Josh*Developer
4.83K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
658 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Post PDPni yomonlash uchun emas balki bo'layotgan tushunmovchilikni kommentda ochiq hal qilish uchun tashlandi.

Kim nimani bilsa ulashsin, tuhmat bo'lsa oldini olamiz, haqiqat bo'lsa boshqalarni ogohlantirgan bo'lamiz.
InshaaAlloh

@JoshDeveloper
πŸ‘16
Well,
Ko'pchilikni fikrini o'qidim. Epamerlarni ham(uyerda o'qiganlar ham bor ekan).

Ba'zan bunday tushunmovchiliklar katta kompaniyalarda ham bo'lib turadi.
Mentorga kelsak, bir katta o'quv markazida o'nlab mentorlar bo'ladi. Ularning orasida bittasi yaxshi bo'lmagani sabab butun bir o'quv markazini ayblab chiqish to'g'ri emas. Zero yaxshilari ham bor ekan.

Ammo, bu narsa linkedinga bormasidan hal qilinishi kerak edi o'zaro. Bu narsa ko'proq o'quv markazini aybi bilan sodir bo'ladi. Ba'zan "noshukur" o'quvchilar chiqib qolmasa albatta.

Umid qilamiz bu muommo tez orada o'z yechimini topadi.
Bundan hamma o'quv markazlari saboq olishadi va o'quvchilar fikrlarini iloji boricha har oy olib borishga harakat qilishadi degan umiddaman.

+ Darslarni narxidan so'ng sifatiga ham qarash payti keldimikin-a...πŸ™‚

Ha keyin, #offtopic, bunaqa katta platformalarda yurtingizdagi muommolarni qo'yavermang. Yaqinda bir O'zbek internetimizni ustidan kulib chiqibdi. Kulishga boshqa joylar ham borπŸ˜‰. Asosiysi asos bilan bo'lsin.


@JoshDeveloper
πŸ‘10πŸ”₯6πŸ€”1
JavaScriptda juda ko'p vaqt oladigan katta hajmli sinxron kod qanday muommolarni keltirib chiqaradi va uni qanday yo'llar orqali hal qilsak bo'ladi ?

#javaScript #question

@JoshDeveloper
πŸ‘1
"Web worker"larga ishora qilayotgandim, kommentda javob bo'ldi πŸ‘

"Web worker" nima ?

Sizning JS faylingizni yagona oqimidan tashqarida yangi oqimda kodni ishlatish imkoni beruvchi vosita. (Oqim - thread)

Shu orqali katta va og'ir kodlarni hech qiyinchiliksiz boshqa "thread"da ishlatib javobini olsangiz bo'ladi.
DOM bilan bo'lgan to'g'ridan to'g'ri munosabatlarda yaxshi yechim emas. Bunga sabab "Web worker"lar orqa fonda ishlashadi va uyerda DOM mavjud emas.

Batafsil bilmoqchimisiz ?
Ushbu maqolani siz uchun topdim. Umid qilamanki manfaatli bo'ladi. InshaaAlloh.

Komment fikr almashish uchun doimo ochiq.

https://david-gilbertson.medium.com/should-you-should-be-using-web-workers-hint-probably-not-9b6d26dc8c6a

@JoshDeveloper
πŸ‘11
Esingizda bo'lsa karyeramda o'zgarish bo'layotganini aytgandim.

O'sha o'zgarish shuki:
Men EPAMdan ketyapman. Bugun oxirgi ish kunim.
Buni hozirgina Linkedin'da
yozdim.

Qayerga va nega ?
Biroz muddatdan keyin bilasiz. InshaaAlloh.


@JoshDeveloper
πŸ‘30
EPAM haqidagi fikrlarimni va nega ketganimni video qilib chiqariymi yoki post yozganim yaxshimi ?



@JoshDeveloper
πŸ‘44πŸ€”2😱2
EPAM haqida fikrlarim.
Nega ketdim ?

O'tgan sal kam bir yarim yillik EPAMdagi tajribamdan kelib chiqib, kompaniya haqida o'z fikrlarimni ulashmoqchiman.

1. Fikrlarim
Umuman olganda kompaniya juda yoqdi. Ichkaridagi muhit shunchaki ajoyib. Ichki platformalar, o'quv materiallari, jamoadoshlar va menejerlar, hammasi menga yoqdi.
Musulmon sifatida aytadigan bo'lsam, namozga hech qanday to'sqinliklar yo'q, loyihaga qo'shishda sizning fikringiz albatta so'raladi. Xarom aralashgan joylarni rad qilsangiz hech kim sizga e'tiroz qilmaydi, balki ko'pincha "Mayli, boshqa yaxshiroqini topamiz" deyishadi.
Diniy taraflama ichkarida unchalik muommo yo'q.
Til borasiga kelsak, ingliz tili asosiy til, ammo ko'pincha ruscha gaplashilinadi(agar bilsangiz). Bo'lmasa hech muommosi yo'q, shunchaki bilmasligingizni bildirib qo'yishingiz kifoya.
Hamkasblar ham yaxshi, yordam so'rasangiz yo'q demaydi.
O'sish uchun ham juda zo'r joy. Ichki kurslar, mentorlar, prezentatsiyalar, barchasi a'lo. Shunchaki biroz o'zingiz faolroq bo'lib qatnashmoqchi bo'lgan kurslaringizga ro'yhatdan o'tishingiz kerak. Ingliz tilidan ham ajoyib darslar mavjud.
Jamoadoshlarga kelsak, kirgan loyihangizga qarab jamoadoshlar ham turli xil mamlakatlardan bo'lishadi. Masalan, Ukraina, Belarusiya, Meksika, Hindiston, Amerika va hokazo. Vaqt borasida muommolarga duch kelishingiz mumkin ba'zan, masalan Amerika mintaqasidagilar bilan ishlasangiz. Ammo qiyin emas.

