak, 0 va 1 larning kelib chiqishi elektronika va mikroprotsessorlarga borib taqaladi.

Mavzu juda keng, keyinroq albatta T-diagrammalarini o'rganing(shu yordamida tushunganman). Asosiy savolingizga javob topgan bo'lsangiz xursandman.

Foydali deb bilsangiz yaqinlaringizga ulashing.

@AbduazizPy
๐Ÿ‘30๐Ÿณ7๐Ÿ”ฅ3๐Ÿ†2๐Ÿคฏ1๐Ÿ•Š1
JavaScript qaysi biriga kiradi ?
Anonymous Quiz
38%
Compiled language
62%
Interpreted language
๐Ÿคฏ8๐Ÿคฃ7๐Ÿ‘2๐Ÿณ2๐Ÿฅฑ1๐Ÿ†1
Tepadagi mavzu uchun yaxshi maqola ๐Ÿ‘‡

How does JavaScript and JavaScript engine work in the browser and node?

Boshingiz achib ketsa mandan emas ๐Ÿ™‚(hazil, tushunarli yozilgan ekan ๐Ÿ‘)


@JoshDeveloper
๐Ÿ˜15๐Ÿ‘8๐Ÿ”ฅ3๐Ÿฅฑ2โคโ€๐Ÿ”ฅ1๐Ÿ•Š1
Monday is hard day ๐ŸŒš
๐ŸŒš92๐Ÿณ19๐Ÿ˜ข16๐Ÿ‘13๐Ÿคจ7๐Ÿฅฑ5๐Ÿคฃ5โšก4โคโ€๐Ÿ”ฅ3๐Ÿ’ฏ3๐Ÿ‘Œ2
Yechimi yo'q muommoni o'zi yo'q.

Avvalgi jamoamdagi menejerim shunday der edi. Juda qiyin vazifa tushib, qiynalib ketsam shu javobni olardim. Qo'shimchasiga yordam va boshqacha variantlar ham taklif qilardi.
O'ylab qarasam gapida jon bor ekan. Shu paytgacha qanday topshiriq olgan bo'lsam, Allohni izni bilan hammasiga yechim topilgan.

Faqat shu ba'zilari ko'proq vaqt va harakat talab qilardi. "Qotib" qolgan paytda yordam so'rash ham yaxshi chora(Albatta yaxshi qidiruvdan so'ng).
Agar katta va yuqori talabli kompaniyada ishlasangiz, qidiruv vaqti 4-5 soatdan o'tmasligi maslahat beriladi(buniyam hozirgi menejerim aytgan :D). Agar 4-5 soatda topilmasa, yo'nalish so'rab jamoadoshlaringizga yozsangiz bo'ladi.

Shunaqa gaplar ... :)

#maslahat

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘55๐Ÿ•Š8๐Ÿณ7๐Ÿ‘Œ5โšก2๐Ÿ†2โค1โคโ€๐Ÿ”ฅ1
Qiziq logika ekan ๐Ÿ™ƒ
Bunday holatga kam tushiladi aslida, ammo bilib qo'yish zarar qilmaydi.

#js

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘66โšก9๐Ÿ†4๐Ÿ”ฅ1