Josh*Developer
4.86K subscribers
420 photos
38 videos
12 files
656 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Josh*Developer pinned Β«Diqqat ! Yanvar oyidagi JavaScript'dan texnik intervyu'ga nomzodlarni to'plashni boshladik. Agar siz JS'dan o'z bilimlaringizga ishonsangiz, ushbu postni kommentiga o'z ismingizni va ketma-ketlikdagi raqamingizni yozing. Bunday: 1. Falonchi Pistonchiyev…»
Kanalimiz iyul oyidan beri o'sish jarayoni.
Alhamdulillah.

P.s: Telegram statistics'ni endi ishlatib ko'rdim. Juda ajoyib ish qilishibdi.

@JoshDeveloper
🀩13πŸ‘6πŸ”₯5πŸŽ‰1
Josh*Developer pinned Β«Diqqat ! Yanvar oyidagi JavaScript'dan texnik intervyu'ga nomzodlarni to'plashni boshladik. Agar siz JS'dan o'z bilimlaringizga ishonsangiz, ushbu postni kommentiga o'z ismingizni va ketma-ketlikdagi raqamingizni yozing. Bunday: 1. Falonchi Pistonchiyev…»
Sizda ham shunday bo'ladimi ? πŸ˜’πŸ˜‚

Bugun kuni bilan bo'sh o'tirdim. Sababi esa backend'chimiz bugun bizga chiroyli 500 Internal Server Error'ni tayyorlab, dam olishga chiqib ketibdilar. πŸ˜‚ πŸ€·β€β™‚οΈ

Bahonada mazza qilib kerakli darslarni ko'rib oldim. πŸ˜‰

@JoshDeveloper
😁15πŸ‘4🀩3😒2πŸŽ‰2😱1
Josh*Developer
Diqqat ! Yanvar oyidagi JavaScript'dan texnik intervyu'ga nomzodlarni to'plashni boshladik. Agar siz JS'dan o'z bilimlaringizga ishonsangiz, ushbu postni kommentiga o'z ismingizni va ketma-ketlikdagi raqamingizni yozing. Bunday: 1. Falonchi Pistonchiyev…
Bugun inshaaAlloh soat 17:00 da Yanvar oyi uchun JavaScript intervyu ishtirokchisini nomzodlar ichidan tanlab olamiz.

Tanlov kanalda live orqali bo'ladi.
Esingizdan chiqmasin πŸ˜‰.

Barchaga Omad!

@JoshDeveloper
πŸ‘6
Live stream started
Live stream finished (18 minutes)
Ishtirokchilarimiz tanlandi.

Hammaga omad.

InshaaAlloh keyingi tanlov Fevral oyi uchun bo'ladi.

Qatnashganlarga katta rahmat.

@JoshDeveloper
πŸ‘16😒3🀩2πŸŽ‰1
Yaxshiliklarni mashaqqati ketib, savobi qoladi.
Gunohlarni lazzati ketib, gunohi qoladi.

Aqlli odam o'tkinchi lazzatni deb, abadiy jannatni qo'ldan chiqarishni xohlamaydi.

Chunki
U kunda:
"Bas, kim zarra og'irligida yaxshilik qilsa ham ko'radir,
Va kim zarra og'irligida yomonlik qilsa ham ko'radir"

Zalzalah surasi, 7 - 8 - oyatlar


@JoshDeveloper
😒9πŸ‘8πŸ”₯4❀3
Unit test'lar - dasturni ma'lum bir kichik qismlari uchun yozilgan kodlarni to'g'ri ishlayotganini tekshirib turuvchi kodlar jamlanmasi.

Unit testing - katta dasturlar uchun kelajakdagi xatoliklarni oldini olib borish uchun eng ishonchli yo'llardan biri.

Unit testing - biroz vaqt olsada, kelgusida dastur, jamoa va kompaniyaga juda katta foyda keltira oladigan vosita.

Unit testing - yangi qo'shilgan dasturchilar uchun dastur kodlarini tushunish, mohiyatini anglash va shu kabi boshqa ko'plab holatlarda ham katta yordam beradigan usul.

Xo'sh siz ham katta dasturlaringizga Unit Test'lar yozasizmi ?


