Josh*Developer
4.83K subscribers
423 photos
38 videos
12 files
661 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Kichik so’rovnoma o’tkazmoqchiman.

Siz IT bo’yicha qaysi telegram kanallarini kuzatib borasiz ?


1. Falon blog
2. Piston IT
….

shu ko’rinishda yozib qoldiring.
Menikini ham unutmang 😉.

@JoshDeveloper
👍10
Mendan yaxshi dasturchi chiqmaydimi ?

Nega ana ular mendan tez o'rganishadi, men esa...?

kabi savollarni ko'p kuzatamiz.
Aslida bu savollar to'g'rimi ?
Ularga javobni qanday bilsak bo'ladi ?

Javobim:
Dasturlash bo'yicha aytadigan bo'lsa. Insonlarni uch turga bo'lishimiz mumkin.
1. Alloh bergan iqtidor, qobiliyat egalari.
Bular dasturlashni juda oson va tez o'rgana olishadi va katta natijalarga erisha olishadi. Qo’shimchasiga til, matematika va hokazo ilmlari bo’lsa, unda🔥.
2. Dasturlashni o'rganishga foydasi tegadigan ilm egalari.
Masalan ingliz tili, matematika va hakozo ilmlardan biri yoki birnechtasini biladigan insonlar. Bularda iqtidor bo'lmasa ham, qo'llarida qurollari mavjud. Ular biroz qiynalsalar ham, dasturlashni o'rganishlari oson kechadi.
3. Oddiy, iqtidorsiz va ilmsiz insonlar.
Bular na til bilishadi, na matematika va na iqtidorlari bor. Bularda dasturlashni o'rganish ancha qiyin. Ammo, uddalasa bo'ladi.

Endi siz bulardan qaysi biriga kirishingizni aniqlang va o'qishni davom eting.

1. Agar siz birinchi toifaga kirsangiz.
Harakatdan to'xtab qolmang. O’zingizga ortiqcha ishonib yubormang.
Qo’shimcha ilmlarni bilmasangiz, ularni ham qo’shing.

2. Agar siz ikkinchi toifaga kirsangiz.
Qo'lingizdagi qurollar bilan 2 barobar ko'proq harakat qilsangiz, iqtidorli va qo’shimcha qurolli insonlardan kam joyingiz qolmaydi. :)
Bir barobar harakat qilsangiz, albatta ulardan qolib ketishingiz mumkin.

3. Agar siz uchinchi toifaga kirsangiz.
Kayfiyatni tushurmang. Yon-atrofingizdagi odamlar sizdan juda ham tez o'tib ketishiga siqilmang. Ularni ba'zilari iqtidorli, ba'zilarini esa qo'lida qurollari mavjud. Siz esa bularga qarshi o'zingizga nisbatan 3-4 barobar ko'proq harakat va izlanish qilishingiz kerak. Ko'proq harakat qilsangiz, inshaaAlloh siz xatto ulardan ham o'tib ketishingiz mumkin. Yoki yana bir narsa, o’zingizda boshqa kasbga qobiliyatingiz va xohishingiz bo’lsa, yo’lni qayta boshlashdan cho’chimang. Yaxshi reja orqali, boshqasiga sakrashga qiynalmaysiz Xudo xohlasa.

Shuni unutmaslik kerakki, barchasi Allohdan. Biror narsa uchun qancha ko'p sabablarini qilsangiz, Alloh xohlasa shuncha tez unga erishasiz.
Alloh ba’zilarga nimadirni berib sinasa, ba’zilardan olib sinaydi. Bir ne’matdan sinov kelsa, boshqa son-sanoqsiz ne’matlarga noshukr bo’lmang. “Nega menda o’xshamaydi?!” deyavermang.
Hammasiga Alhamdulillah deng, xatolaringiz ustida ishlang, to’g’ri reja qiling va yo’lda davom eting.

InshaaAlloh.

#maslahat

@JoshDeveloper
👍5310🎉2🔥1
Intervyularimizni davom ettirish payti kelganga o'xshaydi ... 😉

E'lon yaqin orada chiqadi inshaaAlloh.

Kim nomzodini qoldirish istagida ? 🙋‍♂️

@JoshDeveloper
👍26🤩1
Linkedinda bizni dasturchilarga talablar oshib boryapti sezyapsizmi ?

Meni o'zimga kamida 4-5 ta chetel kompaniyalari yozdi shu yaqin 1 oylikda.