2. Nega ketdim ?
Ko'pchilik ketishimga EPAMning LGBT haqida joylagan posti tufayli deb o'ylar ekan. Aslida unday emas. Bu borada fatvolarni tashlaganman. Ishingiz halol bo'lsa joiz. Asosiy sabab esa oilamning moddiy tomonlama bo'lgan ba'zi muommolarini yechish edi. Ba'zan shunaqa ham bo'lib turarkan.
"Bu degani EPAM juda kam to'lar ekan degani" deb tushunmang. Balki "puldan muommosi katta ekan bu bolani" deb qo'ya qoling. πŸ˜„

Umuman olganda taasurotlarim juda yaxshi. Kelajakda yana qaytishga ham yo'q demasdim.
InshaaAlloh.

Duoda unutmang πŸ™‚

@JoshDeveloper
πŸ‘84πŸ”₯12😒3😁1
Forwarded from FrontSpot Uzbekistan
Off we go πŸš€
β €
FrontSpot Uzbekistan and GDG Tashkent are launching a series of offline meetings dedicated to engineering culture and development.
FrontSpot Open Day will take place very soon! πŸ’»
β €
πŸ“… July 24, 5 p.m. to 8 p.m. (Π•N)
β €
βœ… Impact Technology Hub, Bogibuston Street, 186
β €
⚑️ Our meeting will be opened by Pavel Guzikov (Director, Software Engineering at EPAM) - Leading and Developing expert, speaker, mentor, contributor of EPAM JavaScript Competency Center and FrontSpot Belarus.
β €
We’ll discuss:
β €
βœ… React Bad Parts - Sho-Aziz Shorakhimov (Software Engineer at EPAM)
β €
Let's explore the bad parts of React with the front-end developer who used to love it. From simple popular whining at JSX, to something more interesting and rare.
β €
βœ… Angular 14 - Aleksey Kulagin (Lead Software Engineer at EPAM)

Why will you fall in love with Strictly Typed Reactive Forms.
β €
βœ… I don't love JS - Nazim Turakulov (Project Manager)
β €
Features of prototypal inheritance, property declaration, and serialization that create problems in some scenarios.
β €
βœ… After the meet up you will have an interactive discussion with Q&A session, useful gifts for the most active guest and board games!
β €
Registration link πŸ‘ˆ

See you at Impact Technology Hub!
πŸ‘9
Yangi ishlarni ham boshlab oldim Alhamdulillah.
Bugun ilk kunim, dokument, kompyuterlarni sozlashlar bilan kunim o'tyapti.
Qayerga kirdim ? πŸ˜„

ITransition.com ga)

Alloh xayrli qilsin.

@JoshDeveloper
πŸ‘64❀6πŸ₯°2
Live stream scheduled for
RxJS nima & RxJS Angularda

Azizlar, Yakshanba kuni, soat 21:00 da barcha JavaScript dasturchilari uchun RxJS kutubxonasi haqida qisqacha "podcast" qilaman. Ortidan Angular'chilarimiz uchun Angularda RxJS kutubxonasi qanday ishlatilishi haqida ma'lumotlar berib o'taman.
InshaaAlloh

Demak, Yakshanba, 3-iyul, soat 21:00'da ko'rishguncha. πŸ˜‰

@JoshDeveloper
πŸ‘16πŸ₯°7πŸ”₯1
Live stream started
Live stream finished (47 minutes)
"C" dasturlash tilining rivojlanishi. πŸ˜„

#joke

©️ LinkedIn

@JoshDeveloper
😁34πŸ‘2🀯2
Keyingi video/post nima haqida bo'lishini xohlaysiz ?

p.s: BOM bo'yicha avvalgi DOM videosi 1k bo'lmaguncha video chiqarishni o'ylab ko'rmayman.

Kommentga fikringizni qoldiring.

@JoshDeveloper
πŸ‘4
Udemy'da ba'zi kurslar tekinga aylanganda shu kurslarni olishingiz uchun xabar berib turadigan telegram kanali:

https://t.iss.one/Coursevania

O'zim bir ikkitasini olganman. Hind dasturchilari o'tganlari juda ko'p lekin. Aksentiga tushunsangiz mazza qilasiz.

@JoshDeveloper
πŸ‘8❀1πŸ‘1