Josh*Developer
4.85K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
657 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Angular bo'yicha kursim bo'lmaydigan bo'ldi. Bunga ba'zi sabablar bor.
12 ta inson yig'ilishi kerak edi. 10 ta yig'ildi. Keyin bir inson bir og'iz aytmasdan chiqib ketdi. Keyin 9 ta insonga o'tishga qaror qilib, gaplashib olish uchun vaqtni belgiladim. Ammo atigi 4 ta o'quvchi kirdi.

Azizlar, bularni nega aytyapman ?
Katta kompaniyada global jamoalarda ishlab ko'rgan tajribam bilan aytaman, bunaqa mas'uliyatsiz insonlar uzoqqa borishmaydi. Ha balki ishi chiqib qolgandur. Ammo ogohlantirish kerak. Haligi chiqib ketgan akamiz ham bir og'iz sababini aytmadi.

Bu ochiqdan ochiq mas'uliyatsizlik. Bunday insonlar bilan ishlashni hech kim yoqtirmaydi. Aytilgan vaqtga kirmasa, oldindan ogohlantirmasa ...

Jamiyatimizda bunday narsalar oddiy holdek go'yo. Ammo bu juda yomon holat. Bunday yoqimsiz odatlarni tugatishimiz zarur. Bizlar global jamoada O'zbekistonni, Musulmonlarni yuzimiz.
Hozirdan bunday narsalarga o'rganib qolsak, ertaga aniq pand beradi. Bunga ko'plab guvoh bo'lganman.

Bu gaplar kursga yozilganlar misolida hammaga tegishli, ularni ayblash niyatim yo'q.

@JoshDeveloper
👍41😢8🔥4👏2🤯2
Forwarded from Umar Sadullayev
"Odamlarga axloqingiz bilan muomala qiling. Ularni axloqi bilan emas"

"Olim, odam va olam" kitobidan

#hikmat

@UmarSadullayev
👍162
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hindcha aksentga "ishqivoz"lar uchun maxsus 😄

#joke

@JoshDeveloper
😁34👍1🤯1
Esingizda bo'lsa o'tgan yili JavaScript, TypeScript va Angular'dan kursim boshlangandi.
Shu kursim kechagina tugadi Alhamdulillah va kursda o'qigan insonlarni fikrlarini siz bilan birma-bir bo'lishmoqchiman. Marhamat:

"Assalom aleykum ismim Ilhom yoshim 20da. Front end sohasiga qiziqishim 2021- yil bahorda boshlangan. O'sha paytda o'zim you tubedan va boshqa manbalardan HTML Css larni biroz vaqt o'rgandim. Keyin javascript qismiga kelgandan javascript ni ham you tubedan o'rganmoqchi bo'ldim ammo you tubedan faqatgina boshlang'ich narsalarni topdim holos. Shunda Josh developer kanaladi kurs bo'yicha e'lon ko'rib qoldim. Va Jo'shqin(Umar) bilan bog'landim. Kursga yozildim va 2022-yil bahorida kurs tugadi. Kursda Javascript, Typescript va Angular o'tildi. Kursdan ancha foyda oldim haqiqiy dasturlash nima ekanligini tushunib yetdim. Kursda nafaqat dasturlash balki katta kompaniyalarda qanday ish jarayonlari bo'lishi haqida ham ma'lumot berilardi. Job interviewlar ham bo'lib turardi. Umuman olganda kursdan ancha bilimga ega bo'ldim. Hozirgi kunda yanada bilimlarimni kuchaytiryapman. Xudo xolasa kompaniyaga ishga topshirish niyatim bor."

@JoshDeveloper
👍266
Bir necha soatlab xatolikni qayerda ekanligini topa olmay, ooxiri qarasa object.propertyni object.propety deb yozib qo'ygan ekanligini ko'rib, uyalib, so'kgan gaplarini qaytib olib, tilini tishlab, yana ishini davom etadiganlar oramizda bormi...? 😄

Shuning uchun ham TypeScript ishlatish kerak deyman.
Object tipini berib qo'yasiz tomom. Xato yozsangiz o'zi eslatib turadi. 🙃


@JoshDeveloper
👍27🤯5😁3👏1
Forwarded from Abduaziz π
Tajribasiz "Mashennik" yohud Asalbek 🍯

Kredit firibgarlaridan biri, qisqa yozishmamiz davomida ahmoqlik qilib o'z IP manzilini berib qo'ydi. Kimga qiziq bo'lsa metasploit orqali xalq tabobatini sinab ko'rishi mumkin.
Hayratlanarli hech narsa qilganim yo'q. Unga yuborgan havolam orqali kirilsa shunchaki tirjaygan maymunchani rasmini ko'radi va "Meni yedirib prikol qilmoqchi bo'ldi" deb o'ylaydi. Havola bosilgan vaqt o'rtada "qandaydur" redirect'cha bo'lganligi va ma'lumotlari menga ketib qolganligiga farosati yetmaydi ... 🧠
Siz ham ishonchsiz havolalar orqali o'tmang, brauzer sahifasining o'zida ham tikkasiga eksploit qilishning imkoni bor va bunda bizga sevimli javascript yordam beradi (evil-script) 😅

"Mashennik" tarmoqda o'z ma'lumotlarini anonimligini saqlashi mumkin. Hammada bo'lgani kabi ichidagi "vijdon" komponenti hammasini log qilib boradi. Sudo bo'lsa ham u log'larni o'chira olmaydi ...