@JoshDeveloper
πŸ”₯6πŸ‘3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"z-index kuchi" deb nomlangan video. πŸ˜„
Buni frontendchilar aniq bilishadi πŸ˜‰.

#Joke

@JoshDeveloper
😁20🀩3πŸ‘2
Keling bir jiddiy o'yin o'ynaymiz.

Ushbu o'yinga faqatgina birdona chipta va bir dona urunish beriladi.
O'yinni tugash vaqti sir saqlanadi va hammaning vaqti harxil tugaydi.
O'yinni g'olib yoki mag'lub bo'lganingizni oxirida bilasiz, mag'lub bo'lsangiz ham, g'olib bo'lsangiz ham ortga yo'l yo'q.

Qanday g'olib bo'lamiz ?

O'yinni qoidalariga amal qilgan va berilgan missiyalarni bajargan inson o'yin g'olibiga aylanadi.
Qoidalarga amal qilish va missiyalarni bajarish unchalik qiyin emas, ammo ularni qilishingizga qattiq qarshilik qiladigan birqancha ochiq-oydin va ko'rinmas kuchlar bo'ladi. Ularni yengib o'tishingiz lozim.

G'olib va mag'lubga nimalar beriladi ?

Ushbu o'yinda g'olib bo'lsangiz, sizga va'da qilingan, tasavvuringizga ham sig'maydigan ne'matlar, bog'-rog'lar, qasrlar-u, xurlar beriladi.
Mag'lub bo'lsangiz alamli azob.

Va bu ikkisi ham abadiy davom etadi!

- "O'yin" nima ekanligi va gap nima haqida ketayotganini tushundingizmi ?

- Xo'sh, siz ushbu "o'yin"da mag'lub bo'lmaslik uchun nimalar qilyapsiz ?



@JoshDeveloper
πŸ‘19😒2
Josh*Developer
Keling bir jiddiy o'yin o'ynaymiz. Ushbu o'yinga faqatgina birdona chipta va bir dona urunish beriladi. O'yinni tugash vaqti sir saqlanadi va hammaning vaqti harxil tugaydi. O'yinni g'olib yoki mag'lub bo'lganingizni oxirida bilasiz, mag'lub bo'lsangiz ham…
O'yinni qoidalariga amal qilgan va berilgan missiyalarni bajargan inson o'yin g'olibiga aylanadi.

Xo'sh, buyerda qoida va "missiya"lar nimalardan iborat ekanligini kim biladi ?

Bizga bu yo'l-yo'riqni Robbimiz, o'z kalomi Qur'onda va Rosulimiz sollallohu alayhi vassalaam hayotida to'la to'kis qilib ko'rsatib qo'ygan.

G'olib bo'lmoqchimisiz ?
Ushbu yo'l-yo'riqlardan foydalaning.

@JoshDeveloper
πŸ‘21❀6
O'tgan yili 22-iyulda kanalimiz foydalanuvchilari uchun React'dan dars o'tib bergan Bahrom akamiz bor edilarku,
Shu inson bilan hamkasblarga aylandik πŸ˜‰.
Alloh izni bilan yaqindagina EPAM'ga ishga kirdilar.

Alloh xayrli qilsin.

Bahrom akaga ishlariga rivoj tilab qolamiz. πŸŽ‰

@JoshDeveloper
πŸŽ‰18πŸ‘9πŸ”₯3
Ba'zan mening ishdagi holatim:
"Kod ishlamayapti ...
Nega ?
Kod ishlayapti ...
Nega ?"

Ushbu postni yozayotganimda ham ayni shu holatdan chiqib kelib yozayapman πŸ˜„.
Nega ishlamayapti deb o'ylanayotgan kodim, bugun negadur ishlayapti 🀨.


