Josh*Developer
4.86K subscribers
420 photos
38 videos
12 files
656 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Eslatib o'taman, ertaga soat 20:30 da EPAM va ITransition kompaniyalarida ishlash haqida gaplashamiz.
InshaaAlloh

Unutmang 😉

@JoshDeveloper
👏39👍20🔥4
Bugungi suhbatda nimalarni gaplashamiz ?

1️⃣ EPAM va ITransition haqida umumiy ma'lumot.
2️⃣ Internship'ga kirish (Stajyorlikka kirish).
3️⃣ O'sish.
4️⃣ O'zim bu ikki kompaniyaga qanday kirganim.

Savollaringiz yuqorida birinchi qilingan e'lon kommentiga qoldiring.

Share ✈️

@JoshDeveloper
👍32🐳158🔥5👏1
Live stream started
Live stream finished (45 minutes)
Suhbat tugadi. Yaxshi bo’ldi. (deb umid qilaman)

Ertaga suhbat audiosini linklarga ajratib, kerakli manbalar bilan birga yuboraman inshaaAlloh.

Qatnashgan barchaga rahmat.

@JoshDeveloper
👍826👏5🤬5🔥4🎉4❤‍🔥1
EPAM va ITransition
Josh*Developer
EPAM va ITransition haqida va bu kompaniyalarda ishlash.

00:23 - Mavzular ro'yhati
02:08 -Ikki kompaniya haqida umumiy ma'lumotlar
03:44 - Ofislari qayerlarda joylashgan
05:02 - Ustunlik va kamchiliklari
12:47 - Internship (Stajyorlik)
16:02 - O'sish jarayoni. Bilim va daraja oshirish.
18:54 - O'zim buyerlaga qanday kirganman ?
24:52 - Qaysi kompaniya maslahat beraman ?
27:33 - Savollar qismi

Siz qidirayotgan mavzu buyerda 🙂:
06:06 - Oylik 💸

Internship'ga qayerlardan topshirish bo'yicha linklarni komment qismida qoldiraman.

@JoshDeveloper
🔥25👍17😁4🤯2❤‍🔥1
Forwarded from Khumoyun Codes
Pul motivatsiya bo‘la oladimi?

Ko‘pchilik ikki-uch kun oldin ko’targan mavzu haqida yozish endi xayolimga keldi, o‘zimning va atrofimdagilarning karyerasidan kelib chiqib o‘z fikrimni bildirishga qaror qildim. Fikrimni cho‘zmasdan aniq qilib aytaman, PUL motivatsiya BO‘LA OLADI! Lekin, o‘rganishni boshlashda motivatsiyalardan biri bo‘lishi mumkin, shu bilan birgalikda yaxshi ish o‘rni, kafolatlangan oylik va bir “stol”ning egasi bo‘lish ham motivatsiya bo‘lishi mumkin.

O‘zimdan kelib chiqib gapiraman, oilada 4 ta aka ukamiz, ota-onam OTMlarni yakunlashmagan, yaʼni “ziyolilar” oilasida tug‘ilmaganman. Lekin sobiq ittifoq paytida hozirgi o‘rta-maxsus taʼlim kollejlariga to‘g‘ri keladigan o‘quv muassasalarini bitirib o‘z kasblarini topib ishlashgan. Ammo katta oilani va ro‘zg‘orni eplash uchun, qulupnay, atirgul, pomidor va bodring ekib, fermerlik orqali hozirgi darajamizga yetib kelganmiz. Ota-onamning bizni ilmga mehr qo‘yishimizga, asosiy sabab qilib ko‘rsatishgan narsalardan biri, yaxshi ish o‘rni. Issiqda ularga o‘xshab dalada ishlamasligimiz uchun, sovuqda issiq ish o‘rnini egasi bo‘lishimiz uchun bizga tog‘ri motivatsiya berishgan. Kasb tanlashda moddiy tomonga eʼtibor berish  va agar bu motivatsiya noto‘g‘ri bo‘lganda, men sizlarni qarshingizda turmagan bo‘lardim.

Oramizda ota-onasi va oilasiga yordam berish uchun o‘qib, ilm o‘rganayotganlar kam bo‘lmasa kerak. Otangizni 12 soatlik smenalardan va sovuq o‘lkalarda qurilishdagi ishdan, onangizni ishlaridan kelib, oilaga qarab, yana 1-2 so‘m orttirish uchun hovlidagi yoki issiqxonadagi ekinlarni kechgacha parvarish qilib yurib, o‘zlariga vaqt ajrata olmaslikdan qutqarmagan bo‘larmidingiz? Yoki otangizni tug‘ilgan kunlariga yangi avtomashinani sovg‘a qilishni hohlamaysizmi? Ja bo‘lmaganda, sizni moddiy tomondan o‘ylamasliklarini taʼminlash uchun, o‘zingizni o‘zingiz eplagani yaxshi oylik daromad beradigan ish tanlamagan bo‘larmidingiz? Albatta tanlar edingiz, chunki biz Birlashgan Arab Amirliklarida tug‘ilmaganimiz, yashayapganimiz, farzandlik bo‘lganimiz, to‘y qilayotganimiz va hkz lar uchun “hech kim” BONUSlar bermaydi. 