Yurdoshlarimiz men soddaman deb firibgarlarga "soqqa" qilgani qo'yib bermasliklari kerak!

@AbduazizPy
👏9👍3
Forwarded from Umar Sadullayev
Mashinaning oynasidan yoʼlga axlat otish dinimizdan emas.
«Musulmonlar yoʼlidan ozorni olib tashlang» (Hadisi sharif).
Qorongʼida toʼgʼridan kelayotgan haydovchining koʼzini oladigan chirogʼni ishlatish – dinimizdan emas,
«Zarar berish va zarar koʼrish yoʼq» (Hadisi sharif).
Mashhur brendlarning mahsulotlarini qalbakilashtirish – dinimizdan emas,
«Kim bizni aldasa bizdan emas» (Hadisi sharif).
Yana dinimizdan boʼlmagan koʼp ishlarni aytardimku, ammo, biz ham musulmonmi, deya ikkilanib qolmasligimiz uchun indamadim. Ha, indamay qoʼyaverdim.


"Olim, odam va olam" kitobidan

#hikmat

@UmarSadullayev
🔥13👍5
Forwarded from GDG Tashkent (Nuruddin Iminokhunov)
Hi Everyone!

We are looking for great speakers who are ready to share their experience with community in various topics, such as Web, DevTools, Angular, Flutter, Mobile.

We have some content in following topics, we are looking for experienced speakers to enrich the content and share with the community:
- The State of Responsiveness on the Web
- State of CSS
- Build your first WebAuthn app
- DevTools: State of the Union 2022
- How to debug CSS Grid with Chrome DevTools
- State of Angular
- Introduction to Angular (Codelab)
- Building a web application with Angular and Firebase (Codelab)

🖇 Fill the following form to apply: https://forms.gle/txjP92AEi7zBk4p36
👍6
Ko'zni asrash bo'yicha tavsiya.

1️⃣. Har 30 daqiqada kamida 4-5 daqiqa kompyuterdan uzoqlashing.
2️⃣. Kuniga 2-3 marta ko'z mashqlarini bajaring.
Masalan, ko'zni doira bo'ylab aylantirish, 4 tomon burchakka qarash va boshqalar. (youtubeda videolari bor)
3️⃣. Kompyuterni qorong'uda ishlatmang.
4️⃣. "Tungi rejim"da ishlashga ko'proq harakat qiling. Bu ko'k yorug'likni zararini kamaytiradi.

Shuningdek, ko'zingizni Allohga isyon qilishga ishlatmang (xarom narsalarga). Zero, ko'zni beruvchi Alloh, xohlasa oluvchi hamdir.

@JoshDeveloper
👍355🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Reklamani zo'ri bo'libdi.

Apple'dan yangi reklama roliki chiqibdi.
Ayni og'riqli nuqtani yechimi sifatida.

Marhamat .

@JoshDeveloper
🔥19👍6😁1
Bundan bir necha yil avval, o'quv kursiga borganimda, ustozimiz dasturchilik haqida gapirib bunday degandilar:
"Oldingizga shokalatni olib, mazza qilib ishlab o'tirasiz"

Hozir oldimda shokalat, ishlab o'tiribman Alhamdulillah. Lekin, dasturda chiqadigan "bug"lar bu darajada bo'lishini aytmagandilar 🤷‍♂️😂

Shu sabab, bu sohaga endi kirgan yoshlarga aytaman, shunaqa "bug"lar ko'rasizki, oldingizda shokolatmi, boshqami farqiga bormiysiz. 😂
Dasturlash siz o'ylagandek, oson emas 🙂
Hammasiga tayyor bo'ling.

@JoshDeveloper
👍50😢8🤔2😁1
Ishxonalar ishchi olayotganda, qilgan ishlaringizni ko'rsak bo'ladimi deyishi qanchalik to'g'ri ?

Fikringizni izohda qoldiring

*
*
*

@JoshDeveloper
👍9
JavaScriptdan bu oygi intervyuga ishtirokchi tanlash vaqti keldi. Nomzodlar ro'yhat bilan tanishing. Bugun soat 14:00 da vaqt ajrata olmasligimni hisobga olib, bugun soat 13:10 da nomzodni jonli ravishda tanlaymiz.

1. Abrorbek Ma'rufov
2. Jasurbek Norbekov
3. Aktamov Farrux
4. Mo`minov Xikmatilla
5. Azimjon Umarov
6. Islom Abdulakhatov
7. Sayidulloh Abbasov
8. Azamat Gofurov
9. Shohboz Kaumutov
10. Abdulloh Irgashev
11. Alisher Usmonov
12. Foziljon Eshmurodov
13. Ergashev Shohqadam
14. Sanjarbek Ismatov
15. Malika Rakhimova
16. Abror Alisherov
17. Usmonxon Sirochxonov
18. Ibrohim
19 Nurbek Abdulhamid
20. Oybek Shamuratov
21. Fozilov Shahrombek
22. Muhammadamin Ibragimov
23. Bekjon Ishpulatov
24. Behruz Sharapov
25. Sohibjon Do'stov

@JoshDeveloper
👍11🤯4
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (23 minutes)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ishtirokchi tanlandi.

InshaaAlloh sanalarni gaplashib olamiz va e'lon qilamiz.

@JoshDeveloper
👍8🔥1