Josh*Developer
4.86K subscribers
420 photos
38 videos
12 files
656 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
JavaScript, TypeScript, ReactJS, Angular, VueJS, NodeJS, Python.

Agar ushbu texnologiyalardan intervyuga tayyorlanayotgan bo'lsangiz, quyidagi manbalar sizga inshaaAlloh manfaatli bo'ladi:

JavaScript
1. JavaScript interview questions and answers

TypeScript
1. TypeScript interview questions and answers

ReactJS
1. ReactJS interview questions and answers

Angular
1. Angular interview questions and answers

VueJS
1. VueJS interview questions and answers

NodeJS
1. NodeJS interview questions and answers

Python
1. Python interview questions and answers

Alloh manfaatli qilsin.

Boshqalarga ham tarqatishni unutmang. )

Post qayta ulashildi.

@JoshDeveloper
πŸ‘46πŸ”₯7πŸ‘Œ4πŸ’”1
Shanba taasurotlari

Ajoyib bo'lgan stol tennisdan so'ng, kechqurun EPAMda ishlagan ba'zi yaqinlarim bilan birga o'tirdik.

Sog'inibdi odam ularni ham 😒

@JoshDeveloper
πŸ”₯27πŸ‘19❀6😒1πŸ₯±1
Qani kim o'qishga kiribdi ?

Kirganlarni tabriklayman. Alloh xayrli qilsin.

Kirolmaganlar xafa bo'lmasin. Alloh bizga nima yaxshiligini biladi. Alloh bir yo'lni yopsa boshqasini ochadi inshaaAlloh. Harakatdan to'xtamang πŸ’ͺ. Xafa bo'lishga arzimaydi. Ayniqsa O'zbekistondagi o'qishlar bo'lsa πŸ˜„
Alloh sizga ham xayrli qilsin buni. 🀲


@JoshDeveloper
πŸ‘44πŸ•Š6❀5πŸ‘Œ1πŸ†1
Ha aytgancha, men ham o'qishdan yiqilganman πŸ˜„πŸ˜’

*
*
*

@JoshDeveloper
😁52❀4🀣4πŸ‘3πŸ”₯1
Onlayn kursmi oflayn kursmi ?

Ko'pchilik so'rar edi, onlayn kurslardan dasturlashni o'rganish kerakmi yoki oflayn borib o'rganaymi ustoz bilan deb.

Mening javobim:
- Agar sizda intizom rivojlangan bo'lsa va yo'nalishingizni aniq qilib olgan bo'lsangiz, bemalol onlayn kurslarni olsangiz va o'qisangiz bo'ladi. Eng tezi shu. O'zingizni boshqarib, birhil tempda o'rgana olsangiz albatta. Unday bo'lmasachi ? Unday bo'lmasa o'zingizga mentor topib ham onlayn o'rgansangiz bo'ladi. Ya'ni u sizga yo'l-yo'riqlarni ko'rsatib turadi. Darsingizni topshirib turasiz. Chalg'ib ketishlar uncha kuzatilmaydi shunda.

- Agar imkoniyatingiz oflayn darslarga yetsa, vaqtingiz ham yetsa, oflayn darslar ham juda foydali va samarali. Ustoz bilan birgalikda, yonma-yon do'stlar bilan birga o'rganishga nima yetsin. Ammo sekinroq bo'lishi mumkin. So'ng ham qiynalasiz, chunki kurslar butun umr bo'lmaydi. Baribir onlayn o'rganishga to'g'ri keladi. Shunda qiynalib qolishingiz mumkin. Oflayn kurslarni yosh yoki intizomi kamroq insonlarga qattiq maslahat beraman. Adashib ketish ham kam kuzatiladi bunday kurslarda.

Xulosa shuki, o'zingizga qaysi biri mos tuyulsa va shunda o'zingizni erkin tuta olsangiz, shuni tanlashni maslahat beraman.
Shaxsan o'zim boshlashga oflaynda boshlab, so'ngra onlayn o'zim o'rganishga o'tganman. Mentorim bo'lmagani sabab ko'p adashganimni ham ta'kidlashim kerak. Vaqt ham yutqazganman shu sabab. Ammo aniq maqsadli paytim 6 oylik narsani 1-2 oyda bemalol o'zim onlayn o'rgana olishim borligi ham bor. πŸ™‚

Qaror o'zingizdan.