Shuning uchun, “Donʼt tell me that money cannot be a good motivation. It is complete nonsense”. Dasturlash og‘ir jismoniy mehnat emas, uni tanlab o‘rganib olgandan keyin mehr baribir tushadi, faqatgina pul ortidan quvib ketmasdan sabr qilishni o‘rganish ham kerak. 

Ammo, suhbatda aytib o‘tilgan raqamlarning to'g‘ri-noto'g‘riligi bo‘yicha maʼlumot berishimni iloji yo‘q. Fikrimga keladigan bo‘lsak, dasturlash kurslarini bitirib bir yil tajriba orttirgan o‘quvchi o‘rtacha 500-700 olishi mumkin. Menga shubhali tuyilgan narsa faqat «patalok» 3000$ va 90% o‘quvchilarni ish bilan taʼminlangani. Meni o‘zimni kursimdan bitirgan o‘quvchilarimni 70% ish bilan taʼminlangan, bu 8-9 oy kursni bitirib chiqgan o‘quvchilar uchun juda yaxshi natija deb o‘ylayman.

Rizqni albatta Alloh beradi, lekin biz sababini qilib qo‘yishimiz kerak.

Siz nima deb o’ylaysiz, meni fikrlarimga qo’shilasizmi yo pul motivatsiya bo’lolmaydi deb o’ylaysizmi?

@khumoyun_codes
👍23🔥13🐳11❤‍🔥9👏2
Kanal obunachilariga eslatma va tavsiyalar. (Bu boshqa kanallar uchun ham)

1. Postni yaxshilab o'qimasdan oldin post kommentida fikr bildirmang, savol so'ramang. Avval o'qing.

2. "Forward" qilingan postlar meniki emas. Boshqa kanaldan yuborilgan bo'ladi. Boshqa kanaldan kelgan postni meni yozdi deb o'ylamang.

3. Kommentda "Men birinchi, Men ikkinchi" deb yozadiganlarga savol: "Joningizga tegmadimi ?" 🙂

4. Fikr bildirish uchun alohida kanal ochish va shundan harxil fikrlar yozish qo'rqoqlikdek tuyuladi menga. Iloji boricha ochiqroq bo'ling.

5. Kanal faoliyati haqida "feedback" berib turing.

Beshinchini hozir qilsangiz bo'ladi 🙂.

Share ✈️

@JoshDeveloper
👍19🔥12
Ha aytgancha, biror foydali postni kommentida tanishingizni ko'rib qolsangiz shaxsiysiga yozing iltimos. 🙂
Borgan sari kommentlar "bozor" bo'lib boryapti. Komment bu "izoh" degani.

Insonlar kommentga kirib, boshqa insonlarni fikrlarini o'qiydi, izohlarga va postga o'z fikrlarini qoldiradi.

"Subscriber odoblari" deb kitob yozsammikan-a ? 🙂😄

@JoshDeveloper
👍26😁9🤯4
Shu kungacha qilgan suhbatlarimiz ro'yhati:

1. AI haqida nimalar bilamiz ? - Anvar Narzullayev bilan.

2. Dasturchi sifatida vaqtni to'g'ri boshqarish - Ulug'bek Samigjanov bilan.

3. Junior va Middle dasturchi farqi, freymvork tanlash - Umar Muhandis bilan.

4. "Soft skill"lar nima ? - Javaholics (Humoyun) bilan.

5. EPAM va ITransition haqida - Umar Sadullayev

Safni yana kengaytiramizmi ?
Nima mavzu va kim bilan ?

@JoshDeveloper
👍14❤‍🔥6🔥2
Forwarded from Nizamoff
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bizda o'qisangiz kamida $1000 maosh olasiz!

Hozirgi kunlarda avj olgan, natijani yuqori daromad topishingiz bilan bog'layveradigan ayrim o'quv markazlar va kurslar haqida sarkastik subtitrli video tayyorladim.

@nizamoff
😁24🔥10🤬7👍4😢4👏1
Intervyularda shunchaki "bilmayman" deyish o'rniga aytishimiz mumkin bo'lgan gaplar:

1. Aniq esimga kelmagani sabab, tahmin qilishga ruhsat bersangiz...tahminimcha... (Har doim ham yaxshi emas)

2. Savol juda yaxshi ekan. Buni intervyudan keyin yaxshilab ko'rib chiqaman. Hozir esa aniq bir javob bera olmayman.

Shuningdek, intervyuverdan yordam so'rashingiz ham mumkin. Masalan, "Aniq javob aytishim uchun, biroz savolga qo'shimcha ma'lumotlar qo'sha olasizmi ? ...Savolingiz..?"