Alhamdulillah, dasturchilarimiz ham endi global marketda ko'paymoqda. Talablar oshmoqda.
Bunga bir qancha sabablar bor. Ularni sanab o'tirish niyatida emas.
Nima bo'lsa ham, bu vaziyatdan unumli foydanalib, yaxshi dasturchilarni chetel kompaniyalariga kirgizishimiz kerak. O'zimiz ham yaxshi joylarda ishlab, IT'da sekin o'z o'rnimizga chiqishimiz va o'zimiz boshqaruvni qo'lga olishni boshlashimiz kerak.

Alloh oson qilsin rejalarimizni :)

@JoshDeveloper
37👍24👏4🤩1
Angular bo'yicha kursimizga oz o'rinlar qoldi.

Qo'shilishga ulgurmaganlar bo'lsa tezroq qo'shilib oling. Keyin darslar boshlanadi inshaaAlloh.

Ushbu xabarni bizni qidirib yurganlarga yetib borishi uchun tarqatganlar "Appreciated ".

Kurs e'loni: https://t.iss.one/JoshDeveloper/874

@JoshDeveloper
👍84🤯1
Internet provayderlarni ko'p aytadigan bahonasi:

"Wifi'ni o'chirib yoqing, muommo siz tomondan bo'lyapti..."

@JoshDeveloper
😁41😢3👍1🤔1
Ko’pchilik ingliz tilini harxil yo’llar orqali o’rganishni ma’qul ko’radi.

Keling fikr almashamiz, sizningcha ingliz tilini qay tartibda o’rganish eng yaxshi usuli ?

Kommentda fikringizni qoldiring👇

@JoshDeveloper
👍8
Forwarded from Umar Sadullayev
"Hayotingdagi birinchi qadamingni boshqalar hayotidagi o'ttizinchi qadamga solishtirma."

"Olim, odam va olam" kitobidan

@UmarSadullayev
👍27🔥7
Forwarded from Abduaziz π
💣 HTTP flood haqida. U qanday ishlaydi?

HTTP flood - siz eshitgan ddos hujumning bir turi hisoblanadi. Bunda buzg'unchi serverga GET yoki POST so'rovini tinmasdan yuboradi. Maqsad esa serverni ishda chiqarish("yiqitish"). Bu uchun buzg'unchiga zombilar yoki boshqacha aytganda botlar armiyasi yordamlashadi. Bunaqa botlar esa troyan'ga o'xshash "infeksiya"ni yuqtirib olganlar orasidan tanlab olinadi. Bot'lar armiyasi qancha katta bo'lsa, serverga shuncha darajada ko'p yuklama tushadi va millionlab be'mani HTTP so'rovlar natijasida server o'z-o'zidan yuklamani ko'tara olmasdan "yiqiladi".
Gapni yanayam ko'paytirmaslik uchun professional paint skill'mdan foydalandim.

P.S muallif va texnologiya ➡️ const

@AbduazizPy
🔥10😁3
"Hate"lashamiz 🔥🙃

IT olamida nimani "hate" qilsangiz, komment ostiga yozib qoldiring.

Mazza qilib "hate" qilib ham turish kerak 😁

Faqat janjal bo'lmasin, birovni "hate"larini hurmat qiling. 😉

Kommentda o'zim boshlab beraman 😁

@JoshDeveloper
👍8🔥2
Hamma "hater"lar shuyerda ekanku...😄

Orangizdan bitta insongina JS ni "hate" qilishini aytdi, qolganlar esa hamon JS yoqadi deb o'zini ishontirib yuribdimi deyman...🙆‍♂😄

Qo'ysangizchi, yoqtirmaysizku 😄

"We hate it. We use it. We love it.
At the end , we again hate it.

It is JavaScript"

© @JoshDeveloper
👍161🔥1
Heey,
May oyi uchun JavaScript'dan intervyu olish payti keldi.
Bu oygi mavzu "JavaScript'da DOM va BOM" deb nomlanadi.

O'zingizni sinab ko'rmoqchimisiz ?

Pastdagi formani to'ldiring.

@JoshDeveloper kanaliga obuna bo'lmagan bo'lsangiz ishtirok eta olmaysiz.

Bitta ishtirokchini 21-may kuni, soat 14:00'da jonli ravishda kanalimizda tanlab olamiz.

Forma: https://forms.gle/DsBJoz73JakRJycZ7

Ulashing ✈️

@JoshDeveloper
🔥12👍8
Forwarded from Umar Sadullayev
Youtube titkilab o'tirib ushbu videoga duch kelib qoldim.
Buni nafaqat Qur'onga shubhasi borlar, balki Musulmonlar ham ko'rishi va bilishi kerak.

Marhamat, son-sanoqsiz Qur'on mo'jizalari ichidan 9 tasi haqida aytilgan video:
https://youtu.be/-X9VJUMucB0


@UmarSadullayev
👍92