#maslahat

@JoshDeveloper
πŸ‘23πŸ‘7
Odil aka Nizamov Najot ta'limga intervyu beribdilar.

Ko'ramizmi ? πŸ˜‰

Video linki: https://www.youtube.com/watch?v=LqBk9viVo_A

@JoshDeveloper
πŸ‘14πŸ”₯8❀1
Azizlar fikringiz qiziq.

Kanal yuritish uslubim, kamchiliklar va maslahatlarni aytishingizni xohlar edim. Mavzudan tashqariga (offtopic) chiqishlar ko'p kuzatilyaptimi ? Qanchalik yomon ? ... va hkz.

Fikr qoldirsangiz ,
Shu orqali ushbu kanalimizni yanada rivojlanishiga sabab bo'lasiz.

@JoshDeveloper
πŸ‘32🀣5😒4
"Feedback session"da qatnashgan barchaga rahmat.

Undan oladigan xulosam shuki:

- Kanalda texnik mavzularga e'tiborni kuchaytirish kerak.
- Maqolalar yozishni davom ettirish kerak.
- Offtopic postlarni kamroq tashlash kerak (Baribir orada offtopic bo'ladi!)
- Kanal obunachilari hisobiga 100$'dan o'tkazib berish kerak.(Hazil hazil πŸ˜„)

Rahmat barchaga, amal qilishga harakat qilaman bularga. Oxirgisiga teskarisiga amal qilsak roziman. πŸ˜„

@JoshDeveloper
😁30πŸ‘7πŸ’”6πŸ₯±4
JavaScript bo'yicha qanday kitob o'qigansiz deyishadi.

To'g'risin aytsam o'qimaganman to'liq hech qanday kitobni. JavaScript.info dan ko'p foydalanganman. Shuningdek videodarslar...

Ammo kitob o'qimoqchi bo'lsangiz va boshlang'ich bo'lsangiz: "Eloquent JavaScript" kitobini,

Boshlang'ichdan tepada bo'lsangiz "JavaScript The Definitive Guide" kitobini maslahat beraman.

O'zbekistonda ba'zi onlayn kitob do'konlaridan buyurtma qilsangiz bo'ladi.

#maslahat

@JoshDeveloper
πŸ‘23🐳8πŸ”₯1
FAANG - KIRISH

Khamidulla Inoyatov hamda Azimjon Pulatov bilan birgalikda ko’plab dasturchilar orzu qiladigan gigant kompaniyalarga ishga kirish haqida katta masshtabdagi ovozli chatimiz bo’lib o’tadi.

⏳ BUGUN 19:00 DA

πŸ‘‰ @mabrur_dev
πŸ‘19πŸ”₯5πŸ‘2
Mabrur - IT Blog πŸ‡΅πŸ‡Έ
FAANG - KIRISH Khamidulla Inoyatov hamda Azimjon Pulatov bilan birgalikda ko’plab dasturchilar orzu qiladigan gigant kompaniyalarga ishga kirish haqida katta masshtabdagi ovozli chatimiz bo’lib o’tadi. ⏳ BUGUN 19:00 DA πŸ‘‰ @mabrur_dev
Ushbu suhbatni namozxonlarimizni hisobga olib 30 daqiqa oldinga surishdi.
Alloh rozi bo'lsin ulardan.

Adashib ertaroq kirib yurmang. Ha yana, suhbat meni kanalimda bo'lmaydi. Tepadagi post "forward" qilingan. Kommentga kirib suhbat qani deb so'kib ham yurmang. πŸ˜„

Lekinchi, suhbatni yomoni bo'lsa kerak Xudo xohlasa. πŸ”₯

Omad.

@JoshDeveloper
πŸ”₯29πŸ‘11
CSS'da narsalarni oxiri o'rtaga olib kelishni o'rganib olibdi πŸ˜„.

#joke

@JoshDeveloper
😁68πŸ’”10πŸ‘6😱4😒1
Frontend intervyularga tayyorlanish, savollarga javoblar va nega unday ekanligini o'rgatadigan onlayn kurs qilsam nima deysiz ?

Kurs narxi o'rtacha bo'ladi, haftada 2 yoki 3 kun 1-2 soatdan. Davomiyligi tahminan 2-3 oy. Asosiy e'tibor nazariyani kuchaytirish (amaliy ishlar orqa fonda olib borilaveradi). Kursda HTML CSS JS va bonusga TS savollariga javoblar ustida ishlaymiz. Umumiy frontend savollari ham bo'ladi.