Siz yana qanday "trick"larni bilasiz ?

@JoshDeveloper
👍41🔥11
"Meni aytyapti" derdimi ? 🙂

Sizda qanday ?

#joke

©️ Linkedinni qaysidir posti

@JoshDeveloper
😁46🤣13🔥9👍5🐳5💯1
HTML va SCSSni biladiganlar uchun konkurs ham qilayotgan ekanlar @yunus_code

Mana: https://t.iss.one/yunus_code/1748

"Ikkita posti share bo'ldi Yunusjon akani, Josh soqqa qvottimikin a" demang faqat 😄
Shunchaki manfaatli post bo'lgani uchun share qildim 🙂.

@JoshDeveloper
🐳31👍16🕊7🔥4🎉3👏1
Frontend intervyuni kutayotganlar bormi ?

Bugun inshaaAlloh intervyu bo'lib o'tadi. Shu kelayotgan hafta videosi chiqadi.
Bu safargi ishtirokchimiz juda tajribali dasturchi.
Ancha qiziqarli bo'lishi kutilmoqda.

InshaaAlloh

@JoshDeveloper
🔥52🐳24👍21🌚4👏3🎉1💯1
Agar shu post chiqqanda kod yozayotgan bo'lsangiz aniq "Dasturchilik kasali" bor ekan sizda.

Man zo'rg'a qutilganman. Juda kechqurun ishlash ham yaxshi emas.
Ba'zilarga yoqadi. Yaxshi. Ammo o'rganib qolish kerak emas. Sog'lom hayot tarzini ushlash kerak.
Ish va hayotni bir meyorda olib borish kerak.
Ba'zida istisnolar bo'lib turishi mumkin. 🙂

O'zingizchi demang.😄

@JoshDeveloper
👍49🥱15🕊8🌚8😁6
Uzoq kutilgan Frontend intervyu videosi chiqdi. 😋

Bu safargi intervyu o'zgacha bo'ldi. Bu safar Frontend bo'yicha to'liq intervyu bo'lib o'tdi.
Salkam 2 soat davom etgan intervyuda tajribasi 5+ yil bo'lgan Muhammadamin aka Ibragimov bilan ajoyib suhbat qildik.
Aka haqida kichkina "feedback"ni kanalda keyinroq qoldiraman Xudo xohlasa. Qoldirmasam ham intervyuda hammasi aniq ko'rinib turibdi 🙂

Marhamat.

Video linki: https://youtu.be/XrfMNjNrjus

Ulashing ✈️

@JoshDeveloper
👍30🏆6🔥4🤯1🤬1
Feedback

Avvalo, feedback beradigan bilim egasi emasman bu safargi intervyu ishtirokchimizga. Ammo, ishda, ishdan tashqarida va kanalda ko'plab intervyular qilgan inson sifatida ba'zi fikrlarimni bildirmoqchiman.

Bilimlari juda yaxshi. Ancha chuqur o'rganganlar va amaliy tajriba ham katta ekanligi sezilib turibdi. Bilim borasida unday katta feedback berishga xojat yo'q. Faqat ba'zi mavzularni takrorlab ko'rib qo'ysalar bo'ldi. Ha keyin jamoada Git flow'ni yo'lga qo'ygan ma'qul 😁.

Soft skillar ham yomon emas. Ochiq gaplashadilar. Fikrlarini tushuntira biladilar. Ammo, shu joyida biroz qiynalishlar kuzatildi. Biroz shug'ullansa o'tib ketadigan kichik kamchilik xolos. Intervyulardan o'tgan sari bu narsa yo'qolib boradi.

Fikrimcha, Muhammadamin aka bilim bo'yicha Senior bo'lsalar kerak. Ammo, Seniordan faqatgina bilimni o'zi talab qilinmaydi. Shu sabab, tahminimcha ularning darajasi Strong middle. (O'zim ham unday emasman hali 🙂, baho berishimni qarang 😄)
Umuman olganda juda ham ajoyib intervyu bo'ldi. Bunday inson bilan hardoim ham intervyu bo'lavermaydi.

Bizga shunday ajoyib intervyu qilishimizga katta hissasini qo'shganlari uchun va bilimlarini va vaqtlarini ulashganlari uchun Muhammadamin akaga katta rahmat aytamiz. Kelgusida ham yana intervyularda ko'rishni umid qilamiz. InshaaAlloh.

Kommentda Siz ham fikringizni qoldirishingiz mumkin.

Biz esa davom etamiz(-mi ?) 😉

@JoshDeveloper
👍46🕊7🐳73🔥3
SCSS orqali qurilma "theme"idan kelib chiqib rang tanlash.
Qurilmani "dark mode" qilgan bo'lsangiz, saytni ham shunga moslashtirish usuli ekan.

Video linki: https://youtu.be/OMaw2VYVZs4

Bilarmidingiz ?

@JoshDeveloper
27👍3🔥1