@JoshDeveloper
πŸ‘6🀩4😒2
Sizning fikringizcha O'zbekiston hududida, Junior frontend/backend dasturchisi uchun to'lanadigan oylik tahminan qancha bo'lishi kerak ?
Anonymous Poll
2%
0-100$
16%
100-200$
52%
300-500$
18%
500-700$
11%
700-1000$
πŸ”₯4πŸ‘2😱1
Sizning fikringizcha O'zbekiston hududida, Middle Frontend/Backend dasturchisi uchun tahminan qancha oylik to'lanishi kerak ? (Haqqoniy ravishda)
Anonymous Poll
2%
200-400$
5%
400-600$
15%
600-800$
42%
800-1200$
24%
1200-1600$
12%
1600-2000$
πŸ”₯4
Sizga savol.
Bir ishchini xo'jayini o'z huzuriga chaqirdi.
Ishchi kelmadi.
Xo'jayin qayta chaqirdi.
Ishchi yana vaqtim yo'q dedi.
Xo'jayin qayta chaqirdi.
Xo'jayin qayta chaqirdi.
Xo'jayin qayta chaqirdi.
Ishchi esa qayta-qayta e'tibor qilmadi.

Endi savol, shu o'zboshimcha ishchi jazoga loiqmi ?

Bu savolimga javobni yozganingizdan keyin, o'zingizga ushbu savolni bering. πŸ‘‡

Meni Robbim harkuni 5 marta huzuriga chaqirganda, men boryapmanmi ?


@JoshDeveloper
😒24πŸ‘10
Forwarded from Saidbek
Metaverse

Meta bu, biz yashayotgan dunyo bilan bog'langan, haqiqiy dizayn va iqtisodiy muhitga ega bo'lgan virtual reallikdagi ijtimoiy tarmoqdir.

Oddiy ijtimoiy tarmoqlardan farqi bu olam endi faqatqina 2D olamdagi suhbatlar, yozishmalar, videoqo'ng'iroqlar va o'yinlar bilan cheklanib qolmaydi.

Siz ko'zoynakingizni kiyasiz va virtual olamdagi uyingizda paydo bo'lasiz, bu olamda endi siz uchun deyarli uddalab bo'lmaydigan ishni o'zi bo'lmaydi. Do'stlaringiz Antarktida yoki Afrikadan bo'lmasin ular bilan ko'risha olasiz, birga sayr qilishingiz yoki basketbol o'ynashingiz ham mumkin. Endi Anglya yoki Ispaniyaga finalni ko'rish uchun borishga hojat yo'q, uyingizda o'tirib ham xuddi stadionda o'tirganday buni tomosha qila olasiz. Virtual pul ishlab uni sarflasangiz ham bo'ladi, uyingizga ham olib kelib berishadi, xattoki boshqa bir foydalanuvchiga uylansangiz yoki turmush qursangiz ham bo'ladi 🀭.

Xozirda Virtual 3D olam ustida ko'plab kompaniyalar ish olib borishmoqda, masalan Meta, Apple, Microsoft, Alibaba, Nvidia...

Yaqin kelajakda bu sodir bo'lsa albatta buning afzalliklari judayam ko'p bo'ladi InshaaAlloh, iqtisodiyotga o'z ta'sirini ko'rsatmasdan qolmaydi, onlayn haridlar, video o'yinlar, muhandislik, ishlab chiqarish va hokazo. Salbiy taraflari ham anchagina bo'lishi mumkin masalan, gollivud filmlaridagidek odamlarning virtual olamga o'rganib qolishi, chiroyli yoki kuch quvvatga to'la, deyarli hamma narsa qo'lidan keladigan avatarlarini o'z hayotlaridan ustun qo'yishlari.

Lekin bunday bo'lmasligiga umid qilamiz, har doim yangi bilimlarni o'zlashtiring, yangi texnologiyalarning afzalliklaridan xabardor bo'lib turing.

Metaversega qiziqsangiz bu film siz uchun qiziqarli bo'lishi mumkin.

@saidabdulla
πŸ”₯8πŸ‘2
Azizlar,
Maktab paytidagi sinfdoshim o'zining o'quv markaziga asos soldi.

To'g'risini aytsam bu meni juda quvontirdi, chunki 19-20 yoshli inson uchun bu yaxshi natija bizda.

Kimda-kim o'qimoqchi bo'lsa, ushbu e'lonni ko'rishingiz mumkin: https://t.iss.one/UstozShogirdSohalar/6990


Alloh barokatli va xayrli ish qilsin, O'zi oson qilsin deb qolamiz 🀲.

@JoshDeveloper
πŸ”₯9πŸ‘3🀩2