Qo'shilgan bo'larmidingiz ?
+ qoldiring.

Fikrlaringizni ham qoldiring.

Ko'pchilikka yoqsa, e'lon va shartlarni kanalda chiqaraman inshaaAlloh

@JoshDeveloper
πŸ‘42❀‍πŸ”₯6❀3πŸ”₯2
O'zbekistonga chet kompaniyalarining qiziqishi ortib bormoqda.

Bugun menga Germaniyadan chiqishdi LinkedIndan. Demak ularni remote bozoriga ham kirishni boshlayapmiz dedim o'zimcha.
O'sib borayotganimizdan esa juda hursandman.

@JoshDeveloper
πŸ”₯56πŸ‘17πŸ†10
Angular'ni o'rganaman deganlar uchun avval o'quvchilarga o'tgan darslarimni videolari bor. TypeScript ham o'rgatilgan.
Angular 31 ta dars.
TS 7 ta dars.
Darslar 40-80 daqiqadan tahminan.
Narxi 400 000 so'm.

Ko'pchilik o'zbekcha to'liq darslik qidirib topolmaydi, shu sabab reklom qildimda πŸ˜„

Olish niyati borlar kommentga niyatini yozsin, o'zim aloqaga chiqaman inshaaAlloh.

@JoshDeveloper
πŸ”₯12πŸ‘10
-Dasturchilarni yo'ldan uradiganlarni nima deb ataysiz ?

- Recruiter'lar! πŸ˜„


#Joke

@JoshDeveloper
😁36🐳11πŸ‘8😱2🌚2🀯1
Channel photo updated
Qora rangga o'tamizmi ? πŸ˜‰

πŸ™‚

@JoshDeveloper
πŸ‘72πŸ”₯14⚑12❀7πŸ₯±3πŸ•Š2😍2❀‍πŸ”₯1πŸŽ‰1
"IT blog ochsammi ? Boshqa mavzulardachi ?" deb o'zingizga savol beryapsizmi ?

Here is my maslahat:
Agar bilimingiz ulashishga yetadigan darajada bo'lsa, albatta ochishingiz mumkin. Bilim ulashish jarayonida o'zingiz ham ancha narsani o'rganasiz. Shaxsan o'zim ham maqola yozish jarayonida ba'zan yangi ilmlarni o'zim uchun kashf qilardim.
Shunday ekan, o'z blogingizni ochishni maslahat beraman. Sharti shuki, boshqalarga noto'g'ri ma'lumot bermaslik. Ilmingiz bo'lmasdan harxil narsalar joylashingiz ham to'g'ri emas.
Shu sabab ilmingiz birovlarga noto'g'ri ma'lumot beradigan darajada bo'lsa boshlamang. Undan ko'ra o'qing. Ammo, o'zingizni xohishingiz.
Shuni ham bilishingiz kerakki, blog yuritish ba'zida ko'p kuch va vaqt talab qiladi. Shunga ham tayyor bo'ling.

IT'dan tashqari mavzularda ochilgan kanallar haqida fikrim yo'q, foydali kanal bo'lsa bemalol(bema'ni, bekorchi kanallar bo'lmasa bo'ldi). Ammo diniy va sog'liqqa aloqador kanallarni ochishga ehtiyot bo'ling. Ilmingiz yetarli darajada bo'lmasa qo'lingizni uchini ham tegizmang bunday mavzularga. Biri orqali oxiratinginizni va insonlar oxiratlarini kuydirishingiz mumkin. Ikkinchisi orqali kimnidir sog'liqiga zarar yetkazadigan postlar chiqarib qo'yishingiz mumkin. Tag'in ertaga palatada kimdir sizni qarg'ab yotmasin πŸ˜„

@JoshDeveloper
πŸ‘26⚑3πŸ€”3πŸ”₯2πŸ‘Œ2😁1
IMG_20220903_000246_512.jpg
20.2 KB
Ushbu kommentni qarang.

Vue, React va Angular haqida ajoyib o'xshatish bo'libdimi ? πŸ˜‰

#otvet

@JoshDeveloper
πŸ”₯22πŸ‘3😁2πŸ€”2